Latest posts

IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal
21 Sept, 06:34
IIV Namangan akademik litseyida huquqiy bilimlarni oshirishga qaratilgan mashg‘ulot o‘tkazilmoqdaIIV Namangan akademik litseyida o‘quvchilarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-303-son hamda PQ-314-son qarorlari mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilmoqda.Mashg‘ulotlarda mazkur hujjatlarda belgilangan ustuvor vazifalar, ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish, xizmat jarayonlariga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish hamda soha uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalari yuzasidan o‘quvchilarga batafsil tushunchalar berilmoqda.Shuningdek, qarorlarning ahamiyati, unda belgilangan vazifalarning mazmuni hamda kelgusida ichki ishlar organlarida xizmat qilishni maqsad qilgan yoshlar uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar haqida tushuntirishlar olib1,130Open in Telegram
IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal
19 Sept, 07:37
forwarded from @namanganiibuz
O‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildiIchki ishlar vazirligi Namangan akademik litseyida o‘qituvchilarning ilmiy-metodik hamda kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida “Sun’iy intellekt davrida o‘qituvchi: ilmiy izlanish, raqamli savodxonlik va innovatsion pedagogik faoliyat” mavzusida seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.Tadbir davomida o‘qituvchilarga ilmiy maqola va tadqiqot ishlarini tayyorlash, ilmiy manbalar bilan ishlash, tadqiqot mavzusini to‘g‘ri tanlash hamda ilmiy izlanishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.Shuningdek, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan ta’limiy maqsadlarda foydalanish, undan o‘qituvchining ilmiy, ijodiy va metodik faoliyatini takomillashtirishda foydalanish bo‘yicha fikr va tavsiyalar almashildi.Mazkur seminar o‘qituvchilarning ilmiy izlanishga bo‘lgan qiziqishini1,530Open in Telegram
IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal
15 Sept, 08:34
IIV Namangan akademik litseyida algebra fanidan bilimlar bellashuvi o‘tkazildiIIV Namangan akademik litseyida o‘quvchilarning matematika faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida algebra fanidan bilimlar bellashuvi tashkil etildi.Bellashuv davomida o‘quvchilar jamoaviy va individual tarzda ishtirok etib, turli murakkablikdagi algebraik misol va masalalarni yechish orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.Mazkur shartlar orqali o‘quvchilarning tezkor va mantiqiy fikrlashi, matematik bilimlari, topqirligi hamda jamoada ishlash qobiliyati namoyon bo‘ldi va faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi.Namangan viloyati IIB Axborot xizmatiWebsayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube2,690Open in Telegram
IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal
14 Sept, 17:08
IIV Namangan akademik litseyida Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi mashg‘ulotlar o‘tkazildiIIV Namangan akademik litseyida o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, muhim voqea va yangiliklardan xabardorligini yuksaltirish hamda buyuk allomalarimizning boy ilmiy merosini keng targ‘ib etish maqsadida ertalabki yo‘riqnomalar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.Mashg‘ulotlar davomida litsey o‘qituvchilariga yurtimiz hayotidagi muhim voqea va yangiliklar, shuningdek, ajdodlarimizning ilm-fan va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi haqida o‘quvchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.Shuningdek, litseyning “Jasorat” jangovar guruhi tomonidan ko‘rgazmali chiqish namoyish etilib, o‘quvchilarga jangovar va jismoniy tayyorgarlik yo‘nalishidagi mashqlar amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.Bunday mashg‘ulotlar yoshlarning bilim va2,710Open in Telegram
IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal
13 Sept, 04:26
Qasamyoddan boshlangan sharafli yoʻl: Yangi Oʻzbekiston ichki ishlar organlari kursantlari Vatan xizmatiga qadam qoʻydilar▶️ Batafsil ——— Қасамёддан бошланган шарафли йўл: Янги Ўзбекистон ички ишлар органлари курсантлари Ватан хизматига қадам қўйдилар▶️ Батафсил ——— Почётный путь, начинающийся с присяги: курсанты органов внутренних дел Нового Узбекистана сделали первый шаг на пути служения Родине▶️ ПодробноТелеграм канал2,580Open in Telegram
IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal
12 Sept, 06:40
IIV Namangan akademik litseyida algebra fanidan ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildiJoriy yilning 11-sentabr kuni IIV Namangan akademik litseyining aniq fanlar kafedrasi o‘qituvchisi tomonidan algebra fanidan "Mulohazalar va ular ustida amallar" mavzusida 102-guruh o‘quvchilari ishtirokida qiziqarli ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.O‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mantiqiy va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida turli interfaol metodlardan foydalanildi. Jumladan, o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, berilgan misol va masalalarni mustaqil hamda jamoaviy tarzda yechdilar.Dars mashg‘uloti zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interaktiv metodlardan samarali foydalangan holda qiziqarli va mazmunli tashkil etildi. O‘quvchilarning faol ishtiroki, mustaqil fikrlashi va amaliy topshiriqlarni bajarishdagi faolligi ochiq darsning samarali2,460Open in Telegram
IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal
11 Sept, 17:09
forwarded from @namanganiibuz
IIV Namangan akademik litsey o‘quvchilari uchun “Jasorat” muzeyiga sayohat tashkil etildiSayohat davomida o‘quvchilar ichki ishlar organlarining shonli tarixini yoritib beruvchi manbalar, muzeyning boy tarixi va madaniy merosini o‘rganish bilan birga, viloyatning o‘tgan davrlardagi ahamiyatli voqealari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.Shuningdek, o‘quvchilar muzey fondidagi nodir eksponatlar, tarixiy hujjatlar va milliy merosimizga oid ma’lumotlar, Namangan viloyati IIB hamda uning quyi tizimlarining tarixi va hozirgi faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.Bunday tadbirlar o‘quvchilarning tarixiy bilimlarini boyitish, ma’naviy va madaniy dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Namangan viloyati IIB Axborot xizmatiWebsayt|Telegram|Facebook|Instagram|Youtube2,210Open in Telegram
IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal
3 Sept, 08:22
IIV Namangan akademik litseyida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul qilingan o‘quvchilarning ota-onalari bilan yig‘ilish bo'lib o'tdiYig‘ilish davomida litsey rahbariyati tomonidan yangi o‘quv yilida o‘quvchilarning ta’lim olishi, kun tartibi hamda belgilangan tartib-intizom qoidalariga rioya etish masalalari yuzasidan ota-onalarga batafsil ma’lumot berildi.Shuningdek, ota-onalar litseyda o‘quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar va mavjud imkoniyatlar, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida faoliyat yuritayotgan fan va sport to‘garaklari, shuningdek, o‘quvchilarning erishayotgan yutuqlari bilan yaqindan tanishtirildi.Yig‘ilishda o‘quvchilarni belgilangan namunadagi formali kiyim-bosh bilan ta’minlash masalasi ham muhokama qilinib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.Yig‘ilish so‘nggida ota-onalarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan savol-javoblar4,530Open in Telegram
IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal
2 Sept, 16:39
forwarded from @namanganiibuz
IIV Namangan akademik litseyida birinchi qo‘ng‘iroq va bilimlar kuni tadbiri bo‘lib o‘tdiNamangan viloyati IIB Axborot xizmatiWebsayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
IIV Namangan AL/ Rasmiy kanal
2 Sept, 10:44
IIV Namangan akademik litseyida birinchi qo‘ng‘iroq va bilimlar kuni tadbiri bo‘lib o‘tdiUnda viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, Faxriylar kengashi a'zolari, ota-onalar, litsey o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etishdi.Tadbirni IIV Namangan akademik litsey direktori ochib, “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida nishonlangan mustaqilligimizning 35 yilligi bayrami va yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan litsey o‘qituvchilari, o‘quvchilarini qutlab, o‘qishlarida omad tiladi.Tadbirda Namangan viloyati IIB rahbariyati va o‘quvchilarning ota-onalari so‘zga chiqib, O‘quvchilarga dars mashg‘ulotlarini puxta o‘zlashtirish, va kelajakda yetuk mutaxassis bo'lib yetishishida barcha imkoniyatlar yaratilganini e’tirof etishdi.Shuningdek, o‘quvchilarga “Mustaqillik darslar”i o‘tilib, ozodlik yo‘lida qatag‘on bo‘lgan4,560Open in Telegram
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
