gram news
Jizzax Prezident maktabi / RASMIY channel avatar

Jizzax Prezident maktabi / RASMIY

@jizzaxprezidentmaktabi

Jizzax shahridagi Prezident maktab ishonch telefoni raqami: +998722215919 @Jizzakh_PM_murojaatbot https://t.me/JizzaxPrezidentMaktabi https://www.facebook.com/jizzaxpm/ https://instagram.com/jizzax_pm?utm_medium=copy_link https://www.youtube.com/channel/U

ProjectsUZPolitics

1,660subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Jizzax Prezident maktabi / RASMIY

    21 Sept, 18:24

    🎬 JIZZAX SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI O‘QUVCHILARI DIQQATIGA! 🔥🚀 “MEDIA CLUB” — yangi loyiha start oladi!Media olamiga qiziqasizmi? 🎥 Video olish, montaj qilish, kreativ kontent yaratish va zamonaviy media yo‘nalishlarini o‘rganishni xohlaysizmi?Unda “MEDIA CLUB” aynan siz uchun! 💥🎯 Loyiha davomida siz:📱 Media sohasining asoslarini 0 dan boshlab o‘rganasiz; 🎥 Videografiya va kreativ video olish sirlarini o‘zlashtirasiz; ✂️ Video montaj va kontent tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘lasiz; 💡 G‘oya yaratish, ssenariy yozish va professional kontent ishlab chiqishni o‘rganasiz; 🤝 Ahil va kreativ jamoa bilan birgalikda ishlaysiz; 🚀 Eng muhimi — o‘z ijodingizni amaliy loyihalarda sinab ko‘rasiz!Agar sizda kreativ g‘oyalar, qiziqish va o‘rganishga ishtiyoq bo‘lsa — “MEDIA CLUB” sizni kutmoqda!
  • Jizzax Prezident maktabi / RASMIY

    21 Sept, 13:38

    forwarded from @piimauz

    #Ustoz_va_murabbiylar_kuni💐 USTOZINGIZGA RAHMAT AYTISHGA TAYYORMISIZ?Hayotimizda bilimi, maslahati va qo‘llab-quvvatlashi bilan unutilmas iz qoldirgan insonlar bor. Ular — ustozlarimiz.🎓 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan #Ustozimga_rahmat chellenjiga start beramiz.🎥 Chellenjda ishtirok etish uchun hayotingizda alohida o‘rin tutgan ustozingiz haqida 30–60 soniyalik video tayyorlang. Unda ustozingizdan olgan eng muhim sabog‘ingiz va uning hayotingizdagi o‘rni haqida so‘zlab, “Ustozim, Sizga rahmat!” deya minnatdorligingizni bildiring.Imkon bo‘lsa, ustozingiz bilan uchrashing, unga qo‘ng‘iroq qiling yoki tayyorlagan videomurojaatingizni bevosita yetkazing.✅ Videoni ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizga joylashtiring va quyidagi xeshteglardan foydalaning:#Ustozim
  • Jizzax Prezident maktabi / RASMIY

    21 Sept, 09:22

    🏫 MUHANDISLIK MAKTABIDA AMALIY SEMINAR-TRENING📍 Jizzax shahrida yangi tashkil etilgan Muhandislik maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab rahbarlari ishtirokida amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi.🎯 Seminar davomida maktab rahbarlari va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun boshqaruv hamda o‘quv jarayonini samarali tashkil etishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.💡 Ishtirokchilar maktab boshqaruvi, ta’lim jarayonini tizimli yo‘lga qo‘yish, nazorat va monitoring, pedagogik yuklamalarni taqsimlash, o‘quvchilar o‘zlashtirishini tahlil qilish hamda zamonaviy elektron tizimlardan foydalanish bo‘yicha tajriba almashdilar.🤝 Seminar yakunida yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar va amaliy rejalar belgilab olindi.👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook
    1,130video5Open in Telegram
  • Jizzax Prezident maktabi / RASMIY

    21 Sept, 09:19edited

    🏫 MUHANDISLIK MAKTABIDA AMALIY SEMINAR-TRENING📅 21-sentabr kuni Jizzax shahrida yangi tashkil etilgan Muhandislik maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab rahbarlari ishtirokida amaliy seminar-trening tashkil etildi.📌 Seminar doirasida maktab rahbarlari uchun “Muhandislik maktabini boshqarish: birinchi 100 kun”, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun esa “O‘quv jarayonini noldan tizimli tashkil etish” mavzularida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.🔹 Mashg‘ulotlar davomida: — maktab boshqaruvini samarali tashkil etish; — direktorning ish va yillik ish rejasini shakllantirish; — pedagogik kengash faoliyatini yo‘lga qo‘yish; — nazorat va ijro monitoringini tashkil etish; — jamoa hamda ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram |
  • Jizzax Prezident maktabi / RASMIY

    21 Sept, 04:10

    🎙️ #speech_time🇺🇿 TONGGI “SPEECH TIME” — KUNNI YUKSAK RUHDA BOSHLASH!🏢 Jizzax shahridagi Prezident maktabida navbatdagi tonggi “Speech Time” mashg‘uloti Davlat madhiyasini birgalikda ijro etish bilan boshlandi.📢 Shuningdek, tadbir davomida maktab faoliyatiga oid yaqin kunlarda o‘tkaziladigan tanlovlar hamda o‘quvchilar uchun muhim yangiliklar haqida ma’lumotlar berildi.🌱 Yaqinda o‘tkazilgan ekologik loyihalarda faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar munosib ravishda sertifikatlar bilan taqdirlandi.👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook
    57877Open in Telegram
  • Jizzax Prezident maktabi / RASMIY

    20 Sept, 15:32

    forwarded from @al_xorazmiy_maktabi_jizzax

    🏆 USTOZLAR SHARAFIGA — SPORT MAYDONIDA HAMJIHATLIK! ⚽️📅 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Jizzax filialida pedagoglar o‘rtasida mini-futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.🤝 Sport, do‘stlik, hamjihatlik va sog‘lom raqobat bir maydonda!🥇 1-o‘rin Jizzax shahridagi Prezident maktabi 🥈 2-o‘rinPaxtakor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 🥉 3-o‘rin Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Jizzax filiali🎉 G‘olib va sovrindorlarni muborakbod etamiz!
    452video83221Open in Telegram
  • Jizzax Prezident maktabi / RASMIY

    20 Sept, 15:18

    forwarded from @al_xorazmiy_maktabi_jizzax

    🏆 USTOZLAR SHARAFIGA— SPORT MAYDONIDA HAMJIHATLIK!📅 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Jizzax filialida, Jizzax viloyatidagi Prezident, Ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining pedagogik jamoalari ishtirokida sportning mini-futbol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. ⚽️🤝 Musobaqa davomida jamoalar nafaqat sport maydonida o‘z mahoratlarini namoyon etdilar, balki do‘stlik, hamjihatlik va sog‘lom raqobat ruhini ham aks ettirdilar.🥇 1-o‘rin Jizzax shahridagi Prezident maktabi 🥈 2-o‘rin Paxtakor tuman ixtisoslashtirilgan maktab 🥉 3-o‘rin Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Jizzax filiali🎉 G‘olib va sovrindor jamoalarni muborakbod etamiz! Barcha ishtirokchilarga faol ishtiroki va sportga bo‘lgan e’tibori uchun minnatdorlik bildiramiz.Ijtimoiy tarmoqlarda
    463111Open in Telegram
  • Jizzax Prezident maktabi / RASMIY

    20 Sept, 04:12

    Jizzax shahridagi Prezident maktabida UNICEF tashabbuslari ruhidagi “Clean Games” loyihasi doirasida o‘quvchilar ishtirokida ekologik aksiya tashkil etildi. Jarayonni video orqali ko’rishingiz mumkin.👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook
    670video13111Open in Telegram
  • Jizzax Prezident maktabi / RASMIY

    19 Sept, 14:25

    forwarded from @uzedu

    #Yil_oʻqituvchisi #Gʻoliblar_aniqlandi📣 DIQQAT!!!Pedagoglar oʻrtasida yilning eng katta bellashuvi — Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari aniqlandi!💰Tanlovda 208 ta tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan mukofotlanadi.✅ Joriy yilda ilk bor oʻtkazilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi sohada olib borilayotgan islohotlarning yuksak eʼtirofi, pedagoglarga koʻrsatilgan munosib ragʻbatdir.➖ Tanlov nafaqat oʻqituvchilarni moddiy ragʻbatlantiradi, balki ularning kasbiy mahoratini oshirish barobarida taʼlim sifatini yuksaltirishga ham katta xizmat qiladi.📊 Ma'lumot oʻrnida: joriy yilgi tanlovda Respublika bo‘ylab 46 ming nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etishdi. Ulardan 208 nafar pedagog g’oliblikni qo‘lga kiritishdi.📍Gʻoliblar
    485411Open in Telegram
  • Jizzax Prezident maktabi / RASMIY

    19 Sept, 09:46

    🌿 CLEAN GAMES — TOZALIK VA HAMJIHATLIK BIR MAYDONDA!Jizzax shahridagi Prezident maktabida UNICEF tashabbuslari ruhidagi “Clean Games” loyihasi doirasida o‘quvchilar ishtirokida ekologik aksiya tashkil etildi.⚡️ Loyihada nafaqat maktabimiz, balki turli ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan o‘quvchilar ham faol ishtirok etdilar. Yoshlar birgalikda hududni tozalash, chiqindilarni yig‘ish va atrof-muhitni obodonlashtirish orqali tabiatga bo‘lgan mas’uliyatlarini amalda namoyon etdilar. ✔️ 19-sentabr — Xalqaro tozalik kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu tashabbus yosh avlodga atrof-muhitni asrash, tozalikni qadrlash va tabiatga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish kabi muhim qadriyatlarga targ’ib etdi.👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook
    77576Open in Telegram
  • Jizzax Prezident maktabi / RASMIY

    18 Sept, 14:18

    🎹 AJOYIB IXTIRO — O‘QUVCHILARIMIZDAN PIANINO! 🚀Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari yana bir bor ijodkorlik, dasturlash va texnik tafakkur uyg‘unligida ajoyib loyiha yaratishdi! 🤩💡 O‘quvchilarimiz pianinoni tayyor holatda olmasdan, 0 dan boshlab o‘z qo‘llari bilan yig‘ib, unga kerakli kodlarni mustaqil ravishda yozishdi.🎼 Eng qiziqarli jihati esa — ular yaratgan elektron pianinoda o‘zbek xalqining sevimli “Yallama yorim” qo‘shig‘i kuyini chalib, loyihaning amaliy imkoniyatlarini namoyish etishdi. 🇺🇿Yosh ixtirochilarimizning bunday tashabbuslari maktabimizda “o‘rganishdan — yaratishga” tamoyili amalda ekanining yorqin namunasidir.👏 O‘quvchilarimizga yangi g‘oyalar va kelajakdagi katta ixtirolar sari omad tilaymiz!👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook
    724video151021Open in Telegram
  • Jizzax Prezident maktabi / RASMIY

    17 Sept, 12:09

    🧠 #psychologist_timeMOSLASHUV — YANGI MUHITGA BIRGALIKDA!Jizzax shahridagi Prezident maktabiga yangi qabul qilingan 5-sinf o‘quvchilarining maktab muhitiga tez va samarali moslashishlari, tengdoshlari bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatishlari hamda o‘zlarini erkin va qulay his qilishlariga ko‘maklashish maqsadida psixologik trening mashg‘uloti tashkil etildi.🤝 Trening davomida o‘quvchilarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi qiziqarli psixologik mashqlar, jamoaviy topshiriqlar va samimiy muloqotlar o‘tkazildi. Ushbu jarayon orqali o‘quvchilarda o‘zaro ishonch, hamjihatlik, ochiq muloqot qilish va jamoada ishlash ko‘nikmalari mustahkamlandi.👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook
    87572Open in Telegram
  • Jizzax Prezident maktabi / RASMIY

    17 Sept, 03:49

    ⚡️ MORNING SPEECH TIME🌅 Jizzax shahridagi Prezident maktabida navbatdagi “Morning Speech Time” tadbiri o‘quvchilarning ko‘tarinki kayfiyati va yuqori ruhiyati bilan boshlandi.🇺🇿 Tadbir avvalida barcha o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini birgalikda, shijoat va faxr bilan kuyladilar.💡 Shundan so‘ng bugungi tezkor va globallashuv jarayonlari jadal kechayotgan davrda zamonaviy bilim, innovatsion fikrlash va inson kapitalining ahamiyati haqida mazmunli suhbat olib borildi.🚀 Suhbat davomida yurtimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda yoshlarning bilim va salohiyati, zamonaviy kasblarni egallash, doimiy izlanish va o‘z ustida ishlash muhim ekani alohida ta’kidlandi.📢 Shuningdek, maktab hayotiga oid muhim yangilik va e’lonlar o‘quvchilar e’tiboriga yetkazildi.👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook
    81764Open in Telegram