Latest posts

Kalibr Books
8 Sept, 11:29

Kalibr Books
8 Sept, 10:19
🖤 Qorong‘ilik, sehr va unutilmagan o‘tmish… SenLinYu qalamiga mansub “Alchemised” — zulmatli olam, xavfli sirlar va xotira qa’riga yashirilgan haqiqatlar haqida hikoya qiluvchi ta’sirchan roman. Ingliz tilidagi ushbu nashr endi Kalibr Booksda. Kitobni original tilda o‘qishni istaganlar uchun ajoyib tanlov. 🇷🇺 Тьма, магия и прошлое, которое невозможно забыть… «Alchemised» СенЛинЮ — атмосферный роман о мрачном мире, опасных тайнах и истине, скрытой в глубинах памяти. Англоязычное издание уже доступно в Kalibr Books. 🇬🇧 Darkness, magic, and a past that refuses to be forgotten… SenLinYu’s “Alchemised” is an atmospheric novel filled with dangerous secrets, haunting memories, and dark magic. The English edition is now available at Kalibr Books.


Kalibr Books
8 Sept, 09:12

Kalibr Books
8 Sept, 06:05

Kalibr Books
6 Sept, 11:02
📚 "Kalibr books"dan dam olish kunlari uchun eng sara kitoblar to'plami!"Kalibr books"da barchasi mujassam! E'tiboringizga bugungi kunning eng talabgir 4 ta asarini taqdim etamiz: 🇰🇷 "Kitob oshxonasi" — Koreyaning K-story tanlovi g'olibi (№1) O'zgacha shinamlik va xotirjamlik ulashuvchi asar. Agar charchoqni unuttirib, qalbingizga iliqlik baxsh etadigan sokin voqealar izlayotgan bo'lsangiz, bu kitob aynan siz uchun. 📖 "Molxona" — Jorj Oruell Jahon adabiyotining durdona asari. Siyosat, jamiyat va inson tabiati haqida chuqur o'ylantirib qo'yuvchi, har bir inson umrida kamida bir marta o'qishi shart bo'lgan mashhur antiutopiya. 🎩 "Xavfli do'stlik" — Mariya Korelli Inson ruhiyati, sirli qismat va do'stlik niqobi ostidagi xavf haqida hayajonli qissa. Mutolaa davomida sirlar girdobiga sho'ng'ib ketasiz. 🎓 "Harvard metodi" — Vey Syuin Dunyoning eng nufuzli universitetida bo'l 🎯 Kalibr


Kalibr Books
30 Aug, 18:24
forwarded from @qora_yigit
Bugungi kun odamlari, zamondoshing haqida yozilgan kitoblarning yaxshi tomoni ularning dardlari, muammolari va quvonchlari sababi senikiga juda o‘xshash bo‘ladi.Ana shu hissiyotni Satoshi Yagisavaning "Morisaki kitob do‘konida o‘tkazgan kunlarim" romanini boshlashim bilan his qildim. Qiziq, sokin va yoqimli asarga o‘xshayapti. Tinchlantiruvchi ruhi bor qandaydir…➡️@qora_yigit


Kalibr Books
28 Aug, 09:06
📚 BUGUN KITOB TARIXIDA28-avgust — Gyotening tug‘ilgan kuni.1749-yil aynan shu kuni nemis adabiyotining buyuk namoyandalaridan biri — Johann Wolfgang von Goethe dunyoga kelgan.U shoir, yozuvchi, dramaturg va mutafakkir sifatida jahon adabiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Uning eng mashhur asarlaridan biri — «Faust».Qizig‘i, Gyote faqat adabiyot bilan cheklanmagan — u san’at, falsafa, tabiatshunoslik va boshqa ko‘plab sohalarga ham qiziqqan.📖 Bir insonning qiziqishi bir nechta sohani o‘zgartirishi mumkin.Bugun kitob o‘qishga bahona izlayotgan bo‘lsangiz — balki aynan shu sana sizga ishora qilayotgandir. 😉Kalibr Books — dunyoqarashini kengaytirmoqchi bo‘lganlar uchun.INSTAGRAM | UZUM MARKET



Kalibr Books
27 Aug, 15:04
📖 365 DAYS WITHOUT YOU — AKHIRABa’zi insonlar hayotimizdan ketadi, lekin xotiralarimizdan ketishi uchun ancha vaqt kerak bo‘ladi.“365 days without you” — ayriliqdan keyingi 365 kun davomida kechadigan sog‘inch, xotiralar, aytilmay qolgan gaplar va o‘zini asta-sekin tiklash haqida yozilgan ta’sirli kitob.Bu kitobda har bir kun — alohida bir tuyg‘u. Ba’zan bir necha satr butun bir hikoyadan ham ko‘proq narsani his qildiradi. 🤍Agar siz ham: — eski xotiralarni unutish qanchalik qiyinligini, — ayriliqdan keyin inson ichida nimalar kechishini, — vaqt haqiqatan ham hamma narsani o‘zgartira oladimi-yo‘qmi degan savollar haqida o‘ylagan bo‘lsangiz, bu kitob sizga tanish tuyulishi mumkin.🌿 Ba’zi xayrlashuvlar tugaydi, ammo ularning aks-sadosi uzoq vaqt qoladi. 📚 365 days without you ✍🏻 AkhiraSizningcha, inson kimnidir unutishi uchun haqiqatan ham 365 kun yetarlimi?


Kalibr Books
26 Aug, 05:15
💰 KITOB QANDAY QILIB $30 MILLIONLIK BO‘LISHI MUMKIN?Kitobning qiymati har doim sahifalar soni bilan o‘lchanmaydi. 📚Masalan, Leonardo da Vinchining Codex Leicester qo‘lyozmasi 1994-yilda $30,8 millionga sotilgan. Uni esa Bill Gates sotib olgan. 🤯Yana bir misol — Bay Psalm Book. 1640-yilda chop etilgan ushbu noyob kitobning bir nusxasi 2013-yilda $14,1 millionga sotilgan.Kitobni qimmat qiladigan narsa esa: 📌 yoshi 📌 noyobligi 📌 muallifi 📌 tarixiy ahamiyati 📌 saqlanib qolgan nusxalar soni.Siz $1 millionga bitta kitob olarmidingiz yoki butun boshli kutubxona qurar edingiz? 😄👇INSTAGRAM | UZUM MARKET




Kalibr Books
25 Aug, 09:03
🕵️♂️ Detektiv va sirli voqealarni yoqtiradiganlar uchun TOP 3 ta kitob!Agar siz ham sirli voqealar, kutilmagan burilishlar va oxirigacha yechilmaydigan jumboqlarni yoqtirsangiz, bu ro‘yxat siz uchun. 📚📕 Hercule Poirot’s Christmas — yopiq eshiklar ortidagi sir, shubhali odamlar va ishni yechishga urinayotgan mashhur detektiv Poirot.📘 The ABC Murders — har bir jinoyat ortida yangi iz, yangi savol va bitta noma’lum qotil. Poirot uchun esa bu ish oson kechmaydi.📗 And Then There Were None — bir uy, o‘n kishi va ularning orasida yashiringan qotil. Har bir sahifa sizni yangi taxminga olib boradi. 🔎 Qaysi biri sizga eng qiziq tuyuldi?💬 Bu 3 talikka yana qaysi detektiv kitobni qo‘shgan bo‘lardingiz? Kommentariyada yozib qoldiring!INSTAGRAM | UZUM MARKET




Kalibr Books
24 Aug, 14:08
📚 Nega o'rta asrlarda kitoblar zanjir bilan bog'langan?Bugun kutubxonadan kitob olib, uyga olib ketish — oddiy holat. Lekin o'rta asrlarda bu deyarli mumkin emas edi. 😯Sabab oddiy: kitoblar juda qimmat va noyob edi. Har bir nusxa qo'lda, oylab ko'chirilardi — bitta kitob ustida bir kotib butun bir yilini sarflashi mumkin edi.Shu sabab ko'plab kutubxonalarda kitoblar javonlarga maxsus zanjir bilan mahkamlangan. 🔗📖 O'quvchi kelib o'qishi mumkin edi, lekin bitta ham kitobni bino tashqarisiga olib chiqa olmasdi.Bugun esa — istagan kitobni sotib olib, qayerga xohlasangiz olib ketasiz. Bir necha asr oldingi eng "himoyalangan" bilim, endi cho'ntagingizda. 📱Siz o'sha zanjirlangan kutubxonada kitob o'qishga rozimidingiz? 👀INSTAGRAM | UZUM MARKET




Kalibr Books
23 Aug, 14:23
📚 KITOBLAR HAQIDA SIZ BILMAGAN 3 TA FAKTKitob — shunchaki qog‘oz va siyoh emas. Uning o‘ziga xos hidi, hayratlanarli kichik nusxalari va butun kitob sanoatini o‘zgartirgan tarixi bor.🔹 1. Kitobning hidini sevishning ham nomi bor. Eski kitoblarning o‘ziga xos hidini yoqtirish “bibliosmia” deb ataladi.🔹 2. Dunyoda ko‘z bilan zo‘rg‘a ko‘rinadigan kitob ham bor. Old King Cole nomli miniatyura kitobining ayrim nusxalari atigi 1 millimetr atrofida bo‘lgan. 👀🔹 3. Kitob tarixini o‘zgartirgan Bibliya atigi 180 nusxada bosilgan. Gutenberg Bibliyasi taxminan 1455-yilda chop etilgan va uning qariyb 180 nusxasi yaratilgan.Kitob — shunchaki sahifalar to‘plami emas. Uning har bir sahifasi ortida alohida tarix bor. 📖Sizni qaysi fakt ko‘proq hayratga soldi — 1, 2 yoki 3? 👇INSTAGRAM | UZUM MARKET




Kalibr Books
23 Aug, 05:01
Eng qiziq tomoni — 80/20 har doim ham 80/20 emas. 🤯📊 Ba’zida 80% natija 20% sababdan, hatto 99% natija 1% sababdan kelishi mumkin.💡 Shuning uchun asosiy savol: “Qanday qilib ko‘proq ishlayman?” emas, “Qaysi ish eng katta natija beryapti?”📖 Richard Koch — «80/20 prinsipi»⸻🇷🇺 Самое интересное — принцип 80/20 не всегда означает 80/20. 🤯📊 Иногда 80% результата дают 20% причин, а порой 99% результата — всего 1% причин.💡 Поэтому главный вопрос: «Как работать больше?» → «Что даёт мне наибольший результат?»📖 Ричард Кох — «Принцип 80/20»


Kalibr Books
22 Aug, 14:45
😈 Iblis sizni qanday tuzoqqa tushirishini bilasizmi?📖 K.S. Lyuisning dunyoga mashhur «Balamut maktublari» asari inson nafsi, vasvasalar va ruhiy kurashlarning eng nozik pardalarini ochib beruvchi noyob durdonadir.✉️ Kitob tajribali shayton Balamutning o‘z jiyani – yosh iblis Gnusikka yozgan maktublaridan iborat. Unda insonni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itish, mayda gunohlar orqali qalbni qotirish va sezilmas tuzoqlarga ilintirishning psixologik sirlari kinoya bilan tasvirlanadi.❓ Nega bu kitobni o‘qish kerak?🧠 – Nafs va vasvasalarning ichki mexanizmini tushunasiz 🔍 – Kundalik hayotdagi mayda odatlar qanday qilib katta xatolarga aylanishini ko‘rasiz 💭 – Fikrni charxlovchi teran falsafa va yengil kinoyadan zavq olasiz🚚 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish xizmati mavjud.📞 Bog‘lanish: +998909323000INSTAGRAM | UZUM MARKET


Kalibr Books
21 Aug, 08:06edited
🖋 Bitta so'z tarjimonni bir kun band qilishi mumkinmi?"Xavfli do'stlik" kitobini tarjima qilayotganda bitta jumla ustida uzoq bosh qotirdik: asl matnda ishlatilgan so'z o'zbek tilida hech qanday to'g'ri muqobili yo'q edi. Oxir-oqibat, ma'noni emas, hissiyotni saqlab qolishga qaror qildik.Qaysi jumla ekanini bilmoqchimisiz? 👇📖 Xavfli do'stlik — Mariya Korelli 📄 564 bet · yumshoq muqova 🚚 Butun O'zbekiston bo'ylab yetkazib berishSizningcha, tarjimada ma'no muhimmi yoki hissiyot?Kalibr Books – Dunyoqarashini kengaytirmoqchi bo'lganlar uchun! 📚UZUM MARKET | TELEGRAM | INSTAGRAM |
Kalibr Books
21 Aug, 06:01
📚 «And Then There Were None» — Agatha ChristieBu kitobni o‘qishingiz uchun TOP 3 sabab: 1️⃣ Har bir qahramondan shubhalanasiz Bu kitobda qotilni topishdan ko‘ra, kimga ishonishni bilish qiyinroq. Har bir qahramonning siri bor. Har bir gap esa yangi shubha uyg‘otadi.2️⃣ Siz ham detektivga aylanasiz Har safar «endi hammasini tushundim» deysiz… keyingi sahifada fikringiz yana o‘zgaradi. Muallif sizni ataylab noto‘g‘ri izga boshlaydi. 3️⃣ Asl savol qotil kimligida emasBu kitobning eng qo‘rqinchli savoli — «Qotil kim?» emas. «Adolat nima?» Inson bosim ostida qolsa, uning asl xarakteri qanchalik o‘zgaradi?«Bu kitobning eng qo‘rqinchli savoli — “qotil kim?” emas. “Adolat nima?”» Va eng qizig‘i — kitob tugaguncha siz ham hech kimga ishonmay qo‘yasiz. Agar sizga sirli syujet, va kutilmagan burilishlar yoqsa — bu kitob aynan siz uchun 📖🕯Sizningcha, eng yaxshi detektiv kitob qaysi?IN


Kalibr Books
20 Aug, 12:51edited
Detektiv o'qishni boshlamoqchimisiz? Tartib muhim.Ko'pchilik noto'g'ri kitobdan boshlaydi va janrni tashlab ketadi. Biz mijozlarimiz eng ko'p o'qiganlari asosida 7 qadamlik ketma-ketlik tuzdik.1. Убийство по алфавиту — Агата Кристи · 27 000 2. Труп в библиотеке — Агата Кристи · 27 000 3. Убийство в «Восточном экспрессе» — Агата Кристи · 26 730 4. Десять негритят — Агата Кристи · 94 000 5. Смерть на Ниле — Агата Кристи · 34 000 6. Черный кофе — Майк Омер · 80 000 7. Хороших девочках не убивают - Холли Дексон · 44 100 Birinchi uchtasi — boshlash uchun ideal to'plam · 80 730Siz qaysi kitobdan boshlagansiz?Kalibr Books — Dunyoqarashingni kengaytir.INSTAGRAM | UZUM MARKET


Kalibr Books
16 Aug, 19:56
🕐 01:00. TITANIC HALI HAM SIRLARINI SAQLAYDI1912-yil 15-aprel. Soat 01:00 atrofida Titanic’dan navbatdagi qutqaruv qayig‘i suvga tushirildi.Oradan 73 yil o‘tib, aynan shu kema yana bir bor tarix sahifalariga qaytdi — 1985-yilda uning qoldiqlari okean tubidan topildi.📖 Titanic haqidagi eng mashhur kitoblardan biri — «A Night to Remember». Kitob o‘sha kechani daqiqa-daqiqa tasvirlaydi.Ba’zi kitoblar tarixni o‘qitmaydi. Uni ko‘z oldingizga keltiradi.Siz Titanic haqidagi kitobni o‘qiganmisiz?



Kalibr Books
11 Aug, 14:55
📖 «Xavfli do‘stlik» — Mariya KorelliBa’zan insonning eng xavfli dushmani — unga eng yaqin bo‘lgan odamdir. 🌙Ishonch qayerda tugaydi, xiyonat qayerdan boshlanadi? Do‘stlik ortiga yashiringan sirlar bir kun kelib baribir yuzaga chiqadi.Mariya Korelli bu asarda inson munosabatlarining eng nozik tomonlarini ochib beradi — ishonch, sadoqat, sir va xiyonat bir-biriga qorishib, voqealarni tobora sirli tusga kiritadi. 🖤Bu shunchaki eski davr haqida yozilgan klassik roman emas. Bu — insonni o‘z atrofidagi odamlarga boshqacha nigoh bilan qarashga majbur qiladigan asar. 📖Agar sizga sokin muhit ortida katta sirlar yashiringan, o‘qigan sari o‘ziga tortib ketadigan asarlar yoqsa — «Xavfli do‘stlik» sizning javoningizdan joy olishga arziydi. ✨📚 Buyurtma uchun: 909323000 Uzum Market


Kalibr Books
10 Aug, 18:20edited
📖 HARUKI MURAKAMI — «1Q84»Agar bir kuni osmonda ikkita oy paydo bo‘lsa, siz buni payqarmidingiz? 🌙 Murakamining eng sirli va o‘ziga tortuvchi romanlaridan biri — «1Q84». Bir dunyo. Ikki oy. Bir sir. Real hayot va tushga o‘xshash haqiqat o‘rtasidagi chegara tobora yo‘qolib boradi.Bu kitobda:🌙 sirli atmosfera 🧠 psixologik chuqurlik 📖 sevgi va taqdir 🔮 g‘ayrioddiy voqealarAgar sizga sirli, falsafiy va o‘ziga xos romanlar yoqsa — «1Q84» aynan siz izlagan kitob bo‘lishi mumkin.📚 Haruki Murakami — 1Q84📩 Buyurtma uchun: +998909323000

Links
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
