gram news
Hakim Shoshiy channel avatar

Hakim Shoshiy

@hakimshoshiy

O'qi, olim bo'l! Tolibi ilm sahifasi

ProjectsUZEducation

6,510subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Hakim Shoshiy

    19 Sept, 19:02

    Ilm olish yo'liSakkiz asr oldin Imom Zarnujiy ilmga yeta olmayotgan talabalar uchun «Ta'limul Muta'allim» kitobini yozganlar. Kitob biror fanni emas, ilm olish yo'lini o'rgatadi.Yakshanba kuni shu kitob bo'yicha bir kechalik dars bo'ladi. Darsni arab tili ustozi Sherzod Ahmad olib boradi. 5 yil davomida 1000 ga yaqin o'quvchiga dars bergan, At-Tanal C1 va CEFR C1 sertifikatlari sohibi.Darsda besh fasl ko'riladi: niyat; ilm, ustoz va sherik tanlash; jiddiyat va himmat; sabaq va takror tartibi; hifz va unutish sabablari.20-sentabr, yakshanba, soat 20:00. 90 daqiqa, yopiq Telegram kanalida jonli efir, oxirida savol-javob.Narxni har kim o'zi belgilaydi, eng kami 5 000 so'm. To'lov 20-sentabr soat 19:00 gacha qabul qilinadi.Botda hifz va unutish haqidagi fasldan besh daqiqalik bepul video bor — yozilishdan oldin ko'rishingiz mumkin.Batafsil ma'lumot, bepul video va darsga
    1,95018Open in Telegram
  • Hakim Shoshiy

    15 Sept, 15:30edited

    Arablarda bir ibora bor: الصاحب ساحب Tarjimasi: Sherik o’ziga tortadiO’zimizdagi “Qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi”ga o’xshash.O’sha gap, baribir arabchasi zo’r chiqqan)
    3,740135Open in Telegram
  • Hakim Shoshiy

    13 Sept, 09:10

    Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:Bir kishi Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga: "Ey Allohning Rosuli, mening bog'imda falon kishining bir xurmo daraxti bor. Men bog'imni to'g'rilamoqchiman. Uni buyuring, o'sha daraxtni menga bersin, toki bog'imni to'g'rilay", dedi.Rosululloh sollallohu alayhi vasallam unga: "Uni bunga ber. Evaziga jannatda bir xurmo daraxti bo'ladi", dedilar. Ammo u bosh tortdi.Shunda Abu Dahdoh uning oldiga borib: "Xurmo daraxtingni menga sot, evaziga bog'imni beray", dedi. U shunday qildi.So'ng Abu Dahdoh Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: "Ey Allohning Rosuli, men o'sha xurmo daraxtini bog'im evaziga sotib oldim. Uni o'sha kishiga bering — men uni unga berdim", dedi.Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: "Jannatda Abu Dahdoh uchun qancha-qancha xurmo shingili muhayyo bo'ldi!" dedilar. Buni takror-takror
    4,18096Open in Telegram
  • Hakim Shoshiy

    12 Sept, 13:22

    Pul bilan jannatni sotib olsa bo'ladi(mi?)Abdurrohman ibn Samura roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Usmon ibn Affon Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Tabuk qo'shinini jihozlayotgan paytda u zotning huzurlariga kiyimining etagida ming dinor olib keldi va uni Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning etaklariga to'kdi.Rosululloh sollallohu alayhi vasallam uni qo'llari bilan ag'darib ko'rar va: "Bugundan keyin Usmonga qilgan hech bir amali zarar qilmaydi", deb takror-takror aytardilar. Termiziy [3701] va Ahmad [20107] rivoyatlari.Foyda: - Sadaqaning fazilati shunchalik ekanki, sadaqa o'rniga tushsa kishini jannatiy qiladi; - Usmon roziyallohu anhuning saxovati; - Tabuk g'azotining qiyin bo'lganligi.Telegram | YouTube
    5,38077Open in Telegram
  • Hakim Shoshiy

    11 Sept, 09:27

    Kambag'allikdan chiqish retsepti:1.Turib ishlash "Namoz tugagach yer yuzida tarqalib Allohning fazlini (rizqingizni) istanglar". Juma surasi 10-oyat2.Silai rahm Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: "Kim rizqining keng bo'lishini va umri uzayishini istasa — qarindoshlik rishtasini ulasin!" Buxoriy [2067] va Muslim [2557] rivoyatlari.3.Gunohlarni tark etish Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kishi o'zi qilgan gunohi sababli rizqdan mahrum bo'ladi", dedilar. Ibn Moja rivoyati [90].4.Haj bilan umrani ketma-ket ado etish U zot sollallohu alayhi vasallam: "Haj bilan umrani ketma-ket (izma-iz) ado etinglar! Zero, ular faqirlik va gunohlarni ketkazadi — xuddi bosqon temirning zangini ketkazgani kabi", dedilar. Nasoiy rivoyati [2630].5.Odamlardan
    4,810106Open in Telegram
  • Hakim Shoshiy

    3 Sept, 12:47

    اِحْفِرْ بِئْرًا، وَطُمَّ بِئْرًا، وَلَا تُعَطِّلْ أَجِيرًاArab maqolida shunday deyiladi: "Quduq qaz, uni ko'mib tashla. Ammo ishchini bekor qoldirma!" — ya'ni, yoshlarni ishga jalb qilish, ularni mehnatga o'rgatish va molni mehnatsiz olmaslikka odatlantirish kerak. Hatto manfaati kam ish bilan band qilib bo’lsa ham ularni bekor qoldirmaslik kerak. Yoshlarni mehnatga, jiddiylikka o'rgatish va dangasalikni tark ettirish eng buyuk foydalardan sanaladi."Majma'ul-amsol" [1/230].Qur’on yodlab yurgan paytlarim, bir safar ustozimga borish muddatim uzayib ketgandi. Borib uzrimni aytgan holda: “Ustoz uzr, ishim tufayli band bo’lib Qur’on takror qilolmay qolyapman, shunga kelishim ancha cho’zilib ketdi”, deganimda, “Yaxshida, bekor qolgandan ko’ra…” degandilar. Shu joyida miyyam portlagan. Bekor qolib yo Qur’on o’qiyman yo gunohga botib qolish ehtimoli turganda band bo’lib qolib Qur’on
    5,58094Open in Telegram
  • Hakim Shoshiy

    1 Sept, 13:25

    Maqomingga qaraDadam “Falonchi yaxshi bola”, deb aytadigan odami men uchun bola emas, bus-butun bir kishi hisoblanardi. Dadam u haqida yengil gapirganidek gapira olmasdim, hurmat bilan gapirardim.Ulamolar ham shunday, o’ziga teng bo’lgan ulamo haqida “Ha umi? Bir tiyinga qimmat odam” degan bo’lsa, kecha ilmga kirgan tolibi ilm ham u kishi haqida shunday deyishi, jur’atli bo’lishi yaramaydi. Har kim o’z maqomini bilmog’i lozim, qadamini o’ylab bosmog’i darkor.Ustozing bilan yoshlikdan o’sgan do’sti biror hazil qilib gaplashsa, sen ham shunday qilsang bo’laveradi degani emas. U ikkisi teng, sendan boshqa…Hakim odoblari sarchashmasidan)
    5,520148Open in Telegram
  • Hakim Shoshiy

    30 Aug, 17:35

    Turmush masalasida uylanmagan odamning maslahatini eshitmayman.Boshqa sohalarda ham
    6,520176Open in Telegram
  • Hakim Shoshiy

    30 Aug, 13:35edited

    Berganda yaxshisini berish...Dadam yoshligimda ukam bilan o'rtamizda biron narsani taqsimlasalar noteng holatda ikkiga bo'lib, taqsim qilishni esa menga qoldirardilar. Va mendan o'sha kattaroq-yaxshiroq qismini ukamga berishimni kutardilar. Bundan olgan foydam, aka-ukachilikni mustahkamlash va birovga narsaning afzalini berishni o'rgatish bo'lgan ekan.Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga kaltakesak (zabb) hadya qilindi, U zot uni yemadilar. Oisha aytadi: Men: "Ey Allohning Rosuli, uni miskinlarga yedirmaymizmi?", dedim. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam: "O'zingiz yemaydigan narsani ularga ham yedirmanglar", dedilar. Ahmad rivoyati [24215].Alloh taolo aytadi: "Ey iymon keltirganlar! Kasb qilgan pok narsalaringizdan va Biz sizlar uchun yerdan chiqargan narsalardan infoq-ehson qilingiz! Uning yaramas (nopisand)ini infoq qilishga
    7,160113Open in Telegram
  • Hakim Shoshiy

    30 Aug, 12:32

    Bu duoning qissasini bilgan biladi.اللَّهُمَّ صُبَّ عَلَيها الْخَيرَ صَبًّا ولا تَجْعَلْ عَيشَها كَدًّا كَدًّاMa’nosi: Ey Alloh, uni ustidan yaxshiliklarni quyib tashla, hayotini qiyin qilma.
    6,000109Open in Telegram
  • Hakim Shoshiy

    22 Aug, 06:03edited

    Diqqat, "Yuz hadis 7.0” loyihasiga qo'shilmoqchi bo'lganlar:Eslatma: - Loyihaga qabul bo'lish uchun eng kamida "Durusul lug'ah" 1-kitob darslarini o'qigan yoki shu darajadagi bilimda bo'lish talab etiladi.- Guruhga qo'shilish sharti, profilida ismi yozilgan bo'lishi. Nuqta vergul, gulchalar qabul qilinmaydi.- Erkaklar uchun guruh [to’ldi]- Ayollar uchun guruh [to’ldi]
    7,840114Open in Telegram
  • Hakim Shoshiy

    21 Aug, 16:47

    "Yodlashga yuz hadis" loyihasi 7.0 Buxoriy va Muslimdagi yodlashga oson 100 hadis jamlangan bir risola bor. Istaganlar bilan har kuni yoki kun ora o'sha risoladan bittadan hadis o'rganamiz. Bunda: ▪️Hadis yodlanadi; ▪️ Tarjima qilinadi; ▪️ Ma'nosi tushuniladi;
    7,450132Open in Telegram
  • Hakim Shoshiy

    20 Aug, 12:51

    Faqir miskinlarni yaxshi ko’rishاللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ فِعْلَ الْخَيْرَاتِ، وَتَرْكَ الْمُنْكَرَاتِ، وَحُبَّ الْمَسَاكِينِ، وَإِذَا أَرَدْتَ بِعِبَادِكَ فِتْنَةً؛ فَاقْبِضْنِي إِلَيْكَ غَيْرَ مَفْتُونٍU zot namozlarida shunday der edilar: "Ey Alloh! Men Sendan yaxshi ishlarni qilishni, yomon ishlarni tark etishni va miskinlarni sevishni so'rayman. Bandalaringga (biror) fitna (sinov) iroda qilsang, meni fitnaga uchratmagan holda O'z huzuringga ol!"Termiziy rivoyati [3233].Telegram | YouTube
    8,78092Open in Telegram
  • Hakim Shoshiy

    6 Aug, 11:29

    Uyat so’z hamma tilda ham uyat.Bittadan ko’proq til biladigan odamlarda uchraydigan bir holat bor. O’z tilida aytishga tortinadigan so’zlarni boshqa tildagi variantini aytib foydalanadi, yoki o’z tilidagi so’kinish so’zlardan chetlanib xuddi shu ma’nodagi chet tili iborasidan foydalanadi.Bu narsa “foreign language effect” (Chet tili effecti) deb ataladi. Ya’ni, inson ona tilida uyat so’zlarni aytsa, ona tili uning ongida o’ta mustahkam o’rnashgani bois, aytuvchiga o’sha uyat so’z ham o’ta ta’sirli va o’ta qabih effekt beradi. Shu sabab u o’ziga yengilroq bo’lgan, chet tilidagi so’zlardan foydalanadi; toki o’zini yengilroq, kamroq aybdor his qilishi uchun.Aslida o’sha yomon-qabih so’zlar o’sha chet tilida ham shunday yomon va qabih. Faqat bu inson o’sha chet tilini o’z ona tiliday mustahkam singdirmagan, o’zlashtirmagan. Faqat kitoblar yoki kinodan o’zlashtirgani tufayli til bilan
    10,300114Open in Telegram
  • Hakim Shoshiy

    1 Aug, 14:26

    "Yodlashga yuz hadis" loyihasi 7.0Buxoriy va Muslimdagi yodlashga oson 100 hadis jamlangan bir risola bor. Istaganlar bilan har kuni yoki kun ora o'sha risoladan bittadan hadis o'rganamiz. Bunda:▪️Hadis yodlanadi; ▪️ Tarjima qilinadi; ▪️ Ma'nosi tushuniladi; ▪️ Hadisdan foydalar olinadi.- Loyihaga qabul bo'lish uchun eng kamida "Durusul lug'ah" 1-kitob darslarini o'qigan yoki shu darajadagi bilimda bo'lish talab etiladi. - Qabul uchun havola juma (22.08.26) kuni tashlanadi;Telegram | YouTube
    10,700161Open in Telegram
  • Hakim Shoshiy

    24 Jul, 16:00

    Bu Allohning yaratmishidir, endi sizlar undan boshqasi nimani yaratganini ko’rsating-chi?! [31:11]Telegram | YouTube
    14,000video135Open in Telegram
  • Hakim Shoshiy

    18 Jul, 20:25

    Instagramda biror manfaatli videoni boshqalar ham ko’rishini istasangiz, lekin layk bosganlik javobgarligidan qo’rqsangiz o’sha videoni oxirigacha ko’ring yoki takror-takror ko’ring. Insta algoritmi shunda o’sha videoni qiziqarli ekan deb hisoblab ko’proq odamga ko’rsatadi.
    12,700267Open in Telegram
  • Hakim Shoshiy

    12 Jul, 01:37

    Rabiy' ibn Xusaym aqli zaif bir kishiga xabis nomli eng a'lo navli shirinlik berardi. Unga: «U bechora nima yeyotganini ham bilmaydi-ku?!», deyishdi. Shunda u: «Lekin Alloh biladi-ku!», dedi.«Siyaru a'lomin-nubalo» [7/290].Telegram | YouTube
    15,000148Open in Telegram
  • Hakim Shoshiy

    8 Jul, 13:23

    عَنْ جَابِرٍ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم ‏ "‏ يَوَدُّ أَهْلُ الْعَافِيَةِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حِينَ يُعْطَى أَهْلُ الْبَلاَءِ الثَّوَابَ لَوْ أَنَّ جُلُودَهُمْ كَانَتْ قُرِضَتْ فِي الدُّنْيَا بِالْمَقَارِيضِ ‏" Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Qiyomat kuni balo ahliga savoblar berilayotganida ofiyat ahli dunyoda terilari qaychilar bilan qirqilgan bo'lishini orzu qilib qoladi". Termiziy rivoyati, 2402-hadis.Ya'ni, dunyodagi musibatlar uchun naqadar katta savoblar berilayotganlarini ko'rganlari tufayli.Telegram | YouTube
    15,000107Open in Telegram
  • Hakim Shoshiy

    7 Jul, 14:49

    #Xushxabar #TarqatingTavba eshiklari hali ham ochiq…Telegram | YouTube
    11,900191Open in Telegram