Latest posts

Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
23 Sept, 11:10
#TayinlovTursunboyev Dilshodjon Ilhomjon o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondining Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.Dilshodjon Tursunboyev mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Jizzax viloyati hududiy partiya tashkilotining tashkiliy-kadrlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
3,250Open in Telegram
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
23 Sept, 11:03
Mirzacho‘l tumanidagi dalalarda joriy yilgi paxta terimi mavsumi qizg‘in davom etmoqdaMirzacho‘lning serhosil dalalarida yil davomida olib borilgan agrotexnik tadbirlar, dehqon va fermerlarning mashaqqatli mehnati natijasi — mo‘l paxta hosili yig‘ib olinmoqda.Bugun dalalarda terimchilar mehnati, texnikalar harakati va hosilni yig‘ib olish jarayonlari gavjum. Yetishtirilgan hosilni o‘z vaqtida, sifatli va nes-nobud qilmasdan yig‘ib olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Jumladan, “Mirzacho‘l SIU” xududidagi "Bibinur Ziyoda" fermer xo‘jaligida ham paxta terimi ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Fermer xo‘jaligining jami yer maydoni 130 gektarni tashkil etib, shundan 61,5 gektarida paxta, 68,5 gektarida g‘alla yetishtirilmoqda.Bugungi kunda xo‘jalik dalalarida paxtaning ochilgan hosilini yig‘ib olish ishlari davom etmoqda. Terim jarayonida hosilni sifatli yig‘ib olish, daladan o‘z vaqtida olib chiqish va mavsumni samarali tashkil etish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.Paxta — yil davomida qilingan mehnatning daladagi natijasi. Shu bois terim mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, yetishtirilgan hosilni to‘liq va sifatli yig‘ib olish fermer xo‘jaliklari oldidagi muhim vazifalardan biridir.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|


2,740Open in Telegram
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
23 Sept, 11:03
Jizzaxda yosh asalarichilar uchun amaliy o‘quv-seminar tashkil etildiSharof Rashidov tumanidagi Agro markazda yosh asalarichilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida viloyat hokimligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida o‘quv-seminar tashkil etildi.Unda viloyat hokimi o‘rinbosari Zafar Ro‘ziyev, Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutaxassisi Furqat Qodirov, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Murodbek Rahmonberdiyev, Toshkent davlat agrar universitetining professor-o‘qituvchilari hamda sohaga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi.Seminar davomida yoshlarga tadbirkor Fazliddinxo‘ja Ahmedovning asalarichilik sohasida to‘plagan tajribasi, ilg‘or usullari va amaliy faoliyati namoyish etildi. Ishtirokchilar asalari oilalarini parvarishlash, asal olish samaradorligini oshirish hamda mahsulot sifatini ta’minlash borasida amaliy tavsiyalar oldilar.— Men bolaligimdan otamning yonida yurib, uning asalari oilalari bilan ishlashini kuzatib, bu kasbga mehr qo‘yganman. Asalarichilik nafaqat halol mehnat, balki sabr-toqat, mehr va doimiy g‘amxo‘rlikni talab qiladigan soha, — deydi 16 yoshli tadbirkor Fazliddinxo‘ja Ahmedov. — Hozirda mevali krem-asallar tayyorlash bilan shug‘ullanyapman. Fermer xo‘jaligimizda 15 turdan ziyod meva yetishtiriladi. Kelgusida faoliyatimni yanada kengaytirib, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va yoshlarni asalarichilikka keng jalb qilish niyatim bor.Yosh tadbirkorning asalarichilikka bo‘lgan qiziqishi nafaqat uning shaxsiy faoliyati, balki tengdoshlari uchun ham yangi imkoniyatlarni yuzaga keltirmoqda. Fazliddinxo‘janing joriy yil 30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Prezidentimiz bilan muloqotda bildirgan taklifi asosida Zomin tumanida asalarichilik maktabini tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.— Zomin tumanida asalarichilik maktabini tashkil etish bo‘yicha dastlabki amaliy ishlar olib borildi. Ayni paytda Vazirlar Mahkamasida mazkur yo‘nalishdagi qaror loyihasi tayyorlanmoqda. Rejaga ko‘ra, kelgusi yilda Jizzax viloyatida respublika darajasidagi asalarichilik maktabini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. Unda, avvalo, asalarichilikka qiziquvchi yoshlar va soha mutaxassislarini jalb etib, ularning nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi, — deydi Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutaxassisi Furqat Qodirov.Tadbir davomida Toshkent davlat agrar universitetining professor-o‘qituvchilari tomonidan asalari oilalarini parvarishlash va ko‘paytirish, asal olish samaradorligini oshirish, asalarilarni kasalliklardan himoya qilish hamda mahsulot sifatini ta’minlash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.Bunday o‘quv-seminarlar yoshlarni asalarichilik sohasiga keng jalb etish, ularning tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va hududda zamonaviy asalarichilikni rivojlantirishga xizmat qiladi. 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
2,340Open in Telegram
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
23 Sept, 11:02
🎥 Videoreportaj: Jizzaxda aholi murojaatlari va hududiy muammolar o‘rganilmoqdaXalq vakili faoliyatining muhim mezoni — saylovchilar ishonchi va ular hayotidagi ijobiy o‘zgarishlardir. Jizzax viloyatida senatorlar va mahalliy Kengash deputatlari ishtirokida hududlarni o‘rganish, aholi murojaatlariga yechim izlash hamda mavjud muammolarni tahlil qilish ishlari olib borilmoqda.Senatorlar ishchi guruhining Paxtakor va Zarbdor tumanlaridagi o‘rganishlari ham deputatlik nazoratini kuchaytirish, qonunlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish va amaliy natijadorlikni ta’minlashga qaratilgan.📹 Batafsil — videolavhada.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
23 Sept, 11:00
YER UCHASTKALARINI E-AUKSION.UZ SAVDOLARI ORQALI 30 YILGA IJARAGA OLING!👨🌾 DEHQON XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YER UCHASTKALARI ➖ Arnasoy tumani — 26 ta ➖ Baxmal tumani — 16 ta ➖ Sh.Rashidov tumani — 56 ta ➖ Zarbdor tumani — 18 ta ➖ Paxtakor tumani — 28 ta ➖ Forish tumani — 73 ta ➖ Yangiobod tumani — 60 ta🌾 QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YER UCHASTKALARI ➖ Arnasoy tumani — 33 ta ➖ Do‘stlik tumani — 1 ta ➖ Zarbdor tumani — 18 ta ➖ Mirzacho‘l tumani — 2 ta ➖ Paxtakor tumani — 2 ta ➖ Forish tumani — 49 ta ➖ Yangiobod tumani — 71 ta 🔎 Batafsil ma’lumot va auksion shartlari bilan E-AUKSION.UZ elektron savdo platformasida tanishing.⚠️ MA’LUMOT UCHUN 🤵🏻 “E-AUKSION” vakili: ☎️ (99) 207-36-08 ☎️ (99) 207-26-08 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
2,420Open in Telegram
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
23 Sept, 09:10
O‘zbekiston Qahramoni Parda Ziyatov vafoti munosabati bilan hamdardlik. — Соболезнования в связи с кончиной Героя Узбекистана Парды Зиятова.Facebook|Instagram|X
3,680Open in Telegram
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
23 Sept, 09:02
🎥 Videoreportaj: Jizzax viloyati hokimi Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashdiUchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikni, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiya, sanoat, qishloq xo‘jaligi, logistika, turizm va madaniyat sohalaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.Jizzaxning Qozog‘iston bilan yaqinligi hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim imkoniyatlar yaratayotgani ta’kidlandi. Ayni paytda viloyatda Qozog‘iston kapitali ishtirokida 11 ta korxona ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, 8 tasi faoliyat yuritmoqda.Shuningdek, Jizzax va Turkiston viloyatlari o‘rtasida 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik memorandumi, Qo‘stanay viloyatida "KIA” va "JAC” avtomobillari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish loyihasi hamda "Zarbdor tekstil” korxonasining Astanada Savdo uyi ochib, 10 mln dollarlik shartnoma imzolagani qayd etildi.Muloqot yakunida mavjud kelishuvlarni amaliy loyihalarga aylantirish va hududlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish muhimligi ta’kidlandi.📹 Batafsil — videolavhada.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
23 Sept, 09:02
Mirzacho‘l tumanida paxta terimi qizg‘in davom etmoqdaMirzacho‘l tumanida joriy yil hosili uchun 12 ming 500 gektar maydonga paxta ekilib, ayni kunlarda dalalarda yetishtirilgan hosilni yig‘ib-terib olish ishlari jadal davom etmoqda.Terim jarayonlariga zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari, jumladan, paxta terish kombaynlari keng jalb etilib, hosilni qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Jumladan, “Sapiro Momo” fermer xo‘jaligida ham paxta terimi ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Xo‘jalikning jami ekin maydoni 99,1 gektar bo‘lib, shundan 48 gektarida paxta, 51,1 gektarida g‘alla yetishtirilgan.Dalalarda dehqon va fermerlarning bir yillik zahmatli mehnati o‘z samarasini bermoqda. Zamonaviy texnikalardan samarali foydalanish esa inson mehnatini yengillashtirib, terim sur’atini oshirish va hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish imkonini bermoqda.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|




Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
22 Sept, 13:03
🎥 Videoreportaj: Zafarobodda Pistalikent shaharchasi obodonlashtirilmoqdaZafarobod tumanidagi Pistalikent shaharchasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda. Xususan, shaharchadagi maktabda kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, zamonaviy o‘quv jihozlari va doskalar bilan ta’minlandi.Ta’lim muassasasida ichki va tashqi qismi, isitish, deraza hamda tom qismlari ta’mirlanib, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratildi. Amalga oshirilayotgan ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash va yoshlar uchun munosib ta’lim muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.📹 Batafsil — videolavhada.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
22 Sept, 13:03
SHAROF RASHIDOV TUMANIDA PAXTA YIG‘IM-TERIMI QIZG‘IN DAVOM ETMOQDAJizzax viloyatida 2026-yil paxta hosilini yig‘ib olish ishlari boshlandi. Ayni kunlarda dalalarda yetishtirilgan hosilni qisqa muddatlarda, sifatli va nes-nobud qilmasdan yig‘ib-terib olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Sharof Rashidov tumani Istiqlol mahallasida faoliyat yurituvchi “Niyatjon Suvanov” fermer xo‘jaligida ham paxta yig‘im-terimi qizg‘in davom etmoqda.Joriy yilda Sharof Rashidov tumanida paxta hosili uchun jami 7 ming 100 gektar maydonga chigit ekilib, belgilangan agrotexnik tadbirlar asosida parvarish qilindi. Mavsum davomida paxta maydonlarini sug‘orish, oziqlantirish, begona o‘tlarga qarshi kurashish hamda boshqa zarur agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirildi.“Niyatjon Suvanov” fermer xo‘jaligida ham yil davomida olib borilgan mashaqqatli mehnat natijasida mo‘l hosil yetishtirildi.




Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
22 Sept, 13:02
Mirzacho‘lda mahalla infratuzilmasi yaxshilanmoqdaMirzacho‘l tumanining "Do‘stlik” mahallasida aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish, ko‘chalar infratuzilmasini yaxshilash hamda hududni obodonlashtirishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.Ayni paytda mahallaning Ulug‘bek ko‘chasida yo‘l infratuzilmasini tartibga keltirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va aholi uchun yanada qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.Jarayonga maxsus texnikalar jalb qilinib, ko‘chaning zarur qismlarida tuproq ishlari, tekislash va keyingi obodonlashtirish ishlariga tayyorgarlik tadbirlari amalga oshirilmoqda.Mazkur ishlarni sifatli tashkil etish va belgilangan tartibda yakunlash natijasida ko‘cha yo‘l infratuzilmasi yaxshilanib, hududning obodligi yanada oshadi.Shuningdek, piyodalar va avtotransport vositalari
3,610Open in Telegram
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
22 Sept, 13:02
Yangiobodda sportchilarga zamonaviy sport jihozlari va kiyim-kechaklar topshirildiYangiobod tumanida yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.Shu maqsadda Sport vazirligi tomonidan tuman sport maktabiga zamonaviy sport jihozlari, zarur sport inventarlari hamda maxsus sport kiyimlari yetkazib berildi.Mazkur sport anjomlari mashg‘ulotlarda faol ishtirok etayotgan yosh sportchilarga topshirildi.Yangi sport jihozlari va kiyim-kechaklar sportchilar uchun mashg‘ulotlarni yanada qulay va samarali tashkil etish, mashg‘ulotlar sifatini oshirish hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.Bunday e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar tuman yoshlari orasidan iqtidorli sportchilarni kashf etish, ularning mahoratini
4,240Open in Telegram
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
22 Sept, 12:19
JIZZAX VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASIGA YANGI RAHBAR TAYINLANDIO'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug'iga binoan, Nazarqosimov Sarvar Inatullayevich Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.Tayinlovga qadar Sarvar Nazarqosimov Jizzax viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari Sh. Karimov, Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari D. Xudoyshukurov ishtirok etgan yig'ilishda rahbar jamoaga tanishtirilib, kelgusi ishlariga rivoj tilandi.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|


6,350Open in Telegram
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
22 Sept, 11:03edited
Sharof Rashidov tumani Uchtepa SIU hududidagi "Botir Qilich” fermer xo‘jaligida ham paxta yig‘im-terimi qizg‘in davom etmoqdaTumanda joriy yilda 7 ming 100 gektar maydonga paxta ekilib, mavsum davomida barcha zarur agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirildi.Hozirda hosil zamonaviy "Bashiran” rusumli paxta terish kombaynlari yordamida yig‘ib olinmoqda. Mexanizatsiyalashgan terim hosilni sifatli va tezkor yig‘ish, mehnat unumdorligini oshirish hamda nobudgarchilikning oldini olish imkonini bermoqda.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
22 Sept, 11:01
Do‘stlikda zamonaviy agrotexnologiyalar asosida yuqori hosil olinmoqda"Parinj” fermer xo‘jaligi rahbari Olim Shukurov Do‘stlik tumanida zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etib kelayotgan ilg‘or fermerlardan biri.Joriy yilda fermer xo‘jaligi a’zolari tomonidan jami 49 gektar maydonda dehqonchilik ishlari amalga oshirildi. Shundan 19 gektar yer maydonida Xitoy tajribasi asosida 67-sxema bo‘yicha qo‘shqator usulda paxta yetishtirildi.Ekinlarni parvarishlash jarayonida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Yerni tayyorlash, chigit ekish, oziqlantirish, sug‘orish hamda zararkunandalarga qarshi kurashish kabi muhim tadbirlarni belgilangan muddatlarda bajarish yuqori hosil olishda muhim omil bo‘ldi.Ayni kunlarda fermer xo‘jaligida paxta yig‘im-terimi qizg‘in davom etmoqda. Dastlabki natijalar ham samarali mehnat


3,710Open in Telegram
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
22 Sept, 11:01
Jizzaxda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 283 ta korxona faoliyat yuritmoqdaJizzax viloyatida investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xorijiy sarmoyalarni hudud iqtisodiyotiga keng jalb etish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.Bu jarayonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilayotgan korxonalar muhim o‘rin tutmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1 avgust holatiga Jizzax viloyatida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 283 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.Mazkur ko‘rsatkich hududda xorijiy investorlar bilan hamkorlikni kengaytirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar samaradorligining muhim ko‘rsatkichlaridan biridir.O‘zbekiston
3,060Open in Telegram
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
22 Sept, 11:00
Zafarobodda avtomobil yo‘llarining texnik holati yaxshilanmoqdaZafarobod tumanida avtomobil yo‘llarining texnik holatini yaxshilash, harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.Xususan, ayni kunlarda Zafarobod tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan D-049 avtomobil yo‘lining Jizzax shahri va Chimqo‘rg‘on oralig‘idagi 14–18-kilometrlarida to‘liq ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.Ta’mirlash jarayonida yo‘l qoplamasining yaroqsiz holga kelgan qismlari tiklanib, belgilangan texnologik talablar asosida zarur ishlar amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga, yo‘lning texnik holatini yaxshilash, foydalanish muddatini uzaytirish va transport vositalarining xavfsiz hamda qulay harakatlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Mazkur ta’mirlash ishlari yakunlanishi
3,060Open in Telegram
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
22 Sept, 10:02
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish4,650Open in Telegram
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
22 Sept, 09:03
Jizzaxlik merganlar mamlakat kubogida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladiFarg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida sportning kamondan otish turi bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida mamlakat kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.Unda yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 300 nafardan ziyod mahoratli merganlar g‘oliblik uchun bahs olib bordi.Musobaqa davomida ishtirokchilar kamondan aniq nishonga otish bo‘yicha o‘z mahorat va tajribalarini namoyish etib, yuqori natijalar uchun kuch sinashdi.Yakuniy natijalarga ko‘ra, yoshlar o‘rtasidagi bahslarda jizzaxlik kamonchilar 8 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.Murabbiy Salohiddin Siddiqov boshchiligidagi jamoaning ushbu muvaffaqiyatiga Shohruz G‘afforov, Yulduz Ismatova, Jo‘rabek Qodirov, Laziz Ergashev va Tohirbek Mamashov munosib hissa qo‘shdi.Musobaqa yakunida g‘olib
4,300Open in Telegram
Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
22 Sept, 09:03
🎥 Videoreportaj: Nuroniylar va yoshlar o‘rtasida samimiy muloqot o‘tkazildiNuroniylarning hayotiy yo‘li va yillar davomida orttirgan boy tajribasi yoshlar uchun o‘ziga xos maktabdir. Shu maqsadda faxriylar, nuroniylar, faol yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.Uchrashuvda nuroniylar yoshlarga ta’lim olish, kasb-hunar egallash, o‘z qobiliyatini namoyon etish va ezgu maqsadlarini amalga oshirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligini ta’kidladilar. Muloqot davomida milliy qadriyatlar, Vatanga sadoqat va ezgu maqsadlar ruhida tarbiya masalalariga ham e’tibor qaratildi.📹 Batafsil — videolavhada.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
