Latest posts

Ijtimoiy himoya milliy agentligi
19 Oct, 20:50
#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026Samarqand jahon sammiti: xalqaro mehmonlar tashrifi boshlandi!Samarqand xalqaro aeroportida 21–22-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Jahon sammiti ishtirokchilari kutib olinmoqda.🤝 Serbiya, Misr va Salvador vakillari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari Samarqandga tashrif buyurmoqda.💚 Turli mamlakatlar, yagona maqsad — bolalar uchun farovon, xavfsiz va munosib kelajak!🎬 Xalqaro mehmonlarni kutib olish jarayonidan videolavha.Batafsil ma’lumot: investinchildren.uz Ijtimoiy tarmoqlarimiz: https://taplink.cc/investinchildren
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
19 Oct, 16:57
#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026Samarqandda Jahon sammiti mehmonlari kutib olinmoqda!Samarqand xalqaro aeroportida 21–22-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l” Jahon sammitida ishtirok etish uchun xorijiy delegatsiyalar vakillari kutib olinmoqda.🤝 Jumladan, Serbiya Respublikasi, Misr Arab Respublikasi va Salvador Respublikasidan, shuningdek, xalqaro tashkilotlar hamda yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan mehmonlar Samarqandda kutib olinmoqda.🌍 100 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etishi kutilayotgan sammit bolalar huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, ta’lim va erta rivojlanish yo‘nalishlarida xalqaro tajriba almashish, ilg‘or yondashuvlarni muhokama qilish hamda amaliy hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim muloqot maydoniga aylanadi.Samarqand dunyo hamjamiyatini mushtarak maqsad — har bir bola uchun farovon, xavfsiz va munosib kelajak yaratish yo‘lida birlashtirmoqda.Batafsil ma’lumot: investinchildren.uz Ijtimoiy tarmoqlarimiz: https://taplink.cc/investinchildren




Ijtimoiy himoya milliy agentligi
19 Oct, 13:48
#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026Sammit shtabida tayyorgarlik ishlari qizg‘in!🌍 Samarqandda 21–22-oktabr kunlari o‘tkaziladigan “Bolalar farovonligiga investitsiya” xalqaro sammiti oldidan tashkiliy tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.🤝 Shtabda jamoalar faoliyati muvofiqlashtirilib, tashkiliy masalalar tezkor hal etilmoqda. Volontyorlar ham bu ishlarga yaqindan yordam berib, ushbu muhim tadbirga o‘z hissasini qo‘shayotganidan mamnun.🎬 Videoda — sammit shtabidagi qizg‘in tayyorgarlik, jamoaviy hamkorlik va volontyorlar faoliyati.Batafsil ma’lumot: investinchildren.uz Ijtimoiy tarmoqlarimiz: https://taplink.cc/investinchildren
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
19 Oct, 09:31
👫 2026-yil 21-22-oktabr kunlari Samarqanda bo‘lib o‘tayotgan Jahon sammiti doirasida ikki qismdan iborat qo‘shimcha sessiya tashkil etiladi.📝 Tadbir Jahon banki, J-PAL Europe va Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi tomonidan tashkil qilinib, tadqiqotchilar va soha mutaxassislarini bir maydonda jamlaydi. Ishtirokchilar davlat siyosatida dalillarning o‘rni va bolalar farovonligini oshirishga xizmat qiladigan tadqiqotlar natijalarini muhokama qiladilar.🔗 Tadbir haqida batafsil ushbu havolada: https://socialpolicylab.uz/uz/news/59📝 Telegram 😄 LinkedIn 🎬 Instagram 🌐 socialpolicylab.uz
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
19 Oct, 06:33
#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026Samarqandda bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress o‘tkaziladiErta tashxis, zamonaviy davolash va xalqaro hamkorlik — bolalar hayotini asrash yo‘lida muhim ustuvorliklar.21–22-oktabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan “Bolalar farovonligiga investitsiyalar” jahon sammiti doirasida Bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongress tashkil etiladi.Mazkur ilmiy-amaliy muloqot bolalar saratoniga qarshi kurashishda ilg‘or tibbiy tajribalarni birlashtirish, diagnostika va davolash imkoniyatlarini kengaytirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.Kongressning ustuvor yo‘nalishlari — kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash, zamonaviy diagnostika, dori ta’minoti, pretsizion terapiya, o‘zak hujayralar transplantatsiyasi va hujayra texnologiyalari.Shuningdek, reabilitatsiya, palliativ yordam, infeksiya nazorati va bolalarni uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash masalalari ham muhokama etiladi.Asosiy e’tibor — tashxis qo‘yishdan davolash va keyingi kuzatuvgacha bo‘lgan jarayonda bolaning salomatligi, hayot sifati hamda oilasini qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.Kongress xalqaro mutaxassislar o‘rtasida bilim va tajriba almashish, ilmiy yondashuvlarni amaliyot bilan bog‘lash va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish uchun maydon bo‘ladi.Har bir bola sifatli tibbiy yordam, g‘amxo‘rlik va munosib kelajak imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.Batafsil ma’lumot: investinchildren.uz Ijtimoiy tarmoqlarimiz: https://taplink.cc/investinchildren




Ijtimoiy himoya milliy agentligi
19 Oct, 05:03
#Ijtimoiy_dayjest🇺🇿 Ijtimoiy Dayjest O‘tgan hafta davomida mamlakatimiz ijtimoiy himoya sohasida muhim tashabbuslar, samarali loyihalar va xalq farovonligiga xizmat qiluvchi qator tadbirlar amalga oshirildi. Quyida ushbu yo‘nalishdagi eng muhim yangiliklar bilan tanishing.🇺🇿Sociallıq Dayjest Ótken hápte dawamında mámleketimiz sociallıq qorǵaw tarawında áhmiyetli baslamalar, nátiyjeli joybarlar hám xalıqtıń abadanlıǵına xızmet etetuǵın bir qatar ilajlar ámelge asırıldı. Tómende usı baǵdardaǵı eń áhmiyetli jańalıqlar menen tanısıń.📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
19 Oct, 04:05
100 dan ortiq mamlakat vakillari Samarqandda bolalar kelajagini muhokama qiladi21–22-oktabr kunlari Samarqandda o‘tkaziladigan Jahon sammitida 100 dan ortiq mamlakatdan siyosiy yetakchilar, vazirlar, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar, biznes va fuqarolik jamiyati vakillari, shuningdek, bolalar va o‘smirlar ishtirok etadi.Sammitning rasmiy ochilish marosimi va panel sessiyalaridan tashqari, ishtirokchilar O‘zbekistondagi ijtimoiy soha obyektlariga ham tashrif buyuradilar.Panel sessiyalarida bolalar farovonligi bilan bog‘liq eng muhim masalalar muhokama qilinadi:• bolalar va oilalarni ijtimoiy himoya qilish; • bolalarni himoya qilish va ularga zarur xizmatlarni ko‘rsatish; • bolalar salomatligi va sog‘liqni saqlash; • bolalar onkologiyasi; • erta bolalik rivoji; • inklyuziv ta’lim.Sammit doirasida II xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi ham o‘tkaziladi.Turli mamlakatlarning tajribasi va yondashuvlari bir maydonda jamlanib, bolalar uchun yanada samarali tizim va yechimlarni shakllantirish masalalari muhokama qilinadi.Samarqand ikki kun davomida bolalar farovonligi bo‘yicha xalqaro muloqot markaziga aylanadi.📍 21–22-oktabr, 2026-yil Samarqand, O‘zbekistonBatafsil ma’lumot: investinchildren.uz Ijtimoiy tarmoqlarimiz: https://taplink.cc/investinchildren
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
18 Oct, 12:45
#InvestInChildren2026 #WorldSummit2026 #WSICW_2026 #Samarqand2026Xalqaro mehmonlarni kutib olishga volontyorlar shay!🌍 Samarqandda 21–22-oktyabr kunlari o‘tkaziladigan “Bolalar farovonligiga investitsiya” xalqaro sammiti oldidan volontyorlar ham qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.👥 100 dan ortiq mamlakatlardan keladigan mehmonlarni munosib kutib olish, ularga hamrohlik qilish va O‘zbekistonning boy madaniyati hamda tarixiy obidalari bilan tanishtirish uchun 300 nafarga yaqin ko‘ngilli safarbar etilgan.Xalqaro ishtirokchilar bilan ishlash uchun alohida volontyorlar guruhi shakllantirilib, ular hozirning o‘zida sammitoldi tashkiliy ishlarda faol qatnashmoqda.👮♂️ Ularning vazifasi shunchaki mehmonlarni kutib olish emas. Har bir ishtirokchiga qulaylik yaratish, kerakli manzilni topishda ko‘maklashish va O‘zbekiston haqida iliq taassurot qoldirish ham volontyorlar zimmasida.Batafsil ma’lumot: investinchildren.uz Ijtimoiy tarmoqlarimiz: https://taplink.cc/investinchildren




Ijtimoiy himoya milliy agentligi
22 Sept, 14:09
#AgentlikRaqamlardaIjtimoiy himoya milliy agentligi: 2026-yil yanvar–avgust oylaridagi asosiy natijalar🧠 2026-yilning yanvar–avgust oylarida aholini ijtimoiy himoya qilish, bandligini ta’minlash, bolalar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun imkoniyatlarni kengaytirish hamda ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini oshirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.🔮 Shu davrda ijtimoiy sug‘urta, nogironlikni belgilash, “Kunduzgi parvarish” xizmati hamda “Faol hayotga qadam” dasturi doirasidagi xizmatlar yanada kengaytirildi.✅ Jumladan: ✅ “Kunduzgi parvarish” xizmati orqali 6,5 ming nafar bola qamrab olindi. ✅ “Faol hayotga qadam” dasturi doirasidagi xizmatlardan 52,4 ming nafar shaxs foydalandi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
22 Sept, 11:01
forwarded from @zaminfoundation
"Eshitishni xohlayman!" loyihasi doirasida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o‘quvchilarini audiologik diagnostikadan o‘tkazish davom etmoqda.Toshkent shahridagi 106-sonli maktab-internatda Pediatriya markazining shifokor-audiologlari 264 nafar o‘quvchining eshitish holatini kompleks diagnostikadan o‘tkazadilar.Diagnostikaning asosiy vazifasi dinamik kuzatuv tizimini yo‘lga qo‘yish, bolalarning eshitish qobiliyati qanday o‘zgarayotganini kuzatib borish, ularning yutuqlarini ko‘rish va zarurat tug‘ilganda o‘qitish taktikasini tezda o‘zgartirish imkoniyatini yaratishdan iborat.—В рамках проекта «Хочу слышать!» продолжается аудиологическое диагностирование учащихся специализированных школ-интернатов для детей с нарушениями слуха.В школе-интернат №106 города Ташкента врачи-аудиологи Центра Педиатрии проведут комплексную диагностику




Ijtimoiy himoya milliy agentligi
22 Sept, 09:20
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yangi imkoniyatlar: moslashtirilgan issiqxonalar orqali bandlik sariBugun Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy integratsiyasi va bandligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim loyiha rasman boshlandi.Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni moslashtirilgan issiqxonalar orqali ijtimoiy integratsiya qilish va ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish” loyihasining rasmiy taqdimoti va start tadbiri bo‘lib o‘tdi.Loyiha doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va moslashtirilgan issiqxonalar tashkil etilib, ularning ekin yetishtirish jarayonida ishtirok etishi va mehnat faoliyatiga jalb qilinishini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.Loyiha 24 oy davomida Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Farg‘ona va




Ijtimoiy himoya milliy agentligi
22 Sept, 04:19
☺️ “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik xizmatlar haqida nimalarni bilasiz?🎬 Videoda ushbu xizmat turi, undan kimlar va qanday holatlarda foydalanishi mumkinligi haqida batafsil ma’lumot berishga harakat qildik.😊 Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, huquqiy masalalarda zarur ko‘mak ko‘rsatish — markazlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.🎬 Batafsil ma’lumotni videomiz orqali bilib oling.📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
21 Sept, 16:43edited
Rasmiy ma'lumotIjtimoiy tarmoqlarda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17- sentabrdagi 493-son qaroriga asosan Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlariga 300 foizgacha ustama va 13,6 mln so‘mgacha mukofot berilishi haqida xabarlar tarqalmoqda.Ushbu xabarlarda qaror mazmuni to‘liq aks ettirilmagani sababli jamoatchilikda noto‘g‘ri tushuncha yuzaga kelmoqda.Qarorda aslida nima nazarda tutilgan?Mazkur qaror bilan Agentlik tizimidagi tibbiy-ijtimoiy va ta’lim muassasalarida budjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish tartibi belgilangan.Qarorga muvofiq, har yili muassasalarning pullik xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari belgilanadi. Ushbu ko‘rsatkichlarni bajarishga hissa qo‘shgan xodimlarni rag‘batlantirish tartibi ham nazarda tutilgan.Jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun muassasalarda


Ijtimoiy himoya milliy agentligi
21 Sept, 12:53
“Barnahus” modeli bo‘yicha trening yakunlandiSamarqand viloyatida voyaga yetmaganlarni tergov so‘roq qilish jarayonida “Barnahus” modeli yondashuvlarini qo‘llashga bag‘ishlangan trening yakunlandi.Treningda Ijtimoiy himoya milliy agentligi, UNICEF, Sud-tibbiy ekspertiza muassasalari, Ichki ishlar vazirligi tizimi xodimlari hamda boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.Trening davomida voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, ular bilan tergov intervyusini to‘g‘ri va bolaning manfaatlarini inobatga olgan holda tashkil etish, shuningdek, tergovchi, psixolog va boshqa mutaxassislar o‘rtasidagi samarali hamkorlik masalalari muhokama qilindi.“Barnahus” modelining asosiy maqsadi — bolani turli idoralarda sodir bo‘lgan voqeani qayta-qayta so‘zlab berish zaruratidan himoya qilish va shu orqali uning takroriy ruhiy jarohatlanishining oldini




Ijtimoiy himoya milliy agentligi
21 Sept, 09:02
Hech bir inson eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan chetda qolmaydiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-avgustdagi “Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-288-son qarori aynan shu ezgu maqsadga xizmat qiladi.Mazkur qaror bilan ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan, muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni barvaqt aniqlash, ularning ehtiyojlarini baholash hamda ularga kompleks ijtimoiy, tibbiy va huquqiy yordam koʻrsatishning yangi tizimi joriy etildi.Qarorga muvofiq quyidagi yoʻnalishlarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda:✅ Aniqlash va manzilli koʻmak — ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan shaxslarni aniqlash, ularning ehtiyojlarini baholash va zarur ijtimoiy xizmatlarga yoʻnaltirish.✅ Tibbiy va psixologik yordam —
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
21 Sept, 06:04
🧠 Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun qanday ijtimoiy xizmatlar mavjud?👫 0 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolalar ehtiyojidan kelib chiqib, uyda parvarish, erta aralashuv, kunduzgi parvarish, inklyuziv ta’lim va boshqa ijtimoiy xizmatlardan foydalanishi mumkin.🎬 Mazkur xizmatlar haqida batafsil — videoda.📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
21 Sept, 04:01
#Ijtimoiy_dayjest🇺🇿 Ijtimoiy Dayjest O‘tgan hafta davomida mamlakatimiz ijtimoiy himoya sohasida muhim tashabbuslar, samarali loyihalar va xalq farovonligiga xizmat qiluvchi qator tadbirlar amalga oshirildi. Quyida ushbu yo‘nalishdagi eng muhim yangiliklar bilan tanishing.⸻🇺🇿Sociallıq Dayjest Ótken hápte dawamında mámleketimiz sociallıq qorǵaw tarawında áhmiyetli baslamalar, nátiyjeli joybarlar hám xalıqtıń abadanlıǵına xızmet etetuǵın bir qatar ilajlar ámelge asırıldı. Tómende usı baǵdardaǵı eń áhmiyetli jańalıqlar menen tanısıń.🇬🇧 Social Digest Over the past week, a number of impactful initiatives, meaningful projects, and people-centered events have taken place in the field of social protection in our country. Below is a summary of the key highlights from this week.📝 telegram
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
20 Sept, 13:47

Ijtimoiy himoya milliy agentligi
20 Sept, 13:47

Ijtimoiy himoya milliy agentligi
20 Sept, 13:47
Links
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
