Latest posts

Innovatsion hududlar |Rasmiy sahifasi
22 Sept, 13:14edited
BIR G‘OYA — BIR NECHA INNOVATSIYA!Iqtisodiyot va pedagogika universitetining Biologiya yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Hasanjon Xolmatov — ilm, innovatsiya va tadbirkorlikni birlashtirib, o‘z g‘oyalari ustida izchil ishlayotgan faol yoshlardan biri.Hasanjon tomonidan ishlab chiqilgan “Aqlli gul tuvak” ishlanmasi xonaki o‘simliklarni parvarish qilishni zamonaviy texnologiyalar yordamida yanada qulaylashtirishga xizmat qiladi. Qurilma tuproq namligini kuzatib, o‘simlikka suv kerakligini aniqlash imkonini beradi.Yosh innovator buning o‘zi bilan cheklanib qolmagan. U “Chiqindilarni yig‘ishning avtonom intellektual qurilmasi” loyihasi ustida ham ishlab, mazkur loyiha bo‘yicha patent olgan.Hasanjon o‘z loyihalarini turli innovatsion tanlovlar va ko‘rgazmalarda namoyish etib, g‘oyalarini amaliy loyihalarga aylantirish yo‘lida izlanmoqda. Shu bilan birga, u yosh tadbirkor sifatida NEʼMAT
Innovatsion hududlar |Rasmiy sahifasi
22 Sept, 12:30
✅ Nurobod tumanida yirik «yashil» energetika loyihasining amalga oshirilishi monitoring qilindi♻️ Mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va energetika xavfsizligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan Samarqand viloyati Nurobod tumanida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga qad rostlayotgan yirik quyosh fotoelektr stansiyalari loyihasining borishi joyiga chiqqan holda monitoring qilindi.✅ Ushbu ulkan loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-iyuldagi PQ–207-son va PQ–208-son qarorlari asosida hayotga tatbiq etilmoqda. Qayd etish joizki, Saudiya Arabistonining muqobil energiya sohasidagi yetakchi kompaniyasi bo‘lgan “ACWA Power Solar Project Holding Company Limited” (kompaniya
Innovatsion hududlar |Rasmiy sahifasi
22 Sept, 11:09
#Akademik_harakatchanlik✅ “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda📌Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti zoologiya kafedrasi o’qituvchisi (PhD) Muhammadto‘ychi Rahimov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilgan “Akademik harakatchanlik” dasturining 2026-yilgi 1-tanlovi g‘olibi bo‘ldi.🗒Mazkur dastur doirasida Muhammadto‘ychi Rahimov Andijon davlat universitetida “O‘zbekiston sirfid pashshalari xilma-xilligi va ularni identifikatsiya qilishning morfologik hamda molekulyar asoslari” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshirmoqda.🎓Loyiha O‘zbekiston hududida tarqalgan sirfid pashshalar (Diptera: Syrphidae) faunasining
Innovatsion hududlar |Rasmiy sahifasi
22 Sept, 10:57
🚀 Davlatobodda “Mohirlik va biznes soati” mashg‘ulotlari davom etmoqdaYosh avlodni zamonaviy kasblar, innovatsion fikrlash va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida “Mohirlik va biznes soati” tadbirlari Namangan viloyatida izchil davom ettirilmoqda.📍 Davlatobod tumanida Innovatsion rivojlanish agentligining Namangan viloyati bo‘linmasi, Namangan yoshlar texnoparki hamda tuman hokimligi hamkorligida umumiy o‘rta ta’lim maktablari va sport ta’lim muassasasida navbatdagi mashg‘ulotlar tashkil etildi.🏫 Jumladan, 48-, 64-, 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Mohirlik va biznes soati” doirasida dasturda belgilangan 1- va 2-mavzular bo‘yicha nazariy va amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.💡 Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchi-yoshlarga zamonaviy innovatsion muhit, tadbirkorlik va startap faoliyati,
Innovatsion hududlar |Rasmiy sahifasi
21 Sept, 17:37
Karmana tumani hokimi o‘rinbosarlari O‘.Tillayev va D.Nazarovlar tuman Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar uchun shaxsiy qabul o‘tkazdi.Qabul davomida fuqarolar bandlik, tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit olish, bolalar nafaqasi, sog‘liqni saqlash, yo‘qolgan fuqarolik pasportini tiklash hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaat qildilar.Murojaatlarning ayrimlari joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va amaliy choralar talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.Karmana tuman hokimligi rasmiy sahifalari👇 🌐 Veb sayt | ✅ Telegram | 📹 Youtube | ✅ Facebook | 🌐 Instagram
Innovatsion hududlar |Rasmiy sahifasi
21 Sept, 17:37edited
📺 Ilmiy izlanishlar O‘zbekiston-24 telekanalida yoritildi!Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilayotgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti olimi N. Matyaqubov rahbarligida amalga oshirilayotgan fundamental loyiha doirasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari O‘zbekiston-24 telekanalida keng yoritildi.🔬 “Havodagi uchuvchi organik birikmalar va chiqindi suvlardagi organik ifloslantiruvchi moddalarni parchalash uchun plazma yordamida kompozit katalizatorlarni sintez qilish metodini rivojlantirish” mavzusidagi loyiha ekologik muammolarni innovatsion ilmiy yondashuvlar asosida hal etishga qaratilgan.🌱 Mazkur ilmiy izlanishlar atrof-muhitni muhofaza qilish, havo va suv sifatini yaxshilash hamda zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Innovatsion hududlar |Rasmiy sahifasi
21 Sept, 17:37edited
#Ilmiy_tadqiqot_faoliyatiNDKTU olimlari Orolning qurigan tubida cho‘l yaylovlarini barpo etish innovatsion loyihasi ustida ish olib bormoqdaAgromuhandislik va kommunikatsion texnologiyalar fakulteti “Agronomiya” kafedrasi olimlari tomonidan Innovatsion rivojlanish agentligi granti asosida “Orol bo‘yida qurg‘oqchilik va sho‘rga chidamli chorvabop va dorivor cho‘l o‘simliklar turlarini tanlab yetishtirish va qayta ishlash” mavzusida amaliy loyiha bajarilmoqda.2025-2028-yillarga mo‘ljallangan loyihaning innovatsion jihati shundaki, loyiha davomida cho‘l o‘simliklarini faqatgina o‘rganib qolmay, balki ularni lokal hududlarda introduksiya usulida ko‘paytirish texnologiyalari ishlab chiqiladi.Asosiy maqsad Orolning qurigan tubida yangi cho‘l yaylovlari barpo etish va va bu orqali hududning ekologik muvozanatini qayta tiklash sanaladi. Bugungi kunda ushbu dolzarb mavzu bo‘yicha bir
Innovatsion hududlar |Rasmiy sahifasi
21 Sept, 17:37
✅✅✅✅✅ Davlatimiz rahbarining 2026-yil 11-fevraldagi tegishli qaroriga muvofiq, joriy oʻquv yilidan boshlab mamlakatimizning 28 ta tuman (shahar)idagi belgilangan 84 ta umumtaʼlim maktabida “Mohirlik va biznes soatlari” mashgʻulotlari oʻtilmoqda.➖ Bunda oʻquvchilar startap gʻoyalarni shakllantirish, biznes loyihalar ishlab chiqish hamda innovatsion fikrlash va tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishadi.➖ Mashgʻulotlarga Innovatsion rivojlanish agentligi mutaxassislari jalb etilgan hamda bunda oʻquvchilarga oʻz gʻoyalarini amaliy loyihaga aylantirish boʻyicha koʻnikmalar berib borilmoqda.🔹 Shuningdek, oʻquvchilarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, muammolarga
Innovatsion hududlar |Rasmiy sahifasi
21 Sept, 17:37
#Spin_off“Zaytun-Med” korxonasi faoliyati o‘rganildi.Andijon viloyati innovatsion rivojlanish bo‘linmasi mutaxassislari hududda ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda salohiyatli tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Zaytun-Med” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.Uchrashuv davomida mazkur muassasa bazasida ilmiy ishlanmalar asosida spin-off korxonalar tashkil etish, olimlar va tadbirkorlar hamkorligini kuchaytirish, shuningdek, mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, korxonada dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashabbuskor loyihalar o‘rganildi.Yakunda istiqbolli ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish va ularni tijoratlashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Innovatsion hududlar |Rasmiy sahifasi
21 Sept, 17:37
🚀 Chustda yoshlarning startap va innovatsion salohiyati rivojlantirilmoqda“Mohirlik va biznes soati” — yoshlarni kelajakdagi tadbirkorlik va innovatsion faoliyatga tayyorlashga xizmat qilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining qo‘shma qarori asosida Namangan viloyatida ham “Mohirlik va biznes soati” mashg‘ulotlari tizimli ravishda tashkil etilmoqda.Mazkur qaror bilan Innovatsion rivojlanish agentligi ham dastur tashkilotchilaridan biri etib belgilangan bo‘lib, mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning innovatsion fikrlashi, tadbirkorlik kompetensiyalari, moliyaviy savodxonligi va biznes g‘oyalarini ishlab chiqish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.📍 Chust tumanida Innovatsion rivojlanish agentligi Namangan viloyati bo‘linmasi, Chust tumani hokimining
Innovatsion hududlar |Rasmiy sahifasi
21 Sept, 11:21
🔹 Innovatsion rivojlanish agentligi mutasaddilari hududlardagi innovatsion loyihalar faoliyati bilan tanishdi.Innovatsion rivojlanish agentligi mutasaddilari joylarga chiqqan holda innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanayotgan hamda Agentlik tomonidan moliyalashtirilgan loyihalarni amalga oshirgan tashabbuskor korxona va xo‘jaliklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.Tashrif davomida Marhamat tumanidagi “Asr Umidi” MCHJ hamda “Ipak ko‘chat klasteri” fermer xo‘jaligida amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar, ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalar va erishilgan amaliy natijalar o‘rganildi.Xususan, tijoratlashtirish loyihalari doirasida ishlab chiqarilayotgan innovatsion mahsulotlar, turli yoqilg‘ilarga moslashuvchan isitish qozonlari, shuningdek, navdor tut ko‘chatlarini in vitro usulida ko‘paytirish loyihalarining bugungi holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
