gram news
Jizzax viloyati hokimi channel avatar

Jizzax viloyati hokimi

@jizzaxviloyatihokimi

Jizzax viloyati hokimi telegram kanali

ProjectsKKPolitics

32,900subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Jizzax viloyati hokimi

    23 Sept, 09:03

    🎥 Videoreportaj: Jizzax viloyati hokimi Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashdiUchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikni, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiya, sanoat, qishloq xo‘jaligi, logistika, turizm va madaniyat sohalaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.Jizzaxning Qozog‘iston bilan yaqinligi hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim imkoniyatlar yaratayotgani ta’kidlandi. Ayni paytda viloyatda Qozog‘iston kapitali ishtirokida 11 ta korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, 8 tasi faoliyat yuritmoqda.Shuningdek, Jizzax va Turkiston viloyatlari o‘rtasida 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik memorandumi, Qo‘stanay viloyatida "KIA” va "JAC” avtomobillari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish loyihasi hamda "Zarbdor tekstil” korxonasining Astanada Savdo uyi ochib, 10 mln dollarlik shartnoma imzolagani qayd etildi.Muloqot yakunida mavjud kelishuvlarni amaliy loyihalarga aylantirish va hududlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish muhimligi ta’kidlandi.📹 Batafsil — videolavhada.🇺🇿Kanalga ulanish: @jizzaxviloyatihokimi
    1,890video32111Open in Telegram
  • Jizzax viloyati hokimi

    23 Sept, 08:46

    Jizzax viloyati hokimi Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashdiJizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerali Lukpanovich Tug‘janovni qabul qildi.Uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlarini, xususan, hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.🇺🇿Kanalga ulanish: @jizzaxviloyatihokimi
    1,580video32111Open in Telegram
  • Jizzax viloyati hokimi

    23 Sept, 08:42

    Jizzax viloyati hokimi Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashdiJizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerali Lukpanovich Tug‘janovni qabul qildi.Uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlarini, xususan, hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Jizzax viloyatining Qozog‘iston bilan chegaradoshligi, tarixiy va geografik yaqinligi ikki hudud o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish uchun muhim imkoniyatlar yaratayotgani ta’kidlandi. Suv resurslari, irrigatsiya, chegara savdosi va logistika sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.So‘nggi ikki yilda viloyatda Qozog‘iston kapitali ishtirokida 11 ta korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 8 tasi ayni paytda faoliyat yuritmoqda.Uchrashuvda 2026-yil 23–24 iyun kunlari Aqtau shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlari rahbarlari kengashi yig‘ilishi doirasida Jizzax va Turkiston viloyatlari o‘rtasida 2026–2028 yillarda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha Anglashuv memorandumi imzolangani qayd etildi.Shuningdek, sanoat kooperatsiyasi doirasida Jizzax viloyatining "ADM Component” korxonasi ishtirokida Qo‘stanay viloyatida "KIA” va "JAC” avtomobillari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.Shu bilan birga, joriy yil 23 iyul kuni "Zarbdor tekstil” korxonasi Astana shahrida Savdo uyini ochgani hamda Qozog‘istonga 10 mln dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolaganligi ma’lum qilindi.Muloqot davomida sanoat va investitsiyalar, qishloq xo‘jaligi, savdo va logistika, hududlararo hamkorlik, turizm va madaniyat yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlarini bog‘lab turgan do‘stlik va qardoshlik rishtalarini mustahkamlash, mavjud kelishuvlarni amaliy loyihalarga aylantirish hamda hududlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish muhimligi ta’kidlandi. 🇺🇿Kanalga ulanish: @jizzaxviloyatihokimi
    Image from a post by Jizzax viloyati hokimiImage from a post by Jizzax viloyati hokimiImage from a post by Jizzax viloyati hokimiImage from a post by Jizzax viloyati hokimi
    1,720422111Open in Telegram
  • Jizzax viloyati hokimi

    16 Sept, 05:01

    🎥 Videoreportaj: Jizzax viloyatida “Aqlli hudud” vaziyatlar markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqdaJizzax viloyatida davlat boshqaruvini raqamlashtirish va hududlardagi jarayonlarni zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilish ishlari kuchaytirilmoqda.Prezidentimizning 2026-yil 8 iyuldagi qarori ijrosi doirasida barcha shahar va tumanlarda “Aqlli hudud” vaziyatlar markazlari tashkil etildi.Viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax shahridagi markaz faoliyati bilan tanishib, raqamli ma’lumotlar asosida muammolarni tezkor aniqlash va samarali qarorlar qabul qilish muhimligini ta’kidladi.15-sentabr holatiga ko‘ra, shahar va tumanlarda markazlar uchun ajratilgan xonalarda ta’mirlash ishlari yakunlangan. Jizzax shahridagi markaz UZINFOCOM tizimi orqali 30 ta vazirlik va idoraning 80 dan ortiq ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilingan.Mazkur tizim iqtisodiyot, kommunal
    2,450video222111Open in Telegram
  • Jizzax viloyati hokimi

    15 Sept, 11:19

    Jizzax viloyatida “Aqlli hudud” vaziyatlar markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqdaJizzax viloyatida davlat boshqaruvini raqamlashtirish, hududlardagi jarayonlarni zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilish va boshqaruv qarorlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.Jumladan, Prezidentimizning 2026-yil 8 iyuldagi “Raqamli hukumat” tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida viloyatda hududlarni raqamli transformatsiya qilish maqsadida “Aqlli hudud” vaziyatlar markazlari tashkil etildi.Viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax shahar hokimligida tashkil etilgan “Aqlli hudud” vaziyatlar markaziga tashrif buyurib, uning texnik imkoniyatlari va ishlash tamoyillari bilan tanishdi.Shu yerda viloyatning barcha shahar va tumanlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish ham o‘tkazildi. Unda hududlardagi
    Image from a post by Jizzax viloyati hokimiImage from a post by Jizzax viloyati hokimiImage from a post by Jizzax viloyati hokimiImage from a post by Jizzax viloyati hokimi
    2,57022111Open in Telegram
  • Jizzax viloyati hokimi

    15 Sept, 05:10

    🎥 Videoreportaj: Jizzaxda qishloq xo‘jaligida yangi yondashuvlar natija bermoqdaJizzax viloyatida qishloq xo‘jaligida zamonaviy agrotexnologiya, mexanizatsiya va raqamli nazoratga asoslangan yangi tizim shakllanmoqda.Viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev tashabbusi bilan paxtachilikda 76 santimetrli ekish sxemasi va qo‘shqator usuli joriy etilib, hosildorlikni 50–55 sentnerga, ilg‘or xo‘jaliklarda 80–90 sentnerga yetkazish imkoniyati yaratildi.Paxta terimida mexanizatsiya kengaytirilib, bu yil hosilning 100 foizini mashinada terish maqsad qilingan.G‘allachilikda o‘rim-yig‘im muddati 60–70 kundan 15 ish kuniga qisqartirilib, 84 ming tonna qo‘shimcha hosil saqlab qolindi.Shuningdek, joriy yilda 83 ming gektarga takroriy ekinlar ekilib, 3,8 trillion so‘mlik daromad olinishi kutilmoqda.Umuman, Jizzaxda qishloq xo‘jaligidagi yangi yondashuvlar fermerlar daromadini oshirish,
    2,210video332111Open in Telegram
  • Jizzax viloyati hokimi

    14 Sept, 11:02

    Jizzaxda qishloq xo‘jaligidagi yangi yondashuv va tashabbuslar amaliy natija bermoqdaJizzax viloyatida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, hosildorlikni oshirish, fermerlar daromadini ko‘paytirish va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘z samarasini bermoqda.Viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev tashabbusi bilan so‘nggi ikki yilda qishloq xo‘jaligida an’anaviy yondashuvlardan bosqichma-bosqich voz kechilib, texnologik yangilanish, mexanizatsiya va samaradorlikka asoslangan tizim shakllantirildi. Eng muhimi, belgilangan maqsadlar qog‘ozda qolib ketmasdan, fermerlar bilan birgalikda amaliyotga tatbiq etildi.Paxtachilikda avvalgi 90 santimetrli ekish sxemasidan voz kechilib, 76 santimetrli sxemaga to‘liq o‘tildi. Buning uchun 200 donadan ortiq yangi chigit ekish seyalkalari xarid qilinib, texnika va agregatlar moslashtirildi. Natijada
    Image from a post by Jizzax viloyati hokimiImage from a post by Jizzax viloyati hokimiImage from a post by Jizzax viloyati hokimiImage from a post by Jizzax viloyati hokimi
    2,230411111Open in Telegram
  • Jizzax viloyati hokimi

    14 Sept, 05:02

    🎥 Videoreportaj: Jizzaxda Xitoy kompaniyalari bilan investitsiyaviy hamkorlik kengaytiriladiJizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev Xitoyning "Boshiran”, "Huafu Fashion Co., Ltd.” va boshqa yirik kompaniyalar vakillari bilan uchrashib, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.Uchrashuvda 140 million dollarlik paxtachilik klasteri, agrosanoat va eksportga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirish, paxtani chuqur qayta ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, "Kenteks” va "Sharof Rashidov” to‘qimachilik korxonalarini qayta tiklash, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.Tomonlar loyihalarni jadallashtirish va Jizzaxda o‘zaro manfaatli investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishib oldilar.📹 Batafsil — videolavhada.🇺🇿Kanalga ulanish: @jizz
    2,130video211111Open in Telegram
  • Jizzax viloyati hokimi

    13 Sept, 12:33

    Jizzaxda Xitoyning "Boshiran" va boshqa yirik kompaniya vakillari bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindiJizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan "Boshiran" kompaniyasi hamda "Huafu Fashion Co., Ltd." va boshqa yirik kompaniyalar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.Muloqot avvalida viloyat hokimi delegatsiya a’zolarini Jizzaxda yana bir bor ko‘rib turganidan mamnunligini bildirib, O‘zbekiston, xususan, Jizzax viloyati bilan investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratayotgan e’tibori uchun minnatdorlik bildirdi.Uchrashuvda "Boshiran" kompaniyasining Jizzax viloyatida amalga oshirayotgan loyihalari, jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda paxtachilik klasterini rivojlantirish masalalariga alohida
    Image from a post by Jizzax viloyati hokimiImage from a post by Jizzax viloyati hokimiImage from a post by Jizzax viloyati hokimiImage from a post by Jizzax viloyati hokimi
    2,680321111Open in Telegram
  • Jizzax viloyati hokimi

    12 Sept, 13:11

    🎥 Videoreportaj: Jizzaxda «ROX Group» bilan investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindiJizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev Zomin tumanida Vetnamning «ROX Group» kompaniyasi asoschisi An Tuan Chan bilan uchrashib, qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. Xususan, Zominda zamonaviy sanoat zonasi tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.Shuningdek, Zomin va Arnasoy tumanlarida zamonaviy mehmonxona majmualari hamda turistik infratuzilma obyektlarini barpo etish bo‘yicha takliflar bildirildi. Loyihalar yangi ish o‘rinlari yaratish, ishlab chiqarish va turizmni rivojlantirish, viloyatning investitsiyaviy salohiyatini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.📹 Batafsil — videolavhada.🇺🇿Kanalga ulanish: @jizzaxviloyatihokimi
    2,410video32111Open in Telegram
  • Jizzax viloyati hokimi

    12 Sept, 11:10

    Jizzax viloyatida Vetnamning «ROX Group» kompaniyasi bilan investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindiJizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev Zomin tumanida Vetnamning «ROX Group» kompaniyasi asoschisi An Tuan Chan bilan uchrashuv o‘tkazdi.Muloqot davomida O‘zbekiston va Vetnam o‘rtasidagi do‘stona va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, Jizzax viloyatida qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.Uchrashuvda Zomin tumanida zamonaviy sanoat zonasi tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Investorga taklif etilayotgan hudud bilan tanishtirilib, uni «ROX Group» tajribasidan kelib chiqqan holda zamonaviy ishlab chiqarish va infratuzilma obyektlarini qamrab olgan kompleks sanoat hududi sifatida rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.Uchrashuvda turizm va mehmonxona biznesi yo‘nalishida ham hamkorlik
    Image from a post by Jizzax viloyati hokimiImage from a post by Jizzax viloyati hokimiImage from a post by Jizzax viloyati hokimiImage from a post by Jizzax viloyati hokimi
    2,28021Open in Telegram
  • Jizzax viloyati hokimi

    12 Sept, 07:06edited

    Paxta yig‘im-terimi va g‘alla ekish mavsumiga tayyorgarlik muhokama qilindiJizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev rahbarligida paxta yig‘im-terimi va kelgusi yil hosili uchun g‘alla ekishga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Paxtakor tumanidagi “Semrug'” paxtachilik klasteri paxta dalasida o‘tkazilgan yig‘ilishda shahar va tuman hokimlari, qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullari, paxta-to‘qimachilik klasterlari rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.Yig‘ilishda joriy yilda viloyatda 73,1 ming gektar maydonda 400 ming tonna paxta hosili yetishtirish mo‘ljallangani ta’kidlanib, uni qisqa muddatlarda yig‘ib-terib olish uchun zarur texnika va resurslar bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Mavjud 302 dona paxta terish mashinasiga qo‘shimcha ravishda 48 dona texnika jalb qilish bo‘yicha vazifalar belgilandi.Shuningdek, paxta maydonlarini terimga tayyorlash, desikatsiya ishlarini yakunlash, terim mashinalariga GPS va kuzatuv kameralarini o‘rnatish, tirkamalar hamda ortish texnikalarini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.Yig‘ilishda kelgusi yil hosili uchun g‘alla ekishga tayyorgarlik masalalari ham ko‘rib chiqildi. Viloyatda 80,4 ming gektar maydonga boshoqli don ekinlari ekish rejalashtirilgani, shuningdek, g‘alla maydonlarini Agroplatformaga kiritish, sifatli urug‘lik, o‘g‘it va yoqilg‘i bilan ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.🇺🇿Kanalga ulanish: @jizzaxviloyatihokimi
    2,400video311111Open in Telegram