Latest posts

Kapital.uz — biznes yangiliklari
22 Sept, 14:05
Qahramonjon Olimov atrofidagi xabarlarga Anorbank va Markaziy bank izoh berdiO‘zbekistonlik bankir va “Anorbank”ning asosiy aksiyadorlaridan biri Qahramonjon Olimov xalqaro qidiruvga berilgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, bank mijozlari orasida uning faoliyatiga oid savollarni yuzaga keltirdi. Bank va Markaziy bank vaziyatga munosabat bildirib, “Anorbank” odatdagi tartibda ishlayotganini ma’lum qildi.Bank matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan holat aksiyadorlardan birining shaxsiy masalalariga taalluqli ekanini ma’lum qildi. Bankka ushbu holat yuzasidan vakolatli organlardan rasmiy tasdiq yoki so‘rov kelib tushmagan. Markaziy bankning bildirishicha, alohida aksiyador bilan bog‘liq holat bankning kundalik operatsion faoliyati va moliyaviy barqarorligini belgilamaydi.https://kapital.uz/uz/olimov-qidiruvda-anorbank/Telegram | Instagram |


Kapital.uz — biznes yangiliklari
22 Sept, 13:45
Toshkentda samolyotlarga aviakerosin quyish majmuasi sotuvga chiqarildiDavlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkentning Sergeli tumanida havo kemalariga aviatsiya yoqilg‘isi quyish majmuasini sotish bo‘yicha ommaviy savdolar boshlanganini ma’lum qildi.Xususiylashtirish jarayonida mahalliy va xorijiy ishtirokchilar qatnashishi mumkin. Savdolar ikki bosqichda o‘tkaziladi: obyektni sotib olishga qiziqish bildirish va majburiy takliflarni taqdim etish. Investorlar arizasi 23-oktyabrgacha qabul qilinadihttps://kapital.uz/uz/aviakerosin-quyish-majmuasi/Telegram | Instagram | Facebook | YouTube


Kapital.uz — biznes yangiliklari
22 Sept, 13:05
Sila Sveta Toshkentdagi Sublimation Festival 2026 ning vizual konsepsiyasini yaratadiSublimation xalqaro elektron musiqa va madaniyat festivali il g'or multimediya dizayni va “Turkiston” san'at saroyining me'morchiligini birlashtiradihttps://kapital.uz/uz/sila-sveta-sublimation-festival/Kapital.uz — festivalning axborot hamkori


Kapital.uz — biznes yangiliklari
22 Sept, 12:50
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun tushdiMarkaziy bank 23-sentabr uchun rasmiy valyuta kurslarini e’lon qildi.Dollar 7,63 so‘mga arzonlashib, 11 802,19 so‘mni tashkil etdi. Yevro kursi esa 41,81 so‘mga pasaydi.Telegram | Instagram | Facebook | YouTube


Kapital.uz — biznes yangiliklari
22 Sept, 12:24
TBC Uzbekistan avtomobil xaridi uchun TBC Avto xizmatini ishga tushirdiFoydalanuvchi ilovada o‘zining ehtiyojlari va budjetiga mos avtomobilni tanlashi mumkin. Kerakli avtomobil mavjud bo‘lmasa, tizim muqobil variantlarni ham ko‘rsatadi.Avtomobil tanlangandan so‘ng mijoz xaridni o‘z mablag‘i hisobidan yoki kredit orqali amalga oshirish usulini tanlaydi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobilni ilovada tanlashdan tortib, kalitlarni olish va avtosalondan chiqishgacha bo‘lgan jarayon 24 soat ichida yakunlanishi mumkin.https://kapital.uz/uz/avtomobil-xaridi-tbc-avto/Telegram | Instagram | Facebook | YouTube


Kapital.uz — biznes yangiliklari
22 Sept, 11:15
O‘zbekiston kompaniyalariga xalqaro fyuchers savdosida qatnashishga ruxsat berilishi mumkinO‘zbekiston kompaniyalariga xalqaro bozorlardagi tovar fyucherslari savdosida qatnashish imkonini berish taklif qilinmoqda. Hujjat Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida jamoatchilik muhokamasiga joylashtirilgan.Xalqaro birja vositachilari O‘zbekiston kompaniyalarining xorijiy birjalardagi savdolarda ishtirok etishini ta’minlaydi va ular bilan bog‘liq xatarlarni boshqaradi. Bunday vositachilar O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasida ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi.https://kapital.uz/uz/fyuchers-savdosida-ishtirok/Telegram | Instagram | Facebook | YouTube


Kapital.uz — biznes yangiliklari
22 Sept, 09:54
O‘zbekistonda uy-joy savdosi yil boshidan buyon 18,4%ga oshdi2026-yil yanvar–avgust oylarida mamlakatda 222,5 mingta uy-joy oldi-sotdi bitimi tuzildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,4%ga ko‘p.Avgust oyida qariyb 25,1 mingta bitim rasmiylashtirildi. O‘tgan yilning avgust oyiga nisbatan bu ko‘rsatkich deyarli o‘zgarmagan — o‘sish 0,2%ni tashkil etdi.https://kapital.uz/uz/avgustda-uy-joy-savdosi/Telegram | Instagram | Facebook | YouTube


Kapital.uz — biznes yangiliklari
22 Sept, 08:20
Milliy kutubxona ortidagi 1,3 gektar hudud avtoturargoh tashkil etish uchun auksionga chiqariladiAlisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ortidagi 1,3 gektar hududda tartibli avtoturargoh tashkil etish va jamoat makonini obodonlashtirish rejalashtirilmoqda.Obyektdan 10 yil foydalanish huquqini qo‘lga kiritadigan xususiy sherik investitsiya majburiyatlarini bajarishi, shuningdek, hududni saqlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishni ta’minlashi kerak. Avtoturargoh xizmatlaridan tushadigan mablag‘larning 20%i shahar budjetiga yo‘naltiriladi.https://kapital.uz/uz/1-3-gektar-hudud-avtoturargoh/Telegram | Instagram | Facebook | YouTube


Kapital.uz — biznes yangiliklari
22 Sept, 07:15
Toshkent—Nukus tezyurar poyezdi qatnovi kelasi yil mart oyidan yo‘lga qo‘yiladiNatijada safar vaqti 16 soatdan 7 soatga qisqaradihttps://kapital.uz/uz/toshkent-nukus-mart/Telegram | Instagram | Facebook | YouTube


Kapital.uz — biznes yangiliklari
22 Sept, 06:50
Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan uchrashdiUchrashuvda O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindihttps://kapital.uz/uz/mirziyoyeva-bmt-qarorgohida/Telegram | Instagram | Facebook | YouTube


Kapital.uz — biznes yangiliklari
22 Sept, 05:50
O‘zbekistonda tajriba tariqasida “Yashil AI” moduli ishga tushiriladiPrezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Unda mahallalarda ekologik muhitni yaxshilash va ko‘chatlarni saqlab qolish samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.Shuningdek, “Yashil AI” modulini tajriba tariqasida ishga tushirish ko‘zda tutilgan. Sun’iy intellekt yordamida tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinib, ko‘chat ekish uchun mos maydonlar va daraxt turlari bo‘yicha tavsiyalar beriladi.https://kapital.uz/uz/yashil-ai-moduli/Telegram | Instagram | Facebook | YouTube


Kapital.uz — biznes yangiliklari
22 Sept, 05:20
O‘zbekiston banklarida dollar ayirboshlash kursi 22.09.2026Telegram | Instagram | Facebook | YouTube


Kapital.uz — biznes yangiliklari
21 Sept, 14:25
O‘zbekistonda startaplarga 2 mlrd so‘mgacha davlat yordami ajratilishi rejalashtirilmoqdaOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi innovatsion startaplarni qo‘llab-quvvatlash tizimini isloh qilish bo‘yicha loyiha ishlab chiqdi. Unda qayd etilishicha, har yili kamida 50 ta startap davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi mumkin. Buning uchun 40 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.2027-yil 1-yanvardan boshlab startaplar uchun ariza topshirish, saralash va moliyalashtirish jarayonlarini to‘liq raqamli formatga o‘tkazish taklif qilinmoqda. Buning uchun maxsus platforma, shuningdek, ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar reyestri tashkil etiladi.https://kapital.uz/uz/startaplarga-2-mlrd-somgacha/Telegram | Instagram | Facebook | YouTube


Kapital.uz — biznes yangiliklari
21 Sept, 13:45
Ichki valyuta bozorida chet el valyutasiga talab $44,3 mlrdga yetdiTalabning asosiy qismini yuridik shaxslar tashkil etgan. Hisobot davrida ular tomonidan $34,7 mlrd, jismoniy shaxslar tomonidan esa $9,6 mlrd miqdorida chet el valyutasi xarid qilingan.Yanvar-avgust oylarida ichki valyuta bozoridagi jami taklif $38,2 mlrdga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25,5% yoki $7,8 mlrdga oshgan. Hisobot davrida aholi tijorat banklariga qariyb $16,6 mlrd miqdorida chet el valyutasini sotgan.https://kapital.uz/uz/ichki-valyuta-bozori-avgust/Telegram | Instagram | Facebook | YouTube


Kapital.uz — biznes yangiliklari
21 Sept, 13:03
O‘zbekistonliklarning inflyatsion kutilmalari 9,8%gacha pasaydiOyiga 30 mln so‘m va undan yuqori daromad oladigan respondentlar kelgusi 12 oy uchun inflyatsiyaning eng yuqori prognozini berdi — 15,8%. 15–20 mln so‘m daromad oladiganlar 12,4%lik, 7–15 mln hamda 20–30 mln so‘m daromadli guruhlar esa 10,5–11%lik narxlar o‘sishini kutmoqda.Hududlar kesimida narxlar o‘sishining eng yuqori prognozi Farg‘ona viloyatida qayd etildi — 11,7%. Keyingi o‘rinlarda Toshkent shahri va Surxondaryo viloyati bo‘ldi.https://kapital.uz/uz/avgustda-inflyatsion-kutilmalar/Telegram | Instagram | Facebook | YouTube


Kapital.uz — biznes yangiliklari
21 Sept, 12:56edited
O‘zbekistonda dollar kursi pasaya boshladiMarkaziy bank 22-sentabr uchun rasmiy valyuta kurslarini e’lon qildi.Dollar 29,77 so‘mga arzonlashib, 11 809,82 so‘mni tashkil etdi. Yevro 0,13 so‘mga qimmatlashdi.Telegram | Instagram | Facebook | YouTube


Kapital.uz — biznes yangiliklari
21 Sept, 12:03
O‘zbekistonda transport sohasiga 2030-yilgacha $9,1 mlrd investitsiya jalb qilinadi2030-yilgacha transport xizmatlari hajmini ikki barobarga oshirish, sohaga $9,1 mlrd investitsiya jalb qilish va xizmatlar eksportini $5,7 mlrdga yetkazish rejalashtirilmoqda.Xonobod va Angren shaharlari, Yangiyo‘l, Ohangaron, Olot va Termiz tumanlarini transport-logistika yo‘nalishiga ixtisoslashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Toshkent shahri, Toshkent, Andijon, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida jami 17 ta logistika markazi va terminal loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.https://kapital.uz/uz/transport-sohasi-sarmoya-2030/Telegram | Instagram | Facebook | YouTube


Kapital.uz — biznes yangiliklari
21 Sept, 10:55
Xitoylik investor Qoraqalpog‘istonda 4 tonna oltin zaxirasini aniqladiHozirgi vaqtda geologik ishlar mintaqa hududining bor-yo‘g‘i 20% ida olib borilgan. Yirik investorlar kirib kelayotgan bir sharoitda xomashyo zaxiralari to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlar yetarli emas, deya ta’kidladi davlat rahbari.Bunga misol tariqasida Qorao‘zak tumanidagi “Urusoy” konida xitoylik investor tomonidan amalga oshirilgan loyiha keltirildi. Kompaniya $33 mln sarmoya kiritib, o‘z texnologiyalarini olib kelgan. Natijada 200 gektar maydonda 4 tonna hajmda oltin zaxirasi aniqlangan. Obyektda 320 ta ish o‘rni yaratilgan.https://kapital.uz/uz/tort-tonna-oltin-zaxirasi/Telegram | Instagram | Facebook | YouTube


Kapital.uz — biznes yangiliklari
21 Sept, 10:04
Bankning sobiq aksiyadori Interpol qidiruviga berildiMadad Invest Bank’ning sobiq yirik aksiyadori va kuzatuv kengashi raisi Mo‘minjon Yo‘ldoshev Interpol orqali qidiruvga berildi. U xizmat mavqeidan foydalangan holda mablag‘larni o‘zlashtirish yoki talon-toroj qilishda gumon qilinmoqda.Red Notice Interpol bazasiga 15-sentyabr kuni O‘zbekistonning so‘roviga asosan kiritildi. Bu hibsga olish orderi emas, balki boshqa davlatlardan shaxsning qayerdaligini aniqlash va uni ekstraditsiya qilish ehtimoli bilan qo‘lga olish so‘rovi hisoblanadi.https://kapital.uz/uz/my-bank-sobiq-aksiyadori-qidiruvda/Telegram | Instagram | Facebook | YouTube


Kapital.uz — biznes yangiliklari
21 Sept, 09:00
O‘zbekistonda 8 oyda 18,3 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildiO‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–avgust oylarida tijorat banklari tomonidan 59,2 ming nafar fuqaroga uy-joy sotib olish uchun jami 18,3 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi.Ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,9 trln so‘mga oshgan. Kreditlarning o‘rtacha foiz stavkalari moliyalashtirish manbasiga qarab 16,9%–21,6% oralig‘ida shakllangan.https://kapital.uz/uz/ipoteka-kreditlari-sakkiz-oyda/Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
