Latest posts

Adilkhan
1 Jul, 16:06edited
TILU SummitShu kompaniyada ishlayotganimga bir yil bo’ldi.Ko’p narsa o’rgandim. Operatsion jarayonlar, marketing. Dars berishni ham.Astanadagi safarimiz nihoyasiga yetyapti. Asosiy maqsad shu summitda qatnashib, uzoqdan kuzatib yurgan Assel Amangeldi opaga rahmat aytish edi.O’zbekistonga taklif qildim. Yaqinda kelaman dedi.@kenpeilov
Adilkhan
25 Jun, 18:47edited
Hiking in AlmatyOhirgi ikki kun Olmaota tog’larida o’tkazdim (Alma-Arasan va Butakovka)Eng tiniq fikrlar odatda shunaqa joylarda keladi.@kenpeilov
Adilkhan
6 Jun, 12:17
forwarded from @azizrakhimov_blog
Yozishga undov-Meni ishga olmaysizmi? -Nima yutug’ingiz bor? -IELTS writingdan 8.0 olganman. -Ertadan ishga chiqavering.Bir yil avvalgi suhbat.Serial ko’rib, podkast eshitib listeningdan baland olish mumkindir.So’z yodlab, maqola o’qib, readingdan baland olish mumkindir.Yozmadan baland olish uchun esa jurnalist darajasida yoza olish kerak.Writingdan 8.0 olish qiyinligini his qilmoqchi bo’lsangiz, o’zbek tilida insho yozishga harakat qilib ko’ring. 40 daqiqa vaqtingiz bor.Yozma nuqtning zo’rligi faqat yozma nutq zo’rligini ko’rsatmaydi. Yozuvchida fikrlash, sabr, eruditsiya borligini ko’rsatadi.Yozma ishlarini sun’iy intellektga to’liq yozdirayotganlar zalga chiqib, yukini damkratga ko’tartirayotganlarga o’xshaydi.
Adilkhan
31 May, 16:29edited
Nima uchun Hiking1. PresenceEkranli qurilmalarni deyarli ishlatmaysiz. Faqat rasm yoki video uchun, xolos. Shunchaki bo’lasiz.2. JismonanCardiovascular chidamlilik oshadi, oyoq va gluteslar yonadi. Har bir qadamda baquvvatlashib borasiz.3. RuhanTabiatda yurar ekansiz, cortisol tushadi. Ko’proq yurib, ko’proq o’ylaysiz. Eng yaxshi fikrlar ko’pincha harakat qilganda keladi._____Gonkongda kuchli hiking madaniyatini ko’rib, shu narsani vatanda ham qilsa zo’r bo’lardi deb yuraverdim. Endi ko’ryapman, vatanda ham ommalashib boryapti.Siz ham chiqing. Komfort zonangizdan, xonangizdan. Bormagan joylarga boring, gaplashmagan odamlar bilan gaplashing.
Adilkhan
27 May, 17:56edited
Kichkina tanafusdan keyin qaytdim.Menga eng qulay format - vlog. Va qaysi format qulay bo'lsa, o'sha davom etadi.Bu safar Canton Fair dan Digital Plus Forum gacha, so'nggi ikki oyning lavhalari.Mazza qilib ko'rasizlar degan umiddaman. Ozgina bo'lsa ham, yozni mazmunli o'tkazishga ilhomlantira olsam bas.▶️ https://youtu.be/cNmnsLWOHqoYouTubeBir haftalik "zerikarli" hayot (dunyoning eng zo'r shaharida)Instagram: https://instagram.com/adilkenpeilov Telegram: https://t.me/kenpeilov
Adilkhan
13 May, 03:12edited
Univerda birinchi yilimni tugatdim.Dormimni eshigini birinchi marta ochkanimda va oxirgi marta yopvotkanimda boshqacha bir inson bo'ldim deb o'ylayman.Chet elga musofir bo'larkansiz, musofirning o'ziga yarasha axloqlari bor.Siz har kuni nafsingiz bilan kurashasiz. Ertalab 9:30 dagi lecture ga boramanmi, yo'qmi. Bormasligingiz mumkin. Lekin keyin narxini to'laysiz.Siz har kuni zino qilishingiz, alkogol ichishingiz, tungi klublarga borishingiz mumkin. Hech kim ko'rmaydi. Lekin keyin narxini to'laysiz.Siz har kuni noto'g'ri ovqatlanib, sport bilan shug'ulanmay yurishingiz mumkin. Yoshsiz, bilinmasligi mumkin. Lekin keyin narxini to'laysiz.Musofir bo’lib ko’rish kerak deb o'ylayman. Qaysi tish pastasi yaxshiroq, qaysi matras uyqumni yaxshilaydi, qaysi insonlar bilan do'st bo'lay, qaysi davlatga sayohat qilay degan savollarni o'zingizga berasiz.Va o'sha jarayonda aynan o'zingiz
Adilkhan
5 May, 08:08
Canton Fair 2026.Dunyodagi eng katta savdo ko'rgazmasi. Xitoyning eng zamonaviy mahsulotlari, hammasi bir joyda.Aylanib yurarkanman, ko'p o'zbek tadbirkorlarni ko'rdim. Bu tasodif emas.Universitet deganda ko'pchilik faqat dars va imtihonlarni o'ylaydi. Lekin eng zo'r narsalar tashqarida bo'ladi. Ko'rgazmalar, meetinglar, dinnerlar. Yangi odamlar bilan suhbatlar.Birinchi marta hamma narsa noaniq ko'rinadi. Ikkinchi, uchinchi safar borganingizda savollar o'zgaradi: bu mahsulot bizning bozorga mos keladimi? Buni olib kirsa bo'ladimi?Tadbirkorlar bilan gaplashib, bir pattern ko'rasiz. Hammasi bir kun risk olgan. Hammasi.Guangzhouni sog'ingandim. Va o'zimizning "e ukam, qalesan" degan oddiy so'zlarni sog'ingandim. Milliy taomlarni sog'ingandim.Menimcha, uyga qaytish vaqti keldi.@kenpeilov
Adilkhan
21 Mar, 13:02
Sog‘liqqa e’tibor bering.Kam uxlash va ko‘proq ishlash tanangizni to‘kib qo‘yadi. Yoshlikdagi eng yaxshi investitsiya, bu sog‘liqqa jiddiy qarashdir.Bir xil vaqtda uxlash va uyg‘onish. To‘g‘ri ovqatlanish. Muntazam sport bilan shug‘ullanish.Bular savol qilinmaydigan, odatga aylanishi kerak bo‘lgan ishlar. Chunki sog‘lom tana sizga ko‘proq va samaraliroq ishlash imkonini beradi. Eng muhimi, hayotdan ko‘proq zavq olasiz.Shuning uchun bugundan boshlab nima yeyayotganingizga e’tibor bering (iloji boricha sun’iy shakarni kamaytiring, tabiiy ovqatlarga o‘ting), yuring, yuguring, zalga chiqing.Harakat qiling. Va vaqt o‘tishi bilan diqqatingiz ham, hayotdan oladigan zavqingiz ham oshadi.@kenpeilov
Adilkhan
20 Mar, 05:44
Hayit muborak bo‘lsin🤍Bu mening uydan uzoqda o‘tkazgan birinchi Ramazonim bo‘ldi. Yaqinlarimning o‘rni juda bilinib qoldi.Hong Kong esa tasavvurimdan butunlay boshqacha chiqdi. Har kuni masjidda iftorliklar, turli millatdagi insonlar bilan suhbatlar.Bu oy men uchun katta tajriba va o‘sish bo‘ldi.@kenpeilov
Adilkhan
19 Mar, 03:27
Kitob o’qishni o’rganingRamazon oyida o‘zim uchun foydali odatlar challenge boshlagan edim.Birinchi odat bu kitob o‘qish. Lekin shunchaki o‘qish emas, balki o‘rganganlarimizni tahlil qilish va summary yozib, do‘stlar guruhiga yuborish.Bugun challengening 29-kuni.Shu vaqt ichida o‘qigan kitoblarim:1. Pul psixologiyasi by Morgan Housel 2. Poor Charlie’s Almanack 3. Xissiy intellekt by Daniel Goleman 4. Principles by Ray Dalio. 5. Psychology and Life Textbook (Psixologiya kursimdan, ancha qiynadi) 6. Sociology Textbook (Sotsiologiya kursimdan, bu lekin sindirvordi)Bu challenge orqali kitob o‘qishni o‘rgandim. Eng muhimi, do‘stlarim bilan har hafta o‘rganganlarimizni tahlil qilganimiz sabab, fikrimni aniqroq va ravonroq yetkazishni yaxshiladim.Lekin eng katta o‘zgarish o‘qish qobiliyatimda bo‘ldi. Asosiy xulosa shunaqa: Kitob o‘qishning o‘zi yetarli emas. Undan nimadir olib,
Adilkhan
18 Mar, 06:25
Davomiylik muhim.Bir ishni boshlaysiz. Boshida motivatsiya baland bo‘ladi.“Buni oxirigacha olib boraman, katta natija qilaman” deb o‘ylaysiz. Keyin esa bu hissiyot yo‘qoladi. Zerikish boshlanadi.“Bu ish menga yoqmayapti” “Balki bu men uchun emasdir” “Keling boshqa narsa qilib ko‘ray”Va siz yana boshidan boshlaysiz. Lekin bu muammo takrorlanaveradi. Natijada siz bir joyda aylanib yuraverasiz.Muammo davomiylikda. Shuning uchun oddiy qoida: Nimani boshlasangiz, uni davom ettiring.Blog boshlayapsizmi, davomiy bo’lsin. Video har doim chiqmasligi mumkin, lekin har kuni matn yozish mumkin.IELTS o‘qiyapsizmi, hammasi oson tuyulyaptimi. Demak siz o‘sishdan to‘xtagansiz. Qiyinroq material oling.Rivojlanish har doim biroz noqulay bo‘ladi. Eng muhim joyi esa shu zerikkaningizda ham to‘xtamaslik.
Adilkhan
8 Mar, 17:31
Abu Dhabi Vloghttps://youtu.be/uOTB5uwNINo?is=IlvHJvQ-n65wQkT-Abu Dhabiga qilgan sayohatim davomida ko’rganlarim va eng qiziqarli momentlarni ushbu vlogda ko’rishingiz mumkin.@kenpeilov
Adilkhan
2 Mar, 13:38
SAT haqida ko‘p savollar keladi.Shu videoni ko‘rishni tavsiya qilaman. Juda ochiq va chuqur suhbat bo‘lgan.Umuman olganda, inson bir ishni boshlayotgan paytda uni boshidan qo‘llab-quvvatlash juda muhim.Do‘stim Najmitdin hozir Kanadadagi Toronto Universitetida o‘qiydi.https://youtu.be/IfhnHSxAEaQ?si=E3P8cYHyjzMhN1thYouTubeSAT haqida to’liq ma’lumot | Najmitdin MukhitdinovSAT ga maxsus platforma orqali tayyorlaning: https://prepai.zamonai.uz _____________ Bu videoda SAT imtihoni haqida to'liq ma'lumot olasiz — u o'zi nima, qanday formatda o'tkaziladi, va eng muhimi, qanday qilib sizning hayotingizni o'zgartirishi mumkin.…
Adilkhan
27 Feb, 11:51
Prokrastinatsiyani yengish uchun oddiy ko‘nikma.20 minutlik timer qo‘ying va ishni boshlang.Kitob o‘qigim kelmayotgandi, lekin “faqat 20 minut o‘qiyman” deb boshladim. Natijada, 1 soatda bir bobni tugatib qo‘ydim.Atigi 20 minut. Trenirovka. Til o‘rganish. Mashq qilish.Timer ozgina bosim beradi va harakatni boshlashni osonlashtiradi.Boshlasangiz, oqimga kirish ehtimolingiz keskin oshadi.@kenpeilov
Adilkhan
25 Feb, 07:32
O’n sakkiz.Yaqin do’stim aytgandek, bu shunchaki raqam.Shu yoshga yetibman, orqaga qarayman. Qanchalik ajoyib yo‘l menga nasib etganini ko‘raman. Har bir qiyinchilikda boshimni egmasdan, oldinga yurishimga kuch bergan ekan.Shu yoshga yetibman, oldinga qarayman. O‘zimni qiyin va uzoq muddatli ishlarga bag‘ishlayman. Maqsadim ko‘p xato qilish, yiqilish, lekin hech qachon taslim bo‘lmaslik.Bu faqat boshlanishi.@kenpeilov
Adilkhan
22 Feb, 14:13
Yoshlar uchun umumiy hayotiy maslahatlaringiz qanday?Har kuni uyg‘ongan paytingizdagidan bir oz donoroq bo‘lishga harakat qiling. Vazifalaringizni sidqidildan va sifatli bajaring. Siz asta-sekin oldinga siljiysiz, lekin bu har doim ham tez sakrashlar bilan bo‘lmaydi.Ammo aynan shu jarayon sizni keyingi tez o‘sishlarga tayyorlaydi. Har kuni, bir qadamdan, bir dyuymdan ilgarilang. Oxir-oqibat, agar yetarlicha uzoq yashasangiz, ko‘pchilik kabi hayotdan o‘zingiz munosib bo‘lgan natijani olasiz.Hayot va uning turli bosqichlari qiyin bo‘lishi mumkin, ba’zan juda qiyin. Uning sinovlariga dosh berishda menga yordam bergan uchta narsa:• Past kutilmalar bilan yashang • Hazil tuyg‘usini yo‘qotmang • O‘zingizni do‘stlar va oilaning mehriga o‘rangEng muhimi, o‘zgarishlar bilan yashang va ularga moslashing. Agar dunyo o‘zgarmaganida, men hamon 12 handikap bilan qolgan bo‘lardim.Charlie
Adilkhan
18 Feb, 15:49
Ramazon oyi muborak bo‘lsin🤍Bu oy qalbni poklash, niyatlarni tozalash va Yaratganga yaqinlashish uchun eng go‘zal imkoniyat. Ro‘zalarimiz, duolarimiz va ibodatlarimiz qabul bo‘lsin.Barchamizga sabr, baraka va hidoyat tilayman.
Adilkhan
16 Feb, 10:43
Ishi yo’q do’stingning random dushanbasi@kenpeilov
Adilkhan
3 Feb, 09:12edited
Semestr boshlanishi bilan Abu Dhabiga uchib ketdim.U yerda @usumprep ustida faol ishladik va birinchi mentorship dasturimizga start berdik.@ieltsadil endi yopiq hamjamiyat bo‘ladi. U yerda hech qanday gatekeeping siz, faqat maqsadga muvofiq va ishlaydigan strategiyalar bilan bo‘lishaman.NYUADni ko‘rdik. Juda kuchli universitet ekan: insonlar, dormlar, facilities. Hammasi yuqori darajada.Entrepreneurship Festivalda qatnashdik: Whoop CMO, F1 World Champion va turli unicorn kompaniyalar founderlarining suhbatlarini tingladik.Shu tajribalar haqida keyingi postlarda alohida yozaman.@kenpeilov
Adilkhan
26 Jan, 07:10
Bugun New York University in Abu Dhabi da mehmondaman.Bu yerda talabalar hayoti qanday, hamda shunaqa nufuzli universitetga qanday kirish mumkin - shu mavzuda YouTube uchun video tayyorlayapmiz.Universitetga topshirish boyicha qanday savollaringiz bolsa, bemalol shu videoni tagiga yozib qoldiring.Videoda imkon qadar barchasiga javob berishga harakat qilamiz.@kenpeilov
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
