Latest posts

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Farg'ona filiali
22 Sept, 09:50
#Mulohaza🕊 FAROSAT — KO‘RINMAYDI, AMMO SEZILADIFarosat — ko‘z bilan ko‘riladigan narsa emas. U insonning qachon gapirishni, qachon sukut saqlashni, qayerda qanday munosabatda bo‘lishni bilishida namoyon bo‘ladi.Ba’zan bir og‘iz so‘z bilan ko‘ngilni ko‘tarish ham, o‘ylamay aytilgan bir jumla bilan dilni og‘ritish ham mumkin.🌿 Farosatli inson: — vaziyatni tushunadi; — boshqalarning ko‘nglini hisobga oladi; — o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashadi; — o‘ziga aytilmagan narsani ham anglay oladi; — har bir ishning o‘rnini va vaqtini biladi.Farosat ko‘rinmaydi, lekin uning borligi ham, yo‘qligi ham insonning muomalasi va ishlarida bilinadi.Zero, bilim insonni kuchli qilsa, farosat uni qadrlatadi. 🌱
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Farg'ona filiali
22 Sept, 08:28
forwarded from @xushnudbek
Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlariga beriladigan 30 foizlik chegirma haqida ayrim savollarga javoblar:❓Pedagog deganda kim tushuniladi o‘zi?Javob: Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyunda 3849-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatida 465 ta lavozim nomi tasdiqlangan. Ushbu 465 ta lavozimda kim bo‘lsa, o‘shaning farzand(lar)i uchun 30 foizlik chegirma beriladi.❓Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiyachilar uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?Javob: Ha, qo‘llanadi. Bog‘cha tarbiyachilarining kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun ham 30% chegirma qo‘llanadi.❓Oliygohlardagi tyutorlarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?Javob: yo‘q, tyutorlar ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi.❓O‘quv markazlaridagi o‘qituvchilarning farzandlari uchun ushbu qaror
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Farg'ona filiali
22 Sept, 08:27
#Kun_hikmatiIshga yarab qolsa ilming bir muddat, yana oshirmoqqa aylagil shiddat.🎯 Mirzo Ulug‘bek
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Farg'ona filiali
21 Sept, 13:06
forwarded from @piimauz
#Ustoz_va_murabbiylar_kuni💐 USTOZINGIZGA RAHMAT AYTISHGA TAYYORMISIZ?Hayotimizda bilimi, maslahati va qo‘llab-quvvatlashi bilan unutilmas iz qoldirgan insonlar bor. Ular — ustozlarimiz.🎓 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan #Ustozimga_rahmat chellenjiga start beramiz.🎥 Chellenjda ishtirok etish uchun hayotingizda alohida o‘rin tutgan ustozingiz haqida 30–60 soniyalik video tayyorlang. Unda ustozingizdan olgan eng muhim sabog‘ingiz va uning hayotingizdagi o‘rni haqida so‘zlab, “Ustozim, Sizga rahmat!” deya minnatdorligingizni bildiring.Imkon bo‘lsa, ustozingiz bilan uchrashing, unga qo‘ng‘iroq qiling yoki tayyorlagan videomurojaatingizni bevosita yetkazing.✅ Videoni ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizga joylashtiring va quyidagi xeshteglardan foydalaning:#Ustozim
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Farg'ona filiali
21 Sept, 04:13
#KelajakSoati #MenUchunVatan🇺🇿 “MEN UCHUN VATAN” — KELAJAK SOATIAbu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Farg‘ona filialida o‘quvchi-yoshlarning Vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada mustahkamlash, yurtimizga daxldorlik tuyg‘usini oshirish maqsadida “Men uchun Vatan” mavzusida “Kelajak soati” mashg‘uloti tashkil etildi.📚 Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar Vatan, uning inson hayotidagi o‘rni, ona yurtga sadoqat va kelajak avlodning yurt ravnaqidagi mas’uliyati haqida fikr almashdilar.✍️ Mashg‘ulotning mantiqiy davomi sifatida o‘quvchilar “Men uchun Vatan” mavzusida esse yozib, Vatan haqidagi shaxsiy qarashlari, samimiy tuyg‘ulari va ezgu orzularini qog‘ozga tushirdilar.🇺🇿 Vatan — biz tug‘ilib voyaga yetgan maskan, qalbimizga eng yaqin va kelajagimiz bilan chambarchas bog‘liq muqaddas dargohdir.
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Farg'ona filiali
21 Sept, 04:10
#Kun_hikmatiTarbiya-insonning eng katta boyligi, u bo‘lmasa bilim ham samara bermaydi. Tarbiya ko‘rinmas boylik, ammo butun umr his etilgan ne’matdir.Bizni kuzatishda davom eting.
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Farg'ona filiali
21 Sept, 01:50
#kino_vaqti🎬 ABU ALI IBN SINO MAKTABIDA KINO NAMOYISH💠Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Farg‘ona filialida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o'quvchilarga tarbiyaviy ahamiyatga ega film namoyishi tashkil etildi. 📽️ Namoyish davomida o‘quvchilar qiziqarli film tomosha qilib, do‘stlik, ezgulik va insoniy qadriyatlar haqida foydali taassurotlarga ega bo‘ldilar. 🔺 Mazmunli hordiq — tarbiya va ibrat uyg‘unligiBizni kuzatishda davom eting!
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Farg'ona filiali
20 Sept, 14:28
Ustoz qadri va kamoloti davlatimiz rahbarining doimiy e’tiboridaUstozlarimizning qadr-qimmati, farovonligi va kasbiy kamoloti hurmatli Prezidentimiz hamda davlatimiz uchun ustuvor ahamiyatga ega. Davlatimiz rahbarining o‘qituvchilar yutug‘idan samimiy quvonishlari, ularning mehnatini yuksak qadrlashlari pedagoglarimizga ko‘rsatilayotgan ehtiromning hayotiy ifodasidir.Ikki yil avval Nigora Allambergenova chekka hududda ishlab, 2 ming dollar maosh olayotganini aytganida, hurmatli Prezidentimiz uning daromadi 4 ming dollarga yetishini istagan edilar. Muloqotda ustoz “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi sifatida 616 mln so'm mukofot olayotganini faxr bilan ma’lum qildi. Bu yutuq ustoz mehnatiga e’tibor va munosib rag‘batning amaliy ifodasidir.Farzandlarimizga bilim va tarbiya berib, ularning kelajagi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatayotgan har bir ustozimiz ana shunday hurmat va e’tirofga
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Farg'ona filiali
20 Sept, 06:19
#Yil_oʻqituvchisi #Gʻoliblar_aniqlandi🏆 MAKTABIMIZ USTOZI — “YIL O‘QITUVCHISI” TANLOVI G‘OLIBI!📣 Pedagoglar o‘rtasida yilning nufuzli bellashuvlaridan biri — Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi!🎉 Quvonarlisi, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Farg‘ona filialida faoliyat yuritayotgan Rayhona Karimova Jahongir qizi ushbu tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi! 🏆💰 G‘olib sifatida ustozimizga 616 million so‘m miqdorida pul mukofoti — bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari miqdorida rag‘batlantirish beriladi.📊 Ma’lumot o‘rnida: joriy yilgi tanlovda Respublika bo‘yicha 46 ming nafardan ortiq pedagog ishtirok etdi. Yakunda 208 nafar pedagog tuman va shaharlar kesimida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.🌟 Rayhona Karimova Jahongir qizining ushbu yuksak natijasi — maktabimiz jamoasi uchun katta faxr!💐 Kasb
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Farg'ona filiali
19 Sept, 14:28
forwarded from @uzedu
#Yil_oʻqituvchisi #Gʻoliblar_aniqlandi📣 DIQQAT!!!Pedagoglar oʻrtasida yilning eng katta bellashuvi — Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari aniqlandi!💰Tanlovda 208 ta tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan mukofotlanadi.✅ Joriy yilda ilk bor oʻtkazilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi sohada olib borilayotgan islohotlarning yuksak eʼtirofi, pedagoglarga koʻrsatilgan munosib ragʻbatdir.➖ Tanlov nafaqat oʻqituvchilarni moddiy ragʻbatlantiradi, balki ularning kasbiy mahoratini oshirish barobarida taʼlim sifatini yuksaltirishga ham katta xizmat qiladi.📊 Ma'lumot oʻrnida: joriy yilgi tanlovda Respublika bo‘ylab 46 ming nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etishdi. Ulardan 208 nafar pedagog g’oliblikni qo‘lga kiritishdi.📍Gʻoliblar
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Farg'ona filiali
19 Sept, 09:11
#Yongin_Xavfsizligi_Oyligi #AbuAliIbnSino_Fargona🔥🚨 YONG‘INDAN OGOHLIK — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ!🗓 Yurtimizda 1-sentabrdan 30-sentabrga qadar “Yong‘indan ogohlik umummilliy oyligi” o‘tkazilmoqda.🏫Shu munosabat bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Farg‘ona filialida o‘quvchi-yoshlar uchun yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda. 🔥 Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga: ✅ favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish; ✅ yong‘in sodir bo‘lganda xavfsizlik qoidalariga rioya etish; ✅ xavf ostida qolgan insonlarga birinchi yordam ko‘rsatish; ✅ yong‘in vaqtida evakuatsiya tartibiga amal qilish; ✅ turli xavfli vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Farg'ona filiali
19 Sept, 08:55edited
#g'urur🎬“IBN SINO FARZANDIMAN”🔻Iste’dod, iftixor va milliy g‘ur mujassam bo‘lgan ijodiy chiqish! Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan “Ibn Sino farzandiman” nomli she’r videolavhasini e’tiboringizga havola etamiz. ✍️ She’r muallifi: Oybek Davronov Ushbu ijodiy ijro orqali o‘quvchilarimiz buyuk alloma Abu Ali ibn Sino merosiga bo‘lgan hurmat va faxr tuyg‘ularini ifoda etadilar. 🎥 Marhamat, videoni tomosha qiling va o‘quvchilarimiz ijodidan bahramand bo‘ling!Abu Ali ibn Sino maktabi — ilm, iste’dod va kelajak bunyodkorlari maskani!
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Farg'ona filiali
19 Sept, 07:09
#Zakovat #AbuAliIbnSinoFargʻona🧠 USTOZLAR O‘RTASIDA “ZAKOVAT” SARALASHI O‘TKAZILDI!Maktabimizda ustozlarning intellektual salohiyati, mantiqiy fikrlashi va bilimini sinovdan o‘tkazish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini uchun saralash bosqichi tashkil etildi.🔹 Saralash jarayonida ustozlarga 12 ta turli yo‘nalishdagi savollar taqdim etildi. 🔹 Ishtirokchilar o‘z bilim va topqirliklarini namoyon etib, savollarga imkon qadar ko‘proq to‘g‘ri javob berishga harakat qildilar. 🔹 Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng ko‘p to‘g‘ri javob bergan ustozlar maktabimizning “Zakovat” klubiga qabul qilindi.🎯 Bilim, mantiq va jamoaviy fikrlashni uyg‘unlashtiruvchi ushbu intellektual bellashuv ustozlar o‘rtasida sog‘lom raqobat va yangi bilimlarga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.📚 Bilim bor joyda — tafakkur, tafakkur bor joyda esa yuksalish bor!
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Farg'ona filiali
19 Sept, 06:52
#KRK📚 PEDAGOGLAR UCHUN KRK SEMINARIAbu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Farg‘ona filialida pedagoglar uchun KRK seminarlari tashkil etib kelinmoqda. Bugun M. Abdurahmonova va M. Abduqodirovalar dolzarb mavzuda seminar tashkillashdi.🩺 Tibbiy ta’limdagi yangi o‘zgarishlar Seminarda Prezidentning 10-sentabrdagi PF–191-son Farmoni asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimida joriy etilayotgan yangiliklar haqida ma’lumot berildi. Jumladan: 🔹 2027/2028-o‘quv yilidan «5+1» tizimi asosida 6 yillik «Umumiy tibbiyot» bakalavriati joriy etilishi; 🔹 tor soha shifokorlari rezidentura orqali tayyorlanishi; 🔹 tibbiyot yo‘nalishlariga kirishda minimal natijaga qo‘yiladigan talablar; 🔹 hamshiralik tizimidagi yangi kvalifikatsiyalar va boshqa muhim o‘zgarishlar haqida tushunchalar berildi.🌍 Shuningdek, M. Abduqodirova tomonidan Prezidentning
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
