Latest posts

Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid
23 Sept, 11:18edited
✨ Qur’oniy duolarQur’oni Karimda «Robbanaa!» deb boshlangan duolar jamlanmasi.Agar bandalarim sendan Meni so‘rasalar, Men, albatta, yaqinman. Duo qilguvchi Menga duo qilganda ijobat qilurman. Bas, Menga ham ijobat qilsinlar va iymon keltirsinlar. Shoyadki to‘g‘ri yo‘lni topsalar. (Baqara surasi, 186-oyat)🎙 Tilovat: Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid📖 Tarjima: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh🌐 YouTube orqali tinglang: https://youtu.be/j27q2R0qLvA@hasanhusayn
Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid
22 Sept, 08:11edited
Robbanaa!2025-yilning 4-mart kuni edi. «Masnaviyxonlik darslari»ning navbatdagi soni bo’lib o’tdi. Tadbir oxirida, odatdagidek Qur’oni Karimdan tilovat qilindi. Qori Oli Imron surasining oxiridagi «Robbanaa!» deb boshlanadigan oyatlarni (191-194) qiroat qildi.Tilovatdan so’ng ustoz Mirzo Kenjabek duo qilib, tilovatga ham to’xtalib o’tdilar. Bu oyatlarda juda katta ma’nolar jamlangani, ulug’ duolar qilinganini aytib, go’zal bashoratni aytdilar: «Ulamolar: «Kim 5 marta «Robbanaa!» deb, keyin duo qilsa, shubhasiz ijobat bo‘ladi», deganlar».Ustozning bu bashoratlarini eshitishim bilan Husaynxon ustozning taroveh tasbehidan keyin o’qigan duolari yodimga tushdi. O’shanda ustoz 5 marta «Robbanaa!» deb duo qilgandilar. Shundan so’ng men ham duo qilsam, imkon qadar shunday odatni yo’lga qo’ydim.✨ Ikkala ustozning Qur’oni Karimdagi «Robbanaa!» deb


Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid
13 Sept, 06:03
Ayollari isloh bo‘lgan jamiyatning kelajagi buyuk bo‘ladiHasanxon Yahyo Abdulmajid📍 «Hilol-nashr» nashriyoti. «O‘zlikka qaytish» tanlovining xatmonasi📆 07.09.2026🌐 Suhbatni to‘liq tomosha qiling: https://youtu.be/JavuH5HmRsk@hasanhusayn
Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid
11 Sept, 05:15
Ustozdan «O‘zlikka qaytish» haqida e’tirofHasanxon Yahyo Abdulmajid📍 «Hilol-nashr» nashriyoti. «O‘zlikka qaytish» tanlovining xatmonasi📆 07.09.2026🌐 Suhbatni to‘liq tomosha qiling: https://youtu.be/JavuH5HmRskKuni kecha jamoamiz bilan yig‘ilib, tanlovning 2-mavsumini boshlashni muhokama qildik. «Oʻzlikka qaytish»ning vazifasi boʻlgan 12-suhbatlarga tayyorlanishga shoshilmay turing 😊@hasanhusayn
Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid
10 Sept, 04:37edited
Tanlovlar nima uchun kerak?Hasanxon Yahyo Abdulmajid✔️ «O‘zlikka qaytish» tanlovining xatmonasi📍 «Hilol-nashr» nashriyoti📆 07.09.2026🌐 Suhbatni to‘liq tomosha qiling: https://youtu.be/JavuH5HmRsk@hasanhusayn
Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid
9 Sept, 07:11
So‘zimiz yana Hasanxon ustoz haqlaridaXabaringiz bor, ustoz «O‘zlikka qaytish» tanlovining xatmonasiga keldilar. Suhbat boshlanishidan avval odatdagidek, uchrashuvning rejasi, nimalar bo‘lishi, nima gap gapirishlari kerakligini so‘rab, bilib oldilar.Nashriyotda kun ora suhbat borligi uchun majlislar zali band edi. Shu sabab tanlovning xatmonasini do‘konning kutubxonasida o‘tkazishni reja qildik. Ustozga shuni bildirib: «Ustoz, uzr, zal bandligi uchun joyni do‘konga qilgandik. Do‘konda esa odam biroz ko‘proq ekan. Sizga noqulay emasmi?» desak: «Hechqisi yo‘q. Siz nima desangiz, shu», dedilar.Do‘konga tushdik, tayyorlangan joyga ustozni taklif qilib, o‘zim nari ketmoqchi edim: «Siz ham o‘tiring. Men birdan gapirib ketmay, nimadir deb, tadbirni ochib bering», deb qoldilar. Bu paytda uzr aytish, hijolat bo‘lish va hokazolar yaramaydi. Xo‘p bo‘ladi, deb, dovdirab, nimadirlar degan


Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid
8 Sept, 05:15
✨ «O‘zlikka qaytish» xatmonasi!✔️ Ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid bilan o‘tkazilgan «O‘zlikka qaytish» tanlovining xatmonasi.🌐 YouTube orqali tomosha qiling: https://youtu.be/JavuH5HmRsk@hasanhusayn
Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid
7 Sept, 15:04edited
«Astoydil bo‘ling»2021-yil edi. Hasanxon ustozning YouTube’da bir qancha suhbatlari turar, har birining davomiyligi bir necha soat, ularda olam-olam ma’nolar, ilmlar yotar, ammo ko‘rishlar soni kam edi. Ba’zi suhbatlar hatto mingta ham ko‘rilmagan bo‘lardi. O‘zimizcha bu suhbatlarni, unda aytilgan ilmlarni qanday qilib odamlarga yetkazsak ekan deb o‘ylab yurardik. Yaqinlarimiz bilan maslahat qilib, suhbatlardan muhim nuktalarni kesib qo‘ysak-chi, shunda uzoq suhbatlarni eshitishga qunt qilolmaganlar hech yo‘q shu qisqa videolarni ko‘rishadi degan qarorga keldik.O‘zidan madad so‘rab, @hasanhusayn sahifasiga jiddiyroq e’tibor berishni boshladik, ustozlarning suhbatlarini qisqa-qisqa qilib, chiroyli suratda ulashib borishni boshladik.Shunday kunlarning birida Hasanxon ustozdan xabar kelib qoldi. Hozir ustoz bilan yozishmamizga qarasam, 2021-yilning 23-sentyabr kuni ekan. Xabarni
Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid
7 Sept, 12:07
😍 «Oʻzlikka qaytish» tanlovi gʻolibiga umraga yoʻllanma berildi!Bugun Hasanxon va Husaynxon Yahyo Abdulmajid ustozlarning suhbatlari asosida tashkil qilingan «Oʻzlikka qaytish» nomli tanlovining mutlaq gʻolibi taqdirlandi.Majlis «Hilol-nashr» nashriyotining bosh doʻkonida boʻlib oʻtdi. Hadyani topshirish uchun Qurʼoni Karim xodimi ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid tashrif buyurdilar. Shuningdek, tanlov gʻolibasi va ularning oila aʼzolari, yaqinlari uchrashuvda hozir boʻlishdi.✨ Avvalo ustoz tanlovdan koʻzlangan maqsad, bu kabi tanlovlarning foydasi va bugungi kunda zarur ekani haqida qimmatli maʼlumotlar bilan boʻlishdilar.🎁 Shundan soʻng hamkorimiz tomonidan taqdim qilingan, tanlovning gʻolibi uchun tayyorlangan maxsus hadya — umra yoʻllanmasini ustozning oʻzlari gʻolibamizga




Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid
6 Sept, 08:26
🎉 «Oʻzlikka qaytish» tanlovining mutlaq gʻolibasi aniqlandi!Bugun tanlovimizning barcha bosqichlarida kuchli 10 talikka kirganlar oʻrtasida soʻnggi musobaqa boʻlib oʻtdi.✔️ Bu galgi tanlovda savollar 19 tani tashkil qildi. Ular orasida 5 ta savolga 2 ball berildi. Ular: 4, 9, 12, 14, 17.🥳 Yakuniy natijaga koʻra, qariyb 1 yil davom etgan «Oʻzlikka qaytish» tanlovida Hamida Bobonazarova mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar! Gʻolibamiz hamma savolga toʻgʻri va toʻliq javob berib, 24 ballni qoʻlga kiritdilar.Bugungi musobaqaning javoblarini ushbu havoladan koʻrishingiz mumkin.Alloh taolo bu tanlovda oʻrgangan ilmlarimizga amal qilishni nasib qilsin! Farzand va avlodlarimizdan ham ikkala ustozimizga oʻxshagan din, Vatan xodimi, Qurʼon ahllarini chiqarsin! Omiyn!


Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid
6 Sept, 06:32
❗️ Javoblarni qabul qilish toʻxtatildi.G'olib tez orada eʼlon qilinadi@hasanhusayn
Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid
6 Sept, 06:02
📣 «O‘zlikka qaytish» tanlovining g‘oliblari o‘rtasidagi musobaqasi savollari- 11:26 gacha yuborilgan javoblar qabul qilinadi;- Faqat birinchi yuborilgan javoblar qabul qilinadi;- Tahrirlangan, ikkinchi joʻnatilgan javoblar qabul qilinmaydi;- Ism-familiyangizni javoblar bilan birga yuboring;❗️ Javoblarni bitta matnda yuboring;✔️ Javoblar @hasanhusaynadmin ga yuboriladi.1. Hasanxon ustoz Muhammad Yusuf hoji dada shayx hazratlarining muvaffaqiyatlari sabablaridan biri deb qaysi ishni aytganlarini eslaydilar?2. Hasanxon ustoz shayx hazratlarining vodiydagi marosimlarning tartibga tushishiga sabab bo‘lgan 3 ta ishlarini sanaydilar. Birinchisi, marosimning vaqtini me’yorga keltirish. Ikkinchisi, dolzarb mavzuni topib gapirish. Uchinchisi qaysi ish?3. «Solihlar haqidagi
Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid
5 Sept, 04:16edited
📣 Ertaga «O‘zlika qaytish» tanlovi g‘oliblari o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tadi Ishtirokchilar, diqqat qiling, quyida musobaqa haqida ma’lumotlar beriladi.- Savollar 19 ta;- MUHIM! Bu musobaqada avvalgilaridan farqli ravishda savollar ichida 5 tasiga 2 ball beriladi, qolganlariga 1 ball beriladi. Shuni inobatga olib, imkon qadar hamma savolga aniq, to‘g‘ri javob yozishingizni tavsiya qilamiz;- Tanlov 11:00 da boshlanadi. Javoblarni yuborish uchun 30 daqiqa vaqt beriladi;- Javoblar @hasanhusaynadmin ga yuboriladi;- Har qanday holatda tahrirlangan javoblar qabul qilinmaydi. Faqat birinchi yuborilgan javoblar qabul qilinadi;- Bu musobaqada g‘olib bitta bo‘ladi;- G‘olib bo‘lgan ishtirokchi 7-sentabr kuni 14:00 dan kechikmay Toshkent shahridagi «Hilol-nashr» nashriyotining bosh do‘koniga kelishi kerak;Yana savollaringiz bo‘lsa, izohda
Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid
2 Sept, 04:27edited
🎁 «Oʻzlikka qaytish» tanlovining soʻnggi bosqichi gʻoliblariga sovgʻalar joʻnatilyapti!✔️ Oʻtgan kuni tanlovimizning 11-bosqichi boʻlib oʻtib, natijalar aniqlandi.Rasmda ushbu bosqichda gʻoliblarga beriladigan hadyalar bilan tanishishingiz mumkin. 😊📌 «Rayan abayas», «Malika style», «Saffroon», «Context brand» jamoasining libos va roʻmollari, «Tafsiri Hilol», «Hikmatlar ensiklopediyasi» kitoblari ushbu sovgʻalarni oldin olmagan eng yuqori oʻrin egalariga berildi.🎉 Gʻoliblarni tabriklaymiz! Alloh taolo oʻrganayotgan ilmlarga amal qilishimizni nasib qilsin!🤝 Hamkorlarimiz: «Milliy books», «Nasim kutub», «Qamar», «Moziy», «Malika style», «Context brand», «Rayan abayas», «Saffroon.uz»Hadyalari yetib borganlar,


Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid
1 Sept, 10:58
«Ishlarning eng yaxshisi oz bo‘lsa-da bardavom bo‘lganidir»✨ «Oʻzlikka qaytish» tanlovining soʻnggi bosqichi boʻlib oʻtgandan soʻng shaxsiyga kelgan xabarlardan biri.Alloh taolo oʻrgangan ilmlarimizga amal qilishni, bu yoʻlda bardavom boʻlishni hammamizga nasib qilsin! 🤲@hasanhusayn




Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid
31 Aug, 04:10edited
🎉 «O‘zlikka qaytish» tanlovi g‘oliblari o‘rtasida musobaqa!Xabaringiz bor, kecha «O‘zlikka qaytish» tanlovining so‘nggi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Alloh taolo o‘rgangan ilmlarimizga amal qilishni nasib qilsin!🤩 Endi esa xos doirada yana bir kichik tanlov o‘tkaziladi. Bu tanlovda «O‘zlikka qaytish»ning barcha 11 ta bosqichida kuchli o‘ntalikka kirgan g‘oliblar qatnashadi.Tanlov shartlari odatdagidek, quyida havola qilinadigan ikkita suhbat vazifa bo‘ladi. 6-sentabr kuni 11:00 da savollar @hasanhusayn sahifasiga joylanadi. Javoblar @hasanhusaynadmin ga yuboriladi. Eng tez va to‘g‘ri javob yo‘llagan bitta ishtirokchi g‘olib bo‘ladi. G‘olibni ajoyib hadya kutyapti!✔️ Vazifa qilingan suhbatlar: - Hasanxon Yahyo Abdulmajid — «Hazratni xotirlab» ko‘rsatuviga berilgan intervyu - Husaynxon


Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid
30 Aug, 09:02
📣 «Oʻzlikka qaytish» tanlovining 11-bosqichi natijalari aniqlandi✔️ Rasmda ushbu bosqichda hadyalarga ega boʻlgan 10 ta ishtirokchi keltirilgan.G‘oliblarga tez orada aloqaga chiqamiz. Bayram arafasi bo‘lgani uchun hadyalar 2-sentabr chorshanba kuni jo‘natiladi, inshaalloh. 😊🔥 Quyida ushbu bosqichning savol-javoblari, ularning izohi va manbasi bilan tanishishingiz mumkin: https://telegra.ph/On-birinchi-bosqich-savol-va-javoblari-08-28Alloh taolo tanlovda ishtirok etgan barchaning olgan ilmlari amalga ham koʻchishini nasib qilsin!@hasanhusayn


Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid
30 Aug, 06:28
❗️ Javoblarni qabul qilish toʻxtatildi.Natijalar tez orada eʼlon qilinadi@hasanhusayn
Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid
30 Aug, 06:02edited
📣 «Oʻzlikka qaytish» tanlovining 11-bosqich savollari- 11:26 gacha yuborilgan javoblar qabul qilinadi;- Faqat birinchi yuborilgan javoblar qabul qilinadi;- Tahrirlangan, ikkinchi joʻnatilgan javoblar qabul qilinmaydi;- Ism-familyangizni javoblar bilan birga yuboring;❗️ Javoblarni bitta matnda yuboring;✔️ Javoblar @hasanhusaynadmin ga yuboriladi.1. Bu narsa ulamolarning qalbidan hikmatni yo‘qotadi. Kishidan hikmat ketsa, ilm zoye bo‘ladi va ziyoniga ishlaydi. U narsa nima?2. Ali roziyallohu anhu qalb haqida aytib, kishi qalbida nimani saqlasa, nimani yashirsa, bir kun kelib u oshkor bo‘ladi, deydilar. Qalbdagi narsa qanday oshkor bo‘ladi?3 Sunnatni faqat surat deb bilish, sunnatda faqat suratga berilish dinni buzadi. Haqiqiy sunnat qanday bo‘ladi?
Hasanxon, Husaynxon Yahyo Abdulmajid
30 Aug, 04:03edited
#tanlov📣 Bugun 11:00 da «Oʻzlikka qaytish» tanlovning 11-bosqichi oʻtkaziladi.Javoblar @hasanhusaynadmin ga yuboriladi;Tanlovga chet eldan turib qatnashsa ham boʻladi (ammo agar gʻolib boʻlsangiz, hadyalarni Oʻzbekistondagi vakilingiz qabul qilib olishlari kerak);Tanlovda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtilmaydi, erkak va ayollar qatnashishlari mumkin, yosh chegaralanmagan;Javobni yuborish uchun 25 daqiqa vaqt beriladi;Javobni xohlasangiz yozma, xohlasangiz qogʻozga yozib, uni rasmga olib yuborishingiz mumkin;Javoblarni yuborishda konspektdan foydalansangiz boʻladi (ammo kompyuter yoki telefonga konspekt qilgan boʻlsangiz, «qidirish», «nusxalash» kabi xizmatlardan foydalanish mumkin emas);Tahrirlangan javob qabul qilinmaydi;❗️ Diqqat qiling! Gʻoliblarni aniqlashda eng tez va toʻgʻri javob yuborgan
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
