Latest posts

Ilm duri
22 Sept, 04:35
Musulmon inson qanday muolaja bilan musulmonlar tarixidagi musibatlarni tuzatishi mumkin? Uning davosi baqir-chaqir qilib namoyish o‘tkazishimizmi? Uning muolajasi qiyomatgacha uvvos solib yig‘lashimizmi? Ichqoralarning yayrashiga va din dushmanlarining quvonchi ko‘payishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlar bilan o‘zimizga ozor yetkazishimizmi? Ishonamanki har bir oqil kishi ushbu savolim javobini biladi. Uning iloji; Biz musulmonlar shu ishlarni qilayotganlarga e’tiborimizni qaratishimizdir.Imom Butiy📚 @ilm_duri
Ilm duri
21 Sept, 05:11
KASALLIKDunyoda bir kasallik bor. Uning nomi "ne’matga o‘rganib qolish"dir. Bunda ne’matlarga shu qadar o‘rganib qolasizki, go‘yo ular ne’mat emasdek. Uyingizga kirasiz. Ahlingiz sog‘-salomat. Buning uchun shukr qilmaysiz. Chunki bu ne’matga o‘rganib qolgansiz. Istagan narsangizni sotib olasiz. Buni sizga in’om qilgan Zotga shukr qilmaysiz. Chunki sotib olishga o‘rganib qolgansiz. Uyqudan uyg‘onasiz. Sog‘-salomatsiz. Hamd aytmaysiz. Chunki a’zolaringiz shu qadar yaxshi ishlayaptiki, ularning ichingizda borligini hatto unutib yuborgansiz.Endi bildingiz. Hamd hamrohingiz bo‘lsin!©📚 @ilm_duri
Ilm duri
18 Sept, 06:41
SINOVBir kuni Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu Nabiy sallollohu alayhi va sallamning huzurlariga kirdi. U zot bemor ekanlar. Abdulloh dedi: - Ey Allohning Rasuli! Qattiq isitmangiz bor-ku! Nabiy sallollohu alayhi va sallam dedilar: - Ha, men sizlardan ikki kishining isitmasi bilan isitma qilaman!Moʻmin kishiga hatto tikan kirsa ham Alloh buni uning gunohlariga kafforat qiladi. Alloh taolo bizga doim risola- maktub jo‘natib turadi. Bemorlik o‘sha risolalardan biridir. Bu bilan Alloh bizga: "Ey bandam! Ko‘rdingmi qanchalar zaifsan!", demoqchi bo‘ladi. Biz vaqti-vaqti bilan haqiqiy hajmimizni bilib turishga muhtojmiz. Bemorlik Allohning rahmatiga zid emas. Bu ayni rahmatdir. Gohida Alloh bizni biz toatlarimiz bilan poklay olmaydigan gunohlardan bemorlik bilan tozalaydi. Gohida bizni O‘zidan uzoqlashib ketganimizni ko‘rib bemorlik bilan O‘ziga qaytaradi. Bizni O‘zi tayyorlab qo‘ygan
Ilm duri
17 Sept, 06:40
#HimmatVAQT BORQur’onni yodlash uchun hali vaqtingiz bor. Ibnul Javziy rohimahulloh o‘n qiroatni yoshi saksonda bo‘lganida o‘rgangan. Yoshingiz qancha bo‘lmasin sizda boshlash imkoniyati bor!📚 @ilm_duri
Ilm duri
16 Sept, 12:29
#suhbat💳 Hazratni xotirlab (8-son) — Ustozga munosib shogird bo'laylik 🎤 Salohiddin domla SharipovUshbu ko‘rsatuvda fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning ibratli hayot yo‘li haqida hikoya qiluvchi suhbatlar berib boriladi. Suhbatlarda shayx hazratlariga zamondosh bo‘lgan ulamolar, u zotning oila aʼzolari, shogirdlari va muxlislarining xotiralari bilan tanishib borasiz.🎛Avvalgi sonlar: ➡️Hazratni xotirlab (1-son) ➡️Hazratni xotirlab (2-son) ➡️Hazratni xotirlab (3-son) ➡️Hazratni xotirlab (4-son) ➡️Hazratni xotirlab (5-son) ➡️Hazratni xotirlab (6-son)
Ilm duri
16 Sept, 05:48
ADABBir kishi aytadi: "Qo‘limda qur’on bor edi. Uni tilovat qilayotgan edim. Birdan telefonimga xabar kelib qoldi. Telefonni ochib nima xabar kelganini bilmoqchi bo‘ldim. Qiroatni to‘xtatdim. Telefonimni olib xabarni o‘qidim. Ammo qur’on qo‘limda edi. Qilmishimdan uyalib ketdim. Molik ibn Dinor rohimahullohning gaplari yodimga tushdi: "Kishida Allohning so‘ziga emas, bandalarning so‘ziga ishtiyoq bo‘lsa uning ilmi oz, qalbi ko‘r, umri zoye ekan!". Qur’on tilovat qilayotgan kishi go‘yo Alloh bilan so‘zlashayapti. Kattaroq amaldor yoki olimning huzuriga telefonimizni o‘chirib kiramiz. Aslida Alloh bunga haqdorroqdir. Tilovat vaqtida telefonga xabar kelsa tilovatni tugatib so‘ng xabarni o‘qishimiz adabdir!Allohim! Qur’onni qalbimiz bahori qilgin! ©️📚 @ilm_duri
Ilm duri
15 Sept, 17:45
YIGʻLASHAbdulkarim ibn Rashid aytadi: "Hasan Basriyning majlisida edim. Bir kishi ovoz chiqarib yig‘ladi. Shunda Hasan: "Buni hozir shayton yig‘latayapdi", dedi. -------- Sufyon Savriy: "Yig‘ining o‘nta turi bor. To‘qqiztasi Allohdan boshqa uchun, bittasi Alloh uchundir. Alloh uchun bo‘lgani yilda bir marta kelsa ham u ko‘p hisoblanadi", deganlar. -------- Iyso ibn Zozon rahimahulloh aytadi: "Hali shunday zamonlar keladiki, o‘shanda shayton kishilarning ko‘zida yashaydi. Ular qachon yig‘lamoqchi bo‘lishsa yig‘lay olishadi". -------- Abus Soib rahimahulloh qur’on eshitib, hadis eshitib yig‘lagisi kelsa uni tabassumga aylantirib yuborar edi. -------- Hasan Basriy rahimahulloh bir kuni masjidda va’z qildi. Bir kishi ovoz chiqarib yig‘ladi. Shunda Hasan unga: "Agar yig‘lashing Alloh uchun bo‘lsa o‘zingga guvoh bo‘lding. Agar Allohdan boshqa uchun bo‘lsa o‘lding", dedilar.Hozirda ba’zi
Ilm duri
15 Sept, 07:03
Savol: Masjidga borgim keladi-yu, imom yoqmaydi-da?Javob: Imomni yoqtirib nima qilasan, o’pishasanmi?)))Chubak domla📚 @ilm_duri
Ilm duri
14 Sept, 04:59
#hikmatSalmon Forsiy roziyallohu anhu Abu Dardo roziyallohu anhuga maktub yo‘llab, shunday dedi:Ammo ba’d. Sen iroda qilgan narsangga faqat nafsing xohlagan narsani tark qilish bilangina yetasan.Umid qilgan narsangga faqat nafsingga yoqmagan narsaga sabr qilish bilan erishasan. Gaping zikr bo‘lsin, sukuting fikr bo‘lsin, nazaring ibrat bo‘lsin.Shuni bilki, eng ojiz odam o‘z nafsini havosiga ergashtirib, ALLOHga umid bog‘lagan kishidir.Eng kuchli odam esa, o‘limdan keyingi hayot uchun amal qilib o‘z nafsini charchatgan kishidir.📚 @ilm_duri
Ilm duri
12 Sept, 16:59
NAJOTUyg‘onish va najotning debochasi qur’oni karimni quruq tilovatdan fahmlash va tushunishga qaytarish, undan so‘ng amal va tatbiqqa qaytarishdir. Qur’onni ta’ziyalar va qabrlar ustida o‘qishdan uni musulmonlar uchun manhaj ekanligini anglash tomon qaytarishimiz lozim. Tasavvur qiling, bizdagi to‘ylarda to‘ydan bir kun oldin xatmi qur’on bo‘ladi. Ertasi esa xonanda boshchiligida erkak-xotin aralash bazm uyushtiriladi. Ma’no qani? Qur’on bizni shunga chaqiradimi? E’tibor bering! To‘ydan oldingi kuni xatmi qur’onda Alloh taoloning: "Ey iymon keltirganlar! Shaytonning izidan ergashmang. Kim shaytonning izidan ergashsa bas, u (shayton) fahsh va munkar ishlarga buyuradi" oyati qori tomonidan o‘qildi. Ertasi bazmda fahsh va munkar ishlar sodir etildi. Shaytonga ergashildi. Ma’no bormi shu ishda? Kishilarga, xalqimizga, xatmi qur’onni buyuruvchilarga qur’on nima uchun nozil qilinganini, bu
Ilm duri
12 Sept, 13:12
#mutolaaShariat qozisi bir kuni g‘aroyib da’voga ro‘baro‘ keladi. Da’vogar -- qarg‘a, ayblanuvchi esa bir darvesh edi. Qozi da’vogar qarg‘adan so‘radi: -- Shikoyating nima? Qarg‘a: -- Bu darvesh odam mening yonimga yaqinlashib qanotimni sindirdi, Qozi afandi. Qozi: -- Muhtaram qarg‘a, uni nima qilishimni xohlaysan? Hibsga olaymi? Qarg‘a: -- Yo‘q qozi afandi, yo‘q. Faqat bu odamning darveshlik libosini yechtirib bering, shu yetadi menga. Qozi afandi: -- Nima uchun? Qarg‘a: -- Men uning libosiga qarab aldandim. Bu darvesh odam, menga zarari tegmaydi deb o‘yladim va bir qanotimni yo‘qotdim. Endi boshqalar ham menga o‘xshab aldanib qolmasinlar. Anglaganga bir chivin ham soz, anglamaganga dovul-bo‘ron oz.📚 @ilm_duri
Ilm duri
10 Sept, 11:20
YAXSHI FOL!Bir kuni Nabiy sallollohu alayhi va sallam sahobalarga dedilar: -Menga yaxshi fol yoqadi! Sahobalar so‘rashdi: -Yaxshi fol nima? Nabiy sallollohu alayhi va sallam dedilar: -Yaxshi gap! Bemorning ziyoratiga kirsangiz unga tezda tuzalib ketishini ayting. Bemorning holatida sizning bu ishingiz uning tezroq tuzalishiga yordam beradi! Agar yaqinini yo‘qotgan insonning oldiga kirsangiz unga uchrashuv jannatda ekanligini ayting! Agar qarzdorning oldiga kirsangiz unga kunlar charxpalak ekanligini, yaqin kunlarda kengchilik kelishini, Nabiy sallollohu alayhi va sallam vafot qilganlarida sovutlari yahudiyning oldida garovda bo‘lganligini ayting! Farzandi yo‘q insonning oldiga kirsangiz farzand ham rizq ekanligini, dunyo imtihon ekanligini, Oisha roziyallohu anho ham farzand ko‘rmasdan vafot qilganligini, Allohdan doim umid qilish kerakligini, Sora onamiz ham uzoq sog‘inchdan so‘ng
Ilm duri
10 Sept, 08:21
ZOYE QILMANGXatib Bag‘dodiyning "Ar-rihlatu fiy tolabil hadis" nomli kitobida ketadi: "Abu Ubayd Qosim ibn Salom aytadi: "Hammod ibn Zayddan hadis eshitish umidida Basraga bordim. Kelsam u vafot qilgan ekan. Shunda Abdurrohman ibn Mahdiyga nolidim. Abdurrohman dedi: "Nimadan kechiksang kechik, ammo taqvodan kechikma!".Bir mansabga yetish uchun harakat qilasiz. Ammo sizga nasib bo‘lmaydi. Bir inson bilan aloqa bog‘lashni xohlaysiz. Ammo iloji bo‘lmaydi. Bir mashinaga ishqingiz tushib qoladi. Ammo uni birov ilib ketadi. Bir uyni sotib olmoqchi bo‘lib yo‘lga chiqqaningizda uni sotib qo‘yishadi. Safarga otlanasiz. Ammo bir muammo chiqib safardan qolasiz. Bular bari hayotiy yumushlardir. Bular Allohning qo‘lida, bizning qo‘limizda emas. Bizga tekkani berganida shukr qilmoqdir. Olganingizni kuchingiz bilan emas, Allohning fazli bilan oldingiz. Bizga tekkani mahrumlik maydonida sabr
Ilm duri
10 Sept, 05:45
TA’RIF• Seniki seniki, meniki meniki! • Bu - shariat! • Seniki seniki, meniki ham seniki! • Bu - tariqat! • Seniki ham, meniki ham asli Allohniki! • Bu - haqiqat!Najib Fozil📚 @ilm_duri
Ilm duri
9 Sept, 18:09
🌿Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ayrim noo‘rin savollarga ajoyib javoblari
Ilm duri
9 Sept, 14:02
Kishining qalbi qanchalar qattiq bo‘lmasin undan umid uzmang. Muso alayhis salom bilan bahslashgani kelgan sehrgarlar iymonga kelgach joni chiqsa chiqdiki iymondan voz kechishga rozi bo‘lmadi. Alloh va Muso alayhissalomning oshiqlariga aylanishdi!📚 @ilm_duri
Ilm duri
7 Sept, 13:53
#ilmiy_suhbat🎧Siyrat suhbatlari (4-suhbat) 💖Mavzu: «Qalblar tabibi» 🎤Muhammad Ayyub domla Kosoniy🟠Siyrat suhbatlari (1-suhbat) 🟠Siyrat suhbatlari (2-suhbat) 🟠Siyrat suhbatlari (3-suhbat)📚 @ilm_duri
Ilm duri
7 Sept, 05:36
KIYDIRINGMashhur lug‘at olimi ibn Jinniyning bir ko‘zi ko‘r edi. Yoqut al-Himaviy uning tarjimai holini yozayotib, "uning bir ko‘zi ko‘r edi" deyishning o‘rniga shunday degan edi: "U bir ko‘zidan foydalanar edi!".Aslida ma’no zehnimizda yalang‘och holda dunyoga keladi. Biz unga so‘zlardan iborat kiyimlarni kiydiramiz! Fikrlaringizga so‘zlardan iborat chiroyli kiyimlarni kiydiring. Ular jozibador bo‘lishi uchun tillo suvi bilan bezang! Ba’zi so‘zlaringizni junga o‘rangki, mahzun undan iliqlik topsin! Ba’zisiga esa ipak kiyim kiydiringki, singan qalblar unda yumshoqlikni his qilishsin! Dunyoda ba’zi insonlar o‘zlaridagi dahshatdan qayerdadir yashirinishni istashadi!📚 @ilm_duri
Ilm duri
6 Sept, 07:25edited
#suhbat💳 Hazratni xotirlab (7-son) — Ilm haqida gap ketsa xursand boʻlardilar 🎤 Muhammad Karim domlaUshbu ko‘rsatuvda fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning ibratli hayot yo‘li haqida hikoya qiluvchi suhbatlar berib boriladi. Suhbatlarda shayx hazratlariga zamondosh bo‘lgan ulamolar, u zotning oila aʼzolari, shogirdlari va muxlislarining xotiralari bilan tanishib borasiz.🎛Avvalgi sonlar: ➡️Hazratni xotirlab (1-son) ➡️Hazratni xotirlab (2-son) ➡️Hazratni xotirlab (3-son) ➡️Hazratni xotirlab (4-son) ➡️Hazratni xotirlab (5-son) ➡️Hazratni xotirlab (6-son)
Ilm duri
5 Sept, 05:56
🌿Niyatning ahamiyati juda kattaDedilarki, misol uchun bir odam kechki payt uyidan ko‘chaga chiqdi. Tomorqasida bir ketmon turganini ko‘rdi, qo‘shnimning ketmoni esidan chiqib qolibdi-da, uyimga olib kirib qo‘yaqolay, bu birovning omonati deb uyga olib kirib qo‘ydi. Ertalab turib qarasa, ketmon o‘ziniki ekan, qorong‘ida tanimagan ekan. Alloh taolo shu amali uchun u kishiga omonatgo‘y deb savob yozdirib qo‘yar ekan. Endi buning aksi bo‘lsa-chi? Deylik, shu odam ko‘chaga chiqsa, tomorqada ketmon turibdi, xayol qildi, qo‘shnimning ketmoni unutilib qolibdi-da. Endi buni hech kimga aytmay uyimga olib kirib qo‘yib, bildirmay ishlatib yuraveraman, dedi. Ertalab turib qarasa, o‘zining ketmoni ekan. Endi Alloh taolo bu kishining nomayi a’moliga o‘g‘ri deb yozdirib qo‘yar ekan. Qarangki, o‘zining buyumi bilan ham savobga ishladi, ham gunohkor bo‘ldi.“Jannat
Followers write to the bot, you answer by reply, your account stays hidden. Created in one tap.
How it works →Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
