Latest posts

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
22 Sept, 16:18
🔹 Tabiiy gazdan oqilona foydalanish bo‘yicha targ‘ibot tadbiriChilonzor tumanining “Katta Dombrobod” MFY hududida Chilonzortumangaz gaz ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi Tishabayev Sardor Fatxullayevich boshchiligida iste’molchilar ishtirokida ommaviy va sayyor qabul o‘tkazildi.Tadbir davomida aholiga tabiiy gazdan oqilona va tejamkor foydalanish, gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanish, gaz hisoblagichlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish hamda amaldagi talab va qoidalarga qat’iy rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish bo‘yicha tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.Targ‘ibot-tushuntirish ishlari poytaxt mahallalarida izchil davom ettiriladi.“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
22 Sept, 15:13edited
❗️ Hurmatli iste’molchilar!2026-yil 23-sentabr kuni “Uchtepatumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi, Uchtepa tumani hokimligi hamda “Uchtepatumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan imzolangan chora-tadbirlar rejasiga asosan, Toshkent shahar Uchtepa tumani “Katta Cho‘pon Ota” MFY Qurilish ko‘chasida joylashgan gaz quvurlarini xavfsiz joyga ko‘chirish hamda “Ko‘ksaroy” MFY Navo ko‘chasidan o‘tgan past bosimli gaz quvurlarini tartibga keltirish ishlari “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali “Uchtepatumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.Mazkur ishlarni amalga oshirish munosabati bilan 2026-yil 23-sentabr kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:🔹 Aholi iste’molchilari: — Peshqadam ko‘chasidagi 350 ta yerli xonadon.🔹 Ulgurji iste’molchilar: — 22 ta.Ta’mirlash va texnik ishlar
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
22 Sept, 10:36
forwarded from @ao_hududgaztaminot
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
22 Sept, 08:51
❗️Hurmatli iste’molchilar! Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Shohjahon ko‘chasida joylashgan o‘rta bosimdagi gaz qudug‘idagi zulfin va kompensatordagi gaz sizib chiqishi holatini bartaraf etish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yakkasaroy tumangaz” gaz
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
22 Sept, 06:18
Qoʻqon shahrida 6 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan joylarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.Fargʻona viloyati gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari va hamkor tashkilotlar ishtirokida Qoʻqon shahrida oʻtkazilgan reyd vaqtida qonunbuzilish holati aniqlandi.Shaharning “Qaymoqli guzar” MFYda joylashgan, fuqaro I.Z. ga qarashli ovqatlanish maskanida xatlov oʻtkazilganda, isteʼmolchi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani maʼlum boʻldi. Holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, 6 milliard soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi.Noqonuniy holat boʻyicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.Batafsil💬Facebook |👉Telegram |▶️
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
22 Sept, 05:37
Suyultirilgan gaz ta’minotida yangi tizim!O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-326-son qarori bilan aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish barqarorligini oshirish, zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish va ta’minot tizimini takomillashtirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.📌 2026-yil 1-noyabrdan “LPG-Trade” MCHJ tomonidan suyultirilgan gazni xarid qilish va aholiga yetkazib berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.🎯 Asosiy maqsad – aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz va barqaror ta’minlash!📺 Batafsil – videolavhamizda.💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
22 Sept, 04:07
forwarded from @ao_hududgaztaminot
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
21 Sept, 14:26
#infografika“LPG-Trade”: aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishning yangi tizimiAholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash tizimini isloh qilish doirasida “Hududgaztaʼminot” AJ taʼsischiligida “LPG-Trade” MCHJ tashkil etiladi. Kompaniya respublika boʻyicha hududiy filiallari orqali faoliyat yuritadi.2026-yil 1-noyabrdan “LPG-Trade” suyultirilgan gazni birjaning alohida savdo maydonchasidan xarid qilib, aholiga davlat tomonidan tartibga solinadigan chakana narxlarda yetkazib beradi. Ushbu maydonchadagi hajmlar yetarli boʻlmasa, qoʻshimcha gaz birjaning ochiq savdolaridan xarid qilinadi. Narxlar tafovuti va iqtisodiy jihatdan asoslangan xarajatlar kompaniyaga respublika byudjeti hisobidan qoplab beriladi.Yangi tizimning asosiy maqsadi – aholiga suyultirilgan gazni oʻz vaqtida va yetarli miqdorda yetkazib berish. Yuqoridagi infografika orqali “LPG-Trade”ning asosi funksiyalari
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
21 Sept, 10:35
❗️Hurmatli iste’molchilar!Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Shohjahon ko‘chasida joylashgan o‘rta bosimdagi gaz qudug‘idagi zulfin va kompensatordagi gaz sizib chiqishi holatini bartaraf etish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yakkasaroy tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 2026-yil 22-sentabr kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.Mazkur ishlarni bajarish jarayonida 2026-yil 22-sentabr kuni soat 10:00 dan 22:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:Yakkasoy tumanidagi aholi iste’molchilari:🔹 “Shoh-Jahon”, “Rakat”, “Muqimiy”, “Rakatboshi”, “Tepa”, “Belariq”, “Konstitutsiya”, “Muhandislar”, “Bobur”, “Damariq”, “A. Qahhor”, “Arg‘umon” va “Boshliq” MFYlaridagi yerli va ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar soni — 3 250 ta.Ulgurji iste’molchilar:🔹 Ulgurji iste’molchilar — 132 ta.Mirobod tumanidagi aholi iste’molchilari:🔹 “B3,350Open in Telegram
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
21 Sept, 09:14
Mirzo Ulug‘bek tumanida aholi tomonidan o‘zlashtirib olingan hududlar tartibga keltirilmoqdaUshbu mavzu yuzasidan “O‘zbekiston 24” radiosining “Axborot-24” informatsion dasturida so‘z bordi.“Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
21 Sept, 06:45
📣 “Hududgaztaʼminot” AJga murojaat yo‘llash uchun aloqa kanallariHurmatli isteʼmolchilar!Tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminotiga oid barcha turdagi ariza, taklif va murojaatlaringizni “Hududgaztaʼminot” AJga qarashli quyidagi rasmiy aloqa kanallari orqali yuborishingiz mumkin:📞 1104 – Koll markaz 🚨 104 – avariya dispetcherlik xizmati 📱 (71) 202 11 04 – ishonch telefoni ✅ hududgaz.uz rasmiy saytidagi onlayn maslahatchi 👉 Telegram bot – @hgtmurojaat_bot 💬 Facebookʼdagi maxsus guruh“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan barcha murojaatlar koʻrib chiqiladi va belgilangan tartibda javob qaytariladi.💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
21 Sept, 06:45
Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi: bir el, yagona xalq bo‘lib, Qoraqalpog‘istonning ulkan imkoniyatlari va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarib, hudud taraqqiyoti va odamlarning farovon hayoti yo‘lida yanada yuksak marralarga erishamiz. — Поездка Президента в Каракалпакстан: сплоченной страной, единым народом, в полной мере реализуя огромные возможности и потенциал Каракалпакстана, мы достигнем новых высот в развитии региона и повышении благосостояния людей.💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱X |🌐 hududgaz.uz
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
19 Sept, 11:58
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Nukus shahrida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Shu bilan Prezidentimiz Qoraqalpog‘istonga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. — Под председательством Президента Шавката Мирзиёева в городе Нукусе состоялось совещание по вопросам социально-экономического развития Каракалпакстана.На этом Президент нашей страны завершил поездку в Каракалпакстан и вернулся в Ташкент.#Mirziyoyev #yigilish #Qoraqalpogiston #vazifalarPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
19 Sept, 11:58
Kelasi yili qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludiga 200 yil to‘ladi.Prezidentimiz shoirning “Hamisha sen xizmat etgil xalq uchun, o‘zim dema g‘amxo‘rlik qil xalq uchun” degan hikmatli so‘zlari bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini ta’kidladi.Ulug‘ ziyolilarning ilmiy-ijodiy merosini o‘rganish, raqamlashtirish, asrab-avaylash va xalqimizga, ayniqsa, yoshlarga yetkazish muhimligi qayd etildi.Kelgusi yili Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini mamlakatimizda munosib nishonlash taklifi bildirildi.Mutasaddilarga bir oyda keng qamrovli dastur ishlab chiqib, uni amalga oshirishni boshlash topshirildi.Hudud va tarmoqlar rahbarlarining axborotlari tinglandi, Qoraqalpog‘iston faollari bilan muloqot qilindi.Yig‘ilish yakunida ichki ishlar organlari tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, Qoraqalpog‘istonni har
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
19 Sept, 11:58
Yig‘ilishda ko‘cha va mahalla biylari, nuroniylarning jamiyatdagi yuksak obro‘-e’tiboridan samarali foydalanish masalasiga e’tibor qaratildi.Davlatimiz rahbari asosiy maqsad har bir shahar va ovulda qulay turmush sharoitini yaratish ekanini ta’kidladi. Nuroniylarning tajribasi, yoshlarning g‘ayrati va aholi tashabbuskorligini birlashtirish orqali har bir mahallada obod va farovon muhit yaratish mumkin.Rahbarlar mahalla va ko‘cha biylari bilan ishini erta tongdan hududlarni aylanish, aholi bilan muloqotdan boshlashi zarurligi qayd etildi.Ko‘chalar, ariq va zovurlarni toza tutish, daraxt va gullarni ko‘paytirish, har bir insonda o‘z mahallasi taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirish muhim.Obodonlashtirish bir martalik hashar yoki bayram oldidan o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib qolmasligi, tozalik va obodlik kundalik madaniyatga aylanishi zarurligi qayd etildi.Facebook|Instagram|X
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
19 Sept, 11:58
Prezidentimiz Nukus shahridagi 1-son texnikumda yo‘lga qo‘yilgan kasbiy ta’lim tajribasini kengaytirish zarurligini ta’kidladi.Texnikumda “Pearson BTEC” xalqaro ta’lim dasturi joriy etilgan bo‘lib, bitiruvchilarga 70 ta davlat tan oladigan kasb sertifikati beriladi.Tadbirkor Salovutdin Ilyosov bu yerda 37 turdagi kichik asbob-uskuna ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yoshlarga uskunasozlikni ham o‘rgatmoqda. Ushbu uskunalarni olgan 4 ming ishsiz daromad topishni boshlagan.Yangi yildan Amudaryo, Beruniy, Chimboy va Qo‘ng‘irotdagi bittadan texnikumda ham shu tajriba yo‘lga qo‘yiladi.1-oktabrdan asbob-uskuna uchun beriladigan ssuda miqdori 20 million so‘mdan 50 million so‘mga oshiriladi.“Usta-shogird” an’anasi asosida kasb o‘rganish xarajatlarini qoplash bo‘yicha yosh chegarasi 30 yoshdan 40 yoshga ko‘tariladi.Facebook|Instagram|X
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
19 Sept, 11:58
Qoraqalpog‘istonda 1 million 100 ming yoshlar bor, shundan 505 mingi 14-30 yoshda. Davlatimiz rahbari bu katta kuch ekanini, yoshlarga to‘g‘ri yo‘nalish berish muhimligini ta’kidladi.Bir yilda 1 ming, kelgusi ikki yilda yana 5 ming yoshni axborot texnologiyalari va logistika sohasida yuqori daromadli ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.Hududda xorijiy til sertifikatiga ega 98 ming, axborot texnologiyalari bo‘yicha 127 ming, aniq fanlar bo‘yicha sertifikat olgan 5,5 ming yosh bor. Ularning 10 mingi chet tili va axborot texnologiyalarini mukammal biladi.Koreyadagi vatandoshimizning olis hududlardagi yoshlarga axborot texnologiyalarini o‘rgatib, ularni yuqori daromadli qilish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.Yil yakunigacha shunday kamida 10 nafar iqtidorli vatandoshni Qoraqalpog‘istonga jalb etib, loyihalar boshlash topshirildi.Facebook|Instagram|X
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
19 Sept, 11:58
Chorvachilikda yirik komplekslar tashkil etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.May oyida chorva bosh sonini ko‘paytirishga 1 trillion 600 milliard so‘m resurs ajratilgan. Amalda 5 milliard so‘mgacha bo‘lgan loyihalarga o‘n yilga 10 foizli kredit berilmoqda.Qoraqalpog‘istonlik chorvadorlarning 1-2 ming boshli komplekslar tashkil etish uchun kredit miqdorini 50 milliard so‘mgacha oshirish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.Beruniylik chorvadorlar samolyotda qoramol tashish kompensatsiyasining shartlari yengillashtirilsa, 5 ming bosh chorva olib kelishga tayyorligini bildirgan. Endi Qoraqalpog‘istonga samolyotda olib kelinadigan naslli buqalar qiymatining 10 foizi, har bir bosh uchun 4 million so‘mgacha subsidiya qilinadi.Bir oyda joyi, tashabbuskori va mablag‘i aniq bo‘lgan kamida 100 ming boshli chorva komplekslarining loyihalari shakllantiriladi. Qoramol xaridi uchun kredit
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
