gram news
Qarorlar soyasida channel avatar

Qarorlar soyasida

@grdirector

💡Vice President for Strategic Development of Yandex Uzbekistan 🎓PhD in Economics, Skolkovo School Bu yerda siz hukumat bilan aloqalar olamiga “orqa eshik”dan kirib borasiz. Tajriba, tavsiyalar, keyslar - va biroz kulgu

ProjectsUZBlogs

3,170subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Qarorlar soyasida

    13 Sept, 19:54

    Qo‘rquvEng xavfli payt - sizga biror ishni uddalay olmaysiz, deyishgan vaqt emas. Eng xavfli payt - hamma narsa sizdan mamnun bo‘lib, sizni barcha talablarga mos, deb aytishgan vaqtdir.Bu ba’zan siz tizimga juda moslashib qolganingizni anglatadi. Savol berishni to‘xtatasiz, hamma ishni odat bo‘yicha bajara boshlaysiz. Shuning uchun o‘zgarishlar hamma narsa yomonlashganda emas, hayot juda bir xil bo‘lib qolganda kerak bo‘ladi.Hech bo‘lmaganda har ikki yilda bir marta komfort zonasidan chiqib turish foydali. Barqarorlik kerak, lekin u sizni cheklamasligi kerak. Juda uzoq davom etgan komfort hayot odamni yangi narsalarni o‘rganish, fikrlash, eksperiment qilish va o‘zgarishlarga moslashish qobiliyatidan mahrum qiladi.Menimcha, haqiqiy komfort uyda - oila yonida bo‘lishi kerak. Oila bizga kuch beradi va noaniq joylarga dadil qadam tashlashga yordam beradi.Uydan tashqarida esa xaos,
    938898679732Open in Telegram
  • Qarorlar soyasida

    8 Sept, 16:08

    forwarded from @spotuz_uz

    “Faqat bitta vakansiyaga yopishib olmaslik kerak”: O‘zbekistonda AI va ML sohasida karyerani qanday boshlash mumkin?Yandex ML School Uzbekistan bitiruvchilari Shavkat Sadulloyev va Abbos Ibragimov nima uchun mashinali o‘rganishni tanlaganliklari, o‘qish davomida nima eng qiyin bo‘lgani va hozir O‘zbekistonda bu sohada qanday ish topish mumkinligi haqida so‘zlab berdi (reklama).https://www.spot.uz/oz/2026/09/08/yandex-ml/
    1,16087827065Open in Telegram
  • Qarorlar soyasida

    6 Sept, 20:12

    Komfort zonasidan chiqish nima o‘zi?Vaqt o‘tishi bilan hayotimiz o‘zi sezmagan holda bir xil ssenariyga tushib qolarkan. Bir xil grafik, odatiy yo‘nalishlar, bir xil kiyimlar. Boshda yuzta vazifa bo‘lsa, ortiqcha qarorlarni kamaytirishga harakat qilasan. Bu vaqt va energiyani tejaydi.Lekin ba’zan shu tartibni buzib turish kerak)))Kelgusi olti oyda YUzb’ni yangi darajaga olib chiqadigan bir nechta katta vazifalarni oldimga qo‘yganman. Shu sababli o‘zimga ham biroz yangi chaqiriq kerak edi.Xivada Hikmat’aka Abdurahmanov bilan uchrashib, «Fikr yetakchilari» haqida gapirib qoldilar. Qiziqib qoldim va ko‘p o‘ylamasdan - bordim.Alisher’aka Hoshimov mentorlik qilayotgan guruh bilan biznes, kitoblar va islohotlar haqida gaplashdik. Keyin esa cho‘mildik, daryoda sayr qildik)))Ba’zan yangi narsa ko‘rish uchun hayotni o‘zgartirish shart emas. Kalendarni bir kunga yopib, chipta olib,
    1,17091817171Open in Telegram
  • Qarorlar soyasida

    31 Aug, 07:15

    2 сентябрь куни Ўзбекистонда янги ўқув йили бошланади. Шу муносабат билан Yandex Maps’да ҳайдовчилар учун «Эҳтиёт бўлинг, мактаб» 🚸 огоҳлантириши пайдо бўлди.Агар йўналиш таълим муассасаси яқинидан ўтса, харитада махсус «Эҳтиёт бўлинг, болалар!» белгиси кўрсатилади.Ўқув йилининг биринчи тонгида йўлни қулайроқ режалаштириш учун уйдан чиқишдан аввал тирбандлик ҳолатини текшириш ва сафарнинг турли вариантларини - автомобилда, жамоат транспортида ёки пиёда ҳаракатланишни солиштириш мумкин. Автобусда ҳаракатланишни режалаштирганлар учун Yandex Maps унинг реал вақтдаги ҳаракатини ҳамда бекатга тахминий етиб келиш вақтини ҳам кўрсатади.
    1,33088777771Open in Telegram
  • Qarorlar soyasida

    29 Aug, 02:13

    Oktabrda Toshkentda Yandex Uzbekistan Dev Camp 2026 boshlanadi.3 hafta davomida Yandex muhandislari bilan birga backend, AI va algoritmlarni o‘rganamiz, real tajriba bilan bo‘lishamiz va texnologiyalar qanday ishlashini yaqindan ko‘ramiz.YUz muhandislari bilan tanishish, savollar berish, boshqa kuchli yosh mutaxassislar bilan networking qilish ham mumkin.📍 Yandex Uzbekistan ofisi 🌐 Rus va ingliz tillarida 💰 Ishtirok etish bepulDastur oxirida eng yaxshi qatnashchilar Yandex Uzbekistan’da amaliyot uchun qisqartirilgan saralash bosqichiga o‘tishlari mumkin.📅 Ro‘yxatdan o‘tish 30-sentabrgacha.
    1,1909077686711Open in Telegram
  • Qarorlar soyasida

    28 Aug, 18:02

    Bugun O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdim.Marosimdagi tariximizga bag‘ishlangan sahnaviy chiqish menda alohida taassurot qoldirdi. Bu shunchaki badiiy sahna emas, juda kuchli siyosiy bayonot bo‘ldi.Jadidlarimizning taqdiri, milliy ziyolilarimizning qatag‘on qilinishi va Sibirga surgun etilgani ochiq namoyish qilindi. Eng muhimi, tariximizning og‘riqli sahifalari yashirilmay, ular haqida ochiq gapirildi.Menimcha, bu O‘zbekistonning o‘z tarixiga bo‘lgan munosabatida muhim burilish.Bizning tariximiz chuqur. Davlatchiligimiz, milliy o‘zligimiz va madaniyatimizning ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. O‘z tarixini tan olish va uni barcha murakkabligi bilan ochiq ayta olish esa kuchli davlatga xos belgidir.35 yil avval mustaqillikka erishgan O‘zbekiston bugun nafaqat kelajagini, balki o‘z tarixiy xotirasini ham qayta
    1,13094787365Open in Telegram
  • Qarorlar soyasida

    21 Aug, 17:15

    "Yandex Go ilovasida «Shaharlararo» xizmati paydo bo'ldiYandex Go ilovasida shaharlararo safarlar uchun yangi xizmat ishga tushdi. Mashina to'g'ridan-to'g'ri uyingizga keladi — pyatakka borish yoki chatlardan mashina qidirish shart emas. Jo'nash vaqtini o'zingiz tanlaysiz, marshrut uyingizdan kerakli manzilgacha tuziladi. Dastlabki 3 ta safarga 40% chegirma amal qiladi."
    1,230100867772Open in Telegram
  • Qarorlar soyasida

    21 Aug, 15:09

    forwarded from @uzchamber

    🍇 Узум сайли дастури доирасидаги тадбирларда Тошкент вилояти ҳокими Зойир Мирзаев, вазирлик ва идоралар, дипломатик корпус вакиллари, хорижлик меҳмонлар шунингдек, тадбиркор ва ишбилармонлар иштирок этмоқда.Дастурга мувофиқ либослар кўргазмаси, анъанавий аукцион савдолари бўлиб ўтмоқда.🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
    1,23081787874Open in Telegram
  • Qarorlar soyasida

    19 Aug, 09:11

    Yandex ML School Uzbekistan 2026 uchun qabul boshlandiMachine Learning’ni shunchaki tayyor modellarni ishlatish darajasida emas, uning asosidagi algoritmlar, matematik yondashuvlar va muhandislik jarayonlari bilan birga o‘rganmoqchimisiz?Unda Yandex ML School’ga ariza topshiring.Bir yil davom etadigan bepul dasturda siz:• matematika va algoritmlar; • klassik ML; • neyron tarmoqlar; • LLM va zamonaviy AI texnologiyalari; • mustahkamlovchi o‘qitish; • real ML tizimlarini yaratish va ishlab chiqish jarayonlarini o‘rganasiz.Nimalar kutmoqda?- Saralangan ishtirokchilar uchun dastur to‘liq bepul - Yandex mutaxassislari, yetakchi universitetlar professorlari va soha ekspertlaridan ta’lim - Real loyihalar, amaliy topshiriqlar, workshoplar va Industrial Weekend’lar
    1,19095787370Open in Telegram
  • Qarorlar soyasida

    18 Aug, 22:01edited

    Ochiq muloqot 2026President nutqidan: «Xorijda mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolarimizning qaytishi uchun sharoit yaratish va ularni munosib ish bilan ta’minlash».Bu yondashuv mamlakatdagi mavjud kayfiyat va qarashlarni sezilarli darajada o‘zgartirishi mumkin.Uzoq yillar davomida mehnat migratsiyasi biz uchun iqtisodiy zarurat sifatida qaraldi. Endi esa vazifa boshqacha qo‘yilmoqda: fuqarolarimizning qaytishi uchun mamlakatning o‘zida munosib ish, daromad va rivojlanish imkoniyatlarini yaratish.Bu nafaqat davlat, balki biznes va texnologik kompaniyalar uchun ham katta vazifa.Qanday qilib yangi kasblar yaratamiz? Qanday qilib yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ish o‘rinlarini ko‘paytiramiz? Va eng muhimi, qanday qilib inson o‘z kelajagini xorijda emas, O‘zbekistonda ko‘rishi uchun sharoit yaratamiz?Menimcha, bu haqda jiddiy o‘ylash va aniq yechimlar taklif qilish vaqti keldi.
    1,11095938577Open in Telegram
  • Qarorlar soyasida

    14 Aug, 16:27

    forwarded from @zaminuz

    ⚡️ Toshkentda Yandex Maps piyodalar uchun soyali yo‘llarni ko‘rsata boshladiToshkentda Yandex Maps piyodalar uchun daraxtlar va soyali hududlardan o‘tuvchi «Zelyoniy» yo‘nalishlarni taklif qila boshladi. Marshrutlarni hisoblashda yo‘l uzunligi, o‘rtacha havo harorati, quyoshli maydonlar ulushi, daraxt tojlarining zichligi hamda soyali va quyoshli zonalarning almashinuvi hisobga olinadi. Funksiya sun’iy yo‘ldosh suratlari asosida yaratilgan raqamli xaritaga tayanadi, obyektlarni tanib olish aniqligi qariyb 90 foizni tashkil etadi.👉 Batafsil o'qishFacebook | Instagram | Youtube | Telegram
    1,380106989476Open in Telegram
  • Qarorlar soyasida

    13 Aug, 15:25edited

    Izzat Shukurov «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi“Yandex Uzbekistan” CEOsi Izzat Shukurov «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.Tegishli Farmoyish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2026-yil 13-avgust kuni imzolandi.«Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, aholi bandligi va farovonligini ta’minlash, shuningdek, biznes va ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki bilan munosib hissa qo‘shayotgan tadbirkorlarga beriladi.Izzat Shukurov mazkur mukofotga o‘zining samarali faoliyati, tashabbuslari va mamlakat iqtisodiyoti hamda tadbirkorlik muhitini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun munosib ko‘rildi.Tabrikliyman o’rto!!!
    2,950888478732Open in Telegram
  • Qarorlar soyasida

    10 Aug, 18:45

    forwarded from @mintrans_uz

    Fakt 24 | Raqamli transport tizimi startaplari uchun 320 million so‘m mukofotТelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
    1,200video88817875Open in Telegram
  • Qarorlar soyasida

    9 Aug, 09:48

    forwarded from @mintrans_uz

    Hackathon g‘oliblari aniqlandi6 – 8 - avgust kunlari poytaxtimizda transport sohasida sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ilk National Transport Hackathon bo‘lib o‘tdi.Uch kun mobaynida jamoalar mamlakat transport sohasiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha innovatsion yechimlarni ishlab chiqdilar.Uchta yo‘nalish bo‘yicha quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:Hackathon 1-trek “Aholi mobilligini oshirish uchun maxsus servislar” yo‘nalishida1-o‘rinni VorteX jamoasi “QATNOV” loyihasi 2- o‘rinni AlmaCode jamoasi “EasyPay” loyihasi 3- o‘rinni AYSLATTE jamoasi “ЯСамокат” loyihasiHackathon 2-trek “Transport vazirligi axborot tizimlariga sun’iy intellektni joriy etish” yo‘nalishida1 - o‘rinni
    1,190video92767566Open in Telegram
  • Qarorlar soyasida

    7 Aug, 12:56

    forwarded from @uznewsuzb

    Ўзбекистонда транспорт учун СИ ечимларини ишлаб чиқиш бўйича биринчи хакатон бошландиЎзбекистонда Транспорт вазирлиги, Рақамли транспорт маркази ва Yandex Uzbekistan ҳамкорлигида мамлакатдаги илк National Transport Hackathon бошланди. Уч кун давомида иштирокчилар транспорт соҳаси учун сунъий интеллектга асосланган рақамли хизмат ва ечимларни ишлаб чиқади. https://uznews.uz/uz/news/111846@uznewsuzb
    1,02084807269Open in Telegram
  • Qarorlar soyasida

    7 Aug, 12:01

    forwarded from @ijtimoiyhimoya_agentligi

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan ijtimoiy himoya sohasida xizmat koʼrsatuvchi hamda loyihalarni amalga oshiruvchi tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot davom etyaptii.🟥 JONLI EFIRSoʼnggi yillarda ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, ularning qamrovini kengaytirish hamda aholiga zamonaviy va manzilli xizmatlarni koʼrsatishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Bugungi kunda Аgentlik tomonidan ijtimoiy himoyaning 13 ta xizmati davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan boʼlib, ushbu jarayonga 250 dan ortiq tadbirkor jalb qilingan.Mazkur hamkorlik natijasida kunduzgi parvarish, erta aralashuv, kichik hajmli ijtimoiy koʼmak markazlari, psixo-ijtimoiy reabilitatsiya, “Faol hayotga qadam” dasturi va boshqa qator ijtimoiy xizmatlar
    1,09092776867Open in Telegram
  • Qarorlar soyasida

    6 Aug, 09:32

    forwarded from @mintrans_uz

    Transport vazirligi, Raqamli transport markazi va Yandex Uzbekistan tomonidan tashkil etilgan hackathonning asosiy g‘oyasi – amaliy raqamli yechimlar yordamida insonlar mobilligini oshirish va transport tizimi samaradorligini yaxshilashdan iborat.Uch kun davomida hackathon davomida transport, ma’lumotlar, sun’iy intellekt va raqamli mahsulotlar bo‘yicha mutaxassislar yoshlar bilan bevosita uchrashishadi.Hackathon ishtirok etayotgan jamoalarning vazifasi esa transport tizimidagi real muammolarni ishlaydigan servislar, prototiplar va tahliliy yechimlarga aylantirishdan iborat.Hackathon doirasida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha innovatsion yechimlarni ishlab chiqishlari lozim:- aviatsiya, temir yo‘l va avtomobil transportida aholi mobilligini oshirishga xizmat qiluvchi servis va ilovalarni yaratish;- Transport vazirligining axborot tizimlariga sun’iy intellekt
    1,15092837956Open in Telegram
  • Qarorlar soyasida

    6 Aug, 08:05

    forwarded from @mintrans_uz

    Bugungi tadbir transport sohasini raqamlashtirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘lib, yoshlarimizning tashabbuskorligini namoyish etish uchun ajoyib maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.Tadbirning ochilish marosimida ishtirok etgan transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov bugungi kunda Transport vazirligi tomonidan sohani raqamlashtirish yo‘nalishida 40 dan ortiq loyiha amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.Har oyda vazirlik axborot tizimlarida shakllanayotgan ma’lumotlardan 5 millionga yaqin aholi foydalanmoqda. Bugungi kunga kelib, Transport vazirligi tomonidan taqdim etiladigan 22 ta davlat xizmatining barchasi raqamli formatga o‘tkazildi.Keyingi bosqich sifatida ushbu jarayonlarni avtomatlashtirishni rejalashtirganmiz — aynan mana shu borada sun’iy intellekt muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham biz bunday tadbirlarni har yili o‘tkazib borishga qaror
    91590847569Open in Telegram