gram news
Jomboy news 24 channel avatar

Jomboy news 24

@jomboynews24

Samarqand viloyati Jomboy tumani hayotiga aloqador habarlar va yangiliklar. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating. Biz doim siz bilan muloqot qilishga tayyormiz. https://www.instagram.com/jomboynews24 Murojaatlar va e'lonlar uchun: @Jomboyliklar_fuqarolar

ProjectsUZNews

5,500subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Jomboy news 24

    22 Sept, 11:39

    📈 Yuqori ish haqi — yuqori pensiya!💸 Pensiya hisoblashda inobatga olinadigan eng yuqori ish haqi miqdorini bosqichma-bosqich oshirish taklif etilmoqda.📈 Bu orqali yuqori ish haqi bilan mehnat qilgan fuqarolarning daromadlari pensiya hisob-kitobida yanada to‘liqroq inobatga olinadi.✔️ Taklif qanday ishlaydi? Infografikalarda batafsil tanishing.Ulaning va ulashing: ✅ Telegram | ⚜️ Instagram | 📨 Murojaat va e'lonlar
  • Jomboy news 24

    22 Sept, 11:39

    👨‍👩‍👧‍👦 Yaqinlaringiz kelajagi uchun bugundan g‘amxo‘rlik qiling!✔️ Ishlamaydigan oila a’zolari uchun ijtimoiy soliq to‘lash orqali ularning ish stajini shakllantirish imkoniyati taklif etilmoqda.🛡 Bu — yaqinlaringizning kelajakda pensiya huquqiga ega bo‘lishi uchun muhim qadam.▶️ Batafsil videorolikda tanishishingiz mumkin.Ulaning va ulashing: ✅ Telegram | ⚜️ Instagram | 📨 Murojaat va e'lonlar
  • Jomboy news 24

    18 Sept, 11:59

    📌Qaysi nizolar hakamlik sudida ko‘rilmaydi?“Agrobank” aksiyadorlik jamiyatining tuman filialida qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlarga bag‘ishlangan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda Samarqand tumanlararo iqtisodiy sudi raisi o‘rinbosari O.Nurimov, sudyalar J.Yusupov, F.Majidov, N.Tursunova hamda bank xodimlari ishtirok etdi.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1141-son Qonuni mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati haqida ma’lumot berildi.Mazkur qonun hakamlik sudlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning vakolatlarini aniq belgilash hamda nizolarni ko‘rib chiqishda qonuniylik va xolislikni ta’minlashga qaratilgan.Qonunda hakamlik sudlari ko‘rib chiqishi mumkin bo‘lmagan nizolar ham aniq belgilangan. Jumladan, mehnat, oilaviy va yerga oid nizolar, bino va inshootlarga egalik huquqi bilan bog‘liq
  • Jomboy news 24

    18 Sept, 11:19edited

    📌 Har bir xonadonning o‘z imkoniyati borKambag‘allikni qisqartirish faqat raqamlarni kamaytirish emas, balki har bir oilaning turmushini yaxshilash, daromad manbasini yaratish demakdir.So‘xmon mahallasida tuman hokimi Xurshid Nazarov, prokuror Anvar Imomnazarov, ichki ishlar bo'limi rahbari Aslam Ochilov hamda mas’ullar xonadonma-xonadon yurib, oilalarning mavjud imkoniyatlari va muammolarini o‘rgandi.Kimningdir tomorqasi, boshqasining chorvachilikka, yana bir oilaning tadbirkorlikka imkoniyati bor. Ana shu imkoniyatlarni ishga solish orqali oilalarni daromadli mehnatga jalb etish, chorva va parranda boqishni yo‘lga qo‘yish hamda tadbirkorlikni boshlash bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.Ulaning va ulashing: ✅ Telegram | ⚜️ Instagram | 📨 Murojaat va e'lonlar
  • Jomboy news 24

    18 Sept, 11:10

    #intervyu🇺🇿Xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi 11-G‘azira saylov okrugi deputati Nodir To‘rayev tomonidan G‘azira mahallasida infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan intervyu berildi...Ulaning va ulashing: ✅ Telegram | ⚜️ Instagram | 📨 Murojaat va e'lonlar
  • Jomboy news 24

    17 Sept, 10:07

    Pensiya hisoblashda ish haqi davri - 20 yilgacha!😇 Pensiya hisoblashda inobatga olinadigan ish haqi davrini amaldagi 5 yildan 20 yilgacha bosqichma-bosqich oshirish taklif etilmoqda.✔️ Bu fuqarolarning uzoq yillik mehnat faoliyati davomida olgan ish haqlarini pensiya hisob-kitobida kengroq inobatga olish imkonini beradi.Ulaning va ulashing: ✅ Telegram | ⚜️ Instagram | 📨 Murojaat va e'lonlar
    214video1Open in Telegram
  • Jomboy news 24

    16 Sept, 10:50

    📌 Pensiya tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan Farmon loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi🗂 O‘zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimini zamonaviy talablar asosida yanada takomillashtirishga qaratilgan Farmon loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik muhokamasi portali (regulation.gov.uz)ga joylashtirildi.💬 Farmon loyihasida pensiya tizimini takomillashtirish bo‘yicha qator muhim takliflar nazarda tutilgan.🔗 Loyiha bilan tanishish, taklif hamda mulohazalaringizni ushbu ҳавола orqali bildirishingiz mumkin.Shu munosabat bilan, fuqarolarimiz va keng jamoatchilikni mazkur Farmon muhokamasida faol ishtirok etishlarini so‘raymiz.Ulaning va ulashing: ✅ Telegram | ⚜️ Instagram | 📨 Murojaat va e'lonlar
  • Jomboy news 24

    16 Sept, 10:50

    1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣📊 Brifing: Pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish bo‘yicha islohotlar yuzasidan takliflar📄 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi farovonligini ta’minlash va pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon loyihasi (ID-10855) Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ravshana Umarova ishtirokida brifing tashkil etildi.#pensiya #farovonlik #takliflar #Farmon_loyihasiUlaning va ulashing: ✅ Telegram | ⚜️ Instagram | 📨 Murojaat va e'lonlar
    205video1Open in Telegram
  • Jomboy news 24

    11 Sept, 14:39

    O‘ZBEKCHASI BOR-KU, NEGA FOYDALANMAYMIZ?Dunyo mamlakatlarining shiddat bilan rivojlanishi, yangi-yangi mahsulotlarning yaratilishi natijasida ilm-fan, texnologiya, ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalarda kundan kunga yangi soʻz va atamalar, tushunchalar paydo bo‘lmoqda. Bu tabiiy jarayon. Chunki til jamiyat bilan birga rivojlanadi, yangi voqelik va tushunchalarni ifodalash uchun yangi so‘zlarga ehtiyoj tug‘iladi.Ulaning va ulashing: ✅ Telegram | ⚜️ Instagram | 📨 Murojaat va e'lonlar
  • Jomboy news 24

    11 Sept, 14:29

    #Maqola🥇 Mustaqillik yillarida xalqaro musobaqalarda yurtdoshlarimizning yutuqlari 🇺🇿Mustaqillik yillarida O‘zbekiston sportchilari xalqaro maydonlarda yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, katta yutuqlarga erishib kelmoqda. Ayniqsa, boks va futbol yo‘nalishlaridagi natijalar sportimiz salohiyatining yuqoriligini namoyon etdi. ✅Parij-2024 Olimpiadasida O‘zbekiston 8 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi, shundan 5 tasi boks bo‘yicha bo‘ldi. Futbolda esa U-20 terma jamoasi 2023-yilda Osiyo chempioni bo‘lgan, milliy terma jamoamiz esa 2026-yilgi Jahon chempionatiga ilk bor yo‘llanma oldi. 👨‍💼Bu yutuqlar yosh avlod uchun katta motivatsiya bo‘lib, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirmoqda. Jomboy tumanida ham yoshlarni sportga keng jalb etish va iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash
  • Jomboy news 24

    11 Sept, 14:29

    #Maqola🇺🇿Mustaqillik yillarida “Yoshlar — kelajagimiz” davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar 🇺🇿Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash mustaqillik yillarida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. ✅“Yoshlar — kelajagimiz” dasturi doirasida yoshlarning biznes loyihalarini amalga oshirishiga ko‘maklashish, yangi ish o‘rinlari yaratish va ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratildi. Bugungi islohotlarda ham yoshlarning tashabbuskorligi muhim omil bo‘lib qolmoqda. 👨‍💼Jomboy tumanida ham yoshlarni qo‘llab-quvvatlash,
  • Jomboy news 24

    11 Sept, 14:29

    #Maqola👩‍💼 Mustaqillik yillarida rahbarlik lavozimlarida ayollar ulushining oshishi 🇺🇿Mustaqillik yillarida xotin-qizlarning jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy faolligini oshirishga keng imkoniyatlar yaratildi. Ularning ta’lim olishi, kasb egallashi, bandligini ta’minlash va rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar shakllantirildi. 👨‍💼Bugun ayollar davlat boshqaruvi, ta’lim, tibbiyot, tadbirkorlik va boshqa sohalarda munosib natijalarga erishmoqda. Xotin-qizlarning kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etilishi ham ularning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. ✅Jomboy tumanida ham xotin-qizlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni rahbarlik va jamoatchilik faoliyatiga keng jalb etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
  • Jomboy news 24

    11 Sept, 14:29

    #Maqola📚 Mustaqillik yillarida davlat budjeti ijtimoiy yo‘nalishining kuchaytirilishi 🇺🇿Mustaqillik yillarida davlat budjetining muhim qismi ta’lim, sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltirildi. Ta’lim va tibbiyot tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va qamrovi kengaytirildi. Xususan, maktabgacha ta’lim va oliy ta’lim bilan qamrov sezilarli oshdi, sog‘liqni saqlashga ajratilayotgan mablag‘lar ko‘paydi. 👨‍💼Bu islohotlarning markazida inson manfaatlari va farovonligini ta’minlash tamoyili turibdi. ✅Jomboy tumanida ham ta’lim va tibbiyot muassasalarini rivojlantirish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda ijtimoiy himoyani kuchaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. BATAFSIL: Kengash.uzUlan
  • Jomboy news 24

    11 Sept, 14:29

    #Maqola🏛 Mustaqillik yillarida tarixiy-me’moriy obyektlarni ta’mirlash va turistlar oqimining ortishi 🇺🇿Mustaqillik yillarida xalqimizning boy tarixiy va madaniy merosini asrab-avaylash, qadimiy obidalarni ta’mirlash va qayta tiklashga alohida e’tibor qaratildi. Ko‘plab ziyoratgohlar, tarixiy-me’moriy yodgorliklar obodonlashtirilib, sayyohlar uchun zarur sharoitlar yaratildi. ✅Tarixiy merosni asrash bilan bir qatorda turizm infratuzilmasining rivojlantirilishi O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlar sonining ortishiga xizmat qilmoqda. Turizm bugungi kunda iqtisodiy taraqqiyotning muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. 👨‍💼Jomboy tumanida ham mavjud tarixiy va madaniy maskanlarni asrash, hududning turistik salohiyatidan samarali foydalanish hamda ichki
  • Jomboy news 24

    11 Sept, 14:29

    #Maqola📈 Mustaqillik yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish 🇺🇿Mustaqillik yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun huquqiy, moliyaviy va tashkiliy sharoitlar yaratildi. Tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, kredit va imtiyozlar ajratish, yangi ish o‘rinlari yaratishga keng imkoniyatlar berildi. 👨‍💼Bugungi kunda tadbirkorlik iqtisodiy o‘sish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirishning muhim omillaridan biriga aylandi. Ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilmoqda. ✅Jomboy tumanida ham kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom
  • Jomboy news 24

    11 Sept, 14:29

    #Maqola🇺🇿O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi oshib borishi: diplomatik aloqalarning kengayishi 👨‍💼Mustaqillik yillarida O‘zbekiston xalqaro maydonda mustaqil va faol tashqi siyosat yurituvchi davlat sifatida o‘z o‘rnini mustahkamladi. Dunyoning turli mamlakatlari bilan diplomatik, iqtisodiy, madaniy va siyosiy aloqalar kengaydi. ✅Bugungi kunda mamlakatimiz xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirib, tinchlik, barqarorlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik tamoyillariga asoslangan tashqi siyosat olib bormoqda. Bu jarayon O‘zbekistonning xalqaro nufuzini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. ✅Jomboy tumanida ham yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizning xalqaro yutuqlari va ochiq tashqi siyosati mazmun-mohiyatini keng targ‘ib
  • Jomboy news 24

    8 Sept, 10:13

    #Xabardormisiz🟢 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining faoliyati tartibga solindiUlaning va ulashing: ✅ Telegram | ⚜️ Instagram | 📨 Murojaat va e'lonlar
  • Jomboy news 24

    8 Sept, 10:03

    #Mustaqillik_35_yil 🎉 Mustaqillik yillarida milliy bayramlar va an’analarni saqlash hamda yoshlar tarbiyasidagi o‘rni 🇺🇿Mustaqillik yillarida xalqimizning milliy o‘zligini anglash, tarixiy xotirasini tiklash va asrlar davomida shakllangan boy ma’naviy merosini asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratildi. Navro‘z, Mustaqillik kuni, Xotira va qadrlash kuni, Konstitutsiya kuni kabi umumxalq bayramlari xalqimizning milliy g‘ururi, ezgu qadriyatlari va tarixiy xotirasini o‘zida mujassam etgan muhim ma’naviy tadbirlarga aylandi. 👨‍💼Milliy bayram va an’analarimiz mehr-oqibat, saxovat, bag‘rikenglik, kattalarga hurmat va kichiklarga izzat kabi qadriyatlarni yosh avlodga yetkazishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Bayram tadbirlari, ijodiy tanlovlar, sport musobaqalari va ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar orqali yoshlarda
  • Jomboy news 24

    8 Sept, 10:02

    #Mustaqillik_35_yil 🇺🇿 Mustaqillik yillarida madaniyat va san’at saroylari, kutubxonalarning zamonaviylashtirilishi 🇺🇿Mustaqillik yillarida mamlakatimizda milliy madaniyat va san’atni rivojlantirish, aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun munosib sharoitlar yaratish hamda yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. Madaniyat va san’at saroylari, madaniyat markazlari, teatrlar, muzeylar va kutubxonalarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi. 2023–2024-yillarda 159 ta madaniyat markazi ta’mirlanib, foydalanishga topshirilgani bu boradagi ishlar ko‘lamini ko‘rsatadi. 👨‍💼Kutubxonalarni zamonaviy axborot-kutubxona markazlariga aylantirish, elektron kataloglar va raqamli resurslardan foydalanish imkoniyatlarini
  • Jomboy news 24

    8 Sept, 05:37

    📌 Ta’minot vaqtincha to‘xtatiladiBugun soat 10:00 dan 18:00 ga qadar elektr tarmog'ida ta'mirlash ishlari olib boriladi.Shu sababli Beshbola, Qoramoʻyin, Sariqipchoq, Soʻxmon, Koʻkgumbaz mahallalarida uzilishlar kuzatiladi.Noqulaylik uchun oldindan uzr so‘raymiz.Tuman elektr tarmoqlari korxonasi.Ulaning va ulashing: ✅ Telegram | ⚜️ Instagram | 📨 Murojaat va e'lonlar