gram news
Jamshidbek Izzatulloh | Blog channel avatar

Jamshidbek Izzatulloh | Blog

@jamshidbekizzatulloh

Miya ilmi va Bola rivojlanishi talabasi. Amerikada shu sohalar bo'yicha eng nufuzli universitetda to'liq grant bilan o'qiyman. Fikrlarim va tajribalarim bilan ulashib boraman.

ProjectsUZBlogs

3,050subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Jamshidbek Izzatulloh | Blog

    21 Sept, 02:40

    Akalar bilan bu safar golf o’ynagani bordik.Imtihon-oldi tayyorgarlik uchun yaxshi hordiq bo’ldi.O’zbek tilida to’yib-to’yib gaplashdim. Ona tilida suhbatlashish ham kofega o’xshash quvvat beruvchi narsa bo’p qoldi. Kanalda postlarim ko’payganiga ham asosiy sabab o’zimni o’zbek tilida izhor qilishga ehtiyojni ortib ketganida bo’lsa kerak.Golfni dinamikasini hali to’liq tushunolmadimu, lekin nimadir qilib eplab urolyapman. Lekin asosiysi jamoa. Akalar bilan sekin-sekin yaqindan tanishyapmiz.Jamiyatimizni barakasini bersin. Nashville da tanishila bo’sa aytib qo’yila, sonimiz ko’paysa xursand bo’lamiz.@JamshidbekIzzatulloh
    832video39732Open in Telegram
  • Jamshidbek Izzatulloh | Blog

    20 Sept, 14:16edited

    Bugun universitetga kelganimga roppa rosa 1 oy bo’ldi. Amerikaga kelganimga esa 1 oy-u 10 kun.Birinchi oyimni imkoni boricha samarali o’tkazish maqsadida qiziq ishlar qilib ko’rdim.1 oylik sarhisob qiziq bo’lsa + qoldiring. @JamshidbekIzzatulloh
    9785054411Open in Telegram
  • Jamshidbek Izzatulloh | Blog

    18 Sept, 18:11

    Bizda imtihonlar boshlandi.Midterms and finals (oraliq va yakuniy) imtihonlar bo'ladi deb o'ylardim, unaqamas ekan. Bitta fanimda ikkita oraliq, bitta yakuniy, to'rtta reading quiz, data yig'ish proyekti, va majburiy eksperimentlarda ishtirokchi bo'lib qatnashish.Professorimiz birinchi darsda o'quvchilar oladigan o'rtacha baho 4 dan 3.4 deganlarida peshonamda muzdek ter yugurdi. 100% baho ololamanmi desam, har semesterda 1-2 kishi oladi deb javob berdila. 90% dan yuqori olsam yetadi, 4 dan 4 olaman. Kelayotgan hafta 4 ta katta bobdan imtihon: miya anatomiyasi va nerv tizimi, his qilish, ko'rish tizimi, va diqqat. Man uchun judayam qiziq mavzular.Eksperimentlar ham biri-biridan ajoyib. O'tgan hafta diqqatimni davomiyligini ko'rish va eshitish qobiliyati orqali tekshiruvchi tadqiqotda qatnashgandim. Bu hafta kinolarning o'tmishni eslashimizga ta'siri haqida tadqiqotda qatnashuvchi
    1,1804413542Open in Telegram
  • Jamshidbek Izzatulloh | Blog

    17 Sept, 03:07

    Bu yerda o’zbekligimni aytsam eng ko’p beriladigan savol “Have you been to Uzbegim?”.O’zbegim restoraniga bordingmi deb so’rashadi. Qoyil qoldirgan narsa O’zbekistonga umuman aloqasi bo’lmagan odamlarning ham ko’pini eng yoqtirgan restorani shu ekan.O’qishimizdan 10 daqiqa piyoda. Uyni sog’inib qolsam kevoraman.Hammani hurmat qilgan holda ovqatni rasmini qo’ymayman. Lekin aytolaman, o’zimizdagi bilan deyarli bir xil. Maqtaganidek bor.Baribir uyda onamiz qiladigan oshni sog’inamiz. To’g’rimi? @JamshidbekIzzatulloh
    1,550501612Open in Telegram
  • Jamshidbek Izzatulloh | Blog

    14 Sept, 15:58edited

    Huberman bizda ishlaydigan professor bilan intervyu olibdi.Podcastga havola: https://youtu.be/Gk2ArbsrZwE?is=e98eQr4dk3OKak7X1 yil ichida manam shu professordan podcast ololamanmi? @JamshidbekIzzatulloh
    1,6405141Open in Telegram
  • Jamshidbek Izzatulloh | Blog

    14 Sept, 03:44

    Amerikaga keganimdan beri birinchi marta Nashville ni aylandim.Nimayam derdim. Chiroyli shahar shekilli.Ko’proq foyda yangi do’stim bilan vaqt o’tkazganimda bo’ldi. Universitetiga bordik - Belmont University da o’qiydi. Keyin moshinasida shaharni aylantirdi. Oxirida pickleball o’ynadik. Padelga juda o’xshab ketarkan, tennisni eng oson varianti.Kuz o’tmoqda soz. Dushanbadan endi bosib o’qiymiz. @JamshidbekIzzatulloh
    1,720video30107Open in Telegram
  • Jamshidbek Izzatulloh | Blog

    9 Sept, 21:35edited

    Dahodan daho uchun tavsiyanoma. Qisqa. Nuqtasiga. Har qanday moddiy boylikni shu ikkita gap uchun almashgan bo'lardim. @Jamshidbek_Izzatulloh
    1,9803110942Open in Telegram
  • Jamshidbek Izzatulloh | Blog

    9 Sept, 21:14

    forwarded from @jamshidbekizzatulloh

    Dahodan daho uchun tavsiyanoma. Qisqa. Nuqtasiga.Har qanday moddiy boylikni shu ikkita gap uchun almashgan bo'lardim.@Jamshidbek_Izzatulloh
    1,66033143Open in Telegram
  • Jamshidbek Izzatulloh | Blog

    9 Sept, 15:41

    Bizda hozircha tinchlik.Birinchi testni topshirib oldim. Statistika fanidan. 90% chiqdi. Prof aytishlariga ko’ra yaxshi ekan.Ha aytgancha, kelishimga yangi namozxona qurib qo’yishibdi :) rostan shu sentyabrdan ishga tushdi. Man har kuni o’tiradigan Markaziy kutubxonani birinchi etaji. 24/7.Bilishimcha 3ta sport zal bor. Ertalab 6 da bo’m-bo’sh bo’ladi.Oshxonalar ichida eng chiroylisi bor. Aynan o’sha oshxona faqat halol ovqat beradi. O’ylamasdan yeyveramimiz shunda. Eng mazalisi ham shu. Musulmon bo’lmaganlar ham ko’pincha aynan shu yerga keladi.Xullas, bizda tinchlik. O’zilada nima gap?@JamshidbekIzzatulloh
    1,7106618731Open in Telegram
  • Jamshidbek Izzatulloh | Blog

    7 Sept, 15:43

    “Sovuq suv ichma, shamollaysan!”Shu gapni ota-onamizdan juda ko’p eshitganmiz-a?Amerikada shu gapni aytgandim, ustimdan kulishdi. Bu yerda suvga muz solmasdan deyarli ichishmaydi. Muzlatgichdan olib ichishadi.Bir 60 yoshli inson bilan shuni gaplashgan edim, bir umr muzlatgichdan olib ichganmiz, hech nima qilmagan deyishdi.Su'niy intellektdan so'rasangiz ham buni tasdiqlaydi: muzdek suv ichsa tomoq og'rib qolishi xato ekan. Shunda biz shuncha yil davomida nega kasal bo'lganmiz deb o'ylab qoldim? Nocebo effect bo'lganmikin yo?Virus bo'lmasa shamollab bo'lmasligi rost gap. Lekin o'sha muzdek suv immunitetni vaqtincha pasaytirib, viruslar bizni kasal qilishi ehtimolini oshirmaydimi?Biologiya yoki tibbitoydan xabari borlar, tushuntirib berolasizmi? Muzdek suv rostanam tomog'imizni og'ritib ichaklarimizni shamollatadimi?@JamshidbekIzzatulloh
    1,70031744Open in Telegram
  • Jamshidbek Izzatulloh | Blog

    7 Sept, 15:21

    Bu go’zal tilni o’rganishga yana bitta sabab.Sizningcha qaysi tildagi sharxlovchilar eng yaxshisi.Mani reytingim: 1. Xayrulla Hamidov 2. Arablar 3. Peter Drury 4. FransuzlarEvery defender was taller than Lautaro, but he still found his head with his non-dominant foot. Anyone who ever kicked the ball knows what it is.Videolarni arabcha matnini kimdir so’zma-so’z yozib beroladimi iltimos?Darsdan tepadagi video vaybi bilan chiqqan. @JamshidbekIzzatulloh
    1,420video1410331Open in Telegram
  • Jamshidbek Izzatulloh | Blog

    6 Sept, 00:17

    Nashville’dagi O’zbek Yoshlari jamiyatimizni birinchi uchrashuvini o’tkazdik.3 yil oldin kelganlar ham, 20 yil oldin kelganlar, va shu yerda tug’ilganlar ham bor. Eng yangisi o’zim - kelganimga 3 hafta bo’ldi. To’yib O’zbek tilida gaplashishni sog’inipman.Bu davramizni kengaytirishni maqsad qildik. Nasib qilsa har ikki haftada ko’rishib kengayishda davom etamiz.Nashville da yashaydigan O’zbeklarni guruhimizga qo’shilishga taklif qilamiz!@JamshidbekIzzatulloh
    1,710video3212114Open in Telegram
  • Jamshidbek Izzatulloh | Blog

    4 Sept, 20:59edited

    Kunlik energiya va prioritetlar haqida fikr yuritmoqchiman. (1/2) Avvallari sezmasdim, lekin kecha o'zim haqimda qiziq narsa o'rgandim: bir kunda qila olishim mumkin bo'lgan, aktiv aqliy mehnat talab qiladigan ishlarim soni va davomiyligi cheklangan. Bir
    1,6405413543Open in Telegram
  • Jamshidbek Izzatulloh | Blog

    4 Sept, 18:21

    Kunlik energiya va prioritetlar haqida fikr yuritmoqchiman. (1/2)Avvallari sezmasdim, lekin kecha o'zim haqimda qiziq narsa o'rgandim: bir kunda qila olishim mumkin bo'lgan, aktiv aqliy mehnat talab qiladigan ishlarim soni va davomiyligi cheklangan.Bir necha oy oldin bir do'stim bilan bo'lgan suhbat esimga keldi. U yigitni anchadan beri kuzatardim, postlari juda mulohazali edi. Lekin ko'rishganimizda telegramda post qilishni to'xtatgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda deyarli yo'q edi. Negaligini so'raganimda qiziq javob berdi: telegramda sifatli post yozishga ketadigan vaqtimni kattaroq ROI (investitsiyadan foyda) olib keladigan ishlarga sarfladim, va networkingga bo'lgan urg'uni kerakli yo'nalishga qaratdim, manavi jurnalda manashuncha kichik maqola chop qildim, dedi.Buni boshqa bir yaqin do'stim, Javohir Akramov misolida ham kuzataman. Maktabda o'qib yurgan paytimiz IELTS bo'yicha rossa
    1,44022107Open in Telegram
  • Jamshidbek Izzatulloh | Blog

    2 Sept, 16:10edited

    Feedback.O'qituvchi o'quvchiga feedback berishini yaxshi bilamiz. Lekin teskarisichi?Bu yerda yuzlab fanlar ichidan o'zimiz xohlaganimizni tanlab o'qish imkoniyati bor. Va ba'zi fanlarda esa hattoki 4-5ta professor ichidan ham yoqqanini tanlab o'qiy olamiz.Bu professorlar o'rtasida raqobatni paydo qiladi. Darsini to'ldira olishi uchun har yili yaxshiroq, sifatliroq dars o'tishga harakat qilishadi. Insentiva bor. Katta.Har bitta kurs yoki professorni tanlashdan avval "ratemyprofessors.com" saytiga kirib professorlar haqida o'rganish mumkin. Darsning sifati, qiyinlik darajasi, vazifalarning ko'pligi, va hokazo.Bizdan avval o'qiganlar shu ustoz haqida feedback qoldiradi. Albatta anonim. Qizig'i uni professorlarning o'zi ham o'qiydi, va keyingi semesterda kamchiliklarni to'g'irlashga harakat qiladi.Masalan, bitta professorimning saytdagi reytingni yomonroq. 5ta fanimdan bitta
    1,770251183Open in Telegram
  • Jamshidbek Izzatulloh | Blog

    1 Sept, 20:44edited

    Qobiq.Diversity degan so'zni 2 soatli dars davomida 4 yil oldin o'rgangandim. Top universitet beradigan eng katta narsa shu deyishganda biroz tushunishga qiynalardim. Bir qarasa so'zning tarjimasi tushunarlidek, lekin mavhum ma'no bo'lib qolardi xotiramda.Kelib chiqishi butkul farqli bo'lgan insonlarning bir joyda jamlanishi kam joylarda bo'larkan. Bitta shaharchada kichik radius ichida yuz xil millat va kelib chiqishga ega bo'lgan insonlar o'z fikrlarini hurmatni saqlagan holda erkin ifodalash imkoniyati berilsa, misli ko'rilmagan o'sish qilish mumkin.O'qishga kelganimizda bir hafta davomida fanlarni o'qimadik. Faqat moslashish tadbirlari, uchrashuvlari bor. O'sha tadbirlarning deyarli har birida bizga bir narsa qayta-qayta uqtirildi: Sherigingni eshit, uni hurmat qil, va o'z fikringni bildirishdan qo'rqma.Shu uchta qadamning birortasi bo'lmasa diversity, ya'ni xilma-xillikdan
    1,930481310643Open in Telegram
  • Jamshidbek Izzatulloh | Blog

    1 Sept, 17:31

    Mustaqillik bayrami muborak bo’lsin!@JamshidbekIzzatulloh
    1,990video702618421Open in Telegram