Latest posts

Bunyod Radjabov
1 Sept, 09:11
Yangi o'quv yili muborak!Hurmatli ustoz va murabbiylar, aziz o‘quvchi-yoshlar!Barchangizni 2026/2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.Yangi o‘quv yili ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlarni zamonaviy kasb va mutaxassisliklarga tayyorlash yo‘lida yangi natija va yutuqlarga boy bo‘lishiga tilakdoshman.Barcha o‘quvchi-yoshlarimizga bilim va kasbiy mahoratni egallashda muvaffaqiyat, ustozlarimizga esa mas’uliyatli va sharafli faoliyatida kuch-g‘ayrat hamda ulkan zafarlar tilayman.Yangi 2026/2027-o‘quv yili barchamiz uchun samarali va muvaffaqiyatli bo‘lsin!telegram | facebook | instagram | linkedin| wikipedia
Bunyod Radjabov
31 Aug, 04:02
Mustaqillik bayrami muborak! Yurtimiz tinch va obod bo‘lsin!С праздником Независимости! Мира и благополучия нашей стране!telegram | facebook | instagram | linkedin| wikipedia
Bunyod Radjabov
29 Aug, 13:46
“Go‘zallik — uni ko‘ra olgan ko‘zlarda.”— Uilyam Shekspirtelegram | facebook | instagram | linkedin| wikipedia
Bunyod Radjabov
29 Aug, 13:44edited
Islom sivilizatsiyasi — avvalo ilm, ma’rifat va yuksak qadriyatlar sivilizatsiyasidir.Bu buyuk merosni o‘rganish, asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish — barchamizning mas’uliyatimiz.Buyuk ajdodlar merosi bilan faxrlanamiztelegram | facebook | instagram | linkedin| wikipedia
Bunyod Radjabov
27 Aug, 09:52edited
#E’tirof #Mustaqillik #BayramingizMuborakMustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Bayramingiz muborak, aziz yurtdoshlar!telegram | facebook | instagram | linkedin| wikipedia
Bunyod Radjabov
27 Aug, 05:18
🇺🇿 Yuksak e’tirof zamirida — tizimli ish va umumiy natija🇺🇿 Mamlakatimizda yaratilgan imkoniyatlar va amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli Toshkentda ham katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.🇺🇿 Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakovning “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlanishi — poytaxtni rivojlantirish yo‘lida shahar rahbariyati, tumanlar, boshqarma va xizmatlar tomonidan olib borilayotgan tizimli hamda hamjihat mehnatning yuksak e’tirofidir.telegram | facebook | instagram | linkedin| wikipedia
Bunyod Radjabov
21 Aug, 07:40
#Science #ConferenceSo‘nggi yillarda “aqlli shahar” konsepsiyasi doirasida ijtimoiy sohani samarali boshqarish, raqamli texnologiyalardan foydalanish va fuqarolarga yo‘naltirilgan xizmatlarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu yo‘nalishda olib borgan navbatdagi ilmiy tadqiqotim “Aqlli shahar tizimida ijtimoiy soha boshqaruvi samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari” mavzusiga bag‘ishlandi.Tadqiqotda ijtimoiy soha boshqaruvining institutsional, iqtisodiy va axborot konturlarini integratsiyalovchi uch qatlamli model ishlab chiqilib, raqamli infratuzilma, idoralararo ma’lumotlar almashinuvi, proaktiv xizmatlar va fuqarolar ishtirokining boshqaruv samaradorligiga ta’siri tahlil qilindi.Ushbu ilmiy natijalar ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, boshqaruv jarayonlarini muvofiqlashtirish, resurslardan samarali foydalanish va ma’lumotlarga asoslangan
Bunyod Radjabov
19 Aug, 04:35
#Science #ConferenceSo‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar davlat boshqaruvi va ijtimoiy xizmatlar tizimini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Shu yo‘nalishda olib borgan navbatdagi ilmiy tadqiqotim “Aqlli shahar sharoitida hududiy ijtimoiy xizmatlarni boshqarishning raqamli mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusiga bag‘ishlandi.Maqolada aqlli shahar sharoitida hududiy ijtimoiy xizmatlarni boshqarishning raqamli mexanizmlari tahlil qilinib, yagona reyestr, idoralararo ma’lumot almashinuvi, onlayn murojaatlar va proaktiv xabardor qilish kabi zamonaviy mexanizmlarning samaradorligi o‘rganildi. Shuningdek, xalqaro tajriba va raqamli boshqaruv mezonlari asosida xizmatlarning qamrovi, tezkorligi va manzilliligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.Ushbu ilmiy natijalar raqamli boshqaruvni rivojlantirish, hududiy ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish va fuqarolarga
Bunyod Radjabov
15 Aug, 11:54
📌Bugun mustaqil izlanuvchilikka qabul yakunlanadi.2026-yil 4-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar 15-iyuldan 15-avgustgacha daraja.ilmiy.uz platformasi orqali qabul qilinadi.telegram | facebook | instagram | linkedin| wikipedia
Bunyod Radjabov
11 Aug, 08:11
Toshkent shahri — Respublika bosqichida faxrli II o‘rin sohibi!Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari kasbiy mahorat milliy tanlovining Respublika bosqichida Toshkent shahri jamoasi umumjamoa hisobida faxrli II o‘rinni egalladi.Mazkur nufuzli tanlovda Toshkent shahridan 45 nafar yosh hamda ularni tayyorlagan ustozlar ishtirok etib, o‘zlarining kasbiy bilim, ko‘nikma va mahoratlarini munosib namoyon etdilar. Tanlov yakunlariga ko‘ra, 13 nafar ishtirokchimiz sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Jumladan, 5 nafar ishtirokchi I o‘rin, 3 nafari II o‘rin va 5 nafari III o‘rin sohibi bo‘ldi.Ushbu natija Prezidentimiz tomonidan yoshlarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish va kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaliy samarasi, deb bilaman.Erishilgan ushbu yutuqda yoshlarimizning izlanishi va qat’iyati,
Bunyod Radjabov
10 Aug, 06:44
#Qabul2026📌 2026/2027-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot (11-sinf) negizida kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi.Abituriyentlarning hujjatlari 2026-yil 10-avgustdan 10-sentabrgacha (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.Ta’lim shakllari: ➖ kunduzgi; ➖ kechki; ➖ dual ta’lim.✔️Tibbiyot texnikumlariga kechki, dual ta’lim shakllari hamda xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha hujjatlar 10-sentabrgacha my.edu.uz orqali qabul qilinadi.Tibbiyot texnikumlarining mahalliy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga qabul esa oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun davomida amalga oshiriladi.Boshqa texnikumlarda kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.2026/2027-o‘quv yili uchun Toshkent shahridagi 24 ta texnikumda jami:
Bunyod Radjabov
8 Aug, 16:49
forwarded from @press_secretary_uz
Bugun “Humo Arena” majmuasida mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan Prezident sovrini uchun “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tanlov g‘oliblariga tabrigini o‘qib eshittirdim.Tanlovning tuman va shahar bosqichida 124 ming nafardan ziyod yoshlar o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etdi. Tanlov ko‘plab maktab bitiruvchilari hayotida yangi sahifa ochib, 22 ming nafar yigit-qiz uchun ishlash, ta’lim olish yoki mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish imkoniyatini yaratdi. Yakunlarga ko‘ra, o‘nta kasb yo‘nalishida eng yuqori natijaga erishgan 120 nafar ishtirokchi g‘olib va sovrindor deb topildi.Tabrikda tanlov g‘oliblari va yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar orasidan O‘zbekiston terma jamoasini shakllantirib, ularni “WorldSkills International” xalqaro kasbiy mahorat
Bunyod Radjabov
8 Aug, 09:25
#Qabul2026📌10-avgustgacha o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin.O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha belgilangan muddatlarda va tartibda ro'yxatdan o'tgan fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra ayrim arizalar kamchiligi bo‘lganligi sababli rad etilgan.Fuqarolarga qo'shimcha imkoniyat berish maqsadida ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 10-avgustgacha arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.telegram | facebook | instagram | linkedin| wikipedia
Bunyod Radjabov
8 Aug, 07:21
#Qabul2026Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot uchun arizalar qabuliga 2 kun qoldi!Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun arizalarini 10-avgustgacha (shu kuni ham) topshirishlari mumkin.Arizalar my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook | Threads | Linkedin | Telegram-bot
Bunyod Radjabov
3 Aug, 10:25
📌 Mazkur tizimli islohotlar va amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. Ta’lim sifatini yanada oshirish, boshqaruv samaradorligini kuchaytirish hamda mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish maqsadida sayyor boshqaruvning navbatdagi manzili Yunusobod Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida olib boriladi.Ushbu texnikumda ham faoliyatning barcha yo‘nalishlari chuqur tahlil qilinib, mavjud muammolar joyida o‘rganiladi, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanadi hamda ta’lim jarayonini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan amaliy ishlar amalga oshiriladi.telegram | facebook | instagram | linkedin| wikipedia
Bunyod Radjabov
3 Aug, 07:24
📌 Sayyor boshqaruv: natija va yangilanishlar sari muhim qadamToshkent geodeziya va kartografiya texnikumida joriy etilgan sayyor boshqaruv amaliyoti doirasida ta’lim sifatini oshirish, mavjud muammolarni joyida bartaraf etish hamda texnikum faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida qator amaliy ishlar amalga oshirildi.🔹 Ta’lim va amaliyot integratsiyasi doirasida Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning texnikum hududida savdosi yo‘lga qo‘yildi.🔹 Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Fransiyadan tashrif buyurgan volontyor o‘qituvchilar ishtirokida o‘quvchilar uchun fransuz tili to‘garaklari tashkil etildi.🔹 Texnikum direktori Xitoy Xalq Respublikasida o‘tkazilgan “SHHT doirasida ‘yashil’ sanoat sohasida kadrlar tayyorlashni rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro forumda
Bunyod Radjabov
31 Jul, 12:55
❗️1-avgustdan talabalar yotoqxonasiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bitta xizmat orqali amalga oshiriladiEndilikda talaba yotoqxonaga joylashgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilishi shart emas.Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” (https://my.gov.uz/uz/service/get/870) xizmati orqali murojaat qilish kerak.telegram | facebook | instagram | linkedin| wikipedia
Bunyod Radjabov
30 Jul, 14:53
⚡️Akademik litseylarga kirish imtihoni natijalari e'lon qilindiYakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz va my.gov.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.telegram | facebook | instagram | linkedin| wikipedia
Bunyod Radjabov
30 Jul, 11:26
#Qabul2026✔️ 2026/2027-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari natijalari tez orada e'lon qilinadi!telegram | facebook | instagram | linkedin| wikipedia
Bunyod Radjabov
30 Jul, 10:31
⏩Shuningdek, yiliga kamida 3 ming nafar fuqaroni dual ta’lim asosida tekin o‘qitayotgan sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga, istisno tariqasida, Kasbiy ta’lim agentligi bilan kelishgan holda Toshkent shahar hokimi qarori bilan:📌 texnikum va boshqa davlat mulki obyektlarining bino va inshootlari ularni ta’mirlash va jihozlash sharti bilan 10 yil muddatgacha tekin foydalanish huquqi bilan berilishi mumkin;📌1 500 metr kvadratgacha bo‘lgan bo‘sh yer maydonlarida bino va inshoot barpo etish, uni davlatga topshirish hamda keyinchalik undan 15 yil muddatgacha tekin foydalanish sharti bilan loyihani amalga oshirish huquqi beriladi.telegram | facebook | instagram | linkedin| wikipedia
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
