Latest posts

Javohir Izzatulloh | blog
21 Sept, 09:30
Rayhona serebral falaj (DSP) tashxisi bilan yashaydi. Uch yoshigacha yura olmagan. Davolanishlardan keyin yurgan.Ammo 7-sinfdan keyin og‘riqlar boshlanib, harakatlari tobora cheklandi. 8-sinfdan keyin yana yurolmay qoldi. So‘nggi uch yilda qo‘l-oyoqlarida qaltirash ham paydo bo‘ldi.Bugun Rayhona mustaqil yonboshlay olmaydi, oyoqlarini ham to‘g‘rilay olmaydi. Har bir harakatida yaqinlarining yordamiga muhtoj.Rayhona davolanishi uchun yordam kerak.Kimning imkoniyati bo‘lsa, xayriya qiling. Imkoni yo‘qlardan postni tarqatib qo‘yishlarini so‘raymiz.5614 6828 1920 2088 5614 6828 1889 9801 9860060922269398Kartalar Shofayziyeva Mohira (onasi)ning nomida.#xayriya
Javohir Izzatulloh | blog
19 Sept, 18:14edited
Hazrat Mavlono Qosim Nonutviy boy mehmonlarni oddiy taom bilan, faqir va g'ariblarni esa oliynav taom bilan mehmon qilar edilar. Bir kishi buning sababini so'ragan edi, u zot: "Mezbon mehmonni odatda u yemaydigan ovqati bilan ikrom qilishi kerak", degan ekanlar.© Muhammad Shafe' Usmoniy📌 @javharuz 📌
Javohir Izzatulloh | blog
17 Sept, 14:57
Hozirgi raqobat ko'p bozor muhitida shunchaki mutaxassis bo'lishdan tashqari o'z bilim va ko'nikmalarini "sotish" ko'nikmasi ham juda muhim.Buning uchun keng dunyoqarash va samarali muloqot ko'nikmalari zarur.Keng dunyoqarashni shakllantirishda ko'p kitob o'qish va muloqot ko'nikmalari uchun ko'p amaliyot qilish yordam beradi.📌 @javharuz 📌
Javohir Izzatulloh | blog
14 Sept, 18:04
Har qanday kurashda doim g'olib va mag'lub tomon bo'ladi. Haqiqat esa adolat tomonidadir. Adolatli kurashda g'oliblar haq. Adolatsiz kurashda esa mag'lublar!2023/09/14
Javohir Izzatulloh | blog
13 Sept, 06:52
Oydinxon opa hayotining eng og‘ir kunlarini boshdan kechirmoqda…Bir ona esa qizini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqib, umid bilan kutmoqda. Bugun ularning hayoti uchun bizning yordamimiz kerak.Sizning birgina ehsoningiz — bir oilaning ko‘z yoshini quvonchga aylantirishi mumkin. Oydinxon opani yolg‘iz qoldirmaylik.Kontakt raqam: onalari Ominaxon Toshmatova 9936463606262 5701 6338 9978 Toshmatova Oydinxon
Javohir Izzatulloh | blog
9 Sept, 09:18
forwarded from @azizrakhimov_blog
mahsulot o’zgarishi uchun moddaning hammasi emas, bir qismi o’zgarishi ham yetarli bo’lishi mumkin.sut qatiqqa aylanishi uchun bir necha tomchi achitqi yetadi.mevali suvlarning aksarida sharbat yoki meva hidi 1% bo’ladi.xuddi shu tartibni odamlarda ham ko’ramiz.Prays-Lotka qonuniga ko'ra, sohadagi asosiy yangiliklarni bir nechtagina olim olib keladi.Dyurantlar yozadi: xalqni kam sonli avliyolar o’zgartiradi.Taleb yozadi: iqtisodni kam sonli yetakchilar o’stiradi.shuning uchun ham o’zgarish olib kelmoqchi bo’lsak, ikkita yo’l qoladi:noyob yetakchi bo’lib yetishamiz.yoki
Javohir Izzatulloh | blog
4 Sept, 14:32
Loyihalarda muvaffaqiyat uchun asoschi omili juda muhim!U kim? Nima uchun u ishni qilyapti? O'z ishini sevadimi? Va hk.📌 @javharuz 📌
Javohir Izzatulloh | blog
2 Sept, 05:23
Bir insonning shifo topishiga sababchi bo‘laylikAbdulaziz Azizovga kaposi sarkomasi (qon va limfa tomirlarining shilliq qavatida hosil bo‘lgan saraton) tashxisi qo‘yilgan. U bir necha bosqich kimyo terapiya muolajalarini olgan, kasallik sababli davolanish jarayoni hali ham davom etmoqda.Hozirgi kunda navbatdagi muolajalarini olishi va davolanish xarajatlarini qoplashi uchun moddiy yordamga muhtoj.Kimdir pul bilan yordam beradi, kimdir duosi bilan, yana kimdir ushbu eʼlonni tarqatib, bemorga yordam yetishiga sababchi bo‘ladi.5614 6816 2276 913598600201198023515614 6816 2103 6130Kartalar bemor Abdulaziz Azimov nomida.#xayriya1,090Open in Telegram
Javohir Izzatulloh | blog
31 Aug, 16:54
forwarded from @ufq_podcast
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🅰️ 2️⃣0️⃣➖0️⃣0️⃣🎙 “Ufq” podkastining ilk sonini tomosha qiling!Birinchi sonimiz mehmoni jurnalist Saidolimxon Turdiboyev bo‘ldi.Boshlovchilar Muhammad Temur A’zam va Sanjar Shams bilan bo‘lgan suhbatda futbol, jamiyatdagi muammolar, ustozga ehtirom, ilm va ma’rifatni targ‘ib qilish kabi muhim mavzular haqida fikr almashildi.20:00 dan boshlab tomosha qiling 😊
Javohir Izzatulloh | blog
19 Aug, 14:20
Oliy ta'limda o'qish davrida ko'proq ilm olish kerakmi yoki pul topish?📌 @javharuz 📌
Javohir Izzatulloh | blog
14 Aug, 14:45
Bizda yaxshi ko'nikmalar shakllanmasligiga asosiy sabab bizda ular nega kerakligi haqida yetarlicha bilim yo'qligidir!📌 @javharuz 📌
Javohir Izzatulloh | blog
13 Aug, 08:40
Assalomu alaykum, qadrdonlar zudlik bilan yordamingiz kerak!Singlimizning ikkala buyragi ham o‘z faoliyatini yo‘qotgan. Hozirda uning hayotini saqlab qolish uchun buyrak transplantatsiyasi zarur. Opalaridan biri donor sifatida tekshirilmoqda.Singlimiz oiladagi 6 nafar qiz farzandning biri. Ularni onasi yolg‘iz, otasiz katta qilgan. Bugun esa oilaga yana bir og‘ir sinov tushdi. Transplantatsiya va davolanish xarajatlari oilaga katta moliyaviy yuk bo‘lmoqda.Pulni doimgidek kartamda yig'ib keyin egasiga tashlab beramiz, jarayon bo'yicha hisobot yuborib turaman!💳 Karta raqami: 9860160134708454 Bahodir Ibrohimov(o'zimni nomimda)Yaqinlaringizga ham ulashib bersangiz mamnun bo'lardik!@bahodir_ibrokhimov
Javohir Izzatulloh | blog
11 Aug, 05:58
forwarded from @jahon_school
📌 Erkin Puaroning surishtiruv ishi: bolajon uchun eng yaxshi sovg'ani tanlash!⚡️ Jahon School — farzandingiz uchun eng yaxshi tanlov.📞 78-777-07-07
Javohir Izzatulloh | blog
10 Aug, 12:29
Nega yaxshi ishlarda birlasha olmaymiz?📌 @javharuz 📌
Javohir Izzatulloh | blog
9 Aug, 13:59
Ittifoqning ildizi tavozedir. Ikki mutakabbir o'rtasida hargiz ittifoq bo'lmaydi. Tavozeli kishi uchun boshqa odamga tobe bo'lish qiyin emas. Tavozeli odam boshqa odamning fikriga qarshi bo'lib qolsa, o'z fikrida turib olmaydi. Mutakabbir esa bu ishni qila olmaydi.© Hazrat Imdodulloh Makkiy
Javohir Izzatulloh | blog
4 Aug, 14:24
Odamlarni so'kish va la'natlashga mashg'ul bo'lib yuradigan kishida botiniy barakalar hargiz hosil bo'lmaydi, chunki o'z oxiri va oqibatidan bexabar va g'ofil bo'lgan kishigina boshqalarning aybini gapirish yoki ularni so'kishni o'zi uchun mashg'ulot qilib olishi mumkin. O'zining fikr-u g'amida bo'lgan kishiga esa har vaqt o'z kemasi cho'kayotgandek bo'lib ko'rinadi, boshqalarning ishiga aralashishga fursati ham bo'lmaydi.© Hazrat Ashraf Ali Tahonaviy
Javohir Izzatulloh | blog
20 Jul, 08:16
🕌 Sadaqayi joriyaga o‘z hissangizni qo‘shing!Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida “Kichik mundiyon” jome masjidi qurilishi davom etmoqda. Poydevor va asosiy qurilish ishlari amalga oshirildi.Ayni paytda ichki-tashqi pardozlash ishlarini yakunlash va tomini yopish uchun saxovatli insonlarning ko‘magiga ehtiyoj bor.Har bir ehsoningiz, har bir so‘mingiz masjid qurilishining tezroq bitishiga va ko‘plab musulmonlarning ibodat qilishiga sabab bo‘ladi. Bu xayrli ishda ishtirok etib, sadaqai joriya sohibi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.💳 Xayriya uchun karta raqamlari:Uzcard (UnionPay) 6262 5700 4618 5247HUMO 9860 0303 2132 2619Uzcard (UnionPay) 6262 5704 6676 5312📞 Bog‘lanish uchun:
Javohir Izzatulloh | blog
12 Jul, 17:36
Ko'pincha shubha va e'tirozlarni avom ham tushunaveradi, lekin javobni tushunish ularga qiyin bo'ladi. Buning sababi shuki, shubhalar jaholatdan (ilmsizlikdan) kelib chiqadi. Avom xalq ilmsizlikka tegishli gapni tezda tushunaveradi. Javob esa ilmdan kelib chiqadi. Ilm esa hammada ham mavjud emas.© Ashraf Ali Tahonaviy
Javohir Izzatulloh | blog
11 Jul, 14:52
Har xil yo'nalishda kitob o'qishimiz kerak!📌 @javharuz 📌
Javohir Izzatulloh | blog
9 Jul, 04:21
Kichik narsalarga bo‘lgan qoniqish katta narsalarga bo‘lgan imkoniyatni to‘sadi.Qoniqmaslik bir tomondan noto‘g‘ri xislatdek tuyilishi mumkin. Lekin biz bir narsani ajratib olishimiz kerak:Qoniqmaslik va noshukurlik Surbetlik va mardlik Qo‘rqoqlik bilan ehtiyotkorlik bular barchasi boshqa-boshqa narsalar.Qoniqmaslik — bir narsaga erishganda shunga ko‘nib, “zo‘r bo‘ldi” deb to‘xtab qolish emas. Aksincha, erishgan natijaga shukr qilib, o‘ziga savol bera olishdir:• Yana nima qilsam yaxshiroq bo‘ladi? • Qaysi yo‘l natijani tezlashtiradi? • Bu ishni aynan shu ketma-ketlikda qilib ko‘rgan yana kim bor?Turli holatdagi, lekin bir xil imkoniyatga ega bo‘lgan insonlar bilan gaplashib kelgan xulosam shu bo‘ldi:Biri 10 mln so‘m oylikka “shunisiga shukur” deb harakatdan to‘xtaydi. Yana biri esa: “Endi qanday qilib 20 mln qilaman?” deb oldinga yurishda davom etadi.
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
