gram news
G‘oyalar va soyalar channel avatar

G‘oyalar va soyalar

@khurshidyuldosh

Xurshid Yo‘ldoshev falsafasi, tahlili va kuzatuvlari, shaxsiy va subyektiv Blog: https://khyuldoshev.wordpress.com Youtube: https://youtube.com/@goyalarvasoyalar Oldi-qochdi luqmalar, tuyqus xayollar bu yerda: @khurshidyuldosh_lite

ProjectsUZBlogs

2,090subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • G‘oyalar va soyalar

    21 Sept, 10:03edited

    Odatda meni podkastlarga falsafiy suhbat uchun chaqirishmaydi – mavzu ko‘pincha kundalik ijtimoiy, madaniy masalalar, kitoblar haqida bo‘ladi. Tadbirkor, TEAM universiteti hamta’sischisi Hikmat aka (Abdurahmonov) “Fikr yetakchilari” podkastiga falsafiy mavzuda suhbatga taklif qilganlarida hayron bo’ldim, bo‘libam asosiy auditoriyasi tadbirkorlar bo‘lgan podkastga. Tadbirkorlarga falsafa qanchalik qiziq bilmayman, ammo qorni va ko‘zi to‘q odamlarga qiziq bo‘lishi tayin. Qiziqish samimiy bo‘lganidan mamnun bo‘ldim. Taklif uchun Hikmat akaga, challenge uchun Laziz akaga (Adhamov) minnatdorlik bildiraman.👉🏻 TO‘LIQ KO’RISH UCHUN
  • G‘oyalar va soyalar

    21 Sept, 07:14edited

    Bu kanal nomidagi “G‘oyalar va soyalar” shunchaki badiiyat emas, balki falsafiy ta’limotlar va faylasuflar o’rtasidagi muhim katta bo‘linish yoki toifani ifodalashi haqida bu yerda yozgan edim. Shunchaki o‘z kuzatuvim asosida bu ikki toifani shartli “ratsionalist” va “empirisist” lagerga ajratish ham mumkinligini bu yerda aytgandim. Uilyam Jeyms 1906-yili so‘zlagan Pragmatizm haqida ma’ruzasida ayni shu narsani aytgan ekan.Falsafa tarixi nafaqat aqllar va tajribalar, balki temperamentlar kurashidan iborat deydi u. Bu fikrga qo‘shilaman. Agar empirisist va ratsionalist lagerlardagi faylasuflarning biografiyasi bilan tanishsangiz, ularning qarashlari va xarakteri o‘rtasida qandaydir korrelatsion patternni sezasiz. (Siyosiy va mafkuraviy qarashlar ham temperamentdan ta‘sirlanadi.) Jeyms ham xuddi shunga urg‘u beribdi. Ammo u keltirgan ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin.Lekin baribir
  • G‘oyalar va soyalar

    19 Sept, 08:35

    Etika haqida tushunchalarimiz ancha sayoz, odatda shunchaki nasihatni etika deb hisoblaydilar. Vaholanki, Axloq falsafasi yuksak intellektual, bahslarga boy sohadir. Yuqoridagi postdagi audioni tinglaganlar buni qisman tushungan bo’lishi mumkin.2 yil oldin, 1000Kitob tarjima loyihasida Julia Drayverning “Etika: asoslar” kitobi tarjima qilingan edi. Qizg’onchiqlik qilib hech kimga bermay, tahririni o‘zim qilgandim (Tarjimon Jamshid Muslimov). Nihoyat 2 yil o‘tib shu kitob qo‘limga tegdi (asli o‘tgan yili bosilgan). Oradan vaqt o‘tkazib oqilganda matndagi xatolar ancha ko’zga tashlanib qoladi. Aftidan, kitob yaxshi chiqqan, bundan xursand bo‘ldim. Yengil kitob o‘qishga o‘rganib qolganlarga biroz og‘irlik qilishi mumkin, ammo diqqat qilib, shoshmay mutolaa qilganlar anchagina ma‘lumot oladi.Menimcha, o‘zbek tilida zamonaviy etika boyicha, ayniqsa, uning nazariy asoslari bo‘yicha
  • G‘oyalar va soyalar

    15 Sept, 13:03edited

    Utilitarizm nima? Xudbinlikmi yoki oliyhimmatlik? (Audio)Bugungi kundagi eng muhim axloqiy-falsafiy ta‘limotlardan biri – utilitarizm. Bu ta‘limot haqida juda ko‘p xato tushunchalar, qarashlar bor. Kimdir uni lazzatparastlik, egoizm deydi. Kimdir unga zamonaviy kapitalistik dunyoning illati deb qaraydi. Chindan shundaymi? Bu tushunchalarda qanchalik asos bor?Shu haqda Jamshid Muslimovning falsafa klubida suhbatlashdik. Mehmon so‘zlovchi sifatida o‘z fikrlarimni bildirdim. Ovoz professional darajada emas. Ammo aytilgan gaplar tor doirada qolib ketishini ham istamadim. Kimningdir tasavvurlarini tiniqlashtirib olishiga yordam bersa, shundan xursand bo‘laman.Suhbat Shamsi qamar teatrida bo‘lib o‘tgan.👉🏻 To‘liq suhbatni tinglang
  • G‘oyalar va soyalar

    10 Sept, 15:08

    Alifboni o‘zgartirish haqidagi qonun loyihasini Senat tasdiqlaganmish.Aftidan, uch alifbolik bo‘lib qoldik: kirill, eski lotin, yangi lotin. Eski lotinda maktab bitirganlarning kattasi qirqqa chiqib qo’ydi. Ularning ham ko‘pi ham kirill, ham lotinda o‘qiydi va yozadi.Davlat qonun bilan odamlarni yangi alifboga baribir majburlab o‘tkazishi qiyin. Odamlar o‘ziga qulay yozuvda yozaveradi, yozadiganlar bor ekan, ularni o‘qiydiganlar ham bo‘ladi. Yangi lotinda maktab bitiradiganlar ham eski lotinda o‘qib-yozaveradi. Shu kungacha lotini bormi, kirilli bormi deb so‘rar edik, endi bunga eski lotin, yangi lotin qo‘shiladi.Savol: shu o‘zgarish biz qilishimiz kerak bo‘lgan eng muhim va dolzarb o‘zgarish edimi? Boshqa muammolar yo‘qmi? Barini hal qilib bo‘ldikmi?Maktab darsliklari bir ahvolda edi, endi ularni yana qayta bosamiz, kim uchundir mumay daromad.Aksarisi kirillda yozib, kirillda
  • G‘oyalar va soyalar

    4 Sept, 04:44

    forwarded from @neojadids

    Китоб ўқимай қўйган жамият қандай ўзгаради? — Илм, тарбия ва зиёлилик ҳақида суҳбатКитоб ўқишдан воз кечган жамиятнинг келажаги қандай бўлади? Инсонга яхши яшаш учун фақат касбий билимнинг ўзи етарлими? Гуманитар фанлар, бадиий адабиёт ва фалсафа жамият ҳаётида қандай ўрин тутади?Илк суҳбатда иқтисодчи Жамшид Муслимов ва шифокор Одилхон Алимхонов ношир ва файласуф Хуршид Йўлдошев билан китобхонлик маданияти, илмга муносабат ва бола тарбияси ҳақида суҳбатлашди.Суҳбат давомида болалар ва катталарнинг китоб ўқишга қизиқиши нега пасайгани, ота-онанинг фарзанд таълимидаги ўрни, касбий билим билан умумий билим ўртасидаги фарқ, аниқ ва гуманитар фанларнинг аҳамияти, жамиятдаги этик стандартлар ҳамда «яхши ҳаёт кечириш учун яхши ўқишнинг ўзи етарлими?» деган саволлар муҳокама қилинди.PS: Подкастнинг мақсади — илм, китобхонлик ва тафаккур маданияти ҳақида очиқ суҳбатлар орқали жамиятда
  • G‘oyalar va soyalar

    15 Aug, 18:00

    Kimning maqtovidan faxrlanib, kimning tanqididan xafa bo‘lishimiz aqliy, hissiy va axloqiy darajamizni ko‘rsatadi. Ehtimol, e'tiqodimizni ham.
  • G‘oyalar va soyalar

    15 Aug, 16:36edited

    “Mutlaq hokimiyat odamni mutlaq buzadi”. Avliyosini ham, farishtasini ham buzvoradi. Bu tarix o‘giti. Achchiq tajribalar xulosasi. Shuning uchun ham konstitutsiya bor – xalqni emas, hukmifarmolarning hokimiyat ishqi alangasini bosib turish uchun bor. Hokimiyatlarning bo‘linishi va o‘zaro tiyib turish tamoyili oltinga teng qoida. Qonun oldida shohu gado tengligi adolatning o‘q tomiri. Kuni kecha Prezident Adminstratsiyasi haqida qonun qabul qilingani e’lon qilindi. Mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega, aslida Konstitutsiyaga bitta alohida bob sifatida kirishi kerak bo’lgan, ahamiyatiga nisbatan olganda astronomik tezlikda qabul qilingan qonun bo’ldi bu. Adminstratsiyaga misli ko’rilmagan vakolatlar berildi (de facto bor edi, de jure mustahkamlab qo‘yishdi), ammo bu dargohi oliyni nima tiyib turishi, mas‘uliyati, javobgarligi nimadan iboratligini ko‘rmadim. Idora mansabdorlariga berilgan
    Ўзбекистон Республикаси ПрезидентиЎзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси тўғрисидаЎзбекистон Республикасининг Конституциявий Қонуни
  • G‘oyalar va soyalar

    14 Aug, 07:39

    Biror ma’lumotni ekranda o‘qisak, uni eslab qolishim shart emas, degan ichki ishonch bilan o‘qiymiz. Chunki u telefonda, doim yonimizda, eslab qolish uchun quvvat sarflab nima qilamiz? Agar hamma ma‘lumotlarni faqat ekran orqali olayotgan do‘lsak, deyarli hammasiga shunday munosabat qilamiz. Oqibatda diqqatimiz va xotiramiz zaiflashib boraveradi. Chunki diqqat tushunish va eslab qolish uchun kerak.Qog‘ozda o‘qisak, effekt sal boshqacharoq. Qog‘oz doim yonimizda bo‘lmaydi, kitob haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi. Yirtilishi, yo‘qolishi mumkin. Demak, undagi ma‘lumot omonat narsa. Bu haqda anglab turib o‘ylamasak ham, miyamiz uni shunday idrok qilaveradi. Oqibatda, ma‘lumotni eslab qolishga sal ko‘proq quvvat sarflaydi. Diqqat ham shunga yarasha bo‘ladi. Elektron va bosma kitoblarni o‘qiydiganlar buning farqini biladi.Qachonlardir Suqrot aytgan edi, yozuv xotirani zaiflashtiradi deb.
  • G‘oyalar va soyalar

    14 Aug, 07:31

    Qonun orqali biror kim(lar)ning qonundan ustunligini belgilab bo’lmaydi. Chunki qonun biror kimga o‘zidan (qonundan) yuqori maqomni berolmaydi. Agar shunday bo‘lsa, bu Xudoning amri, yoki diktatorning dekreti bo’ladi, qonun emas.
  • G‘oyalar va soyalar

    13 Aug, 08:38

    Qilgan qarori oqibatini o‘zi bevosita his qiladiganlargina qaror chiqarishga haqliroq. Bu qarorning noto‘g‘ri yoki to‘g‘ri bo‘lganini darhol aniqlab, chora ko’rishni tezlashtiradi. Agar qaror chiqaruvchi qarori oqibatini bevosita o‘zi his qilmasa, qayta aloqa sekinlashadi va xato qarorning xatoligini qaror chiqaruvchi anglagunga qadar anchagina zarar yetib ulguradi.Fikrim tushunarli bo’lishi uchun sodda misol: avtobus bekatlarini o’zgartirish qarorini bergan odam(lar) o’zlari avtobusda yurganida edi, qarorlari oqibatini darhol his qilar edi. Agar shunday bo‘lmasa, qaror oqibatini avval qaror chiqaruvchi emas, boshqa odam(lar) his qiladi. Demak, oqibat yuzasidan qayta aloqa qaror chiqaruvchiga ancha kechikib yetib boradi. Bunday vaziyatda hatto halol, to‘g‘ri niyatli odam ham ishni pachava qiladi, muammo odamda emas, tizimda, tizim ichidagi axborot almashinuvida bo‘ladi.Demokratiyanin
  • G‘oyalar va soyalar

    26 Jul, 10:37

    Teshik tog‘ora va kosmik kema o‘rtasida sarsonRumiy, Rabg’uziy, Navoiyni nashr qilish uchun ruxsat olish kerakmi? Yuqorigoridagi bu postni o‘qib, undan avval yozgan SI haqidagi gaplarimni esladim, kulgim qistadi: bir qo’limiz bilan kelajakka intilamiz, umuminsoniy va milliy qadriyat va madaniyat haqida gapiramiz, ikkinchi qo‘limiz bilan esa yaqin o‘tmishdan qolgan, absurd tartibotga yopishib olganmiz.Noshir akalardan biri yaqinda aytib qoldi, din ishlari qo‘mitasi bilan bir uchrashuvda ular kitobda bitta oyat yo hadis aytilgan bo’lsa ham, qo‘mita ekspertizasidan o‘tkazilishi shart degan emish. Agar rost bo‘lsa, haddan tashqari umumiy shart bu. Menda qator savollar tug‘ildi.Xo‘sh, nima degani bu? Faraz qilaylik, siz jamiyatdagi diniy munosabatlarni o‘rganuvchi sotsiolog, antropolog yoki siyosatshunossiz. Sohani ilmiy metodlar asosida tadqiq qilasiz. Maqolangiz yoki kitobingizda
  • G‘oyalar va soyalar

    26 Jul, 09:03

    Aslida SIga mas’uliyat yuklash masalasiga yetib borguncha hal qilinishi yoki yumshatilishi kerak bo‘lgan boshqa muammolar bor: SI insoniy qadriyatlarga muvofiq ishlashini qanday kafolatlaymiz, bias masalasini qanday hal qilamiz va hk. Bularni hal qilmasdan, SIning avtonomligi masalasi ham axloq, ham legal jihatdan muammoli bo‘lib qolaveradi.Biz rivojlanayotgan jamiyat bo’lganimiz sababli biz uchun hozir pragmatik, amaliy (nazariy emas), tez natija beradigan (short-term) g’oyalar muhimroq. :) Shu bois yuqoridagi yozganlarim noo’rin tuyulishi mumkin. Uydagi tog’ora teshilib yotibdi-ku, kosmik kema yasash haqida gapirasan-a, deb koyimang. :)
  • G‘oyalar va soyalar

    26 Jul, 09:03

    Sun’iy intellekt va mas’uliyat bo‘shlig‘iMas’uliyat, javobgarlik kabi tushunchalar insonga nisbatan qo‘llab kelingan. Hech kim biror jonsiz narsa yo biror hayvonni biror qilmish uchun mas’ul, javobgar hisoblamagan. Hatto inson ham aqli noqis yoki voyaga yetmagan bo‘lsa, mas’uliyat va javobgarlikdan aksar hollarda ozod qilingan.Mas’uliyat sizning ongli tarzda qaror qabul qilib, shunga muvofiq harakat qilishingiz yoki harakatsizligingiz oqibatida yuzaga keladi. Buning uchun, birinchidan, erkin bo‘lishingiz, qaror o‘zingizniki bo‘lishi, harakat yoki harakatsizlik ham ixtiyoriy sizniki bo‘lishi kerak.Erkinlik va unga ergashib keladigan mas’uliyat insonlar o‘rtasidagi axloqiy munosabatlar poydevorini tashkil qiladi. Shu ma’noda axloqda subyekt faqat inson bo‘la oladi. Har holda, deyarli barcha an’anaviy axloqiy ta’limotlarda shunday. (“Hayvonlar huquqi” haqidagi yangi g’oyalarni ham
  • G‘oyalar va soyalar

    24 Jul, 16:13

    forwarded from @jalilovqaydlar

    Rumiy va Rabgʻuziy Oʻzbekistonda ruxsatsiz tarqatish mumkin boʻlmagan adabiyotlarmi? Navoiy-chi?Kitob savdosi bilan shugʻullanuvchi doʻkonlar (bularning orasida kitob nashri va savdosiga ixtisoslashgan yirik tarmoqlar ham bor) bir qiziq - va absurd - holatdan shikoyat qilishmoqda. Ularning aytishicha, kitob doʻkonlarini vaqti-vaqti bilan maxsus tekshiruvchilar tekshirib, ozgina diniy mazmundagi (yoki shunga yaqin) gap chiqqan har qanday kitobni "diniy mazmundagi adabiyot" deb musodara qilishar va doʻkonga katta jarima qoʻllashar ekan. Vaziyatning absurdligini koʻrsatish maqsadida kitoblar savdosi bilan shugʻullanuvchi bir doʻkonlari tarmogʻi yaqinda uning doʻkonidan Rumiy kitoblari olib chiqib ketilganini misol sifatida keltirdi. Yana ikki yirik doʻkonlar tarmoqlari ta'sischilari ham bunday vaziyatga - jarimalar va kitoblarning olib chiqib ketilishiga bir necha bor tushganini
  • G‘oyalar va soyalar

    3 Jul, 17:04

    forwarded from @musofir_iqtisodchi

    Nima uchun SI gigantlari faylasuflarni ishga olmoqda?O'n yil oldin gumanitar fanlar talabalariga yaxshi ish topish uchun "kod yozishni o'rganish" maslahat berilardi. Bugun esa vaziyat butunlay o'zgargan: endi sun'iy idrok (SI) tufayli o'z ishidan ayrilishdan dasturchilarning o'zi ko'proq xavotirda. Nyu-York Federal zaxira bankining 2024-yilgi ma'lumotlariga ko'ra, AQShda kompyuter fanlari bitiruvchilari orasida ishsizlik darajasi 7%, faylasuflarga esa 5%!Xo'sh, nima uchun Google DeepMind, Anthropic va IBM kabi yirik SI laboratoriyalari faylasuflarni "talashib" ishga olmoqda? The Economist bu haqida maqola yozibdi. Sababi oddiy — texnologiyaga aql kiritish osonlashdi, endi unga axloq va mantiq kerak.Faylasuflar SI modellarini qanday o'zgartirmoqda:Xushomadgo'ylikka qarshi "Sokrat uslubi"dan foydalanish. Ko'pgina hozirgi SI tizimlari foydalanuvchiga yoqish uchun xushomadgo'ylikka
  • G‘oyalar va soyalar

    11 Jun, 11:37

    forwarded from @farengeyt_press

    Farengeyt Press’dan yangi xushxabarDonella Meadows'ning dunyo bo‘ylab millionlab kitobxonlar, menejerlar, tadbirkorlar, siyosatchilar va tadqiqotchilar mutolaa qilayotgan mashhur "Thinking in Systems" asarini o‘zbek tilida nashr etish huquqini olganimizni ma’lum qilamiz.Nega bu kitob muhim?Hayotimizdagi eng katta muammolarning aksariyati alohida hodisalar yoki shaxslar emas, balki tizimlar natijasidir.Nega tirbandliklar kamaymaydi? Nega yaxshi niyat bilan boshlangan islohotlar kutilgan natijani bermaydi? Nega ayrim tashkilotlar yildan-yilga rivojlanadi, boshqalari esa bir joyda depsinib turaveradi? Nega ba’zan muammoni hal qilish uchun qilingan harakatning o‘zi yangi muammolarni keltirib chiqaradi?Ko‘pincha biz muayyan hodisalarga qaraymiz, ammo ularning ortidagi tizimlarni ko‘rmaymiz."Thinking in Systems" aynan tizimni ko‘rish qobiliyatini rivojlantiradi.Donella Meadows
  • G‘oyalar va soyalar

    11 Jun, 11:37edited

    Butun nega qismlar yig‘indisidan katta?Falsafada shunday bahs bor, “Butun qismlar yig‘indisiga tengmi yoki undan katta?” Shu masala mohiyatini hatto falsafa talabalarining ham mutlaq ko‘pchiligi tushunmasdan o‘qishni bitiradi. Ba’zilar bunga eski, siyqa va hayotdan uzilgan bahs deb qaraydi.“Butun qismlari yig‘indisidan katta” degani qismlarning o‘zaro munosabati har bir qismda yo‘q bo‘lgan xususiyatni paydo qiladi, shu jihatdan qismga qarab butun haqida xulosa chiqara olmaymiz va butunda ro‘y berayotgan muammoni faqat qismlarga qarab hal qila olmaymiz deganidir. Masalan, jaydari bir misol, vazir yoki hokim almashadi, ammo vazirlik yoki hokimlik tizim sifatida baribir o‘zgarmaydi, eski muammolar hal bo‘lmaydi. Ya’ni vazirlik yoki hokimlik shaxslarning shunchaki yig‘indisidan iborat emaski, ulardan birortasini yoki hammasini almashtirish bilan muammo hal bo‘lsa.Nega shunday? Nega
  • G‘oyalar va soyalar

    8 Jun, 10:17

    Bir qarashda oddiy, ammo amal qilinsa, intellektual saviya va madaniyatni sezilarli oshiradigan qoida va tavsiyalar to‘plami. Sentabr oxirlarida nashr qilinadi. Ayniqsa, talabalarga tavsiya qilaman. Turli muhokamalar, debatlarga qiziqadiganlarga ham asqatadi.
  • G‘oyalar va soyalar

    2 Jun, 11:43edited

    Obro‘li adabiy jurnallardan biri “Granta”da chop qilingan va jurnal mukofotini yutgani aytilgan hikoyani sun‘iy intellekt yozgan ekan.Hikoyani saralashda qatnashgan adabiy ekspertlar uni SI yozganini farqlay olmagan. Nafaqat farqlamagan, ko‘kka ko‘tarib maqtaganlar ham (“precise yet richly evocative”). Nobel laureatlari hikoyalarini bosgan bu jurnal farqlay olmagan soxtalikni adabiyotchi mutaxassis emas, SI bo‘yicha tadqiqotlar qiluvchi biznes professori Ethan Mollick aniqlagan.Xo‘sh, bu holat nimaga ishora qiladi?Birinchisi, avvalroq aytganimdek matnlar orasidan odamni qidirish chindan qiyin bo‘lib boradi?Ikkinchisi, ijod, san’at insonning ekskluziv tomorqasi bo‘lmay qoladi. Ijodkorligingiz sizni SI hujumidan himoya qila olmaydi.Uchinchisi, san‘at nima ekani haqidagi falsafiy masala yanada dolzarblashadi.Besh yil oldin Facebook’da, SI rasm chizishni boshlasa, uni haqiqiy
    Literary HubA prize-winning story published in Granta was (very likely) written by AI.It’s another grim day at the human factory. There is strong evidence to suggest that a prize-winning short story published this week in celebrated literary magazine Granta was entirely genera…