gram news
Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh) channel avatar

Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)

@jilovlanmagan_tafakkur

Taniqli adabiyotshunos Qozoqboy Yoʻldoshevning telegramdagi kanali. instagram| https://www.instagram.com/jilovlanmagan_tafakkur?igsh=MWl1N2V1ZmUybTMxMQ==

ProjectsUZOther

1,970subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)

    11 Sept, 07:32

    forwarded from @infotahlil_dn

    #МедиаҲақиқат❗️Қодирийнинг ўрнига Ғафур Ғулом ўлдирилиши мумкин эмасди.Суҳбатнинг тўлиғи@infotahlil_dn
    476video6311Open in Telegram
  • Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)

    10 Sept, 12:22

    🔥 Ular sotqinmidi?Adabiyotshunos Qozoqboy Yo‘ldoshev bilan ochiq suhbat🔗 https://www.youtube.com/watch?v=y8BcYtsVlSQManda: "Daryo"
    815video722Open in Telegram
  • Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)

    9 Sept, 15:43

    #fotolahzaProfessor Qozoqboy Yo‘ldosh O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon uy-muzeyida “O‘lmaslika ishora – o‘langa oshiqligim” mavzusida bo'lib o'tgan xotira kechasi va To'ra Sulaymon kutubxonasi ochilish marosimi ishtirokchilari bilan.Manba
    6128722Open in Telegram
  • Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)

    7 Sept, 06:59

    Asl she’riyat muhabbat yoki nafratdan tug‘iladi.Chin so‘z, chin tuyg‘u, chin amallarga doimiy intiqlik chin shoirlik belgilaridandir.Ijod mahsuli betakrorligi, o‘xshashi yo‘qligi bilan qimmatlidir.Eng nochor bitikchi ham eng ulug‘ ijodkorning nusxakashi bo‘lishni istamaydi.Hayot uchun natija muhim. Adabiyot uchun esa – jarayon.Qozoqboy YO‘LDOSH, pedagogika fanlari doktori, professorYig‘uvchi Muhiddin Abdusamad“Yoshlik” jurnali 2025-yil 12-soni
    95396532Open in Telegram
  • Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)

    3 Sept, 10:58edited

    #fotolahzaProfessor Qozoboy Yo‘ldosh "Turkiy dunyoning ma’naviy merosi: adabiyot – davrlar va avlodlar muloqoti" forumida.Manba
    1,090221Open in Telegram
  • Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)

    31 Aug, 06:28

    forwarded from @ulugbekhamdamijodi

    Mustaqillik bayrami muborak boʻlsin! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
    1,150video852Open in Telegram
  • Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)

    12 Aug, 15:56edited

    1,720file102Open in Telegram
  • Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)

    12 Aug, 15:56

    Tong yulduzi gazetasidan olindi.
    1,750194Open in Telegram
  • Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)

    23 Jul, 15:12edited

    Hozirgi kunda bolalarga ot qo‘yish jarayoni shiddat bilan milliy ildizlardan uzoqlashish bosqichini kechirmoqda. Ota-onalar ruhiyatida milliy g‘urur tuyg‘usi teran o‘rnashmagani uchun ko‘pincha urpoqlariga jarangdor, ammo bizga begona ismlarni berishga ruju qo‘yishgan. Shu sababli ko‘pincha ma’nosi nimani anglatishini o‘ylamagan holda bolalarga zamzamali otlarni qo‘yish keng yoyilgan.Bolalarimizning o‘ndan to‘qqizi Farangiz, Jamshid, Sabrina, Taxmina, Setora kabi o‘zbekcha bo‘lmagan ismlar bilan atalmoqda. Arab va fors otlarining haddan tashqari ko‘payib ketishi millatdagi o‘zlik tuyg‘usini susaytiradi.Bosim To‘ychiboyev, Qozoqboy Qashqirli "Zominning til qomusi"dan
    3,2901212Open in Telegram
  • Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)

    22 Jul, 10:03

    forwarded from @yozuvchilar_uz

    🔗SURAT VA SIYRAT HUZURIDAQozoqboyning fikricha, hodisalarning ko‘lamdorligi didlarning xilma-xilligiga olib keladi va bu shunchaki bir tasodifiy holat emas, millat miqyosida yuz berayotgan g‘oyat o‘ziga xos intellektual-estetik tamoyilning ko‘rinishi. Ibrohim akaga muallifning “millat shaxslashgani sari didlar turfalashib, ularning qiziqish doirasi har xillashib boraveradi”, degan fikri ham ma’qul bo‘ldi. Suhbatimiz davomida Ibrohim akaga bundan ancha yillar avval yozgan bir jumlalarini eslatdim: “Badiiyat inson ruhining sirli nafosati ifodasidir” Bu gapni Xurshid Do‘stmuhammad ham aytgan.🖊 Ahmadjon Meliboyev🖇 Toʻliq jurnalimizning yangi 2026-yil 7-sonida mutolaa qiling ☺️Xarid: @jahonadabiyoti97_bot |🔄 Click va ▪️Payme ilovalari orqali ham amalga oshirish mumkin😀 Instagram | ❤️ Telegram | 🤖 Bot #jahon_adabiyoti #esse #xotira
    1,18064Open in Telegram
  • Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)

    20 Jul, 05:37

    forwarded from @yozuvchilar_uz

    #iqtibosAsl ijod buzilgan muvozanatdir. Dunyodagi birorta shoir ruhiy muvozanatdan chiqmay turib, birorta tuzukroq she’r yozolmaydi. Muvozanatdan, ya’ni risoladagi odamlarda bo‘ladigan ruhiy holatdan chiqish har bir ijodkorda o‘zgacha kechadi.Qozoqboy YO‘LDOSH📱Telegram 📱 Instagram 📱Veb-sayt 📱Facebook
    1,0801642Open in Telegram
  • Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)

    17 Jul, 09:36

    https://www.instagram.com/reel/Da4dd0tsfji/?igsh=MXVvNDB0bjA0eHNwag==
    1,170video102Open in Telegram
  • Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)

    17 Jul, 05:20edited

    Qozoqboy Yo‘ldoshUyg‘unlikDilmurod Quronov — original fikrlaydigan olim. U hamisha hamma ko‘rgan estetik hodisaning hech kim payqamagan jihatlarini ko‘ra va izohlay biladi. “Dushmanni tanitgan do‘st” maqolasida barchasi birday ketma-ket sanab ketilaveriladigan Fitrat, Cho‘lpon va Qodiriy shaxsiyatlarining bir-biridan ayirmali qirralarini birgina chizgi bilan aniq ko‘rsatib beradi: “Cho‘lpon bilan Fitrat ijtimoiy jarayon ichida yashagan bo‘lsalar, ijtimoiy jarayon A.Qodiriyning ichida yashagan”. Bu qarashning to‘g‘riligini buyuk adibning o‘z iqrorlari ham asoslaydi. U adabiyotga doir atamalarda ham o‘ta aniqlik bo‘lishiga intiladi. Negaki, har qanday atama mohiyatning nutqiy qobig‘idir. Shu sabab “badiiy talqin” bilan “adabiy talqin” tushunchalarini farqlash kerakligi, birinchisi ijodkorga, ikkinchisi adabiy iste’molchi, ya’ni o‘qirman yoki sinchiga tatbiqan ishlatilsa, to‘g‘ri
    1,11083Open in Telegram
  • Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)

    14 Jul, 10:44

    Qozoqboy Yo‘ldoshPostmodernizm: mohiyat, ildizlar va belgilarPostmodernizm bir vaqtning o‘zida ham modernizmning mantiqiy davomi, ham uning tugatuvchisi bo‘lgan ambivalent (ikki vazifali) hodisadir. Agar modernizm uchun mavjud estetik qoliplarga bo‘ysunmaslik, san’atkorning o‘z-o‘zini ifodalash erki va ijodiy betakrorlik ideal sanalgan bo‘lsa, postmodernizm dunyoni egallab olgan texnik aurada tartib va betakrorlik yo‘qligidan kelib chiqib, individual ijodiy erkinlik o‘rniga o‘zgalarning badiiy yaratiqlarini juz’iy o‘zgartishlar, o‘yin va estetik nayrang vositasida badiiy o‘zlashtirishni muhim hisoblaydi. Postmodernizmda san’at bilan borliq, shuningdek, san’atning ichki turlari o‘rtasidagi odatiy farqlar yuvilib, chegarasizlik va qorishiqlik universal tus oladi. Unda estetik interpretatsiya badiiy innovatsiyani siqib chiqarib, o‘tmishda mashhur bo‘lgan asarlarga taqlid, ularni
    Ziyouz.uzҚозоқбой Йўлдош. Постмодернизм: моҳият, илдизлар ва белгиларКейинги йилларда, умуман, ўзбек миллий тафаккури, хусусан, адабиёт ҳамда санъатида кўп тўхталинаётган, қатор баҳсу мунозараларга сабаб бўлаётган постмодернизм ҳодисаси ўз-ўзидан пайдо бўлиб қолган бир таркиб ва бир босқичли ҳодиса бўлмай, тараққиётнинг анчагина…
    1,39032Open in Telegram
  • Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)

    7 Jul, 07:27edited

    Professor Qozoqboy Yo‘ldosh bilan suhbat"Ma’naviy hayot" jurnali, 2026-yil 2-son
    1,260video211Open in Telegram
  • Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)

    2 Jul, 12:30

    Professor Qozoqboy Yo‘ldosh Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining "Ziyolilar – millat vijdonlari" loyihasidaManba
    3,700video82Open in Telegram
  • Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)

    2 Jul, 07:30

    Qozoqboy Yo‘ldosh, Muhayyo Yo‘ldoshevaAmir Temur Husayn Jovid talqinidaHusayn Jovid asarda Temurdan faqat fazilat qidirib, uni nuqul yorqin bo‘yoqlarda ko‘rsatish yo‘lidan bormaydi. Uning inson sifatidagi xatolari ham dramada ta’sirli ko‘rsatilgan. “Amir Temur” boshqa asarlardan xolisligi, muallifning personajlarga bo‘lgan shaxsiy munosabati ochiq sezilmasligi, xulosa chiqarish o‘qirmanning o‘ziga qoldirilgani bilan ajralib turadi. Temurning suyukli ayoli Dilshodga aytgan: “Siyosatda marhamat yo‘q”, – tarzidagi sokingina gapi davlat ishlarining hissiyot izmida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan sovuqqon arbobga xos jihatni namoyon qiladi.https://ziyouz.uz/ilm-va-fan/adabiyot/amir-temur-husayn-jovid-talqinida/
    Ziyouz.uzҚозоқбой Йўлдош, Муҳайё Йўлдошева. Амир Темур Ҳусайн Жовид талқинидаАмир Темур шахсияти барча­ давр­ларнинг ижодкорларини қизиқтиргани учун соҳибқирон яшаб ўтган замонлардан то бугунга қадар у тўғрида сон-саноқсиз асарлар яратилган. Уйғониш даврининг вакили инглиз шоир ва драматурги Кристофер Марлодан тортиб, Темур шахсияти…
    1,57043Open in Telegram
  • Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)

    1 Jul, 11:26

    forwarded from @matn_ortida

    “Matn ortida” klubida Qozoqboy Yo‘ldosh bilan suhbat bo‘lib o‘tdi ⚡️✍️ “Matn ortida” kitobxonlik klubimizning navbatdagi soni anchayin dolzarb va jiddiy mavzu bo‘yicha o‘tkazildi.Mehmonimiz adabiyotshunos olim, pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldosh bilan “O‘zbek tiliga yangi qo‘shilgan so‘zlar” mavzusida suhbat qildik.☺️ Ishtirokchilar uchun klubimizning ushbu soni anchayin bahsli va foydali bo‘lganiga umid qilamiz!@matn_ortida
    1,480553Open in Telegram
  • Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)

    28 Jun, 13:55

    forwarded from @eshqobil_shukur_ijodi

    «Маънавий ҳаёт» журналининг 2026 йилдаги 2-сони мутолаа учун ҳавола қилинмоқда.📚 У ш б у с о н д а:Анвар БОБОЕВ: 📝Азим зотлар юртига муаззамлик ярашади (4 бет)Шодмонқул САЛОМ: 📝Ватан, сарҳадларинг қароғимдадир (14 бет)Шаҳноза Рофиева, Отабек Бурхонов, Камолиддин Эргашев: 📝Илм ва коинот чорраҳасида (20 бет)Абдухолиқ ТАШАНОВ: 📝Ҳар бир халқнинг ўз овози бўлсин (38 бет)Ғафур ШЕРМУҲАММАД: 📝Эзгулик сабоқлари (48 бет)Қозоқбой ЙЎЛДОШ, Отабек САФАРОВ:
    996file643Open in Telegram
  • Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)

    26 Jun, 09:19

    forwarded from @matn_ortida

    Bu gal klubning eng zoʻr sonlaridan biri boʻladi! ⚡️🎙 “Matn ortida” kitobxonlik klubimizning navbatdagi soni anchayin dolzarb va katta mavzu boʻyicha oʻtishi reja qilingan.Ushbu sonda taniqli adabiyotshunos olim, pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yoʻldosh mehmon boʻladi.✍️ Mehmonimiz bilan birga “Oʻzbek tiliga yangi qoʻshilgan soʻzlar” mavzusida suhbatlashiladi.Klubning mazkur soni anchayin bahsli hamda yangiliklarga boy bo’lishiga shubha qilmaymiz.🔥 Uchrashuv 30-iyun, soat 20:00 da Chorsu filialimizda boshlanadi.👉 Ishtirok etishni istaganlar hoziroq roʻyxatdan oʻtishlari mumkin. Joylar soni cheklangan!@matn_ortida
    97483Open in Telegram