Latest posts

JANUB JAVOHIRI
26 Sept, 01:03
🌞 XAYRLI TONG!🌸 Assalomu alaykum! Shanba tongi muborak bo‘lsin!📆 Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin!✅Bizni kuzatishda davom eting! https://t.me/Janub_javohiri
JANUB JAVOHIRI
25 Sept, 11:21
🇺🇿 VATANPARVARLIK — YUKSAK MA’NAVIYAT VA MILLIY G‘URUR POYDEVORI!⚽️ Surxondaryo viloyati Futbol akademiyasida futbolchilarning vatanparvarlik, milliy g‘urur va amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘ularini yuksaltirish, ma’naviy fazilatlarini mustahkamlash hamda diniy masalalarga nisbatan sog‘lom munosabatni shakllantirishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.🗣 Tadbir Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Termiz shahar bo‘linmasi tomonidan tashkil etilib, unda yosh futbolchilar bilan ma’naviyat, vatanparvarlik, milliy qadriyatlar va sog‘lom dunyoqarash haqida fikr almashildi.🔵 Davra suhbati davomida yoshlarni Vatanga sadoqatli, ma’naviy yetuk va yurt kelajagiga daxldorlik hissi bilan yashashga undash, turli yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.✅Bizni kuzatishda davom eting! https://t.me/Janub_javohiri




JANUB JAVOHIRI
25 Sept, 10:14
#uzb35 #mustaqillik35Vatan ozodligi va milliy istiqlol yoʻlida jonini fido qilgan Behbudiy, Munavvar qori, Fitrat, Qodiriy, Choʻlpon kabi jadid bobolarimizning hurriyat haqidagi orzu-niyatlari bugun Yangi Oʻzbekistonda toʻliq roʻyobga chiqmoqda.✅Bizni kuzatishda davom eting! https://t.me/Janub_javohiri
JANUB JAVOHIRI
25 Sept, 09:21
🇺🇿 MUSTAQILLIK — TARAQQIYOTIMIZ VA FAROVON KELAJAGIMIZ POYDEVORI!🏢 Termiz davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari ishtirokida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning nutqi hamda unda ilgari surilgan 7 ta milliy dasturning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.🗣 Tadbirda nutqda ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar hamda kelgusi taraqqiyot yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.✔️ Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Termiz tuman bo‘linmasi rahbari Utaganov Dilshod, Termiz davlat universiteti dotsenti Islom Qarshiyev hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.🔵 Tadbir davomida inson qadri, xalq farovonligi, yoshlar, ta’lim, ilm-fan, ijtimoiy himoya va mahalla taraqqiyoti kabi muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi.✅Bizni kuzatishda davom eting! https://t.me/Janub_javohiri




JANUB JAVOHIRI
25 Sept, 06:04
#Surxondaryo_viloyati #Siyosiy_maʼrifat_soatiSiyosiy-ma’rifiy soatiBugun 25-sentabr Surxondaryo viloyati hudud tashkilotlari hamda muassasalaridagi rahbar va mas’ul xodimlari ishtirokida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi Siyosiy ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi!Jumladan hududlardaAngor tumani Bandixon tumani Boysun tumani Denov tumani Jarqo'rg'on tumani Muzrabot tumani Oltinsoy tumani Sariosiyo tumani Termiz shahar Termiz tumani Uzun tumani Sho'rchi tumani Sherobod tumani Qumqo'rg'on tumani Qiziriq tumani✅Bizni kuzatishda davom eting! https://t.me/Janub_javohiri




JANUB JAVOHIRI
25 Sept, 04:05
#yangiruhiyat #iqtibos“Kimki ilm izlashni tanlasa, dunyoning har bir chekkasi unga makon bo‘ladi.”✍ Abu Rayhon Beruniy✅Bizni kuzatishda davom eting! https://t.me/Janub_javohiri


JANUB JAVOHIRI
25 Sept, 02:53
#37_sonHurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.#uzb35 #mustaqillik35✅Bizni kuzatishda davom eting! https://t.me/Janub_javohiri
JANUB JAVOHIRI
25 Sept, 01:03
🌞 XAYRLI TONG!🌸 Assalomu alaykum! Juma tongi muborak bo‘lsin!📆 Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin!✅Bizni kuzatishda davom eting! https://t.me/Janub_javohiri
JANUB JAVOHIRI
22 Sept, 11:01
#Termiz_shahar🇺🇿 Yangi O‘zbekiston — yangilanish va taraqqiyot sari💎 Termiz shahridagi Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Muhtaram Prezidentimizning O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan bayram nutqida ilgari surilgan ezgu g‘oyalar, muhim tashabbuslar va ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.💎Tadbir davomida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish, xalq farovonligini yuksaltirish, yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratish, jamiyatda vatanparvarlik, daxldorlik va bunyodkorlik ruhini yanada mustahkamlash borasidagi ahamiyati haqida atroflicha fikr yuritildi.✅Bizni kuzatishda davom eting! https://t.me/Janub_javohiri




JANUB JAVOHIRI
22 Sept, 10:32
Abdulla Qahhor tavalludiga bag‘ishlangan tadbirJarqo‘rg‘on tumanidagi N-sonli harbiy qismda Jarqo‘rg‘on tuman Axborot-kutubxona markazi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jarqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi hamkorligida o‘zbek adabiyotining atoqli namoyandasi Abdulla Qahhor tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.Tadbir davomida Abdulla Qahhorning hayoti va ijodi, o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan munosib hissasi hamda asarlarining ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, adibning ijodiy merosini targ‘ib etishga qaratilgan kitob ko‘rgazmasi tashkil etilib, harbiy xizmatchilarni kitobxonlik va mutolaaga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga adibning mashhur asarlari, uning o‘zbek nasri taraqqiyotidagi o‘rni va ijodining yoshlar ma’naviy tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.✅Bizni




JANUB JAVOHIRI
22 Sept, 08:50
#Respublika_Maʼnaviyat_va_maʼrifat_markazi #Surxondaryo_viloyat_boʻlimi #Termiz_shahar_boʻlinmasi🇺🇿 Mustaqillik — buyuk maqsadlar va porloq kelajak poydevori💎Termiz shahar Tibbiyot birlashmasi faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Muhtaram Prezidentimizning O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan bayram nutqida ilgari surilgan ezgu g‘oyalar, muhim tashabbuslar va ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.💎Tadbir davomida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish, xalq farovonligini yuksaltirish, yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratish, jamiyatda vatanparvarlik, daxldorlik va bunyodkorlik ruhini yanada mustahkamlash borasidagi ahamiyati haqida atroflicha fikr yuritildi.✅Bizni kuzatishda




JANUB JAVOHIRI
22 Sept, 08:42

JANUB JAVOHIRI
22 Sept, 08:40

JANUB JAVOHIRI
22 Sept, 07:15
forwarded from @otabek_khasanov
Biz 1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan o‘z davlat mustaqilligimizni qo‘lga kiritdik.Aslida buyuk istiqlolimiz ildizlari uch ming yildan ziyod bo‘lgan davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi.Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Mir Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz bashariyat tafakkuri xazinasini boyitgan.Sohibqiron Amir Temur bobomiz barpo etgan davlat esa adolat va bunyodkorlik timsoli sifatida tarix zarvaraqlaridan munosib o‘rin olgan.Vatan ozodligi va milliy istiqlol yo‘lida jonini fido qilgan Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning hurriyat haqidagi orzu-niyatlari bugun Yangi O‘zbekistonda to‘liq ro‘yobga chiqmoqda.Mustaqillik, eng avvalo, bizga shonu sharafimizni, muqaddas
JANUB JAVOHIRI
22 Sept, 06:05
#uzb35 #mustaqillik35Prezident Shavkat Mirziyoyev:Inson qadri haqida so‘z yuritganda, aholimizning sog‘lig‘i masalasiga alohida e’tibor qaratishimiz tabiiy. So‘nggi yillarda ushbu sohaga ajratilayotgan mablag‘ni 8 karradan ziyod oshirdik. Eng muhimi, sifatli tibbiy xizmat olish imkoniyati nafaqat markazda, balki hududlarda ham yaratildi.✅Bizni kuzatishda davom eting! https://t.me/Janub_javohiri
JANUB JAVOHIRI
22 Sept, 04:11
#yangiruhiyat #iqtibosTil shirinligi — ko‘ngilga yoqimlidir; muloyimligi esa — foydali. Chuchuk til achchiqqa aylansa, ko‘pchilikka zarari tegadi;qanddan may tayyorlansa, harom bo‘ladi.✍️ Alisher Navoiy✅Bizni kuzatishda davom eting! https://t.me/Janub_javohiri


JANUB JAVOHIRI
22 Sept, 02:56edited
#OAV_DA_TDMAUTermiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida «Talabalik — ulug‘ maqsad sari ilk qadam!» shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.✅Bizni kuzatishda davom eting! https://t.me/Janub_javohiri
JANUB JAVOHIRI
22 Sept, 01:04
🌞 XAYRLI TONG!🌸 Assalomu alaykum! Seshanba tongi muborak bo‘lsin!📆 Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin!✅Bizni kuzatishda davom eting! https://t.me/Janub_javohiri
JANUB JAVOHIRI
21 Sept, 12:16
forwarded from @cadpuz

JANUB JAVOHIRI
21 Sept, 09:04
#uzb35 #xalqchildavlat🇺🇿 BIRLASHIB, BUYUK TARIX YARATAMIZ!Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari bardavom bo‘lsin!Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin! ✅Bizni kuzatishda davom eting! https://t.me/Janub_javohiri
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
