gram news
Grantlar.uz channel avatar

Grantlar.uz

@grantlar

Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar. 👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot 👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo 👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna Facebook: fb.com/grantlar.uz

ProjectsUZEducation

78,500subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Grantlar.uz

    23 Sept, 12:31

    “Ta’lim TOP 300”: xorijning TOP-300 universitetlarida o‘qish uchun 20 ming dollargacha ta’lim kreditiXalq banki xalqaro reytinglarning TOP-300 taligiga kirgan xorijiy universitetlarning bakalavriat va magistratura bosqichlarida o‘qish uchun ta’lim kreditini taklif qiladi.Kredit shartlari: – Miqdori: 20 000 AQSH dollarigacha – Foiz stavkasi: 14% (Markaziy bankning amaldagi asosiy stavkasi miqdorida) – Asosiy qarz rasmiy o‘qish muddati tugagandan keyin 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.Batafsil👇 https://xb.uz/page/talim-top-300-kreditiReklama@grantlar
    5,240168Open in Telegram
  • Grantlar.uz

    23 Sept, 11:31

    AQSH: Oʻzbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha stipendiya dasturi – xarajatlar toʻliq qoplanadiBu dasturga magistrlik darajasi va kamida 5 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.Qabul qilingan 6 nafar ishtirokchi Vashington shahrida uch oylik (2027-yil 15-fevral – 15-may) kunduzgi dasturda oʻz malakalarini oshiradi (ingliz tilida).Nomzodlar belgilangan mavzularga oid tadqiqot loyihalarini taqdim qilishi kerak.Moddiy imtiyozlar: – Oyiga 4000 dollar stipendiya – Yoʻlkira xarajatlari uchun 1600 dollar mablagʻArizalar 2026-yil 20-oktabrgacha qabul qilinadi.Batafsil👇 https://grantlar.uz/uzbekistan-reform-support-fellowship/@grantlar
    Image from a post by Grantlar.uzImage from a post by Grantlar.uz
    6,250115Open in Telegram
  • Grantlar.uz

    23 Sept, 10:02

    🔲 Dev Dasturxon — 26-sentabr kuni TATUdaDasturlashni o‘rganayotgan va IT sohasida karyera boshlashni istaganlarni Dev Dasturxonga taklif qilamiz. Turli universitetlar talabalari va dasturlashda ilk qadamlarini qo‘yayotganlar bilan bir davrada uchrashamiz!Yandex Uzbekistan mutaxassislari bilan muhandislik masalalarini muhokama qilamiz, amaliy topshiriqlarda o‘zimizni sinab ko‘ramiz va jamoamizda amaliyot o‘tash imkoniyatlari haqida suhbatlashamiz.Dasturda: — dasturlash va muhandislik haqida texnik ma’ruzalar; — real vazifalar ustida ishlash uchun Dev Case va Code Battle; — rezyumelar tahlili uchun CV Workshop hamda rekruterlar va xodimlar bilan Career Speed Dating; — yangi tanishuvlar, merch va yeguliklar. Asosiy dasturdan so‘ng — kechki ovqat, musiqa va norasmiy muloqot. Tadbir asosan o‘zbek va ingliz tillarida o‘tadi.📅 26-sentabr, 12:00 📍 Toshkent axborot texnologiyalari universitetiIshtirok bepul, joylar soni cheklangan. 24-sentabrgacha ariza topshiring. Har bir ariza alohida ko‘rib chiqiladi, ro‘yxatdan o‘tish ishtirokni kafolatlamaydi — tasdiq xatini elektron pochta orqali yuboramiz.➡️ ARIZA TOPSHIRISH
    Image from a post by Grantlar.uzImage from a post by Grantlar.uz
    6,320842Open in Telegram
  • Grantlar.uz

    23 Sept, 04:03

    Saudiya Arabistoni: Magistratura va PhD uchun toʻliq grant; yillik stipendiya – 30 000 AQSh dollargacha!Saudiya Arabistonidagi KAUST universiteti magistratura va PhD bosqichida o'qishni xohlovchilarga KAUST Fellowship grantini taklif etadi.Grant universitetda mavjud barcha yo'nalishlar uchun va qabul qilingan barcha talabalarga beriladi.Grant imkoniytarlari: - Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qolinadi. - Yiliga 30 ming dollargacha stipendiya. - Turar joy ta'minlanadi. - Sug'urta xarajati qoplanadi. - Saudiya Arabistoniga borish va joylashish uchun yordam ko'rsatiladi.2027-yil kuzidan o'qishni boshlash uchun arizalar 2026-yil 28-sentabrdan 2027-yil 3-yanvargacha qabul qilinadi.Batafsil👇 https://grantlar.uz/saudiya-arabistoni-magistratura-va-phd-uchun-toliq-grant-yillik-stipendiya-30-000/@grantlar
    Image from a post by Grantlar.uzImage from a post by Grantlar.uz
    8,2301511Open in Telegram
  • Grantlar.uz

    22 Sept, 04:02

    🌍 GLOBAL MINDS FORUM — KAZAKHSTAN 2026 🇰🇿Qozog‘istonda talabalar va o‘qituvchilar uchun alohida xalqaro dasturlar!🎓 TALABALAR UCHUN ALOHIDA DASTUR 📅 1–3 OKTABR 2026— Xalqaro forumda ishtirok — Tajriba almashish va networking — Xalqaro sertifikat — Xalqaro hamkorlik va yangi imkoniyatlar — Madaniy dastur━━━━━━━━━━━━━━👩‍🏫 O‘QITUVCHILAR UCHUN ALOHIDA DASTUR 📅 1–5 OKTABR 2026📚 18 SOATLIK MA’RUZA DASTURI
    Image from a post by Grantlar.uzImage from a post by Grantlar.uzImage from a post by Grantlar.uz
    6,3101843Open in Telegram
  • Grantlar.uz

    22 Sept, 03:02

    TDTU Graduate Scholarship: Vyetnamda magistratura va doktoranturada o‘qish uchun to‘liq va qisman grantTDTU universiteti mavjud magistratura va doktorantura yoʻnalishlari uchun toʻliq va qisman grantlarni taqdim qiladi. Oʻqish ingliz tilida olib boriladi.Grant miqdorlari: – To‘liq grant: 100% o‘qish to‘lovi va yotoqxona xarajatlari to’liq qoplanadi. – Qisman grant: o‘qish to‘lovining 50% qismi va yotoqxona xarajatlarining 50% qismi qoplanadi.Arizalar 2026-yil 6-noyabrgacha qabul qilinadi.Batafsil👇 https://grantlar.uz/tdtu-graduate-scholarship/@grantlar
    Image from a post by Grantlar.uzImage from a post by Grantlar.uz
    9,30064Open in Telegram
  • Grantlar.uz

    21 Sept, 16:02

    🎓 SATga ro‘yxatdan o‘ting — 300 000 so‘m tejang!1 350 000 so‘m → 1 050 000 so‘m Yakuniy narx. Qo‘shimcha to‘lov yo‘q.O‘quvchimisiz yoki ustoz? Siz SATga tayyorlaning — ro‘yxatdan o‘tkazishni bizga topshiring.Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini bajaramiz va yakunda tasdiqni sizga yuboramiz. To‘lovdan oldin mijozlarimiz fikrlari bilan tanishing: @satreg📩 @FeruzKarimov — «SAT» deb yozing va ro‘yxatdan o‘tishni boshlang.
    Image from a post by Grantlar.uzImage from a post by Grantlar.uz
    9,410963Open in Telegram
  • Grantlar.uz

    21 Sept, 15:02

    ERP Study Scholarships (DAAD): Germaniyada iqtisodiyot va biznes boshqaruvi boʻyicha magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!Dasturga iqtisod mutaxassisliklari va/yoki biznes boshqaruvi sohasida bakalavrlik diplomiga ega boʻlgan nomzodlar topshirishi mumkin.Nomzod ingliz yoki nemis tilida oʻqishni tanlashi mumkin.Grant imkoniyatlari: – 992 yevro oylik stipendiya. – Oʻquv xarajatlari uchun yiliga 460 yevro mablagʻ. – Sugʻurta xarajatlari qoplanadi. – Safar xarajatlari qoplanadi. – Zarur hollarda 2 oylik bepul nemis tili kursi.Arizalar 2026-yil 2-noyabrgacha qabul qilinadi.Batafsil👇 https://grantlar.uz/erp-study-scholarships-daad-germaniyada-iqtisodiyot-va-biznes-boshqaruvi-boyicha-magistratura-uchun-toliq-grant/@grantlar
    Image from a post by Grantlar.uzImage from a post by Grantlar.uz
    9,420137Open in Telegram
  • Grantlar.uz

    21 Sept, 14:02

    🔥 KELAJAGINGIZNI O‘ZBEK-FRANSUZ UNIVERSITETIDA BOSHLANG! 🎓🇺🇿🇫🇷 O‘zbek-Fransuz universitetida bakalavriatga qabul davom etmoqda!🎓 “Biznesni boshqarish” yo‘nalishida tahsil oling va xalqaro ta’lim, xorijiy tillar hamda global karyera imkoniyatlari sari birinchi qadamingizni tashlang!🌍 Nega aynan O‘zbek-Fransuz universiteti?☑ Xalqaro standartlarga mos zamonaviy ta’lim✅ Xalqaro tajribaga ega professor-o‘qituvchilar ✅ Akademik mobillik — xorijda ta’lim olish imkoniyatlari ✅ Xalqaro tashkilotlar va transmilliy kompaniyalarda amaliyot ✅ Ingliz tili bilan bir qatorda fransuz tilini mukammal o‘rganish ✅ Talabalar uchun imtiyoz va chegirmalar🇺🇿🇫🇷 2026/2027-o‘quv yilida “Biznesni boshqarish” bakalavriat dasturiga qabul qilingan barcha talabalar uchun 30% chegirma taqdim etiladi! Ariza topshirish 5 oktyabrgacha davom etadi. Batafsil ma’lumotni saytimizdan ko’ring:https://uf
    7,180video751Open in Telegram
  • Grantlar.uz

    21 Sept, 04:02

    UM NL-High Potential Scholarship: Gollandiya magistratura kurslari uchun to’liq grant; joy – 18 ta!Gollandiyadagi Maastricht universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun UM NL-High Potential Scholarship dasturini taklif etadi.Dastur doirasida 18 nafar talabaga grant ajratiladi.Grant imtiyozlari: – Oʻqish puli toʻliq qoplanadi. – 20 150 yevro (1 yillik magistrlik kurslari uchun) yoki 38 750 yevro (2 yillik kurslar uchun) stipendiya beriladi. – Salomatlik va javobgarlik sug’urtasi xarajati qoplanadi. – Viza arizasi toʻlovi qoplanadi. – Zarur hollarda tayyorlov kursi qoʻyiladi va uning toʻlovi ham qoplanadi.Arizalar 2026-yil 1-oktabrdan 10-dekabrgacha qabul qilinadi.Batafsil👇 https://grantlar.uz/holland-high-potential-scholarship-gollandiya-magistratura-kurslari-uchun-toliq-grant-stipendiya-va-sugurta-joy-24-ta/@grantlar
    Image from a post by Grantlar.uzImage from a post by Grantlar.uz
    8,670247Open in Telegram
  • Grantlar.uz

    20 Sept, 04:09

    Xorijda tahsil olishning afzalliklariKanalimizga joylanadigan aksariyat dasturlar xorijda o'qish imkonini beradi.Xo'sh, chet elda o'qish qanday afzalliklarga ega?Bu post orqali xorijda o'qishning afzalliklari bilan tanishasiz.👉 MATN SHAKLIDA MA'LUMOT OLISH👉 VIDEO ORQALI MA'LUMOT OLISH@grantlar
    Image from a post by Grantlar.uzImage from a post by Grantlar.uz
    8,450213Open in Telegram
  • Grantlar.uz

    19 Sept, 11:26

    Slovakiya: 1 oydan 10 oygacha almashinuv hamda tadqiqot olib borish uchun grantlar!Kimlar qatnasha oladi?Bakalavriat, magistratura, PhD bosqichi talabalari, universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar va sanʼatkorlar qatnashishi mumkin.Qanday imkoniyat beradi?– 1-2 semestr (1-10 oy) Slovakiyada oʻqish, tadqiqot olib borish yoki oʻqitish. – Oyiga 620-1470 yevro stipendiya. – Safar xarajatlari uchun mablagʻ.QabulNavbatdagi qabulning soʻnggi sanasi: 2026-yil 31-oktabr, soat 19:00.Batafsil👇 https://grantlar.uz/the-national-scholarship-programme-of-the-slovak-republic/Foydali:
    Image from a post by Grantlar.uzImage from a post by Grantlar.uz
    10,4001952Open in Telegram
  • Grantlar.uz

    19 Sept, 04:02

    Dunyoning 5-raqamli oliygohi – Stenford universitetida magistratura va PhD bosqichi uchun 100 tagacha toʻliq grantKnight-Hennessy Scholars granti Stenford universitetining (AQSH) magistrlik yoki PhD dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.Iqtisodiy imtiyozlar: – Kontrakt puli toʻliq qoplanadi – Turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlarga yetarli oylik stipendiya beriladi – AQSHga borish va kelish chiptasi olib beriladi – Akademik rivojlanish uchun ham mablagʻ ajratiladi – Suhbat bosqichiga oʻtganlarning suhbat uchun AQSHga borish-kelish va yashash xarajatlari qoplanadiGrant 100 tagacha talabaga ajratiladi.Arizalar qabuli 2026-yil 6-oktabrgacha qabul qilinadi.Batafsil👇 https://grantlar.uz/aqshda-magistratura-va-doktorantura-uchun-100ta-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/@grantlar
    Image from a post by Grantlar.uzImage from a post by Grantlar.uz
    9,9702761Open in Telegram
  • Grantlar.uz

    18 Sept, 09:02

    Karsh International Scholarship: AQSHdagi Duke universitetida bakalavriatni o’qish uchun to’liq grantUshbu grantni Duke universitetidagi istalgan bakalavriat dasturi uchun olish mumkin. Grant uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi.Grant imtiyozlari: – Kontrakt toʻlovi va boshqa majburiy toʻlovlar toʻliq qoplanadi – Yashash va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi – yozgi tadqiqot dasturlarida ishtirok etish xarajatlari qoplanadi – turli amaliyotlarda qatnashish imkoniyatiArizalar qabuli 2026-yil 2-noyabr yoki 2027-yil 4-yanvargacha davom etadi.Batafsil👇 https://grantlar.uz/karsh-international-scholarship/@grantlar
    Image from a post by Grantlar.uzImage from a post by Grantlar.uz
    10,6001733Open in Telegram
  • Grantlar.uz

    18 Sept, 03:25

    Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!Kimlar qatnasha oladi? – Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.Iqtisodiy imkoniyatlar: – Oylik stipendiya. – Bepul turar joy. – Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.Arizalar qabuli uchun 2 xil muddat bor: – Har yili 1-noyabrgacha. – Yil davomida.Batafsil👇 https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/@grantlar
    Image from a post by Grantlar.uzImage from a post by Grantlar.uz
    10,500148Open in Telegram
  • Grantlar.uz

    17 Sept, 12:02

    Dunyoning 8-raqamli universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya; joy – 60 ta!Shveytsariyadagi ETH Zurich universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun ESOP grantini taklif qiladi.Grant universitetda mavjud barcha magistrlik dasturlari uchun beriladi.Magistrlik dasturlarining koʻpi ingliz, baʼzilari nemis tilida oʻtiladi.Grant imkoniyatlari: – Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi. – Yiliga taxminan 30 ming dollar stipendiya beriladi.Bu yil ushbu grant taxminan 60 nafar talabaga ajratilishi rejalashtirilgan.Arizalar 2026-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha qabul qilinadi.Batafsil👇 https://grantlar.uz/shaveytsariya-eth-zurich-universiteti-magistrlik-dasturlarida-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/@grantlar
    Image from a post by Grantlar.uzImage from a post by Grantlar.uz
    10,400223Open in Telegram
  • Grantlar.uz

    17 Sept, 07:02

    ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollariTanlovda hikoya yozishga qiziquvchi va kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar 5000 soʻzdan oshmasligi va ingliz tilida boʻlishi kerak.Mukofot: Gʻolib 1000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.Hikoyalar 2026-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.Batafsil👇 https://grantlar.uz/servicescape-short-story-award-hikoyalar-tanlovi-mukofot-1000-aqsh-dollari/@grantlar
    Image from a post by Grantlar.uzImage from a post by Grantlar.uz
    11,400733Open in Telegram
  • Grantlar.uz

    16 Sept, 15:02

    National Poetry Competition: havaskor va professional shoirlar uchun sheʼrlar tanlovi!Tanlovda butun dunyodan 18 yoshga toʻlgan havaskor va professional shoirlar qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida topshirilishi kerak.Mukofotlar: – 1-oʻrin: 5000 funt-streling. – 2-oʻrin: 2000 funt-sterling. – 3-oʻrin: 1000 funt-sterling. – Alohida eʼtirof etilgan sheʼrlar mualliflari: 500 funt-sterling.Sheʼrlar qabuli 2026-yil 31-oktyabrgacha davom etadi.Batafsil👇 https://grantlar.uz/national-poetry-competition-havaskor-va-professional-shoirlar-uchun-sherlar-tanlovi/@grantlar
    Image from a post by Grantlar.uzImage from a post by Grantlar.uz
    11,90084Open in Telegram
  • Grantlar.uz

    16 Sept, 04:48

    Gates Cambridge Scholarships: Dunyoning 6-raqamli universitetida oʻqish uchun 70 ta toʻliq grant!Bu grantga Kembrij universitetida PhD, magistratura (MLitt) bosqichi yoki 1 yillik aspirantura kurslarida oʻqimoqchi boʻlganlar topshira oladi.Grant imkoniyatlari: – Oʻqish puli toʻliq qoplanadi. – Yillik stipendiya beriladi (12 oy uchun 23 152 funt-sterling). – Borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi. – Kiruvchi viza xarajatlari va immigratsion tibbiy yigʻim toʻlovi qoplanadi. – Farzandi borlar yiliga 12 793 funt-sterling (1 nafar farzand uchun) yoki 18 244 funt-sterling (2 yoki undan koʻp farzand uchun) qoʻshimcha yordam mablagʻi ham olishi mumkin.Arizalar qabuli 2026-yil 8-dekabr yoki 2027-yil 6-yanvarda tugaydi (qabulning oxirgi muddati dasturga qarab farq qiladi).Batafsil👇 https://grantlar.uz/gates-cambridge-scholarships-university-of-cambridge/@grantlar
    Image from a post by Grantlar.uzImage from a post by Grantlar.uz
    13,3002785Open in Telegram
  • Grantlar.uz

    15 Sept, 04:02

    Xorijda tahsil olayotganlar uchun 1500 dollargacha Vatandosh stipendiyasiUshbu stipendiya tanlovida xorijda tahsil olayotgan bakalavriat va magisrtratura talabalari ariza topshirishi mumkin.Nomzodlardan Oʻzbekiston uchun amaliy foyda keltiruvchi loyiha yoki MVP (minimal ishlaydigan mahsulot) taqdim etish talab qilinadi.Mukofotlar: – bakalavriat 1000 dollar, magistratura uchun 1500 dollar bir martalik stipendiya – menorlik, malaka oshirish va netvorking tadbirlarida qatnashish imkoniyatiArizalar 2026-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.Batafsil👇 https://grantlar.uz/vatandosh-stipendiyasi/@grantlar
    Image from a post by Grantlar.uzImage from a post by Grantlar.uz
    15,100268Open in Telegram