Latest posts
Ijtimoiy himoya milliy agentligi pinned a photo
10 Sept, 10:50

Ijtimoiy himoya milliy agentligi
10 Sept, 10:50
📢 Ushbu kanalda reklamaSiz Telegaio orqali reklama joylashtirishingiz mumkin. Bu atigi bir necha daqiqa vaqt oladi.Formatlar va joriy narxlar: Tafsilotlarni ko'rish
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
9 Sept, 07:28
#RASMIY_MUNOSABATIjtimoiy tarmoqlarda Marg‘ilon shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyida tarbiyalangan Nurmuhammad Tursunboyevning uy-joy masalasi bo‘yicha murojaati yuzasidan videomaterial chop etildi.Ta’kidlash joizki, mazkur masala bo‘yicha murojaat Agentlikka avvalroq ma’lum bo‘lgan va murojaatchi bilan joriy yil 11 avgust kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori tomonidan shaxsan onlayn uchrashuv o‘tkazilgan.Suhbat davomida N.Tursunboyev tinglandi, uning holati va uy-joy masalasidagi murojaati batafsil muhokama qilindi. Unga amaldagi qonunchilik talablari asosida nima sababdan Agentlik tomonidan uy-joy ajratish imkoniyati cheklanganligi tushuntirildi.Xususan, N.Tursunboyev sud qaroriga asosan farzandlikka berilgani, shuningdek, ilgari uning nomiga vasiyat qilingan uy-joy mavjud bo‘lgani va mazkur xonadon keyinchalik sotilgani o‘rganishlar davomida aniqlangan. Amaldagi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
9 Sept, 07:28
Uyda reabilitatsiya — mustaqil hayot sari muhim qadamPastdarg‘om tumanida yashovchi yolg‘iz keksa Shoira Mansurovaga uy sharoitida tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatildi.6 oy davomida mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan reabilitatsiya mashg‘ulotlari natijasida Shoira opaning sog‘lig‘i yaxshilanib, kundalik yumushlarni mustaqil bajarish imkoniyati ortib bormoqda.Muhimi, bunday xizmatlar o‘zgalar parvarishiga muhtoj fuqarolarga o‘z uyida, tanish va qulay muhitda ko‘rsatiladi.Mutaxassislarning to‘g‘ri baholashi, individual tavsiyalari va muntazam mashg‘ulotlar tiklanish jarayonini tezlashtirishga, insonning o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchini oshirishga hamda mustaqil hayotga qaytishiga yordam beradi.Uyda reabilitatsiya — bu shunchaki xizmat emas, insonni yana oyoqqa turg‘izish, kundalik hayotga qaytarish va uning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan muhim
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
9 Sept, 07:28
“Yoshlarga hamrohlik”: Maftunaning yangi imkoniyatlariQashqadaryolik Maftuna Jovliyevaga davlatimiz tomonidan uning mustaqil hayotga qadam qo‘yishi va kelajagini qurishi uchun bir qator imkoniyatlar yaratildi.Jumladan, unga uy-joy ajratildi, oliy ta’lim muassasasiga grant asosida o‘qishga qabul qilinishiga koʻmaklashildi. Ayni paytda esa Maftuna haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘qishga yo‘naltirildi.Bu ishlar “Yoshlarga hamrohlik” dasturi asosida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ta’lim olish, kasb egallash va mustaqil hayot kechirish uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.🎬 Batafsil videoda
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
9 Sept, 07:28
Milliy adaptiv ijtimoiy himoya strategiyasi ishlab chiqilmoqdaKutilmagan iqtisodiy inqirozlar, tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishi eng avvalo aholining ehtiyojmand qatlamlariga ta’sir qiladi. Bunday vaziyatlarda odamlarni tezkor va manzilli qo‘llab-quvvatlash uchun INSON loyihasi doirasida Adaptiv ijtimoiy himoya strategiyasi ishlab chiqilmoqda.Jahon banki ko‘magida YUNISEF tomonidan O‘zbekistondagi mavjud tizim, asosiy xavf va tahdidlar hamda uni takomillashtirish yo‘nalishlarini qamrab olgan dastlabki tahliliy hisobot tayyorlandi.Strategiyani ishlab chiqish doirasida Agentlik, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Ularda Jahon banki va YUNISEF vakillari, xalqaro va milliy ekspertlar ham ishtirok etdi.Muhokamalarda asosiy e’tibor favqulodda vaziyat yoki
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
7 Sept, 16:10
Rasmiy munosabatIjtimoiy tarmoqlarda fuqarolarni Ijtimoiy reyestrdan chiqarish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan turli fikrlar bildirilmoqda.Hududlarda kambag‘allikni qisqartirish, oilalar daromadini oshirish va ularni barqaror daromad manbaiga ega qilish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.Shu bilan birga, oilani Ijtimoiy reyestrdan chiqarishning o‘zi kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi.Ijtimoiy reyestrning asosiy maqsadi — ehtiyojmand aholini aniqlash, ularni ijtimoiy himoya bilan qamrab olish va zarur yordam hamda xizmatlarni ko‘rsatishdir. Ehtiyojmand oilalar qancha ko‘p aniqlanib, zarur yordam va xizmatlar bilan qamrab olinsa, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash imkoniyati shuncha ortadi. Bu esa kambag‘allik darajasini aniqlash bo‘yicha keyingi o‘lchovlarda ijobiy natijalar qayd etilishiga xizmat qilishi mumkin.Shu sababli reyestrdan chiqarish belgilangan
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
7 Sept, 16:10
Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar voyaga yetmagan bola Vatanga qaytarildiO‘tgan hafta davomida xorijiy davlatlarda ota-ona qaramog‘isiz qolgan voyaga yetmaganlarni Vatanga qaytarish bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida ishchi guruh tomonidan jami 11 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekiston Respublikasiga muvaffaqiyatli qaytarildi.Jumladan, 9 nafar bola Rossiya Federatsiyasidan, 2 nafar bola esa Qozog‘iston Respublikasidan Vatanga olib kelindi.Voyaga yetmaganlarni Vatanga qaytarish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) ko‘magida, tegishli xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikda
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
7 Sept, 16:10
Murojaatlar — e’tibor va yechim markazida🧠 2026-yilning 6 oyi davomida Agentlik va tizim tashkilotlariga jismoniy va yuridik shaxslardan 95,6 mingta murojaat kelib tushdi.Ularning 66 foizi ijobiy hal etildi, yana 19 foiz murojaat bo‘yicha huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.Aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni tezkor o‘rganish va hal etish maqsadida ishchi guruhlar, sayyor qabullar va yangi mexanizmlar joriy etildi.Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha aholiga tezkor va aniq ma’lumot berish uchun yagona skriptlar ishlab chiqildi. Natijada koll-markazga murojaat qilgan 593 ming fuqaroning 80 foizi birinchi qo‘ng‘iroqning o‘zida zarur maslahat va tushuntirishlarni oldi.Murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalar tahlil qilinib, Ijtimoiy reyestr tizimida ham qator yengillik va o‘zgarishlar joriy etildi.🎬 Batafsil — videorolikda.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
7 Sept, 16:10
“Inson uchun” inklyuziv yugurish marafoni o‘tkazildiO‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent shahrida “Inson uchun” inklyuziv yugurish marafoni o‘tkazildi.Inson qadrini ulug‘lash, jamiyatda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, shuningdek, sog‘lom va faol turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan marafonda 1 100 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Ularning qariyb 30 foizini xotin-qizlar tashkil etdi.Turli yosh va ijtimoiy guruh vakillari, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar 1 kilometr masofani bir safda bosib o‘tdilar.Marafonda asosiy mezon tezlik yoki natija emas, balki ishtirok etish, harakat qilish va maqsad sari intilish bo‘ldi. Ishtirokchilar bir-birini qo‘llab-quvvatlab, inklyuzivlik va hamjihatlikning yorqin namunasini ko‘rsatdilar.Marafon yakunida yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar 1-, 2-
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
7 Sept, 16:10
2026 yilning sentyabr oyida ijtimoiy nafaqa to‘lovlari uchun mablag‘lar AT “Xalq banki”ga to’liq moliyalashtirildiIjtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 2026 yil sentyabr oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 700 151 nafar ijtimoiy nafaqa oluvchilar uchun talab etilgan 744,2 mlrd so‘m mablag‘lar tijorat banklariga to‘liq moliyalashtirilib berildi.Ma’lumot uchun: Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq nafaqa oluvchi fuqarolarning to‘lov ro‘yxati har oyning 4-sanasigacha shakllantiriladi va 5-sanasiga qadar to‘lovlar tegishli tashkilotga moliyalashtirilishi belgilangan.Shuningdek, nafaqa pullarini naqd shaklda oluvchi oilalarga joriy oy to‘lovlari AT "Xalq banki"ning sayyor kassalari tomonidan oyning 27-sanasiga qadar yetkazib berilishini ma’lum qilamiz.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
6 Sept, 11:43
forwarded from @monalisatelegram
Noul meu videoclip 🚨😂🚨 🎵Mona Lisa - Smile Police Urmărește pe YouTube ▶️⤵️
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
2 Sept, 14:11
Yangi o‘quv yili – ezgu tashabbuslar bilan👫 Bugun minglab bolalar uchun yangi o‘quv yili boshlandi. Ayrim bolalarimiz uchun esa bu kun “Maktab bozori” loyihasi tufayli yanada quvonchli bo‘ldi.🎒 “Inson uchun” platformasida loyiha doirasida 668 nafar bola uchun 334 mln 151 ming 846 so‘m mablag‘ jamlanib, maktab anjomlarini xarid qilish uchun vaucherlar taqdim etildi.🤝 Ushbu ezgu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan barcha xayriyachilarga minnatdorlik bildiramiz.✅ Yangi o‘quv yili barcha bolalarimizga yangi bilim, katta imkoniyatlar va yorqin yutuqlar olib kelsin! 🧡
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
2 Sept, 14:11
#OAV_BIZ_HAQIMIZDAYunusobodda ijtimoiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtiruvchi yangi markaz ish boshladiToshkent shahrining Yunusobod tumanida fuqarolarga zarur ijtimoiy xizmatlarni bir manzilda, kompleks va qulay shaklda ko‘rsatishga mo‘ljallangan yangi Hududiy ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.Mazkur markaz aholining ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ko‘makka muhtoj fuqarolarga zarur xizmatlarni yashash joyiga yaqin hududda taqdim etish hamda xizmatlar sifati va manzilliligini oshirishga xizmat qiladi.Markaz faoliyati, bu yerda yaratilgan sharoitlar va aholiga taqdim etilayotgan imkoniyatlar respublika telekanallarining axborot dasturlarida keng yoritildi.Yangi markazning ishga tushirilishi inson manfaatini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlarni aholiga yanada yaqinlashtirish va zamonaviy xizmat ko‘rsatish tizimini izchil
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
2 Sept, 14:11
Maktablarda “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari yangradiBugun Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari yangrab, 2026/2027-o‘quv yili boshlandi.Yangi o‘quv yilining muhim yangiliklaridan biri – tizimda ilk bor 1 ta inklyuziv markaz, 3 ta inklyuziv maktab hamda har bir hududda bittadan ko‘p tarmoqli maktab faoliyati yo‘lga qo‘yilganidir.Natijada turli toifadagi bolalar o‘z ta’lim ehtiyojlariga mos yo‘nalishlarda bir muassasada, tengdoshlari bilan birga ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.Yangi o‘quv yilida tizimdagi maktab va maktab-internatlarning 1-sinfiga 1 300 nafardan ortiq bola qabul qilindi. Ularga “Prezident sovg‘alari”, shuningdek, yangilangan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar topshirildi.Yangi o‘quv yili barcha uchun yangi imkoniyatlar, bilim va yutuqlar yili bo‘lsin!Barcha o‘quvch
Links
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
