gram news
Jahongir Olimov | Rasmiy channel avatar

Jahongir Olimov | Rasmiy

@jahongirolimov_rasmiy

Jurnalist va teleboshlovchi Jahongir Olimovning telegram kanaliga xush kelibsiz! Reklama va hamkorlik uchun: @manageradmin_jo Instagram: https://www.instagram.com/jahongirolimov_official/profilecard/?igsh=b2FsdjhxdGNmd3Q2

ProjectsENPolitics

41,583subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    22 Sept, 16:00

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha taqdimotdan asosiy ma’lumotlar:▪ 2030-yilgacha mamlakatdagi generatsiya quvvatlarini 46,1 gigavattga, yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishni qariyb 129 milliard kVt-soatga yetkazish rejalashtirilmoqda. 2035-yilda bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 57,2 gigavatt va 154,7 milliard kVt-soat bo‘lishi ko‘zda tutilgan;▪ Hozir quyosh va shamol elektr stansiyalarining umumiy quvvati 6,3 gigavattdan oshgan, gidroelektr stansiyalar soni esa 100 tadan ortgan. Ularning umumiy quvvati 2,5 gigavattga yaqinlashgan;▪ Energiya saqlash tizimlari bo‘yicha umumiy quvvati 4,2 gigavatt bo‘lgan 26 ta loyiha shakllantirilgan, ulardan 17 tasi amalga oshirish bosqichida. 2030-yilgacha yangi loyihalarni ham shakllantirish taklif qilindi;▪ 2030-yilgacha 9 ta 220 kV va 7 ta 500 kV podstansiya qurish hamda qariyb 5
    2,970732719Open in Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    22 Sept, 12:44

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollariga bagʻishlangan taqdimotdan asosiy ma’lumotlar:▪ 2017-yildan buyon ma’muriy sudlarda 150 mingga yaqin ish ko‘rib chiqilib, 70 mingdan ortiq holatda davlat organlarining noqonuniy qarorlari bekor qilingan;▪ Soha rivojining navbatdagi bosqichida ilg‘or xorijiy tajriba asosida 15 ga yaqin yangi huquqiy institut joriy etilishi taklif qilinmoqda;▪ Fuqarolarning buzilgan huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishning 4 xil da’vo shakli joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu huquq buzilishidan oldin uning himoyasini proaktiv tarzda ta’minlash imkonini beradi;▪ Amaldagi 6 oylik murojaat muddati qayta ko‘rib chiqilib, davlat organi qonunbuzarlik sodir etganini tan olish bo‘yicha sudga muddatsiz murojaat qilish imkoniyati yaratilishi taklif etilmoqda;▪ Fuqarolarga mahalliy
    4,50035161381Open in Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    22 Sept, 11:29

    Ⓜ️ Toshkent metrosi bir haftada ikkinchi bor rekordni yangiladi21-sentabr kuni Toshkent metropoliteni xizmatlaridan 1 181 581 nafar yo‘lovchi foydalandi. Bu 14-sentabrda qayd etilgan avvalgi rekorddan 16 031 nafarga ko‘p.Yo‘lovchilar oqimi shu sur’atda davom etsa, oktabr oyida metroning bir kunlik yo‘lovchilari soni 1,2 million nafarga yetishi kutilmoqda.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
    4,91022128852Open in Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    22 Sept, 07:09

    🛴 Buxoroning eski shahar qismida elektroskuter va elektrosamokatlarda yurish cheklanadiTartib 1-oktyabrdan kuchga kiradi va Ark qo‘rg‘onidan Poyi Kalon ansambligacha, Haqiqat ko‘chasi bo‘ylab Labi hovuz ansambligacha bo‘lgan tarixiy hududga taalluqli hisoblanadi.Cheklov mazkur hududda riksha, moped, to‘rt g‘ildirakli velosiped, karting, shuningdek, ot va tuyada harakatlanishga ham joriy etiladi.Hududning kirish va chiqish qismlarida tegishli axborot ko‘rsatkichlari va yo‘l belgilari o‘rnatiladi. Qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida profilaktik va tushuntirish ishlari olib boriladi.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
    5,890269222Open in Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    22 Sept, 06:00

    Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdiNyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.“Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman”, — deyiladi xabarda.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
    6,04048161491Open in Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    21 Sept, 16:23

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan taqdimot asosiy ma’lumotlar:▪ Ko‘kalamzorlashtirish samaradorligi ekilgan ko‘chatlarning 1, 3 va 5 yildan keyingi holati asosida baholanadi. Har bir hudud iqlimiga mos, issiqlik, sovuq va suv tanqisligiga chidamli daraxt turlariga ustuvorlik beriladi;▪ Har bir mahalla uchun ko‘chat turi, ekiladigan joy va sug‘orish tizimi ko‘rsatilgan “yashil xarita” ishlab chiqiladi. Mahalla raislari bilan birgalikda daraxt va ko‘chatlarning holati muntazam kuzatib boriladi;▪ “Yashil” mahallam” dasturi doirasida mahallalarga sifatli ko‘chat, organik o‘g‘it va suv tejovchi sug‘orish vositalarini yetkazib berish, daraxtlarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi;▪ Har bir mahallaga o‘rmonchi-murabbiy biriktiriladi. Mahallalarda kichik daraxtzor va
    6,40063232019122Open in Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    21 Sept, 15:22edited

    Markaziy bank ANORBANK faoliyati va moliyaviy holati barqarorligini tasdiqladiIjtimoiy tarmoqlarda ANORBANK aksiyadorlaridan biri haqida tarqalgan xabarlar ortidan, Markaziy bank muassasa faoliyatida barchasi joyida ekanligini tasdiqladi. Regulyatorning izohlashicha, alohida aksiyador bilan bog‘liq shaxsiy holat bankning kundalik operatsion faoliyati, kapitali va moliyaviy barqarorligiga mutlaqo ta’sir ko‘rsatmaydi.Hozirgi vaqtda ANORBANK odatdagi tartibda ishlamoqda, omonat, kredit va boshqa to‘lov xizmatlari uzluksiz davom etmoqda. Muassasa o‘z mijozlari hamda hamkorlari oldidagi barcha majburiyatlarini to‘liq bajarayotganini ma’lum qilib, jamoatchilikni faqat rasmiy manbalarga ishonishga chaqiradi.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
    5,86011541Open in Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    21 Sept, 14:53

    TARIXIY GʻALABA🇺🇿O‘zbekiston 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida 🇮🇳Hindiston ustidan g‘alaba qozondiDastlab uch nafar shaxmatchimiz durang qayd etib, 1,5:1,5 natijaga erishdi. Yakunda vakilimiz Nodirbek Yoqubboyev hindistonlik Nihal Sarinni mag‘lub etib, jamoamizga o‘ta muhim g‘alabani sovg‘a qildi.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
    6,560872320621Open in Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    21 Sept, 13:08

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan transport-logistika sohasidagi yirik loyihalarning borishi yuzasidan taqdimotdan asosiy ma’lumotlar:▪ 2030-yilgacha transport xizmatlari hajmini 2 barobar oshirish, sohaga 9,1 milliard dollar investitsiya jalb qilish va xizmatlar eksportini 5,7 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda;▪ Toshkent va Buxoroda umumiy qiymati qariyb 3 milliard dollarlik yangi aeroport majmualari barpo etilmoqda. Yangi Toshkent xalqaro aeroporti dastlabki bosqichda yiliga 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi;▪ Qiymati 2,2 milliard dollar bo‘lgan Toshkent–Samarqand pulli avtomobil yo‘li qurilishi boshlandi. Shuningdek, Toshkent–Andijon va Toshkent–Bo‘stonliq pulli yo‘llari bo‘yicha investorlarni aniqlash masalalari ko‘rib chiqildi;▪ Temir yo‘lning 5 ta yo‘nalishini modernizatsiya qilish uchun 200 million dollar yo‘naltirish hisobiga ularning
    6,3904115138Open in Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    21 Sept, 10:43

    Toshkentda qishda yetarlicha isitilmagan ko‘p qavatli uylar tekshiriladiToshkentda o‘tgan qish mavsumida me’yoriy darajada isitilmagan ko‘p qavatli uylar tanlab olinib, ularda Jahon banki mutaxassislari ishtirokida kompleks energiya auditi boshlandi.21-sentyabrdan boshlangan o‘rganishlarda uylarning issiqlik yo‘qotish manbalari, devor, tom, yerto‘la, eshik va derazalar hamda isitish tizimlari tekshiriladi. Natijada issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirish bo‘yicha texnik yechimlar ishlab chiqiladi.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
    6,460119Open in Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    21 Sept, 05:26

    🇺🇿 O‘zbekiston harbiylari Janubiy Koreyada ketma-ket to‘rtinchi bor g‘olib bo‘ldiO‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-jangovar tayyorgarlik musobaqasida 12 ta jamoa orasida 316 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi. 🇰🇭 Kambodja ikkinchi, 🇰🇷 Janubiy Koreya uchinchi bo‘ldi.O‘zbekiston jamoasi tog‘li va shahar hududlaridagi jangovar shartlarning uch tasida rekord natija qayd etdi. Harbiylarimiz musobaqada 2023-yildan buyon ketma-ket to‘rtinchi marta g‘olib bo‘lmoqda.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
    9,18011432261632Open in Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    20 Sept, 08:16

    🇺🇿🇰🇷 Prezident Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga amalga oshirgan tadbirlarga boy, sermahsul tashrifi haqida katta reportaj tayyorlamoqdamiz. Uni bugun 20:00 da “Sevimli” telekanalida “Yangi Zamon” dasturida tomosha qilishingiz mumkin.Hozircha esa tasvirchi va montajchim Sanjar Shermuhammadov tomonidan katta mehnat bilan tayyorlangan, tashrif voqealarini ikki yarim daqiqaga jamlagan mana bu videorolikni tomosha qilib turing.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
    9,140video66292621Open in Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    19 Sept, 10:31

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayevga “general-mayor” maxsus unvonini topshirdi.Mazkur unvon Orinbayevga ichki ishlar organlari tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, Qoraqalpog‘istonni har tomonlama rivojlantirish, aholi farovonligi, xavfsizligi va osoyishta hayotini ta’minlash, jamiyatda mehr-oqibat, ahillik va totuvlikni asrash hamda mustahkamlash borasidagi katta xizmatlari uchun berildi.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
    8,060825346301110Open in Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    19 Sept, 09:17

    Kelgusi yili Berdaq tavalludining 200 yilligini mamlakatimizda munosib nishonlash taklifi bildirildi.Mutasaddilarga bir oyda keng qamrovli dastur ishlab chiqib, uni amalga oshirishni boshlash topshirildi.Yig‘ilish yakunida hudud va tarmoqlar rahbarlarining axborotlari tinglandi, Qoraqalpog‘iston faollari bilan muloqot qilindi.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
    7,3706749392413Open in Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    19 Sept, 08:33

    Yangi yildan Amudaryo, Beruniy, Chimboy va Qo‘ng‘irotdagi bittadan texnikumda ham shu tajriba yo‘lga qo‘yiladi. 1-oktabrdan asbob-uskuna uchun beriladigan ssuda miqdori 20 million so‘mdan 50 million so‘mga oshiriladi. 👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
    7,120775650332415Open in Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    19 Sept, 08:18

    Nukus shahrining “Ashshiko‘l” hududida 50 ming aholiga mo‘ljallangan “Nukus siti” qurilishi boshlandi. 270 gektarda ilg‘or arxitektura yechimlari va energiya tejamkor texnologiyalar asosida osmono‘par binolar, biznes, savdo va servis markazlari, yashil xiyobonlar
    6,360604834282015Open in Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    19 Sept, 08:01

    Nukus tumanidagi texnikum qovunchilikka moslashtirilib, laboratoriya va sinov poligoni bilan ta’minlanadi. Ushbu muassasa Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Jizzax, Qashqadaryo va Sirdaryodagi qovun yetishtiruvchilar uchun tajriba almashish metodik markazi bo‘ladi.
    5,990625041282114Open in Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    19 Sept, 07:21

    Qoraqalpog‘istonlik chorvadorlarning 1-2 ming boshli komplekslar tashkil etish uchun kredit miqdorini 50 milliard so‘mgacha oshirish taklifi qo‘llab-quvvatlandi. Bir oyda joyi, tashabbuskori va mablag‘i aniq bo‘lgan kamida 100 ming boshli chorva komplekslarining
    5,7105631272Open in Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    19 Sept, 07:04

    ⚡️Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari stavkasi 17,5 foizdan 12 foizga tushiriladi. Tuman hokimlariga shu yil iqtisodiy o‘sish va bandlikka turtki beradigan yana ikkitadan loyiha qilib, 10 ming odamni daromadli qilish topshirildi. Buning uchun
    6,11070423511Open in Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    19 Sept, 07:01

    ⚡️Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari stavkasi 17,5 foizdan 12 foizga tushiriladi.Tuman hokimlariga shu yil iqtisodiy o‘sish va bandlikka turtki beradigan yana ikkitadan loyiha qilib, 10 ming odamni daromadli qilish topshirildi. Buning uchun 100 milliard so‘m ajratilib, bir haftada moliyalashtirish ochiladi.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
    5,33042141281Open in Telegram
Download the series as CSV
A feedback bot for your channel — free

Followers write to the bot, you answer by reply, your account stays hidden. Created in one tap.

How it works →
Create the bot