Latest posts

Zamira O'zturk kutubxonasi
10 Sept, 17:26edited
4 harf o'zgargani uchun "odamlar endi chalasavod bo'ladi", deb ayyuhannos solayotganlarning ko'pi - kiril harflarida yozayotganlar. Sizlarga baribir emasmi:)) Ayniqsa rus tilida ko'proq yozib-chizadiganlar go'yo o'zbek tili uchun jon kuydirayotganday gapirishi g'ashimni keltiryapti.Azizlar, bu 4 harf 1993-yili qabul qilingan lotin harfli alifbomizda bo'lgan. Lekin tushunishim bo'yicha "Turkiyadagi alifbo bilan bir xil bo'lmasin", "Biz Turkiyaning izmiga tushib qolmaylik", kabi fikrlovchilar sabab hozirgi kundagi holiga o'zgartirilgan. Chunki xuddi shu fikrlar haliyam aytilyapti. Barakatopgurlar Ş va Ç ni biz Turkiyadan oldin ishlatganmiz. Avval bu mavzuni o'rganing, keyin fikr bildiring.Turk tilida men juda yaxshi ko'rgan bir maqol bor: Zararın neresinden dönersen kardır, ya'ni: Senga zarar yetkazayotgan narsadan voz kechgan oningdan boshlab, foyda ko‘ra boshlaysan, ma'nosida.Menim
Zamira O'zturk kutubxonasi
10 Sept, 16:49edited
Men odamlarning xulq-atvorini kuzatib, shuni angladim: oliyjanob insonlar kuch va mavqega erishgan sari yanada kamtar bo‘ladilar.Pastkash odamlar esa kuch va mavqega erishgan sari yanada kibrli bo‘lib boradilar.Imom Shofe’iy✨✨✨Oqshomingiz xayrli bo'lsin azizlar!@hamidovazamira


Zamira O'zturk kutubxonasi
10 Sept, 11:44edited
Senat alifboda toʻrtta harfni oʻzgartirishni maʼqulladi.Amaliyotda muammolarga sabab boʻlayotgan apostrofli O‘ va G‘ harflari diakritik belgili Ö va Ğ shaklini oladi. Harf birikmasi shaklidagi Sh va Ch oʻrnini diakritik belgili Ş va Ç egallaydi. Oliy Majlis Senati “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qonunni maʼqulladi.Qonun bilan, alifboga quyidagicha oʻzgartishlar kiritilmoqda: O‘ o‘ → Ö ö G‘ g‘ → Ğ ğ Sh sh → Ş ş Ch ch → Ç çShuningdek, Ng mustaqil harf sifatida alifbodan chiqariladi. Tutuq belgisi saqlab qolinadi. Senat matbuot xizmati xabariga koʻra, qonun kuchga kirguniga qadar amaldagi alifbo asosida rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qogʻozlar toʻsiqsiz muomalada qoladi.Davlat organlari va tashkilotlarining ramziy belgilari, peshlavha va


Zamira O'zturk kutubxonasi
10 Sept, 06:04edited
"Qanday bo‘larkin?” deb o‘ylashga majbur qilgan barcha tashvishlarimni Senga topshirdim, Allohim...@hamidovazamira


Zamira O'zturk kutubxonasi
9 Sept, 14:24edited
Kecha meva-sabzavot bozoriga tushgandim. Bir ayol karamlarni suratga olib, sun'iy intellektdan "qaysi birini sotib olay?", deb so'rayotgandi.Shu darajaga yetib keldikmi:))@hamidovazamira
Zamira O'zturk kutubxonasi
9 Sept, 06:18edited
Turkiy davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik yana bir yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.Qardoshlik rishtalariga asoslangan hamkorlik endi xavfsizlik sohasida ham kengaymoqda. Turkiy davlatlar TURKPOL — turkiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlik tuzilmasini tashkil etishga hozirlik ko‘rmoqda.Turkiy Davlatlar Tashkilotining 2040-yilgacha bo‘lgan istiqbol konsepsiyasi doirasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda davlatlar o‘rtasida tezkor axborot almashish tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.Bir davlatda sodir etilib, boshqa davlat hududida davom etgan yoki uning hududigacha yetib borgan jinoyatlar bo‘yicha turkiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari birgalikda harakat qiladi. Bu orqali transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashda o‘zaro muvofiqlashtirilgan hamkorlikni kuchaytirish maqsad qilingan.@hamidovazamira
Zamira O'zturk kutubxonasi
7 Sept, 16:00edited
Insonning butun umri kurashish bilan o'tadi. Yashash uchun, sevgi uchun, non uchun, tushunish uchun, bir siqim vafo va sadoqat uchun.Halis Karabenli@hamidovazamira
Zamira O'zturk kutubxonasi
6 Sept, 12:58edited
OLMALARZumrad xola har safar nafaqa puli olganida uzummi, handalakmi, xullas, biron-bir tansiq narsa xarid qiladi. Bugun ham pochtaxonadan nafaqa pulini oldi-da, guzardagi bozorga kirdi. Yupqa gardishli ko‘zoynak taqib o‘tirgan cho‘qqi soqol cholning qimizak olmalari ko‘ziga issiq ko‘rindi. Yaxshi-yaxshilaridan tanlab oldi.Hovliga kirishi bilan etagiga yopishgan Hasan-Husan nevaralariga olma ulashdi. Kechqurun kelini ishdan kelganida unga ham berdi. Azimjon xizmat safarida edi. O‘g‘limning ham og‘zi tegsin deb, ikkita katta-katta olmani shkaf tepasiga yashirib qo‘ydi.Uch kundan keyin Azimjon keldi. Zumrad xola bir tizzasiga Hasanni, bittasiga Husanni o‘tqazib o‘tirgan o‘g‘lini ko‘rib, qaysi kuni yashirib qo‘ygan olmalarini olib chiqdi.Azimjon olmalarni huzur qilib hidladi-da, bittasini Hasanga, bittasini Husanga berdi. Ularning qarsillatib olma yeyishini ko‘rib, onasiga


Zamira O'zturk kutubxonasi
6 Sept, 08:09edited
“Men insonlarga yashash uchun umid, quvvat va quvonch beradigan asarlarni yaxshi ko‘raman. Insonni ezilib, shalvirab qolgan oshxona lattasiga aylantirib, tushkunlikka soladigan asarlarni yoqtirmayman. O‘zi shundoq ham to‘kin-sochin, farovon hayot kechirayotganimiz
Zamira O'zturk kutubxonasi
6 Sept, 07:54edited
“Men insonlarga yashash uchun umid, quvvat va quvonch beradigan asarlarni yaxshi ko‘raman. Insonni ezilib, shalvirab qolgan oshxona lattasiga aylantirib, tushkunlikka soladigan asarlarni yoqtirmayman. O‘zi shundoq ham to‘kin-sochin, farovon hayot kechirayotganimiz yo‘q. Buning ustiga, bizga yana hayotning qorong‘i, yomon tomonlari haqida gapirishsa-yu, biz ularni o‘qisak!.. Bu xuddi insonni hovonchaga solib, tuyishga o‘xshaydi. Holbuki, insonning qalbida umid bo‘lishi kerak. O‘qiganlari insonga yashashga bo'lgan ishonch va quvonch bag‘ishlashi kerak...”Memduh Shevket Esendal@hamidovazamira


Zamira O'zturk kutubxonasi
5 Sept, 17:50edited
Yaqinda dugonam oilasi bilan Tabriz shahriga borib keldi. Turkiyaning Eron bilan chegarasi bor. Chegaradan o‘tib, uch soatda Tabrizga yetib borishibdi.“Xuddi tarixga qaytib qolgandek his qildik o‘zimizni”, deydi. Odamlar sokin, hech qayerga shoshilmaydi. Atrofda qandaydir o‘zgacha huzur bor ekan. Vaholanki Eronda urush bor bilasiz..U yerda choyga Tabrizning mashhur atirgullaridan quritilgan g‘unchalarni solib ichishar ekan. Novvoti ham xuddi O‘zbekistondagidek. Aytishlaricha, atirgulli choy insonning zehnini ochar ekan.@hamidovazamira


Zamira O'zturk kutubxonasi
5 Sept, 17:38edited
"Ona, yolg'onchi odamlar qadim zamonlarda ham bo'lgan ekan. "Robin Gud" kitobini o'qib, bunga amin bo'ldim. Ko'chada tilanchilik qilayotgan odamlar bo'ynilariga "Ko'rman, soqovman, garangman", deb yozilgan taxtachalarni osib olishgan ekan. Robin Gud qarasa, ular aslida soppa-sog'lom bo'lib, gaplashib, kulishib ovqat yeyotgan ekan. Odamlarni aldaganlari uchun Robin Gud ularni jazolaydi. To'rvalarini tekshirib ko'rsa, ichidan ellikta oltin tanga chiqadi".#AmirBahodirhikoyalari@hamidovazamira
Zamira O'zturk kutubxonasi
5 Sept, 17:27edited
Kitoblar ham odamlarga o'xshaydi.Ular sizning eng yaqin do'stingiz, ustozingiz va yo'lko'rsatuvchingiz bo'lishi mumkin.Faqat ularni to'g'ri tanlashingiz kerak bo'ladi.@hamidovazamira


Zamira O'zturk kutubxonasi
5 Sept, 13:06edited
30 yoshida hali turmush qurmagan biriga: “Kech qolding”, — deyishadi.30 yoshida vafot etgan inson haqida esa: “Juda yosh edi”, — deyishadi...Hammasi qaysi nuqtayi nazardan qarashingizga bog‘liq..@hamidovazamira
Zamira O'zturk kutubxonasi
5 Sept, 11:07edited
Bir kun kelib, yopilgan eshiklar uchun ham Allohga shukr qilasan. Amalga oshmagani uchun ko‘ngling og‘rigan narsalarning hikmatini anglaysan. Kechikkan har bir narsa aslida seni asraganini ko‘rasan. Yo‘qotdim, deb o‘ylagan ayrim narsalaring aslida bir najot bo‘lganini tushunasan.Chunki har bir ayriliq — yakun emas; ba’zan u yangi bir boshlang'ichdir. Har bir kutish ortida ko‘zga ko‘rinmas bir yaxshilik yashirin. Har bir duoning ijobati ham sen kutgandek bo‘lavermaydi. Ammo Alloh bandasi uchun nima eng yaxshi ekanini biladi.Biz faqat bugunni ko‘ramiz, U esa ertani ham ko‘radi. Shuning uchun ko‘ngildagidek bo‘lmagan narsalar uchun ham shukr qilish kerak. Chunki taqdirning siri ko‘pincha keyinroq anglashiladi. Inson ortiga nazar tashlaganida, har bir narsaning bir sababi, har bir voqeaning bir hikmati borligini anglaydi.Unutma: Allohning taqdiri bizning hisob-kitoblarimizdan


Zamira O'zturk kutubxonasi
4 Sept, 11:35
forwarded from @dilfuza_komil
Yo’l chetidagi odamBir shahar, bir gazeta, bir juftlik. Abdujabbor Isomiddin rafiqasi, shoira Dilfuza Komil bilan birga mustaqil gazeta chiqardi. Avval "Ma'rifat gulshani", keyin "Ma'rifat saodati". Mustaqil gazeta chiqarish, buni ichkaridan biladiganlar tushunadi, oson ish emas. Ular sinovlardan qo'lni qo'lga berib, hech nolimasdan o’tishdi.O'sha gazeta ko'plab yosh ijodkorlar uchun ilk minbar bo'ldi. Bugun nomi ma'lum bo'lgan ba'zi qalamlar birinchi she'rini, birinchi hikoyasini, birinchi maqolasini o'sha sahifalarda ko'rgan.Abdujabbor aka o'zini oldinga otmasdi, ko'p gapirmasdi. Boshqalarga yo'l ochar, o'zi esa yo'l chetida kuzatib qolardi.Alloh rahmat qilsin. Qilgan xizmatlarini, aytgan haq so'zlarini, tarqatgan ma'rifatini O'z dargohida qabul qilsin, joylari jannatda bo'lsin. Dilfuza Komil opaga, farzandlariga, yaqinlariga va Namangan jurnalistikasiga sabr va bardosh


Zamira O'zturk kutubxonasi
4 Sept, 08:45edited
Oyina.uz portalida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, miloddan avvalgi II mingyillikning oxiri va I mingyillikning boshlarida Amudaryoning quyi oqimiga kelib o‘rnashgan qabilalarni yagona e’tiqod va umumiy g‘oya atrofida birlashtirishga ehtiyoj paydo bo‘lgan. Ana shunday tarixiy va ijtimoiy sharoitda butun olamning qudratli hukmdori bo‘lgan yagona tangri — Ahura Mazda haqidagi tasavvurlar shakllangan. Zardusht esa kishilarni Ahura Mazdaga e’tiqod qilishga, ezgulik va haqiqat yo‘lida birlashishga da’vat etgan. Mazkur manbada Ahura Mazdaning Xorazmda Xurmuz, Eronda Ormozd, yunonlarda esa Armuzd deb atalganligi qayd etiladi. Ahura Mazda timsoli Eron madaniyati ta’siridagi hududlarda, jumladan, O‘rta Yer dengizi bo‘ylaridagi shaharlarda ham keng tarqalgan. Uning ta’sirini hatto yunon falsafasida ham kuzatish mumkin. Qadimgi Eron diniy tafakkurida Hurmuz ezgulik, yorug‘lik va tartibning timsoli
Zamira O'zturk kutubxonasi
4 Sept, 08:45
Hurmuz shunchaki bir bo‘g‘ozning nomi emas So‘nggi vaqtlarda Eron, Isroil va AQSH o‘rtasidagi urush tufayli Hurmuz bo‘g‘ozi jahon kun tartibidan tushmayapti. Ammo “Hurmuz” nomi ming yillik diniy, mifologik va madaniy tarix izlarini o‘zida mujassam etganini bilasizmi? Hurmuz qadimgi eroniy xalqlar e’tiqodida ezgulik, yorug‘lik, donishmandlik va yaratuvchilik qudratining timsoli hisoblangan Ahura Mazda nomining asrlar davomida o‘zgarishga uchragan shakllaridan biridir. Bu nom o‘rta fors tilida Ohrmazd, Ormazd va Hormizd, turkiy manbalarda esa, asosan, Hurmuz shaklida qo‘llangan. Ahura Mazda nomi odatda “Dono Parvardigor” yoki “Donishmandlik Tangrisi” deb izohlanadi. “Avesto” ta’limotida Ahura Mazda zulm va qabohat hukm surgan dunyoga, shuningdek, umidsizlikka tushgan insonlar qalbiga yorug‘lik hamda ezgulik nurini taratuvchi qudratli kuch sifatida madh etiladi. U insonlarning o‘z kuchiga


Zamira O'zturk kutubxonasi
3 Sept, 16:43edited
Sentabr nimasi bilan go‘zal? O‘tib borayotgan yoz va kirib kelayotgan kuzning ifori bilan, tobora mayinlashib, avvalgidek qizdirmaydigan quyosh nurlari bilan, o‘zgarishlarni kutish hissi bilan...@hamidovazamira
Zamira O'zturk kutubxonasi
3 Sept, 13:47
forwarded from @etimologiya_burchagi
Turkiyaning Karabuk universiteti Turkiy dunyo tadqiqot va amaliyot markazi “Filologiya va Madaniyat Masalalari (ilmiy-uslubiy maqolalar to‘plami № 6)” uchun maqolalar qabul qiladi.Yo‘nalishlar: ▶️ tilshunoslik; ▶️ adabiyotshunoslik; ▶️ madaniyat, tarix, san’at; ▶️ pedagogika, psixologiya; ▶️ jamiyatshunoslik, dinshunoslik; ▶️ turizm, geografiya, etnografiya; ▶️ antropologiya; ▶️ musiqashunoslik.Maqolalar o‘zbek tili (lotin alifbosida) bilan bir qatorda barcha turkiy tillarda yoki ingliz tilida qabul qilinadi. O'zbek tilidagi maqolalarga 1 sahifalik kengaytirilgan annotatsiya yozish so'raladi.• Maqolalar joriy yilning 30 noyabriga qadar qabul qilinadi. • Maqolalar to‘plamining nashr etilishi: dekabr 2026- yilMurojaat uchun: 📧 saidbekboltabayev@gmail.com

Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
