Latest posts

Ijtimo
31 Aug, 09:52
🇵🇸 G‘azoda bolalar yana qurbon bo‘lmoqdaBosqinchi Isroil iyul oyining o‘zida kamida 13 nafar bolani o‘ldirgan. Ma'lumot uchun, bu holatlar go‘yoki “sulh” davrida sodir boʻlmoqda.Jenevada joylashgan Euro-Med Inson huquqlari monitoringi ma’lumotlariga ko‘ra, bolalarning aksariyati uylarida, uxlab yotgan vaqtida halok bo‘lgan.Faqat iyul oyining o‘zida yana yuzlab bolalar jarohatlangan, uylaridan ayrilgan va o‘z yashash joylarini tark etishga majbur bo‘lgan.📌 2023-yil oktabridan buyon esa kamida 21 500 nafar bola bosqinchi Isroil kuchlari hujumlari oqibatida halok bo‘lgan.Bu shunchaki raqamlar emas...Ijtimo - Yoshlar Tahliliy Platformasi@ijtimo_tg
Ijtimo
29 Aug, 15:45edited
2003-yil, 16-mart, G‘azo. Yigirma uch yoshli amerikalik qiz. Egnida yorqin olovrang nimcha, qo‘lida megafon va qarshisida bosqinchi isroillik harbiylarning zirhli buldozeri.O‘sha kuni bosqinchi isroil buldozerlari Rafahga kirib kelgandi. Nishonda bir xonadon bor edi. Dorishunos Samir Nasrullohning oilasi yashaydigan uy.U buzib tashlanishi, ichidagi odamlar esa ko‘chaga quvilishi kerak edi. Sakkiz nafar aktivist bu uylarning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun zirhli buldozerlar qarshisida tirik devor bo‘lib turdi.Uch soat. Uch soat davomida ular buldozerlar qarshisida rostlandilar. Reychel Korri o‘sha olovrang nimchasida, qo‘lidagi megafon bilan buldozerning aynan qarshisida turardi.Buldozer haydovchisi uni ko‘rdi, lekin texnikani to‘xtatmadi. Oldinga yurib, uning ustidan bosib o‘tdi.Ikki daqiqa oldingi sariq sochli qizdan asar ham qolmagandi.Ezib tashlangan, qonga belangan
Ijtimo
28 Aug, 16:27
Bosqinchi Isroil askarlarining yuzlarini endi ko‘ra olmaysiz. Bu zolim Netanyaxu hukumatining qarori.G‘azodagi urush jinoyatlari fosh bo‘lib, Janubiy Afrika, Shri-Lanka, Belgiya, Braziliya kabi davlatlar bosqinchi armiya haqida tergovlarni boshlaganidan so‘ng, Isroilning patagiga qurt tushdi.Ular o‘zlaricha bu muammoga go‘yoki yechim topishdi.Endi 2023-yil 7-oktyabrdan buyon butun Falastinni yo‘q qilib, go‘daklar, bolalar va begunohlarni vahshiylarcha qirib kelayotgan bosqinchi Isroil askarlarining shaxsi yashiriladi.General-mayor unvonidan past bo‘lgan zobitlar, maxsus kuchlar xodimlari va uchuvchilarning yuzlari xiralashtiriladi.Ularning to‘liq ismlari hech qachon e’lon qilinmaydi.Qo‘rquvdan shunday tizim yaratishdiki, endi ommaviy axborot vositalariga gapiradigan askarning matnini ham harbiy bosh prokuratura yozib beradi.Harbiy senzura tasdiqlamas ekan, tasvirlar hech
Ijtimo
28 Aug, 03:39
Jamila Abdallah Taha al-Shanti kim edi?Jamila Abdallah Taha al-Shanti — falastinlik siyosatchi, Hamas harakatining yuqori lavozimli vakili va tashkilotning ayollar bo‘limi asoschisi edi.U 1955-yil 15-martda G‘azo sektoridagi Jabaliya qochqinlar lagerida, falastinlik oilada tug‘ilgan.Ingliz tili bo‘yicha PhD darajasiga ega bo‘lgan va 2006-yilgacha G‘azodagi Islom universitetida dars bergan.Al-Shanti Hamas harakatining ayollar bo‘limini tashkil etishda muhim rol o‘ynagan. 2006-yilgi Falastin parlament saylovlarida Falastin Qonunchilik kengashiga saylangan.2021-yilda esa Hamas Siyosiy byurosining 15 a’zosidan biri etib saylangan. Va oʻshanda bu lavozimga saylangan birinchi ayol bo‘lgan.U, shuningdek, Hamas asoschilaridan biri bo‘lgan Abdel Aziz al-Rantisiyning turmush o‘rtog‘i edi. Al-Rantisi 2004-yilda Isroil zarbasi oqibatida halok bo‘lgan.2023-yil 19-oktabrda, G‘azodagi
Ijtimo
27 Aug, 14:17
Birinchi Chechen urushi yoxud chechen Musulmonlari ruslarni qanday qilib quvib soldi?6-avgust, 1996-yil. Ertalabki soat 6:00. Grozniy shahri uxlamoqda. Shaharda o‘n ikki ming rus askari bor. Tanklar bor, zirhli mashinalar bor, vertolyotlar bor. Havo ustunligi Rossiya tomonda. To‘pchilar ustunligi ham Rossiyada.Keyin esa kutilmagan voqea yuz beradi. Qorong‘ida shaharning yetti xil joyidan jami bir yarim ming chechen jangchisi sezdirmasdan shaharga kirib keladi. Bu — urushlar tarixidagi eng jur’atli operatsiyalardan biri edi.1996-yilning yoziga kelib, chechen qarshilik harakati tugash arafasida edi. Prezident Johar Dudayev aprel oyida Rossiyaning havo hujumi natijasida halok bo‘ldi. Qishloqlar birin-ketin boy berilayotgan edi. Rus armiyasi janubdagi tog‘ bazalariga oxirgi zarbani berishga hozirlik ko‘rayotgandi.Yelsin iyul oyida qaror qabul qildi: chechen islomiy qarshilik
Ijtimo
26 Aug, 04:17
🔴 G‘azoda bosqinchi isroil armiyasi tomonidan tez yordam mashinasiga hujum qilingan lahzalar aks etgan video paydo bo‘ldi.💢 2023-yildan beri G‘azoda tibbiyot xodimlari ham og‘ir talafotlarga uchramoqda. 2025-yil mart oyida Rafah yaqinida 15 nafar falastinlik tibbiyot va favqulodda yordam xodimi halok bo‘lgan.📌 2026-yil ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azoda halok bo‘lgan tibbiyot xodimlari soni 1 700 nafardan oshgan.Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi@ijtimo_tg
Ijtimo
24 Aug, 16:14
🇹🇷 TURKIYA VA BOSQINCHI ISROIL O‘RTASIDA ZIDDIYAT KUCHAYMOQDABosqinchi Isroil Suriya havo hududini buzib, Abu Zuhur harbiy bazasiga zarba berdi. Turkiya Respublikasi Aloqa boshqarmasi vakili Burhoniddin Duran Turkiya Suriyada tinchlik, barqarorlik va farovonlikni ta’minlash uchun Suriya hukumati bilan qonuniy asosda hamkorlikni qat’iyat bilan davom ettirishini va Suriyaning beqarorlashtirilishiga aslo yo‘l qo‘yilmasligini bildirdi.AQShning Anqaradagi elchisi Tom Barrak esa mazkur hujum bosqinchi Isroil, Turkiya va Suriya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvga aylanishi xavfi borligini ta’kidladi.⚠️ Vaziyat keskinlashar ekan, Turkiya va bosqinchi Isroil o‘rtasida mojaro boshlanishi ehtimoli ortmoqda.Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi@ijtimo_tg
Ijtimo
8 Aug, 15:24edited
Makka kelishuvi nimani anglatadi?Endi bosqinchi isroil Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokistonga hujum qilishga jur’at eta olmaydi, chunki bunday urinish sodir bo‘lsa, sionistlar darhol Pokistonning yadroviy zarbasiga uchrashi mumkin. Ushbu kelishuv orqali Yaqin Sharqda yana bir tiyib turuvchi kuch yaratildi.Unda Pokistonning yadroviy salohiyati, Turkiyaning rivojlangan mudofaa sanoati va Saudiya Arabistonining moliyaviy qudrati bitta tizimda birlashdi.Ushbu qadam orqali uchta mamlakat ham bosqinchi isroilni, ham shia hilolini qurishni orzu qilib yurgan Eronni tiyib turadi. Bu degani, Sharqiy O‘rta yer dengizi, Qizil dengiz, Fors ko‘rfazi va Hind okeani kabi strategik hududlar xavfsizligi ta’minlanmoqda. Endi bosqinchi isroil mintaqada o‘z bilganicha harakat qila olmaydi.Kelishuvda xuddi NATOning 5-moddasiga o‘xshash qoida bor: a’zo mamlakatlardan biriga qilingan hujum barchaga
Ijtimo
8 Aug, 11:29
🇺🇿 O‘zbekistonda otaning ismini farzandga familiya sifatida berishga ruxsat beriladiOliy Majlis Senatida tegishli qonun ma’qullandi.Amaldagi tartibga ko‘ra, bolaga ota yoki onasining familiyasi, shuningdek milliy an’analarga muvofiq bobosining ismi familiya sifatida berilishi mumkin edi.Yangi tartib kuchga kirgach, otaning ismini ham farzandga familiya sifatida berish mumkin bo‘ladi.Bu o‘zgarish ota-onalarning farzand familiyasini tanlash imkoniyatini kengaytiradi.Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi@ijtimo_tg
Ijtimo
8 Aug, 07:04
🇺🇿 O‘zbekistonda ekstremistik tashkilotlar va materiallarning elektron reestri yuritiladiOliy Majlis Senati ekstremizmga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan qonunni ma’qulladi. 🔹 Ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni tayyorlash, saqlash va tarqatish uchun javobgarlik tartibi o‘zgartiriladi. 🔹 Bunday huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etganlik uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlik bekor qilinib, ma’muriy javobgarlik belgilanadi. Takroran sodir etilganda esa jinoiy javobgarlik yuzaga keladi. 🔹 Ekstremistik tashkilotlar va materiallarning elektron reestri joriy etiladi. 🔹 Internet va OAVda ekstremistik g‘oyalar tarqalishining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha mexanizmlar kiritiladi. 🔹 “Diniy ekstremizm” atamasi qonunchilikda “ekstremizm” atamasi bilan almashtiriladi. 🔹 Ekstremizm haqida xabar bergan shaxslarni
Ijtimo
8 Aug, 05:41
G'azo va bolalarIjtimoiy tarmoqlarda odamlar bolalikdagi suratlari bilan bugungi holatini taqqoslamoqda. G‘azoda esa bir avlodning “buguni” undan tortib olindi.Ular shunchaki raqam emas edi. Ularning ham orzulari, quvonchlari va sevgan insonlari bor edi.Bolalar bomba ostida emas, xavfsiz va tinch muhitda ulg‘ayishi kerak.Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi@ijtimo_tg
Ijtimo
7 Aug, 05:53
🇪🇸 Pedro Sanches: “Biz yolg‘iz emasmiz, biz yetakchimiz”Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha mamlakatining pozitsiyasini yana bir bor tasdiqlab, xalqaro huquq va tinchlik tamoyillarini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi.Sanches Ispaniya xalqaro maydonda yolg‘iz qolayotgani haqidagi tanqidlarga javoban:“Biz yolg‘iz emasmiz, biz yetakchimiz.”deya ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, adolat va xalqaro huquqni himoya qilayotgan davlatlar soni tobora ortib bormoqda.Bosh vazir G‘azodagi bosqinchi isroil genotsidiga ham to‘xtalib, u yerdagi tinch aholi uchun eng katta umid dunyo ularni unutmaganini his qilish ekanini aytdi. Shuningdek, u tarix zo‘ravonlikka befarq qolganlarni ham, uni oqlaganlarni ham o‘z hukmi bilan baholashini ta’kidladi.Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi@ijtimo_tg
Ijtimo
6 Aug, 18:06edited
🇰🇿 ☕️ Qozogʻistonda Qur’on oʻqiganlarga bepul qahva berish aksiyasi toʻxtatildiQozog‘istondagi “Jam Press” qahvaxonasi 2026-yil 4–10-avgust kunlari davom etishi rejalashtirilgan aksiya doirasida mijozlarga Qur’ondan istalgan surani yoddan o‘qib bergan taqdirda bepul qahva taklif qildi.Aksiya aks etgan videolar TikTok va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, jamoatchilik tomonidan juda iliq kutib olindi.Ammo afsuski ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bosimidan so‘ng aksiya muddatidan oldin to‘xtatilgan. Biroq qahvaxona ma’muryatining bu harakatlari qonunning qaysi moddasini buzishi rasman e’lon qilinmagan. Bu esa jamoatchilik orasida Markaziy Osiyo davlatlari kuch ishlatar tizimlari ichida hali ham anti-islom qarashdagi shaxslar mavjudligi haqidagi gumonlar paydo boʻlishiga sabab boʻlmoqda.Ijtimo — Yoshlar Tahliliy
Ijtimo
6 Aug, 15:51
🇺🇸🇵🇰 AQSH va Pokiston xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldiVashingtonda AQSH va Pokiston o‘rtasidagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha muloqotning 4-bosqichi bo‘lib o‘tdi.Uchrashuv yakunida tomonlar “Tolibon”ga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish, asosiy xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashni faollashtirish hamda chegara xavfsizligini mustahkamlashga kelishib olgani ma’lum qilindi.Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi@ijtimo_tg
Ijtimo
6 Aug, 15:46edited
Bosqinchi isroil genotsid dalillarini yoʻq qilmoqdaBosqinchi isroil 2023-yil 7-oktabrdan buyon G‘azoda olib borgan shafqatsiz bombardimonlari oqibatida 73 mingdan ortiq tinch aholini o‘ldirib, fuqarolik infratuzilmasining 90 foizini vayron qilgan. Endilikda esa u genotsid dalillarini yo‘q qilishga urinayotgani aytilmoqda.Xabarlarga ko‘ra, bosib olingan Sariq chiziq hududida bosqinchi isroil kuchlari kamida 10 million tonna vayronalarni tozalagan. Har kuni qariyb 100 ta yuk mashinasiga ortilgan qurilish qoldiqlari shahar tashqarisiga olib chiqilmoqda. Shuningdek, 400 ga yaqin og‘ir texnika urush jinoyatlariga oid jismoniy dalillarni qayta tiklab bo‘lmaydigan tarzda yo‘q qilayotgani ta’kidlanmoqda.Hisobotda aytilishicha, bosqinchi isroil armiyasi kuchli bombardimonlar natijasida vayron bo‘lgan hududlarni chiqindilardan tozalab, ularni mutlaqo yalang‘och yer maydoniga aylantirmoqda.
Ijtimo
6 Aug, 14:36
forwarded from @alisher_sadullaev
Yosh fermerlar chempionatiga start berildiQishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan yoshlar uchun 12 ta nominatsiya bo‘yicha respublika chempionati boshlandi.G‘oliblar 50 mln so‘mgacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi va loyihalar kengayishida Agentlikdan ko‘mak olishadi.Hoziroq yoshfermer.uz orqali ro‘yxatdan o‘ting. Arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi.
Ijtimo
5 Aug, 02:03
⚖️ Abu-Dabi sun’iy intellekt asosidagi sud platformasini ishga tushirmoqdaAbu-Dabi Sud departamenti 2026-yil sentabr oyida to‘liq integratsiyalashgan sun’iy intellekt (SI) sud platformasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.18 oylik sinov davrida tizim ishlarni tahlil qilish, hujjatlarni ko‘rib chiqish, huquqiy tadqiqotlar o‘tkazish va o‘xshash sud qarorlarini izlash kabi vazifalarni bajaradi. Yakuniy qaror chiqarish vakolati esa sudyalarda qoladi.Loyiha sud ishlaridagi kechikishlarni kamaytirish va o‘xshash holatlar bo‘yicha yanada izchil qarorlar qabul qilinishini ta’minlashni maqsad qilgan.Biroq tizimning texnik tuzilishi, qanday ma’lumotlar asosida o‘qitilgani, uni ishlab chiqqan kompaniya hamda inson nazorati qanday yo‘lga qo‘yilishi kabi muhim tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.Bu jihatlar Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaning sun’iy intellektni sud tizimida
Ijtimo
4 Aug, 19:04
🇦🇫 Afg‘oniston Islom Amirligi haj ziyoratchilariga ortib qolgan mablag‘ni qaytarmoqdaAfg‘oniston Islom Amirligi Ershod, Haj va Avqof vazirligi bu yilgi haj mavsumida ziyoratchilardan yig‘ilgan mablag‘ning sarflanmay qolgan qismini hojilarga qaytarishni boshladi.Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 30 ming nafar hojidan jami 7 milliard 818 million 307 ming 200 afg‘oniy yig‘ilgan. Haj tadbirlariga 7 milliard 723 million 741 ming 583,60 afg‘oniy sarflangan bo‘lib, natijada 94 million 565 ming 616,40 afg‘oniy ortib qolgan.Shunga ko‘ra, har bir hojiga 3 223 afg‘oniydan qaytarib berilmoqda.Mablag‘ni olish uchun hojilar pasporti (asl nusxasi yoki rangli nusxasi) hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan Kobuldagi Haj majmuasi yoki viloyatlardagi Ershod, Haj va Avqof vazirligi bo‘limlariga murojaat qilishi mumkin.Ijtimo — Yoshlar Tahliliy Platformasi@ijtimo_tg
Ijtimo
4 Aug, 13:42
🐍 G‘azodagi chodirlarda hayot tobora og‘irlashmoqdaBosqinchi isroil hujumlari oqibatida o‘z uylaridan ayrilgan falastinliklar endi yana bir sinovga duch kelmoqda.Chodirlar atrofida to‘planib qolgan chiqindilar sabab ilon, kalamush, suvarak va boshqa zararli jonivorlar odamlar yashayotgan joylargacha kirib bormoqda. Toza suv tanqisligi tobora kuchayib borayotgan G‘azoda bolalar burga va hasharotlar chaqishi oqibatida turli yara va infeksiyalarga chalinmoqda. Tibbiy yordam esa deyarli mavjud emas.Eng ko‘p aziyat chekayotganlar bolalar, keksalar va surunkali kasalligi bor insonlardir. Ular teri kasalliklari, infeksiyalar, quyosh urishi va kuchli holsizlik bilan kurashishga majbur bo‘lmoqda.🔗 Bosqinchi isroil genotsidi faqat bombardimonlar bilan emas. Ochlik, suvsizlik, kasallik va inson yashashi mumkin bo‘lmagan sharoit ham G‘azo aholisiga qarshi davom etayotgan fojianing bir
Ijtimo
4 Aug, 12:53
📊 IJTIMO — Yoshlar Tahliliy Platformasi 1 oylik faoliyat hisoboti 📅 2026-yil 3-iyul – 3-avgustBir oy davomida platformamiz ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat olib borib, quyidagi natijalarga erishdi:📸 Instagram • 4 875 obunachi • 2 200 000 ta ko’rilish📘 Facebook • 423 obunachi • 83 000 ta ko’rilish✈️ Telegram • 3 430 obunachi • 75 735 ta ko’rilish▶️ YouTube • 143 obunachi
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
