gram news
Izzatxo‘ja | Blog channel avatar

Izzatxo‘ja | Blog

@izzatxoja_asomiddinov

Insonlarni va shu orqali jamiyatni rivojlantirish, ilm olish va yaxshilik qilish targ‘ibotchisi – 20 dan ortiq loyihalar; – Telegramda 6 yillik tajriba; – O‘zbekistondagi eng katta kitobxonlik kanali.

ProjectsUZBlogs

13,810subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Izzatxo‘ja | Blog

    22 Oct, 06:50

    Kompyuterda yangilangan alifboda yoziş uçun qulay dastur. Şuni örnatib olsangiz, yangi harflarni yoziş ança osonlaşadi.ş – simvolini chiqariş uchun "ss" tugmaçasini; ç – uçun "cc" tugmaçasini; ö –uçun "oo" tugmaçasini va ğ – uçun "gg" tugmaçasini 2 marta bosasizEng qiziği endi "book" deb inglizcha söz yozmoqçi bölsangiz, "bök" bölib qoladi, assalom sözi ham aşalom bölib qolarkan 😅@izzatxoja_asomiddinov
    13,600file2766Open in Telegram
  • Izzatxo‘ja | Blog

    21 Oct, 12:44

    O’zbek san’ati afsonalari 😍
    1,410721Open in Telegram
  • Izzatxo‘ja | Blog

    21 Oct, 12:03

    O’zbek kinolarida ishlatilgan maqollardan ajoyib video tayyorlashibdi
    1,42011Open in Telegram
  • Izzatxo‘ja | Blog

    21 Oct, 12:03

    Özbekiston xalqaro anjumanlar saroyida Özbek tili bayrami munosabati bilan bölib ötayotgan bayramdagi ilk qöşiq yangilangan alifbo haqida böldi.Ma’lumot uchun bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladilar.
    TelegramSaida MirziyoyevaNihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladilar. Bu yillar davomida bahslarga sabab bölayotgan va oxiri körinmayotgan masala edi. 2023-yil 11-dekabrda jadidlar…
  • Izzatxo‘ja | Blog

    20 Oct, 17:38edited

    Qirqiga chidadingiz endi qirq biriga ham biroz sabr qiling...📚“Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi taqdirlashini naq 63 kishi kutib turibdi. Bilaman ancha vaqt o‘tib ketdi, lekin buni o‘ziga yarasha sabablari bor. Bu postda shu sabablarga to‘xtalib o‘tmoqchiman, lekin buni o‘zini oqlash deb tushunmang...1-sabab: sovg‘alarni olish uchun ajratiladigan pul kechikishi. Bilishimcha, davlat tashkilotlarida yillik byudjet odatda yanvarda shakllanadi va tasdiqlanib, too ijroga yo‘naltirilguncha yana 1 oy o‘tib ketadi. Shu bilan qarabsizki martga kelib qoldik... 2-sabab: davlat tashkilotlari nima xarid qilsa ham faqat birja (elektron do‘kon)dan olishi majburiy. Bu jarayon xuddi teskari auksionga o‘xshaydi. Deylik bizga 4 ta noutbuk kerak bo‘lsa va uni olish uchun 10 mln.dan ajratganmiz deb auksionni boshlasak, 3 kun ichida kim eng kam pulga noutbuk beraman deb taklif qilsa o‘sha yutadi. ‼️Hamma emasku lekin birjadagi tadbirkorlarni aksariyati “o‘yin” qilarkan, ya’ni juda arzon summaga lotni yutib olgach, menga aloqaga chiqishadi. Aka hujjatda yozilgan noutbukni oʻrniga oddiyroq, arzonroq mana bu modeldan olib borib bersam, siz qabul qildim deb tasdiqlavorsangiz, sizgayam 1-2 so‘m chiqarib beramiz yoki Samsung planshetni oʻrniga RedMi olib borib beraman, xo‘p desangiz sizgayam bitta planshet sovg‘a qilib ketaman degan takliflar juda ko‘p bo‘ldi. Meni maqsadim shunchaki tanlov qilib, g‘oliblarni taqdirlab yuborish emas, munosib, ertangi kuniga arziydigan, sifatli sovg‘alar berish. Ertaga eee shu arzimagan, “prastoy” narsa bilan aldashibdi degan gapdan, asosiysi, birovning haqidan qo‘rqaman. Xudoga shukur o‘zimni hamma narsam yetarli. Shular sabab ham bir nechta shartnomalarni bekor qilib, qayta tuzishimizga ancha vaqt ketib qoldi... 3-sabab: biz taqdirlashni Toshkentda emas, biror viloyatda tashkil qilib, ham taqdirlash, ham sayohat tashkil qilishni reja qilgandik. Bu bo‘yicha harakatni boshlaganmiz, lekin tashkiliy ishlarni ham qilish murakkab jarayon, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilishi kerak. Bu ham vaqt oladi... 4-sabab: bilasiz, yaqinda 2 ta vazirlik birlashib, Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi. Rahbariyat, tizim va hatto vazirlik strukturasi o‘zgardi (jarayon davom etmoqda). Hamma sovg‘alar olib bo‘lingan bo‘lsa-da taqdirlashni o‘tkazish uchun rahbariyatni ruxsati kerak, g‘oliblarni taqdirlashga kelib-ketish harajatlari masalalari bor. Yangi tayinlangan rahbarlarga bu jarayonlarni boshidan tushuntirib, tegishli ruxsatlarni ham olish ancha vaqt talab qilyapti...Xullas, shu sabablarga ko‘ra taqdirlashimiz kechikmoqda. Menga ham taqdirlashni cho‘zishdan umuman foyda yo‘q. Qancha tez bo‘lsa shuncha yaxshi. Shu sababli imkon qadar jarayonlarni tezlashtirish harakatidaman.Hurmatli g‘oliblar, agar shu yutuq sizga juda zarur bo‘lsa, marhamat ertagayoq keling, sovg‘ani berib yuborishim mumkin. Har kuni taqdirlash qachon degan savoldan ochig‘i charchadim. Lekin taqdirlashda hammani oldida e'tirof etilib, sahnada olqishlar bilan taqdirlanishni tanlaysiz deb o‘ylayman. Shu sabab ko‘p emas, yana biroz kuting, buyog‘i oz qoldi. Hal bo‘lishi bilan, eng avval suyunchini sizlardan olaman...👉 @izzatxoja_asomiddinov
    1,5502012851Open in Telegram
  • Izzatxo‘ja | Blog

    17 Oct, 18:28

    forwarded from @abdukakhkarov_blog

    Ba’zi loyihalar borki, ular bilan shunchaki ishlamaysan, balki qalbingning bir bo‘lagini ham qoldirasan...2022-yil. “Til bilimdonlari” respublika tanloviga ilk bor start bergan kunlarimiz hali ham yodimda. O‘shanda boshlangan tashabbus bugun 102 ming nafardan ortiq yoshlarni qamrab oladigan, respublika miqyosidagi katta tanlovga aylanganini ko‘rishning o‘zi bir baxt.Shu yillar davomida Izzatxo‘ja bilan yelkama-yelka, bir tandemda ishlab keldik. Har bir tanlov ortida qancha mehnat, izlanish, mas’uliyat, ba’zan uyqusiz tunlar, ba’zan esa kichik g‘alabalardan katta quvonch topgan kunlarimiz bor. Eng muhimi, bu ishlarimiz yoshlarga oz bo‘lsa-da manfaat keltirayotganidan doim mamnun bo‘lganmiz. Bugun boshqa tashkilotda faoliyat yurityapman. Lekin bir narsani tushundim: inson ish joyini o‘zgartirishi mumkin, ammo ko‘ngil qo‘ygan jamoasini, birga bosib o‘tgan yo‘lini va o‘sha muhitdagi insonlarni osonlikcha unutolmas ekan.Kecha “Til bilimdonlari” tanlovining final bosqichida mehnatlarimiz e’tirof etilib, vazir nomidan tashakkurnoma bilan taqdirlandim.Ochig‘i, bu men uchun kutilmagan va juda yoqimli lahza bo‘ldi. Qaysidir ma’noda ko‘nglim to‘ldi. Chunki bugun boshqa joyda ishlayotgan bo‘lsam ham, bir vaqtlar qilgan mehnatimni unutmagan, meni hamon o‘z jamoasining bir bo‘lagi deb biladigan insonlar borligini his qildim.Ba’zan insonni mukofotning o‘zidan ko‘ra, uning ortidagi e’tibor, hurmat va unutilmagan mehnat ko‘proq quvontirar ekan.Fursatdan foydalanib, avvalo, shu yillar davomida menga ishongan, qo‘llab-quvvatlagan, birga ishlash va o‘rganish imkonini bergan barcha ustozlarim va hamkasblarimga chin dildan minnatdorchilik bildiraman. Ayniqsa, Izzatxo‘jaga alohida rahmat! To‘rt yil davomida bir-birimizni tushunib, maslahatlashib, ba’zan bahslashib, ammo doim bitta maqsad yo‘lida harakat qildik. Bunday hamkorlik va samimiy munosabat har doim ham nasib qilavermaydi.Tanlovni bugungi darajaga olib chiqayotgan, uning davomiyligini ta’minlayotgan barcha jamoa a’zolariga ham katta rahmat. Bugungi natijalar, eng avvalo, sizlarning mehnatingiz samarasi.Men uchun “Til bilimdonlari” shunchaki navbatdagi loyiha emas. U — yaxshi insonlar, qadrli xotiralar, katta tajriba va birgalikda qilingan mehnatning bir bo‘lagi.Eng katta yutuq — biror joydan ketganingdan keyin ham o‘sha jamoada seni yaxshi xotiralar bilan eslashlari, mehnatingni qadrlashlari va yutuqlariga sherik qilishlari ekan. Buning uchun barchangizdan minnatdorman!“Til bilimdonlari” davom etsin, rivojlansin va hali minglab yoshlarga o‘z iste’dodini namoyon etish uchun imkoniyat yaratsin.Yaxshi insonlar bilan qilingan mehnatning qadri ham, xotirasi ham boshqacha bo‘larkan... ❤️
    1,050296441Open in Telegram
  • Izzatxo‘ja | Blog

    15 Oct, 16:41

    🇺🇿 Respublika tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi! 🏛16-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tashkil etilgan “Til bilimdonlari” hamda “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni”
    1,190984Open in Telegram
  • Izzatxo‘ja | Blog

    21 Sept, 14:58

    ♟Tarixiy g‘alaba muborak!Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida bugun 🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi 🇮🇳Hindiston ustidan g‘alaba qozondi va yakkapeshqadam bo‘lib oldi!Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov hamda Shamsiddin Vohidov o‘z partiyalarida durang o‘ynadi. Barchasi Nodirbek Yakubbayev hamda Nihol Sarin o‘rtasidagi jangda hal bo‘ldi. Qiyin vaziyatda qolgan Nodirbek raqibiga tuzoq qo‘yib, g‘alabani ilib ketdi!♟ Shu vaqtgacha bu 2 super jamoalar olimpiadada 2 marta to‘qnash kelib, har ikkalasida durang o‘ynashgandi. Uchinchisi halol deydiku, o‘z uyimizda hindlarni yuttik. Hali yana 5 ta tur bor va nasib qilsa, 2-marotaba olimpiada chempioniga aylanamiz. Omad yigitlar!!!👉 @izzatxoja_asomiddinov
    8022274Open in Telegram
  • Izzatxo‘ja | Blog

    20 Sept, 15:08edited

    Saralashda 4:3 yutdik, yarim finalda asosiy vaqt 2:2 tugadi, penaltilar seriyasida yutdik, finalda ham asosiy vaqt durang bilan tugadi (1:1). Qarasak chempionlik kubogi uyda qolib ketgan ekan, yutib kubogsiz ketmaymiz deb, penaltida yutqazib qo’ya qoldik. 2-o’rin ham yomonmas, asosiysi chiroyli o’yin bo’ldi.
    1,16029422Open in Telegram
  • Izzatxo‘ja | Blog

    20 Sept, 12:44

    1,250131Open in Telegram
  • Izzatxo‘ja | Blog

    14 Sept, 12:34edited

    🏛7 yillik mehnatim sarflangan @talabayoshlar kanalimni sotdim Endi bu kanal menga tegishli emas, sotib olgan odam kanalni xuddi shu yo‘nalishda davom ettirish niyatini aytganida to‘g‘risi juda xursand bo‘ldim. Ishqilib, shu kanal rivojlanib ketib, obunachilari
    2,4201743Open in Telegram
  • Izzatxo‘ja | Blog

    14 Sept, 03:52edited

    🏛7 yillik mehnatim sarflangan @talabayoshlar kanalimni sotdimEndi bu kanal menga tegishli emas, sotib olgan odam kanalni xuddi shu yo‘nalishda davom ettirish niyatini aytganida to‘g‘risi juda xursand bo‘ldim.Ishqilib, shu kanal rivojlanib ketib, obunachilari milliondan oshganida, shu kanalni man ochib, shu kishiga sotgandim deb maqtanib yuray 😅☝️Kanal sotildi degani loyihalaram to‘xtaydi deganimas, menda hozir ham loyiha o‘tkazish uchun (sizlarni majburlab obuna qildiradigan) kanallarim ko‘p. @talabayoshlar ni haqiqatda vaqt ajratib, sifatli kontent qiladigan odamga to‘liq topshirishni xohladim.Endi talabalar uchun foydali deb bilgan ma'lumotlarimni shu blogimda va Instagram sahifamda ulashib boraman.
    2,510111Open in Telegram
  • Izzatxo‘ja | Blog

    14 Sept, 02:32

    Xayrli tong, o’zim talaba bo’lmasam ham ertalabdan ularni ko’rib xursand bo’lib ketdim. Talabalik vaqtlarim esga tushdi.
    2,020117Open in Telegram
  • Izzatxo‘ja | Blog

    14 Sept, 02:30

    1,9001563Open in Telegram
  • Izzatxo‘ja | Blog

    13 Sept, 08:26edited

    Assalomu alaykum, do‘stlar!Ochig‘i, o‘qishni tamomlaganimga 3 yildan oshdi. Talabalik davridan uzoqlashganim sari @talabayoshlar kanalimni avvalgidek qiziqarli va faol yuritishga vaqt ham, imkoniyat ham yetmayapti.Shu sababli @talabayoshlar kanalini sotishga qaror qildim. 💰 Kanal Yandex Ads’ga ulangan va doimiy reklama daromadiga ega. Auditoriya aktivligi o‘rtacha, bundan tashqari, vaqti-vaqti bilan reklamalar ham tushib turadi. Hozirgi holatida oyiga kamida $100 atrofida daromad keltiradi.Agar yangi egasi kanal bilan faol shug‘ullansa, auditoriya faolligini oshirib, reklama soni va daromadni sezilarli ko‘paytirish imkoniyati bor.Men uchun bu kanal — yillar davomida yig‘ilgan auditoriya, 7 yillik mehnatim. Endi uni rivojlantirishga vaqti va qiziqishi bor insonga topshirmoqchiman.☑️Narxini bozorni o‘rganib
    11,100543Open in Telegram
  • Izzatxo‘ja | Blog

    12 Sept, 04:13

    forwarded from @kitobxonyoshlar

    🟦🟦🟦 “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovining test ishlash jarayoniga start berildi!📚 Testni boshlash uchun @kitobtanlovbot botiga kirib, /start so‘zini bosing va “Test savollarini ishlash” tugmachasini bosishingiz bilan testlar boshlanib ketadi.🔹Ishtirokchilar 3 kun davomida 50 tadan jami 150 ta test ishlaydi va yakunda test bo‘yicha TOP–150 ta o‘rinni egallaganlar final yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. 🔹Agar sizda kamida 5 referal ball bo‘lmasa, Siz testlarni ishlay olmaysiz. Test ishlash uchun bugun kun yakuniga qadar do‘stlaringizni taklif qiling va 5 referal yig‘ing. ☑️Test bo‘yicha kamida 70 ball yig‘gan barcha ishtirokchilarga elektron sertifikat
  • Izzatxo‘ja | Blog

    7 Sept, 15:34edited

    📱Bu chellenj o‘zi nima va kimlar uchun? Yaqinda bir Instagram ekspertni seminariga bordim, o‘sha seminarda ekspert: “Istasangiz platformadagi darslarni umuman ko‘rmang, uyga vazifani tayyorlamang, lekin har kuni kamida 1 ta reels joylang, montaji muhim emas
    2,74073Open in Telegram
  • Izzatxo‘ja | Blog

    2 Sept, 17:53edited

    2016-yil 2-sentyabr...O‘sha kunni unutish qiyin... O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov vafot etgani haqida turli xabarlar tarqala boshladi. Rasmiy manbalar esa jim... Nihoyat tushlikka yaqin Prezidentning sog‘lig‘i og‘irlashgani haqida xabar berildi. Kechqurun esa “Axborot” dasturida rasman: Islom Karimov vafot etgani sababli mamlakatda 3 kunlik motam e’lon qilindi.To‘g‘risi, o‘sha xabarni eshitganimda ko‘zimga yosh kelgan. Hali yosh edim, miyamdan turli hayollar o‘tgan: endi nima bo‘ladi, davlatni kim boshqaradi, podshohsiz yurtga dushmanlar bostirib kirsa-chi yoki taxt uchun kurash boshlanib ketadimi... O‘sha vaziyatda qo‘limdan nima keladi deb rosa o‘ylaganman va hayolimga eng birinchi Telegram kanal ochish kelgan. Shu orqali O‘zbekiston yoshlarini birlashtirib, yurtimizni yanada rivojlantirishga o‘z hissamni qo‘shaman deb maqsad qilgandim. Kanalimni @kelajakyoshlarniki deb
    3,510302363Open in Telegram
  • Izzatxo‘ja | Blog

    1 Sept, 04:39edited

    🍂 2026-yilning kuz fasli kirib kelgani hamda “Mustaqillik” bayrami bilan tabriklayman!👉 @izzatxoja_asomiddinov
    2,770video11721Open in Telegram
  • Izzatxo‘ja | Blog

    26 Aug, 11:47edited

    📚 Tez orada “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2026-yilgi 3-mavsumiga rasman start beriladi!Siz bosh tashkilotchining blogini doimiy kuzatayotganingiz sababli kitoblar ro‘yxatini avval sizlarga e’lon qilmoqchiman. Bu safar biz 3 ta kitobni o‘qish uchun vazifa qilib beramiz. Bular:➡️“Mehrobdan chayon” ( Abdulla Qodiriy) ➡️“Kafansiz ko‘milganlar” (Shukrullo) ➡️“Da Vinchi siri” (Den Braun)
    4,2503514Open in Telegram
Download the series as CSV
A feedback bot for your channel — free

Followers write to the bot, you answer by reply, your account stays hidden. Created in one tap.

How it works →
Create the bot