Latest posts

Kelajak soati
22 Sept, 14:10
Yigitlar uchun galstuk, qizlar uchun sharf bogʻlash usullarni eslatamizErtalab darsga shoshyapsiz, kuzgi garderobingizdan joy olgan sharf, kostyum-shimga mos galstukni qanday bogʻlashni bilmayapsizmi? Unda ushbu talabalar ishtirokida tayyorlangan video aynan siz uchun.Aziz yoshlar, talabalar! Siz ham “Kelajak soati” videolarida ishtirok etishni istaysizmi? Bizga murojaat qiling, taklif va gʻoyalaringizni, kontentlaringizni yuboring. Hamkorlikka tayyormiz!Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Kelajak soati
22 Sept, 13:35
“Kelajakdagi tengdoshimga maktub” tanloviga ishlar qabul qilish to‘xtatildi!6-sentabr kuni boshlanib 20-sentabrgacha davom etgan tanlovimizga 900 dan ortiq maktub kelib tushdi.Bizga bugungi kundagi orzu va intilishlari, dunyo haqidagi o‘ylari hamda kelajak avlodga bo‘lgan umidlarini maktub orqali yetkazgan barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildiramiz.Hozirda kelib tushgan maktublar orasidan eng yaxshilarini saralash ishlari olib borilmoqda. Barcha maktublar bilan tanishib chiqish, baholash birmuncha vaqt talab etadi.📢 Tanlov natijalarini ijtimoiy tarmoq sahifalarimizda tez orada e’lon qilamiz.Bizni kuzatib boring, balki 35 nafar g‘olib orasida sizning maktubingiz ham bordir! Instagram | Telegram | Youtube | Facebook


Kelajak soati
20 Sept, 05:40
“Kelajak soati” darsining 3-mavzusi taqdimotiMavzu: Jamiyatda yashash qoidalari: ijtimoiy odob va mas’uliyatDars ssenariysi1-kontent: “Yaponlarga bir ogʻiz gap kifoya” – professor mulohazalari 2-kontent: Vaqt va talabalar 3-kontent: “Afandining gapi toʻgʻri...”mi? 4-kontent: Bir asrlik binoning yangi umri – Zamonaviy san’at markazidamiz!Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Kelajak soati
20 Sept, 05:20
“Kelajak soati” darsining oliy taʼlim muassasalari hamda kasbiy ta’lim tashkilotlari uchun mashg‘ulot ssenariysi3-mavzu: Jamiyatda yashash qoidalari: ijtimoiy odob va mas’uliyatO‘zingizga qanday munosabatni istasangiz, boshqalarning ham xuddi shunday huquqi borligini tan oling.Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Kelajak soati
20 Sept, 05:01
Bir asrlik binoning yangi umri – Zamonaviy san’at markazidamiz!Yoʻlingiz tushsa, Oʻzbekistondagi birinchi zamonaviy san'at markaziga albatta boring. Nima uchun deysizmi? Videokontent orqali tushuntirishga harakat qilganmiz.Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.Eslatma: Video kasbiy ta‘lim tashkilotlari oʻquvchilari va OTM talabalari uchun tayyorlandi.Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Kelajak soati
20 Sept, 04:40
“Afandining gapi toʻgʻri...”mi?Mashhur hajviy obraz – Nasriddin Afandiga so‘z berilsa, u jamoat odoblari haqida yoshlarimizga qanday maslahatlar bergan bo‘lardi?Sun’iy idrok yordamida bu savolga javob qidirdik.Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.Eslatma: Video kasbiy ta‘lim tashkilotlari oʻquvchilari va OTM talabalari uchun tayyorlandi.Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Kelajak soati
20 Sept, 04:20
Vaqt va talabalarKechikish – kim uchundir xavfli signal, kim uchundir kechirilmas xatolik, kim uchundir odobsizlikdir. Yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari aynan shu mavzuda fikr va keyslarini ulashdi.Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.Eslatma: Video kasbiy ta‘lim tashkilotlari oʻquvchilari va OTM talabalari uchun tayyorlandi.Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Kelajak soati
20 Sept, 04:04
“Yaponlarga bir ogʻiz gap kifoya” – professor mulohazalariYaponlar nafaqat texnologiyalari, balki jamoat odoblari bilan ham dunyoga mashhur. Shu mavzuda Nagoya iqtisodiyot universiteti “Huquq” fakulteti professori, yurtdoshimiz Alisher Umirdinovning fikrlariga qiziqdik.Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.Eslatma: Video kasbiy ta‘lim tashkilotlari oʻquvchilari va OTM talabalari uchun tayyorlandi.Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Kelajak soati
16 Sept, 11:20edited
“Kelajak soati” kutubxonasi – “Hayot endi boshlanadi”Kitoblarni mutolaa qilish yoqimli mashgʻulot, audio kitoblarni eshitishni ham oʻziga yarasha zavqi bor. Lekin kitoblarni video orqali “tomosha qilish”ga nima deysiz?“Kelajak soati”dan yangi tuhfa: yozuvchi Abduqayum Yoʻldoshevning “Hayot endi boshlanadi” hikoyasini kadrlarga koʻchirib, voqealarni sun’iy idrok yordamida aks ettirdik. Jonli mutolaaga oʻzingiz baho bering.Hikoyani Dilniyoz Gʻafforov oʻqidi.Videoning to‘liq variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.Yana qaysi adabiy asarlarni jonlantirishimizni xohlaysiz?Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Kelajak soati
12 Sept, 12:20
“Kelajak soati” darsining 2-mavzusi taqdimotiMavzu: Inson kapitali nima va nega u muhim?Dars ssenariysi1-kontent: Inson kapitalini rivojlantirish yo‘lidagi qadamlar 2-kontent: Talabalar oʻz inson kapitalini kuchaytirish uchun nimalar qilmoqda? 3-kontent: Diplom yoki ko‘nikmalar – Ish beruvchilar uchun qay biri muhim? 4-kontent: 14 soatlik bepul imkoniyat: Toshkentdagi Kreativ park bilan tanishamiz!Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Kelajak soati
12 Sept, 12:02
“Kelajak soati” darsining oliy taʼlim muassasalari hamda professional ta’lim muassasalari uchun mashg‘ulot ssenariysi2-mavzu: Inson kapitali nima va nega u muhim?Inson kapitali – mamlakat uchun iqtisodiy o‘sish va raqobatbardoshlik manbai bo‘lsa, jamiyat uchun farovonlik, ijtimoiy barqarorlik va yangi imkoniyatlar manbaidir. Shaxs uchun esa professional rivojlanish, daromad va tanlov imkoniyatlarini kengaytiruvchi asosiy omillardan biridir.Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Kelajak soati
12 Sept, 11:40
14 soatlik bepul imkoniyat: Toshkentdagi Kreativ park bilan tanishamiz!Bir binoning o‘zida o‘qish, ijod, til, kulolchilik, kitobxonlik va volontyorlik bilan shug‘ullanishingiz uchun imkoniyat bera oladigan bepul kovorking markazi bilan sizlarni tanishtiramiz.Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.Eslatma: Video professional ta’lim muassasalari oʻquvchilari va OTM talabalari uchun tayyorlandi.Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Kelajak soati
12 Sept, 11:20
Diplom yoki ko‘nikmalar – Ish beruvchilar uchun qay biri muhim?O‘zbekiston ish beruvchilar uyushmasi xalqaro munosabatlar qo‘mitasi rahbari Salay Matkarimov inson kapitalini rivojlantirish va ish beruvchilarning talablari bo‘yicha yoshlarga qimmatli maslahat va takliflarini aytib o‘tdi.Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.Eslatma: Video professional ta’lim muassasalari oʻquvchilari va OTM talabalari uchun tayyorlandi.Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Kelajak soati
12 Sept, 11:01
Talabalar oʻz inson kapitalini kuchaytirish uchun nimalar qilmoqda?Inson kapitalini rivojlantirayotgan yoshlarga mikrofon tutdik. Ular shaxsiy tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.Siz-chi, oʻz inson kapitalingizni rivojlantirish uchun nimalar qilyapsiz?Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.Eslatma: Video professional ta’lim muassasalari oʻquvchilari va OTM talabalari uchun tayyorlandi.Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Kelajak soati
12 Sept, 10:37
Inson kapitalini rivojlantirish yo‘lidagi qadamlarBugungi kunga kelib inson kapitalini rivojlantirish uchun qanday qadamlar tashladik? Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan Milliy dastur orqali bu savollarga javob qidiramiz va keyingi rejalarga e’tibor qaratamiz.Eslatma: Video professional ta’lim muassasalari oʻquvchilari va OTM talabalari uchun tayyorlandi.Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Kelajak soati
6 Sept, 11:31
“Kelajak soati” darsining 1-mavzusi taqdimotiHurmatli professor-ustozlar! Sizlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida endilikda darslarimiz uchun taqdimot ham tayyorlanib, kanalimizga joylab boriladi. Bu qulaylik sizlarga yoqadi degan umiddamiz!Mavzu: “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”Dars ssenariysi1-kontent: Biz bugun kechagidan kuchlimiz, ertaga bundan ham kuchli boʻlamiz! 2-kontent: Mustaqillik va biz! 3-kontent: Talabalik maktublari 4-kontent: Yangi Toshkent shahridamizBizni kuzatib boring: Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Kelajak soati
6 Sept, 11:10edited
“Kelajak soati” darsining oliy taʼlim muassasalari hamda professional ta’lim muassasalari uchun mashg‘ulot ssenariysi1-mavzu: “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”Mustaqillikning eng katta natijasi faqat mustaqil davlatning mavjudligi emas. Uning eng katta natijasi yagona, jips, birlashgan xalqdir. Yagona Vatanimiz bor. Bizni birlashtiradigan umumiy kelajak bor. Bu kelajakning muallifi esa – bizning oʻzimiz.Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Kelajak soati
6 Sept, 10:31
Yangi Toshkent shahridamiz2023-yilda tamal toshi qoʻyilgan Yangi Toshkent shahri hududida bunyodkorlik ishlari jadal olib borilmoqda. E’tiborli tarafi, eng birinchi foydalanishga topshirilayotgan binolar – aynan ilm maskanlari. Yangi shahar boʻylab birgalikda sayr qilishga nima deysiz?Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.Eslatma: Video professional ta‘lim muassasalari oʻquvchilari va OTM talabalari uchun tayyorlandi.Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Kelajak soati
6 Sept, 10:11
Talabalik maktublariAjdodlarimiz qanday davrda va qanday sharoitda yashamasin, ilm izlashdan va yangilikka intilishdan to‘xtamagan. Biz turli davrda yashagan talabalarning maktublarini bir videoga jamladik. Maktublarga real yozishmalar asos qilib olingan.Endi esa siz o‘zingizni 35 yildan keyin yashayotgan tengdoshingizga maktub yozayotgan inson sifatida tasavvur qiling. Unga bugungi hayotingizni qanday tasvirlagan bo‘lardingiz? Bugungi dunyo, orzu va intilishlaringiz, sizni o‘ylantirayotgan masalalar, kelajakdan kutayotgan umidlaringiz haqida nimalarni aytmoqchisiz? Eng muhimi, undan qanday javob eshitishni istaysiz?Maktubingizni 20-sentyabrga qadar ushbu bot orqali yuboring. Maktub hajmi 250 so‘zdan oshmasligi kerak.Eng yaxshi deb topilgan 35 nafar ishtirokchi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan tashakkurnoma hamda maxsus esdalik sovg‘alari
Kelajak soati
6 Sept, 09:50
Mustaqillik va biz!Uch avlod vakillari: taniqli shoir Eshqobil Shukur, professor Saida Beknazarova hamda umidli talaba Pahlavon Gʻulomov mustaqillikka oid mulohazalari bilan boʻlishdi.Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.Eslatma: Video professional ta‘lim muassasalari oʻquvchilari va OTM talabalari uchun tayyorlandi.Bizni kuzatib boring: Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
