Latest posts

CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti | Rasmiy
22 Sept, 11:55
forwarded from @eduuz
#SavolJavobPedagog xodimlar farzandlariga 30 foizlik kontrakt chegirmasi qanday qo‘llanadi❓Chegirma kimlarga beriladi❓Mazkur imtiyoz Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyul bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 3849-raqami qo‘shma qarorda belgilangan Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatidagi xodimlarning farzandlariga tatbiq etiladi.Ma’muriy-boshqaruv, texnik va xo‘jalik xodimlari mazkur pedagogik lavozimlar ro‘yxatiga kirmaydi.Chegirmadan qanday foydalaniladi❓1️⃣ Talaba kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali to‘lov-kontrakt shartnomasini olish bo‘yicha ariza yuboradi. 2️⃣ Tizim orqali talabaning pedagog farzandi ekanligi elektron tarzda tekshiriladi va tasdiqlanadi. 3️⃣ Tasdiqlanganidan so‘ng 30 foizlik chegirma qo‘llaniladi.Ariza 2 ish kun ichida ko‘rib chiqiladi va chegirma bir o‘quv yili davomida bir marotaba qo‘llaniladi.Endi eng muhim savol: qancha
CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti | Rasmiy
22 Sept, 02:44edited
#tavallud_kun #tabriklaymizBugun Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti"Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq taʼlimi" kafedrasi p.f.f.d, (PhD) Ibrohimov Farhodjon Anvarjon o'g'lining tavallud ayyomlari.Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Sizlarni fakultet jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!Ilmiy - pedagogik faoliyatlaringizda ulkan zafarlar yor bo'lsin!Gumanitar fanlar fakulteti jamoasi nomidan dekan, professor R.A.Ikramov A'zo bo'ling👇 Bizning ijtimoiy tarmoq kanallarimiz: Instagram | Fecebook | Telegram | YouTube
CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti | Rasmiy
21 Sept, 15:05
#besh_muhim_tashabbusGumanitar fanlar fakultetida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida yengil atletikaning 100 metrga yugurish va estafeta yoʻnalishlari boʻyicha fakultet bosqichi yuqori saviyda oʻtkazildi.Musobaqa tafsilotlari 100 metrga yugurish: Qisqa masofa bahslarida talabalar oʻzlarining chaqqonligi va tezkorligini sinovdan oʻtkazib, murosasiz ravishda raqobatlashdilar. Estafeta bahslari: Jamoaviy birdamlikni talab qiluvchi bu yoʻnalish musobaqaga eng qizgʻin va bayramona shukuh bagʻishladi.Shiddatli kechgan bellashuvlarda eng tezkor natija koʻrsatgan oʻgʻil-qizlar aniqlanib, faxrli oʻrinlarga sazovor boʻlishdi.✅ Keyingi bosqich: Eng sara sportchilar olimpiadaning keyingi – universitet bosqichida qatnashish yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi.A'zo bo'ling👇 Bizning ijtimoiy tarmoq kanallarimiz: Instagram | Fecebook | Telegram | YouTube
CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti | Rasmiy
21 Sept, 12:31
📚 TALABALAR AKADEMIYASI: IMKONIYATLAR VA ISTIQBOLLARGumanitar fanlar fakultetining 1-bosqich talabalari uchun Talabalar akademiyasining faoliyatiga bag‘ishlangan tanishtiruv uchrashuvi tashkil etildi.🔹 Uchrashuv davomida talabalar Akademiyaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari, shuningdek, yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlar bilan tanishtirildi.🔹 Talabalarga Akademiyaning asosiy maqsadi — ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash, tashabbuskorligini oshirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat ekanligi tushuntirildi.🔹 Shuningdek, talabalarning turli to‘garaklar va loyihalarda faol ishtirok etishi, o‘z iqtidor va qobiliyatlarini namoyon qilishi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.A'zo bo'ling👇 Bizning ijtimoiy tarmoq kanallarimiz: Instagram | Fecebook |
CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti | Rasmiy
21 Sept, 12:06
forwarded from @tvchdpi2017
#kun_tarixi21-sentabr – Xalqaro tinchlik kuni😮Videograf — Akrom AvazboyevBizni kuzating: 💚@tvchdpi2017
CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti | Rasmiy
21 Sept, 08:34
forwarded from @tvchdpi2017
#akkreditatsiyaChirchiq davlat pedagogika universitetida kompleks davlat akkreditatsiyasi jarayoni boshlandiAkkreditatsiya doirasida universitetning jami 60 ta ta’lim dasturi, shundan 41 ta oliy ta’lim va 19 ta oliy ta’limdan keyingi ta’lim dasturining faoliyati kompleks baholanmoqda.Baholash jarayoni universitetning so‘nggi 3 yillik faoliyatini qamrab oladi hamda ta’lim sifati va boshqaruvidan tortib, ilmiy-tadqiqot faoliyati, talabalarni qo‘llab-quvvatlash va moddiy-texnik ta’minotgacha bo‘lgan 8 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi.Kompleks baholash jarayoniga 62 nafar, jumladan, 37 nafar mahalliy va 25 nafar xorijiy ekspert jalb etilgan.Universitet rasmiy sahifalari: Web-sayt |Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti | Rasmiy
19 Sept, 18:06
#rasmiy_xabarKontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 15-oktyabrgacha uzaytirildi2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.Bu muddat:• bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar; • oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar; • oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.15-oktyabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.A'zo bo'ling👇 Bizning ijtimoiy tarmoq kanallarimiz: Instagram | Fecebook | Telegram | YouTube
CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti | Rasmiy
19 Sept, 07:25
📌 Talaba almashinuvi yoki akademik mobillik haqidaAkademik mobillik – talaba yoki o'qituvchilarning mamlakatidagi yoki xorijdagi OTMlarda kelishuv asosida ma'lum muddat o'qish yoki dars berishini anglatadi.🎓 Mobil talabalar, asosan, 2 guruhga bo‘linadi:👉erkin harakatlanuvchilar – bunday turdagi talabalar o'z xohish va tashabbuslari bilan ta'lim olish uchun boshqa hududlarga borishadi;👉dastur doirasidagi talabalar – bunda OTMning o'zi yoki uning biror fakulteti boshqa OTM bilan kelishgan holda talabalar uchun o'zaro almashinuv dasturlarini amalga oshiradi. Dasturlar milliy va xalqaro darajada ham bo'lishi mumkin.🔅 Talabalar ma'lum muddat boshqa bir OTMda o'qishi uchun eng katta imkoniyat – talaba almashinuv dasturlari hisoblanadi.✔️ Bunda talaba o'zi o'qiyotgan OTM bilan hamkor bo'lgan xorij yoki boshqa viloyatdagi OTMlaridan birida ma'lum muddat o'qib qaytishi mumkin.A
CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti | Rasmiy
19 Sept, 05:30
Gumanitar fanlar fakultetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha fakultet bosqichi ko‘tarinki kayfiyat va murosasiz sport bahslari ruhida o‘tkazildi.Musobaqa davomida talabalar o‘zlarining jamoaviy birdamligi, chaqqonligi, sport mahorati va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdilar. Maydondagi shiddatli va qiziqarli uchrashuvlar ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi.🏆 Musobaqa yakunlariga ko‘ra: 🥇 1-o‘rin — Tarix yo‘nalishi 3-kurs (kechki ta’lim) jamoasi 🥈 2-o‘rin — Tarix yo‘nalishi 2-kurs (kunduzgi ta’lim) jamoasi 🥉 3-o‘rin — Tarix yo‘nalishi 4-kurs (kunduzgi ta’lim) jamoasi🎉 G‘olib va sovrindor jamoalarni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz!Fakultet bosqichida munosib natija qayd etgan jamoaga “Besh tashabbus olimpiadasi”ning keyingi bosqichida Gumanitar fanlar fakulteti sharafini munosib himoya qilishini
CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti | Rasmiy
19 Sept, 05:25
#Talabalar_akademiyasiRus tilshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi Gulnora Narkuziyeva tomonidan "Любители русского языка" to'garagi o‘z faoliyatini boshlaydi.Vaqti va joyi: Chorshanba soat 12:00. A blok 217-xona.Bilimingizni biz bilan yanada kengaytiring!A'zo bo'ling👇 Bizning ijtimoiy tarmoq kanallarimiz: Instagram | Fecebook | Telegram | YouTube
CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti | Rasmiy
18 Sept, 13:44
#Qonunchilik_yangiliklar ❗️ Magistratura to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi Hukumatning “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura bosqichida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti | Rasmiy
18 Sept, 13:43
forwarded from @eduuz
#Qonunchilik_yangiliklar❗️ Magistratura to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandiHukumatning “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura bosqichida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 17-sentyabrdagi 500-son qarori bilan Magistratura to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.🔰 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarida magistraturada kadrlar tayyorlash tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha nazariy bilimlar, fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot (ilmiy-ijodiy) ishlar, shuningdek, mutaxassislikka mos korxona va tashkilotlarda tadqiqot ishlari hamda amaliyot (stajirovka)larni amalga oshirishni nazarda tutadi.➡️ Nizomga ko‘ra:▪️ magistratura bosqichida kadrlar ishlab chiqarish dasturiga yo‘naltirilgan — kamida 1 yil, ilmiy-pedagogik dasturga yo‘naltirilgan — kamida 2 yil
CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti | Rasmiy
18 Sept, 05:48
⚽️ “BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” — MINI-FUTBOL MUSOBAQASI🏆 Gumanitar fanlar fakultetida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mini-futbol musobaqasining fakultet bosqichi o‘tkaziladi.📅 Sana: 18-sentabr ⏰ Vaqt: 14:00 📍 Manzil: Turizm fakulteti sport zaliMusobaqada fakultetning barcha yo‘nalish talabalari jamoaviy tarzda faol ishtirok etishlari mumkin.Barcha yo‘nalish talabalaridan musobaqada faol ishtirok etish, sport mahoratini namoyon etish va o‘z jamoasi sharafini munosib himoya qilishlarini kutamiz!A'zo bo'ling👇 Bizning ijtimoiy tarmoq kanallarimiz: Instagram | Fecebook | Telegram | YouTube
CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti | Rasmiy
18 Sept, 04:20
“Mustaqil O‘zbekiston — mening faxrim” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.Gumanitar fanlar fakultetida talabalarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va mustaqillik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida “Mustaqil O‘zbekiston — mening faxrim” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.✍️ Tanlovda talabalar mustaqil O‘zbekistonning bugungi taraqqiyoti, yurtimizdagi bunyodkorlik va islohotlar, Vatan ravnaqi yo‘lidagi ezgu maqsad va intilishlarini o‘z ijodiy ishlari orqali ifoda etdilar.Tanlov davomida ishtirokchilarning ijodiy yondashuvi, mustaqillik g‘oyalarini yoritish mahorati hamda Vatanga bo‘lgan samimiy munosabati namoyon bo‘ldi.A'zo bo'ling👇 Bizning ijtimoiy tarmoq kanallarimiz: Instagram | Fecebook | Telegram | YouTube
CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti | Rasmiy
18 Sept, 04:10
#besh_muhum_tashabbus✅ Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakultetida talaba-yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida voleybol musobaqasining fakultet bosqichi bo'lib o'tdi.Musobaqa juda qizg'in, murosasiz ruhda o'tdi. Talabalar o'zlarining chaqqonligi, jamoaviy birdamligi va sport mahoratini namoyon etishib, barchaga unutilmas taassurotlar ulashishdi.✅ Musobaqa natijalariga koʻra oʻgʻil bolalar oʻrtasida: 1-o'rin Milliy gʻoya maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi yoʻnalishi 2-o'rin Tarix yoʻnalishi 3-o'rin Tojik tili va adabiyoti yoʻnalishiQizlar oʻrtasida: 1-o'rin Rus tili va adabiyoti yoʻnalishi 2-o'rin O'zbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 3-o'rin Tojik tili va adabiyoti yoʻnalishi✅G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.A'zo bo'ling👇
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
