Latest posts

Milliy Sertifikat Ayubxon vs Ilhomjon (Ona tili va adabiyot)
2 Sept, 11:51edited
Bugun beg'ubor bolajonlar maktab sari borishdi. Ularning qalbida nima kechayotgani qiziq. Qiziqishlarini so'ndirib qo'ymaslik kerak. Oilada maktab haqida savol-javob qilish, maktabning bola uchun naqadar muhim ekanligini uqtirib borish kerak. Maktab nafaqat bilim maskani, balki do'stlar, insonlar bilan munosabatlarni o'rganadigan joy. Har bir ota-ona bolaga shuni tushuntirib borsa, u kelajakda yuksak inson bo'lib yetishadi.Maktabda nechi baho olding deb so'ramang. Boshqalardan yaxshi o'qi demang. Uning qalbida boshqalardan ustun bo'lishim kerak degan hislar paydo bo'lib boradi va faqat o'zini o'zini o'ylaydigan bo'lib qoladi.Bolalarga yorqin kelajak, samimiy do'stlar topishini hamda shirin xotiralarga ega bo'lishi tilab qolaman.
Milliy Sertifikat Ayubxon vs Ilhomjon (Ona tili va adabiyot)
2 Sept, 05:05
Bugun Birinchi Prezidentimizning vafot etgan kunlari. Alloh gunohlarini kechirsin, jannatlari bilan siylasin. Duo qilib qo'yinglar va duo qilib qo'yaylik.
Milliy Sertifikat Ayubxon vs Ilhomjon (Ona tili va adabiyot)
1 Sept, 14:57
Bizning bolalar maktab yaqinlashishi bilan faqat maktab kiyimini o'ylaydi. Ishonmasangiz, maktabdagi qizlarning suhbatiga e'tibor bering. Kiyimlarini 1 hafta gaplashishadi.
Milliy Sertifikat Ayubxon vs Ilhomjon (Ona tili va adabiyot)
1 Sept, 14:56
Ta'lim tizimi deganda nimani tushunish kerak? Maktabda ishlayotganlar, hozirgi o'quvchilarning ota-onalari qay darajada fikrlaydi? U ham mayli, hozirgi o'quvchilar qachonlardir ota-ona bo'lganda ta'lim qay ahvolda bo'larkin?
Milliy Sertifikat Ayubxon vs Ilhomjon (Ona tili va adabiyot)
1 Sept, 14:45
ПАХТАКурсдошларимгаДала. Мезон. Қизлар. Тарози. Пахсали дуволлар. Исмсиз қирлар. Юлдуздек титраниб учган овозим, Тиззани қучоқлаб ўқилган шеърлар.Олов теграсида қайнаган ўлан. Юракдек қонталаш чинор япроғи. «Севсам, ўлдирарлар. Севмасам, ўлам...» Ва ҳисобчи қизнинг нигоҳи...У кунлар ўтдилар, бироқ ўйласам Қуёш имиллайди, куним ўтмайди. Энг машҳур ҳофизнинг қўшиқлари ҳам Ўша ўланларга етмайди.Тошкентнинг тошлари эзар танимни,
Milliy Sertifikat Ayubxon vs Ilhomjon (Ona tili va adabiyot)
1 Sept, 14:44
ЗУЛФИЯ «Зулфияга қарама, Нақ энангни кўрасан! Мени яхши кўради, Сўра, кимдан сўрасанг!» Калтак ерди Абдулла, Калтак еб ҳам қайтмасди. – Ол-э, ўша Зулпини, Керакмас! – деб айтмасди. Ақлли қиз Зулфия, Ҳаммасини билади: Менга кўзи тушганда Мийиғида кулади,
Milliy Sertifikat Ayubxon vs Ilhomjon (Ona tili va adabiyot)
1 Sept, 14:40
ЗУЛФИЯ«Зулфияга қарама, Нақ энангни кўрасан! Мени яхши кўради, Сўра, кимдан сўрасанг!» Калтак ерди Абдулла, Калтак еб ҳам қайтмасди. – Ол-э, ўша Зулпини, Керакмас! – деб айтмасди.Ақлли қиз Зулфия, Ҳаммасини билади: Менга кўзи тушганда Мийиғида кулади, Дарслар кирмас қулоққа, Самоларда хаёлим: Зулфиянинг қўллари Ипакдайин мулойим... Китобимнинг ичида
Milliy Sertifikat Ayubxon vs Ilhomjon (Ona tili va adabiyot)
31 Aug, 18:44
КУЗУч кунда куз келди. Дунё қариди. Тераклар бош чайқаб қолдилар маъюс. Тошлар ўрмалайди анҳор қаърида, Анҳор қайларгадир шошади ҳануз.Кўпириб боради қўнғир булутлар, Ҳадемай ёмғирзор бўлади пайдо. Ерга қулоқ босиб ётади ўтлар, Ерданми келади бу мунгли наво?Мана, устунларга ўралар шамол, Мана, сув юзига тошади сепкил. Зериккан, асабий қариқиз мисол Кўйлакларин йиртиб ташлар атиргул.Пешайвонда намли патларин тараб, Зағчалар ўзига беради оро.
Milliy Sertifikat Ayubxon vs Ilhomjon (Ona tili va adabiyot)
31 Aug, 18:37
Bugun yozning so'nggi kuni.
Milliy Sertifikat Ayubxon vs Ilhomjon (Ona tili va adabiyot)
31 Aug, 18:34
Ta'lim tizimi deganda nimani tushunish kerak? Maktabda ishlayotganlar, hozirgi o'quvchilarning ota-onalari qay darajada fikrlaydi? U ham mayli, hozirgi o'quvchilar qachonlardir ota-ona bo'lganda ta'lim qay ahvolda bo'larkin?
Milliy Sertifikat Ayubxon vs Ilhomjon (Ona tili va adabiyot)
28 Aug, 16:41
Salyut otish masalasida ham dunyo darajasiga chiqibmiz. Oldinlari Olimpiada o'yinlari va Jahon chempionatlarida shunday bo'lardi. Qoyil
Milliy Sertifikat Ayubxon vs Ilhomjon (Ona tili va adabiyot)
28 Aug, 16:36
❗️Shavkat Mirziyoyev:Mening niyatim: o‘zbek tili raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim.
Milliy Sertifikat Ayubxon vs Ilhomjon (Ona tili va adabiyot)
28 Aug, 09:28
Shuni bir ko'ringlar.
Milliy Sertifikat Ayubxon vs Ilhomjon (Ona tili va adabiyot)
28 Aug, 09:28
https://youtu.be/jDnnBAxWpBI?si=iykf9pDN-7zqcT-J
Milliy Sertifikat Ayubxon vs Ilhomjon (Ona tili va adabiyot)
23 Aug, 05:45
FarDU super kontrakt narxlari.
Milliy Sertifikat Ayubxon vs Ilhomjon (Ona tili va adabiyot)
23 Aug, 05:26
Tanish-bilishlarga yuborib qo'ying. Ancha arzonlabdi.
Milliy Sertifikat Ayubxon vs Ilhomjon (Ona tili va adabiyot)
22 Aug, 07:40
Biz agar mehmon bo‘lsak, kim erur mezbon bunda? Biz agar mezbon bo‘lsak, kim erur mehmon bunda?Yetti qavat samodan nigoh tashlab Muallim, Toliblarin birma-bir qilar imtihon bunda.Kimnidir aylab gado sinar, etar xoru zor, Kimnidir sulton saylab, ulashar davron bunda.Gohi do‘st, gohi ag‘yor pand berar yo‘lda mudom, Kulfat, g‘amu saodat hanuz yonma-yon bunda.Bevafo yordek kulib jon olar makkor fano, Osiylar sho‘xu xandon, oqillar giryon bunda.Dardi ishqdan mosuvo ruhidan lollar emas, Ko‘pdurur o‘z jamolu husniga hayron bunda.Aslu nasling tuproq der, tuproq der ibtidong ham, Umr o‘tib, shu tuproq intiho oshyon bunda.
Milliy Sertifikat Ayubxon vs Ilhomjon (Ona tili va adabiyot)
22 Aug, 07:01
Sevdim, ammo sevilmadim biror qizga, O‘polmadim labidagi handasidan. Bir sirim bor, quloq tuting aytay sizga, Xudo meni qizg’onadi bandasidan.Quvonchimga tushov solar gunohlarim, Oh-vohlarim gunohimga guvohlarim... Bilib qo’ysin o’shal tannoz gulmohlarim, Xudo meni qizg’onadi bandasidan.Tushlarida g’ulu solgum dilchasiga, Bir kun ismim jon kiritib tilchasiga, Qizlar ko’nglin yopar qo’shib kulchasiga, Xudo meni qizg’onadi bandasidan.Qizg’ongandan qo’ymas meni zahmatga ham, Ishonmaydi ba’zan baxtu omadga ham, U dunyoda... balki bermas jannatga ham, Xudo meni qizg’onadi bandasidan.
Milliy Sertifikat Ayubxon vs Ilhomjon (Ona tili va adabiyot)
21 Aug, 08:53
forwarded from @iroda23032002
Assalomu alaykum ustoz yaxshimisiz,sog‘ligiz yaxshimi ,ishlar bilan charchamayapsizmi?Agar eslay olsangiz man bir paytlar sharoitim tufayli o‘qishni tashlab qo‘yganimda siz beminnat yordam qo‘lini cho‘zgan IRODAMAN.Sizga bugun o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman .Siz tufayli ona tili va adabiyot yo‘nalishiga o‘qishga kirib ,bitirib ,maktabga ishga kirib hayotda o‘z o‘rnimni topdim.Bugungi kunda ko‘plab yutuqlarga : oliy toifa , A milliy sertifikat, 70%li ustama va vazir jamg‘armasidan ustamaga erishdim .Bu yutuqlarda siz bergan bilimlarning o‘rni beqiyos. Siz menga shunchaki dars bergan inson emas hayotimda o‘zidan yaxshi iz qoldirgan ,doim hurmat bilan eslaydigan insonsiz.Qayerlardadir insoniylik,odamiylik deganda xayolimga birinchi siz kelasiz.Qiyin paytda yordam qo‘lini cho‘zib meni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat.
Milliy Sertifikat Ayubxon vs Ilhomjon (Ona tili va adabiyot)
21 Aug, 08:53
Bir paytlar oliygohga tayyorlagan o'quvchimning dil izhorlarini tashlayman. Bugun eslab nimalarnidir yozibdi. Shogirdlarimiz eng katta yutuqlarga erishsin.
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
