gram news
ibratli vaqt channel avatar

ibratli vaqt

@ibratlivaqt

Eng sara auduokitoblarni eshitish uchun pastdagi havola ustiga bosing: @ibratlivaqt_bot Savol va takliflar bo'yicha: @ibratlvaqttakliflar_bot

ProjectsUZOther

8,340subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • ibratli vaqt

    22 Sept, 07:02

    Ilmning haqqi amaldir.Men olim deganda ko‘p ilm bilgan insonni emas, bilgan ilmiga amal qilgan insonni tushunaman.Inson qancha ko‘p narsani bilmasin, agar bilganlari hayotida aks etmasa, amali ilmiga teskari bo‘lsa — uni haqiqiy olim deb bo‘ladimi?@ibratlivaqt
    9792592Open in Telegram
  • ibratli vaqt

    22 Sept, 01:52

    Odamlar hali uxlab yotgan paytda uyg‘onib, kunni shoshilmasdan boshlash — boshqacha tuyg‘u. Fikrlar tiniqroq, vaqt esa go‘yo ko‘proqdek tuyuladi.Tongda baraka bor.Menimcha, baraka — vaqtning ko‘pligida emas. Oz vaqtga ko‘p ish sig‘ishida. Oz rizqning ko‘pga yetishida. Oz amalning katta ta’sir berishida.@ibratlivaqt
    1,3302723151Open in Telegram
  • ibratli vaqt

    21 Sept, 13:32

    Xotirjam bo’ling.Chuqur nafas oling. Balki siz kechikdim deb o‘ylayotgan narsangiz, aslida Alloh sizni asrayotgan narsadir.@ibratlivaqt
    1,490video241471Open in Telegram
  • ibratli vaqt

    20 Sept, 13:06

    Kim belgilab berdi turmushga chiqish yoshini? Yoshligingda tegmasang o’tirib qolasan deb qancha qizni baxtsiz qildingiz!Qizlar o’qisin, ilm olsin, oilaga tayyorlansin, munosibi o’zi topadi.Oilaga oid ilm olishni nimadan boshlashni bilmayotgan bo’lsangiz “Islomda oila muammo va yechimlar” bunda sizga to’g’ri yo’l ko’rsatadi.Audiokitobni to’g’ri juft tanlash va baxtiyor oila sari intilayotganlar albatta eshitishi kerak!📚Islomda oila. Muammo va yechimlar 💰Narxi: 25.000 so’m
    1,790video205Open in Telegram
  • ibratli vaqt

    19 Sept, 12:01

    Ba’zan ular bizga kerak bo‘lishni to‘xtatganida, biz ularga kerak bo‘lishni davom ettirishimiz kerak.@ibratlivaqt
    1,880video2087Open in Telegram
  • ibratli vaqt

    16 Sept, 06:00

    Shukur qilishni unutib qo’ymadikmi?Ko’pchiligimiz duo qilamiz.Lekin bir savol bor: nega ba’zi duolarimiz qalbimizni yengillashtiradi, ba’zilari esa javobsiz qolgandek tuyuladi?“Duo anatomiyasi” audiokitobi aynan shu savollarga javob beradi.Bu audiokitobda siz:• Duo qabul bo’lishining sabablarini • Duoni to’sib qo’yadigan xato va gunohlarni • Allohdan qanday so’rashni • Qalbni uyg’otadigan duo odoblarini • Duo nega kechikishini va bunda qanday hikmat borligini bilib olasiz.Bu shunchaki ma’lumot emas.Har bir bobni eshitganingizdan keyin duo qilishga bo’lgan nigohingiz o’zgaradi.
    3,120video20Open in Telegram
  • ibratli vaqt

    15 Sept, 11:47

    Ayol eridan qachon ko’ngli soviy boshlaydi?Ko’pchilik bunga xiyonat, e’tiborsizlik yoki janjal sabab deb o’ylaydi. Aslida er va xotin bir-birini haq-huquqlarini poymol qilishni boshlasa oila yemirilishni boshlaydi.Lekin bugungi kunda ayollar turmush o’rtog’idan ko’ngli sovishiga olib keladigan eng katta sabablardan biri, eridan uning vazifasidan tashqari narsalarni kutishi. Ya’ni ayolni o’zini ongida erim mana bunday bo’lishi kerak, menga mana bunday munosabat qilishi kerak, hardoim meni tushunishi kerak, men kutganimdek gapirishi kerak. Men xohlaganimdek e’tibor berishi kerak, degan bir obraz paydo qilib oladi.Keyin erini hayolidagi o’sha obraz bilan solishtirishni boshlaydi. Eng xavfli joyi mana shu.Ayol eridan emas, o’zi yaratib olgan obraziga mos kelmayotganidan arazlashni boshlaydi.Birinchi kutish paydo bo’ladi, kutish ortidan esa norozilik, norozilik ortidan taqqoslash
    3,18021141021Open in Telegram
  • ibratli vaqt

    15 Sept, 10:42

    “Agar Allohning neʼmatlarini sanasangiz, sanog‘iga yeta olmassiz. Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir”Modomiki, Allohning neʼmatlarini sanab adog‘iga yeta olmas ekanmiz, demak, ularning shukronasini ado etishga ham aslo qodir emasmiz. Biroq, zimmamizdagi haqning (shukrning) hech bo‘lmaganda bir qismini bajara olish uchun tillarimiz doimo shukr bilan ho‘l (band) bo‘lishi lozim.@ibratlivaqt
    3,0601813Open in Telegram
  • ibratli vaqt

    10 Sept, 03:34

    O‘qishga kira olmagan abituriyentlar diqqatiga!!!Talaba bo‘lish nasib etmadimi? Unaqada, tolibi ilm bo‘ling! Zero, tolibi ilm o‘qishga kirsa ham, kirmasa ham o‘qiydi. Tolibi ilm vositalar uchun emas, xizmat uchun, anglash uchun, nega yaratilganini bilish uchun o‘qiydi.Lift to‘lib qolsa, zinadan chiqasizku..!@ibratlivaqt
    4,13061286Open in Telegram
  • ibratli vaqt

    7 Sept, 13:36

    Menimcha, sizda ham shunaqa tanish bor. Unga bir og‘iz: “Bu ishing noto‘g‘ri” desangiz, o‘zini tuzatish o‘rniga, sizni ayblashga tushadi. O‘zini oqlash uchun sizni eski gunohlaringiz bilan uradi. Go‘yo sizning kechagi xatolaringiz bugungi gapni aytishga haqqingizni olib qo‘yganday.Bir insonning o‘tgan xatolarini yuziga solavermang, chunki uni bu holatiga siz ham tushishingiz mumkin.@ibratlivaqt
    4,790video26173Open in Telegram
  • ibratli vaqt

    6 Sept, 11:15

    Yaxshilik qilish savdomidiki, evazi kutilsa?! Yaxshilar Alloh uchun qiladi va unutadi!@ibratlivaqt
    4,820561610Open in Telegram
  • ibratli vaqt

    5 Sept, 14:36

    Ovozning kuchi haqida qiziqarli ma’lumotlar bilishni istasangiz, shaxsiy brendni boshlab oldim. Sahifamga obuna bo’ling!Ovozbuyurtma uchun shu manzilga yozsangiz bo’ladi!@ibratlivaqt_admin
    5,160video2431Open in Telegram
  • ibratli vaqt

    2 Sept, 16:03

    Allohga istixora qilsangu, Alloh yaxshi ko‘rgan narsangni sendan burib yuborsa, o‘zing esa unda yaxshilik bor, deb o‘ylasang...Bunday paytda aslo besabrlik qilma, mahzun ham bo‘lma! Kunlar o‘tib, buning senga ko‘rinmagan yomon jihati ko‘rinib qoladi.Faqat… Robbingga ishonsang bo‘ldi!@ibratlivaqt
    5,61073277Open in Telegram
  • ibratli vaqt

    2 Sept, 06:57

    Oh, Madina, oh!..Ko‘chalari kufr anqib turgan, shirk shahri Yasribdan Rasululloh ﷺ bilan birga gulistonga aylangan Madina!Men keldim-u, gunoh va g‘aflat zulmatida qolgan qalbimni yoritgan Madina!@ibratlivaqt
    5,410612472Open in Telegram
  • ibratli vaqt

    31 Aug, 16:32

    Men bilgan haqiqiy sevgi - erkakning maqsadlari ayolning duosiga aylanishidir…@ibratlivaqt
    5,3906722Open in Telegram
  • ibratli vaqt

    31 Aug, 13:14

    Mustaqillik — bizga qolgan eng buyuk meros 🇺🇿O‘z tilimizda gapirish, o‘z tariximizni o‘rganish, o‘z yurtimizda erkin yashash, farzandlarimizning kelajagini o‘zimiz qurish — bugun bular biz uchun odatiy hayotning bir qismi.Ammo bir vaqtlar bular kimlarningdir eng katta orzusi edi.Bugun o‘tmishni yodga olish, bugunimizning qadriga yetish va kelajak oldidagi mas’uliyatimizni his qilish uchun yana bir muhim kun.Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch va kelajagimiz farovon bo‘lsin. Mustaqillik bayramingiz muborak! 🇺🇿©️ @imanumapp
    5,970video221110Open in Telegram
  • ibratli vaqt

    29 Aug, 16:02

    “Kutish”dan “qabul qilish”ga o‘tganingizda, hayot yengillashadi…Hamma narsa siz xohlagandek bo‘lishini kutmay qo‘yasiz. Kimdir tushunishini, kimdir qadrlashini, kimdir o‘zgarishini kutmaysiz…Qo‘lingizdan kelganini qilib, qolganini Allohga topshirasiz. Qalbingiz ortiqcha kurashdan to‘xtagandagina, unda taslimiyat paydo bo‘ladi.Taslimiyat - “Alloh men uchun nimani tanlasa, shunda yaxshilik bor” deb xotirjam bo‘lishidir.@ibratlivaqt
    5,620391455Open in Telegram
  • ibratli vaqt

    29 Aug, 12:29

    O‘ziga befarq bo‘lgan erkak, bir kun kelib hammaga befarq bo‘lib qoladi.O‘zingni unutma, erkak!@ibratlivaqt
    5,190video2010Open in Telegram
  • ibratli vaqt

    26 Aug, 23:11

    Qulupnay, qulupnay sotuvchida bo‘ladi. Non esa, nonvoyda. Baxtni ham o‘sha baxtni taqsim qiluvchidan so‘rang, manzilni esa mendan ham yaxshi bilasiz.@ibratlivaqt
    6,27085224Open in Telegram
  • ibratli vaqt

    26 Aug, 03:05

    Ka’bani sog‘inib, kelishni orzu qilib yurgan qalblarga aytadigan gapim bitta: sog‘inchdan charchamang… Balki bugun siz sog‘inayotgan joyingizga borish uchun Alloh siz bilmagan yo‘llarni ochayotgandir.@ibratlivaqt
    6,290882517Open in Telegram