Latest posts

Kitob nuri
25 Sept, 05:03
#TafakkurFARQI BOR!Imom Zahabiy rohimahulloh o‘zining “Siyaru a’lomin nubalo” kitobida keltiradi: “Shaqiq Balxiyning tarjimai holida shunday keladi: “Bir kun u xotiniga shunday dedi: -Agar butun Balx ahli men bilan birga bo‘lib faqatgina sen menga qarshi bo‘lsang dinim ishini qoim qilishga kuchim yetmas edi!”.Hamma narsa uyda boshlanib uyda tugaydi. Agar uy jahannam bo‘lsa olamning go‘zalligi foyda bermaydi. Dunyodagi barcha mashaqqatlarni lutf va muhabbatga to‘la xonadon davolaydi. Agar insonning saodati yoki shaqovati yetmish foiz umr yo‘ldoshiga bog‘liq desam mubolag‘a qilmagan bo‘laman. Ha, Fir’avnning kofirligiga qaramasdan Osiyo musulmon edi. Nuh va Lut alayhis salomlar xotinlarining kofiraligiga qaramasdan payg‘ambar edilar. Ammo shak yo‘qki, birorta uy Hadicha roziyollohu anho yashagan uy kabi bo‘lmagan. Kishining o‘zini yolg‘iz his qilishi bilan suyanchi borligini his qilib turish o‘rtasida katta farq bor!📚 @kitob_nuri
Kitob nuri
24 Sept, 16:31
#mutolaa🌸Ta’minotchilarga xushxabar!Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Allohdan savob umid qilgan holda o‘z ahlini ta’minlash – sadaqadir», deganlar (Imom Buxoriy rivoyati). Demak, oilamizga, ahli-ayolimizga biron narsa olmoqchi bo‘lsak, Alloh roziligi uchun deb niyat qilishimiz kerak ekan. Hadisning ma’nosi «kishi o‘z oilasini ana shunday niyatda ta’minlasa, xuddi begona muhtojlarga berilgan sadaqa bo‘ladi», degani emas, balki xuddi o‘sha sadaqaning savobi beriladi, deganidir. O‘z oilamizni boqish orqali, Qiyomat kuni tog‘dek sadaqalarimiz, savoblarimiz bilan tirilishni tasavvur qilyapsizmi?! Oilada yeb-ichishga, kiyim-kechakka, farzandlarni o‘qitishga va boshqa har qanday ehtiyojlarga beradigan pullaringiz ham shuning ichiga kiradi, buning uchun faqatgina savob umid qilish kerak ekan, xolos. Qanchalar karaming keng, Robbim!📖«Oila – saodat maskani» kitobidan📚 @kitob_nuri
Kitob nuri
24 Sept, 14:59
✨ Arab tilini o‘rganishni istaysizmi? Endi sizda ajoyib imkoniyat bor!📚 Arab tili ixlosmandlari uchun ONLINE guruhlarga qabul ochildi!💡 Nima uchun aynan bizning kurs?✔️ Har bir o‘quvchiga individual yondashuv✔️ 3 oyda 0 dan Qur’on o‘qish darajasigacha yetkazuvchi dastur✔️ Har bir harfni to‘g‘ri maxraj va sifatlari bilan o‘rganasiz✔️ 150+ boshlang‘ich so‘z va iboralarni bemalol ishlata olasiz✔️ Darslar Xalqaro Islomshunoslik akademiyasini bitirgan, oliy ma’lumot va sertifikatga ega ustoza tomonidan olib boriladi⸻ Bundan tashqari boshlangʻich grammatika va soʻshlashuv kurslarimizga ham qabul ochiq🎯 Joylar cheklangan! Bugunoq yoziling va arab tilini to‘g‘ri, oson va samarali o‘rganishni boshlang!📩 Ro‘yxatdan o‘tish uchun hoziroq murojaat qiling! @Arabic_teacher_MKutish xonasi👇 https://t.me/+RhMLLQ7dss45ZmIy
Kitob nuri
24 Sept, 02:48
#TafakkurHAYOT SIRIYevropa xalqining bir hikoyasi bor: “Bir kampir nabiralariga dedi: - Men hech qachon poyezdga minmaganman! Nabiralar buvilarining poyezdga minish istagini kuchliligini bilgach, unga kampirning dugonasi yashaydigan yaqin shaharga bilet sotib olishdi. Kampir poyezdga mindi. Vagondagi o‘rindiqlarning qoplamasi yirtilib ketgan edi. Kampir jahl bilan narsalarini ko‘tarib boshqa vagonga o‘tdi. Bu vagondagi o‘rindiqlarga surat chizib tashlangan edi. Kampir narsalarini ko‘tarib boshqa xonaga o‘tish uchun yana o‘rnidan turdi. Xullas, vagonlar kampirga ma’qul tushmay ularni almashtiraverdi. Va nihoyat bir vagonga joylashdi. O‘tirib tashqaridagi manzarani tomosha qildi. Poyezd ajoyib bir qishloqdan o‘tmoqda edi. Hali kampir ajoyib manzaralardan ko‘zlari to‘ymasdan turib unga ko‘zlagan manziliga yetib kelganini, tushishi mumkinligini aytishdi. Kampir o‘zga-o‘zi dedi: “Agar safarimning bunchalar qisqaligini bilganimda edi, vaqtimni shikoyat bilan emas, go‘zal tabiatni tomosha qilish bilan o‘tkazar edi!”.Tug‘ilganimizdan toki vafot qilgunimizga bo‘lgan umr safarimiz ham xuddi kampirning safariga o‘xshaydi. Safarda albatta ko‘ngilsizliklar bo‘ladi. Ammo ko‘zlarini quvnatadigan go‘zalliklar ham bo‘ladi. Afsuski, biz ularga qaramaymiz. Asosan muammolar bilan o‘ralib qolamiz. Natijada go‘zalliklarni ko‘rishdan mahrum bo‘lamiz. Ishingiz qiyin, bilaman. Ammo sizdan boshqa qancha-qancha insonlar ishsiz. Kishilarga muhtoj bo‘lishning nimaligini bilasizmi?! Eringiz biroz asabiy. Bunaqasi bo‘lib turadi. Ammo u mard, saxiy va oliyjanob. U sizni boshqalardan qizg‘anadi. Nega endi oppoq sahifadagi qora nuqtani ko‘raverasiz?! Aslida siz eringizning tabiatini o‘rganib shunga ko‘ra harakat qilishingiz lozim edi. turmushdagi zakovat mana shu! Uyingiz kichkina. Oilangiz zo‘rg‘a sig‘adi. Ammo nima bo‘lganda ham uyingiz bor. Kunlar zaxmatidan charchaganingizda boshingizni qo‘yadigan yelka bor. Dunyoda millionlab insonlarda uy yo‘q. Uzun kechalarda ular uns va sakiynat topadigan turmush o‘rtoqlari yo‘q! Bolalaringiz sho‘x. Uyni endi tartibga solsangiz yangidan to‘zitishni bolshashadi. Yangi kiyimlarini kiydirganingizga oz vaqt o‘tmasidan ularni kir qilishadi. Kunda o‘n marta ovqatlanishadi. Vaziyat og‘ir. Uy ishlari belni sindiray deydi. Ammo hech o‘ylab ko‘rganmisiz, dunyodagi qancha-qancha ayollar farzandsizligini?! Qancha-qancha onalarning farzandi nogiron, yura olmaydi. Ular uyni ostin-ustun qilishsada bolalari bo‘lishini orzu qilishadi. Farzandlaringiz sog‘lom bo‘lishgani uchun uyni to‘zitishadi. Sog‘lom bo‘lishgani uchun to‘kib-sochib ovqat yeyishadi. Sog‘lom bo‘lishgani uchun o‘ynab kiyimlarini iflos qilishadi. Yuqoridagi holatdan bu yaxshi emasmi?! Hayotning siri unga qanday qarashingizga bog‘liq, ko‘riladigan manzaraga emas, ko‘radigan ko‘zga bog‘liq! Hayotning siri qadahning yarmi bo‘shligidan shikoyat qilishda emas, yarmi to‘laligidan shukr qilishda yashirin! Zero rizodan mahrum kishi sakiynatdan mahrumdir!📚 @kitob_nuri
Kitob nuri
23 Sept, 15:01
😮Foydali iboralar 🟢 Kunlik lug'atlar 🔜 Erkin so'zlashuv 🎙Tinglab tushunish 💬 Savol-javob testlari2-3oyda razgovor bemalol chiqarsangiz bo'ladi🤩 Natijalarimiz📈📉 https://t.me/russkiydayjestSizning maqsadingiz aniq natijaga chiqish bo'lsa🔝bizning esa natijaga chiqarish👍Ва тез орада янги курс👀‼️6та жой колди, кафолатланган курс📊‼️@yomgirovammmmhttps://t.me/dayjestrustili https://t.me/dayjestrustili https://t.me/dayjestrustili


Kitob nuri
23 Sept, 14:14
📌 O‘ZIDAN SO‘RANG!Ibnul Javziy "Sifatus safva"da, Ibn Abid Dunyo "Mujobud da’va" kitobida keltirishadi: "Abdulloh ibn Ziyod Safvon ibn Muhrizning jiyanini qamab qo‘ydi. Safvon jiyanini ozod qilish uchun Basradagi barcha buyuk insonlarni ishga solib ko‘rdi. Ammo foydasi bo‘lmadi. So‘ngra namoz o‘qiydigan joyida mahzun bo‘lib o‘tirib uxlab qoldi. Tushida oppoq kiyimdagi bir kishi unga dedi: - Ey Safvon, tur! Ehtiyojingni O‘zidan so‘ra! Safvon qo‘rqib turdi. Tahorat qilib namoz o‘qidi. So‘ngra Allohga uzoq duo qildi.O‘sha kechasi Abdulloh ibn Ziyod uxlay olmadi. So‘ngra "Safvonning jiyanini ozod qilmasam bo‘lmaydi", deb uni ozod qilishga amr qildi. Qo‘riqchilar keldi. Chiroq keltirildi. Qamoqxona eshigini ochib Safvonning jiyaniga shunday deyishdi: - Tur sen hech qanday kafil va o‘rtakashsiz ozodsan!Safvon jiyanining ozod bo‘lganini faqatgina eshigini jiyani taqillatganida bildi: - Kimsan? - Jiyaningizman! Shunda Safvon dedi: "Ehtiyojingizni O‘zidan so‘rang!".Ehtiyojingizni O‘zidan so‘rang. Odamlar sabablardan o‘zga narsa emas. Foyda ham, zarar ham bera olishmaydi. Faqat Alloh izn bersagina qo‘llaridan biri ish kelishi mumkin. Ammo unutmasligimiz lozimki, dunyo sabablar dunyosidir. Biz sabablarni tutishimiz kerak, ularga qalbni bog‘lash kerak emas!Biz davolanishga buyurilganmiz, shifokorga borishga amr qilinganmiz. Ammo Allohning shifo beruvchi ekanligini unutmasligimiz kerak. Alloh sabab bilan ham, sababsiz ham shifo beraveradi. Sabab esa Allohsiz hech narsa qila olmaydi!Rizqimizni topishimiz uchun ishlashga, harakat qilishga buyurilganmiz. Ammo haqiqiy Razzoq Alloh ekanligini unutmasligimiz kerak. Alloh taolo ish bilan ham, ishsiz ham rizqimizni beraveradi. Istasa ozgina narsaga baraka beradi, istasa ko‘p narsadan barakani olib qo‘yadi!Yer yuzini obod qilishga, uylanishga, turmush qurishga amr qilinganmiz. Ammo uylanish bir sabab. Goho meva beradi, gohida bermaydi. Qancha-qancha er-xotinlar hamma sababini qilib ham farzand ko‘rmay yurishibdi. Qancha-qancha er-xotinlar farzand ko‘rmaslik uchun ehtiyot choralarini ko‘rib yurishibdi. Ammo farzandlik bo‘lib qolishayapti. Go‘yo Alloh taolo bizga lisoni hol bilan: "Men Allohman! Istaganimni qachon istasam, qanday xohlasam shunday yarataman!", deyayotgandek.Sabablarga suyanib qolgan kishi ahmoqdir. Sabablarni qilmay Allohdan har-xil narsalar so‘rayotgan kishi esa undan ham ahmoqroqdir. Bilmaysizmi, Rasululloh sallollohu alayhi va sallam hijrat yo‘lida yo‘l boshlovchi tayinlab oldilar. Bu bilan bizga qo‘ldan kelganicha sabablarni qilmay bir narsaga ishonish nuqsonli ishonish ekanligini anglatmoqchi bo‘ldilar. Uhudda ikki qavat sovut kiydilar. U kishi o‘lim kelsa sovut ham, boshqa narsa ham qaytara olmasligini bizdan yaxshi bilar edilar. Ammo sabablarni qildilar.Avvalo Allohning eshigini taqillating. Qalbingizni Unga bog‘liq ekanligini ko‘rsating. Shundan so‘ng sabablar yo‘liga qadam qo‘ying! ©️📚 @kitob_nuri
Kitob nuri
23 Sept, 13:01
Ishonchli Quronga tushishga yordam beradigan ishonchli Ustoza so’rab yozganlar ancha edi va marhamat Ustozani qabuliga yozilishingiz mumkin🌷Hozirgi vaqtda ishonchsiz va moddiy tomondan ham anchagina baland Muddati esa 6-8oy bo’lgan kurslar har qadamda mavjud. Lekin sizga ishonchli , hamyonbop , Muddati ham nihoyatda kam va rezultat 100% bo’lgan «0dan Qurongacha » kursimga taklif qilamanKursdan otzivlar qiziq bo’lsa https://t.me/+cKEkeIRs-TgxMzUx📖Siz kursni 60kun davomida mukammal intensiv tarzda o’rganasiz 📖Yosh 7-70yoshgacha qabul qilinadi 📖To’lov haqida rasmda tushuntirilgan 📖Rezultat 100% kafolatlangan 📖Darslar Jonli chatda bo’ladi 📖Darsda 2ta Ustoza Asosiy va takror 📖Darslikdan tashqari bonus qo’shimcha Darslar ham mavjud👆Darsda Siz harflarni 0dan boshlab o’rganasiz,mustaqil qo’shib o’qiy oladigan bo’lasiz 👆Har bir darsni jonli tarzda amaliy o’rganasiz 👆Nafaqat harf , raqamlar, tajvid qoidasini ham chuqur o’rganasiz 🔅Ha ha adashmadingiz tajvid qoidasini ham (alohida 6-8oylab 50-60$dan oyma oy to’lab emas atigi 2oyda 0dan mustaqil Quron o’qiy oladigan darajada bo’lasiz🛎aktiv va imtixondan o’tgan tolibalarga Shahodatnoma beriladi👩🏫Quronni chiroyli,harflarni boshidan boshlab,bir biriga qo’shib o’qish mahroj,tajvid , tartil bilan o’qishni Hohlasangiz bizning safimizga qo’shiling ikki dunyo savobi to’xtamaydigan ilm uchun hoziroq sarmoya qilingQabulga yozilish uchun @menejer_qoriahayot ga “952” so’zini yozib qoldiring


Kitob nuri
23 Sept, 04:59
#suhbat🎤Tarbiyada eng ko‘p qilinadigan xatolarFarzandini olim qilmoqchilar uchunSaidabror Umarxon bilan hozirgi vaqtda eng dolzarb masalalardan biri - farzand tarbiyasi mavzusida suhbat. Bu suhbatni farzandini buyuk shaxs qilmoqchi bo'lgan har bir ota-ona tinglashini tavsiya qilamiz.💖Suhbat mavzulari: 00:00 - 1:05 Kirish 1:05 - 4:23 Mehmonimiz haqida 4:24 - 15:28 Buyuk shaxslar shaxsiyati 15:28 - 15:55 Bonus 15:55 - 21:12 Buyuk shaxslar shaxsiyati 21:12 - 28:35 Farzanddagi buyuklik alomatlari haqida 28:35 - 30:27 Alomat 1 30:27 - 34:20 Alomat 2 34:21 - 36:34 Alomat 3 36:34 - 38:30 Alomat 4 38:30 - 39:12 Alomat 5 39:13 - 40:38 Alomat 6 40:39 - 42:00 Alomat 7 42:00 - 56:45 Sovet davridan qolgan tarbiya 56:45 - 1:00:38 Avval muhabbat hosil qilasiz... 1:00:38 - 1:06:19 Farzandni taqqoslashning zararlari 1:06:20 - 1:19:02 Farzand qobiliyatini aniqlash usuli 1:19:02 - 1:30:52 Muhit haqida 1:30:52 - 1:31:26 Bonus 1:31:27 - 1:44:47 Muhitni buzayotganlar haqida 1:44:48 - 1:52:30 Diqqat haqida 1:52:30 - 2:08:19 Surish kerakmi? 2:08:20 - 2:26:45 Hozir eng zo'r davrmi? 2:26:45 - 2:27:19 Yakun📚 @kitob_nuri
Kitob nuri
22 Sept, 17:05
Arab tilini soha mutaxassislaridan noldan boshlab tartibli ravishda bepul o‘rganing:
Kitob nuri
22 Sept, 04:05
🌸Uylar ajoyib...Gohida yaxshi soliha xotinning eri yomon chiqib qoladi. Gohida esa yaxshi erkakka yomon ayol tushib qoladi. Yaxshi erkak yaxshiligidan kecha olmas ekan. Yomon erkak ham yomonligidan voz kecha olmas ekan. Hayot esa davom etadi. Alloh jannatda u uchun qasr qurgan ayolning eri: “Men sizning oliy Robbingizman!”, degan edi. Nuh alayhis salom bilan barcha hayvonlar kemaga minishdi. Ammo u zotning xotini minmadi. Lut alayhis salomning bolalari iymon keltirdi. Ammo xotini iymon keltirmadi...📚 @kitob_nuri
Kitob nuri
21 Sept, 04:58
#mutolaa🔑 Xursand qiladigan narsalarni bajarishga odatlaning. Sizni xursand qiladigan ishlarni belgilab olgandan keyin xotirangizdan boshqa barcha ishlarni yiroq qiling. Sevimli ishlarni yodda tuting, sizni xursand qilmaydigan ishlarni unuting. Shunda saodatga erishishga urinishdagi qaroringizning o‘zi xursand qiladigan tajriba bo‘ladi.🔑 O‘zingizdan (bor imkoniyatlaringiz, rizqingiz va boshqalardan) rozi bo‘ling. O‘zingizdan rozi bo‘lish, qilayotgan ishlaringizga ishonch, to‘g‘ri yo‘lni tutgan bo‘lsangiz, qilinadigan tanqidga e’tibor bermaslikka qaror qilish juda muhimdir.🔑 Yaxshilik qiling va boshqalar xizmatini bajaring. O‘zingiz yakka bo‘lib, ajralib qolmang. Ajrab olish baxtsizlik asosidir.🔑 Agar oilali bo‘lsangiz, har hafta oilangiz bilan
Kitob nuri
19 Sept, 11:00
MO‘MINBir kishi Nabiy sallollohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib iymon haqida so‘radi. Nabiy alayhis salom unga dedilar: - Yaqinroq kel! U kishi yaqin keldi. Nabiy sallollohu alayhi va sallam unga dedilar: - Iymonli kishi yaxshi amal qilsa xursand bo‘lib uning savobini umid qiladi. Agar yomon amal qilsa xafa bo‘lib uning jazosidan qo‘rqadi!Haqiqiy qo‘rqinch gunohga tushishdan bo‘lmaydi. Odam bolasining hammasida xato bor. Haqiqiy xavf gunohga o‘rganib qolishda, uni gunoh deb bilmay qolishdadir. Bir gunohni ming marta qildingiz. So‘ngra sindingiz, tavba qildingiz. Bundan unchalik xavf qilmasa bo‘ladi. Qalbni uxlatadigan, sezmaydigan qilib qo‘yadigan gunohdan qo‘rqish kerak. Pora berishni epchillik va ishbilarmonlik deb o‘ylaysiz... Xalqning mulkini o‘marasiz, o‘zlashtirasiz. Buni farzandlaringizga yedirishdan vijdoningiz zarracha qiynalmaydi... Zino qilib uni qahramonlik deb
Kitob nuri
19 Sept, 06:31
TIRIKLAR UCHUNAmerikalik yozuvchi Jon Grin o‘zining "Yulduzlar aybdor" nomli kitobida shunday narsani yozadiki, undan qalb parchalanadi. Unda Xeyzel Greys ismli qiz saratondan vafot etgan sevgilisi Ogastusning o‘limi haqida shunday deydi: "So‘ngra birga yig‘lashim uchun biror kishi men bilan bog‘lanmaganini, aloqaga chiqmaganini angladim. Meni qattiq xafa qilgan narsa mana shu narsa bo‘ldi. Ogastusning o‘limi haqida xabar berishimni men istagan kishi yolg‘iz Ogastusning o‘zi bo‘ldi. Shunda angladimki, ta’ziya marosimlari o‘liklar uchun emas, tiriklar uchun bo‘lar ekan!".Yuqoridagi asarning qisqagina bo‘lagi mening zaif tomonimdan ushladi. Aftidan biz yaqinlarimizni yo‘qotganimiz uchun yig‘lamaydigan ko‘rinamiz. Aslida o‘zimizning ularsiz qolganimizga yig‘laymiz. Mana shu ma’noda biz ular uchun emas, o‘zimiz uchun yig‘lagan bo‘lib chiqamiz! ©️
Kitob nuri
18 Sept, 05:04
#TafakkurTAYYORMISAN?Agar sen har kuni ikkita insonni g‘iybat qilsang va oltmish yil umr ko‘rsang masalan, bu degani qiyomat kunida 32400 xusumatchiga yo‘liqasan va ular sendan haqlarini albatta olishadi... Tayyormisan?📚 @kitob_nuri
Kitob nuri
17 Sept, 03:15
#TavsiyalarHusayn Buxoriydan suhbatlarni eshitayotganlarga tavsiyalar:1️⃣ Avvalo oz eshitib, o‘rganib, amal qilib, keyin navbatdagi suhbatga o‘tishni, bitta darsni eshitib, muhim joylarini yozib, ularni o‘zida tatbiq qilishni o‘rganish kerak.2️⃣Masalan, bir suhbatda sadaqaning fazlini eshitdingiz. Endi albatta 2-3 kun bo‘lsa ham, 2-3 so‘mdan bo‘lsa ham sadaqa qilishingiz kerak.3️⃣Yana bir suhbatda bir yomon amalni eshitdingiz. Qarashingiz kerak, sizda shu yomon amal bormi-yo‘qmi? Bor bo‘lsa, uni yo‘qotishga harakat qilish kerak. Shunday qilib borilsa, inshaalloh, kishi isloh bo‘ladi.4️⃣ Agar suhbatlarni shunchaki eshitib, maza qilib, «voh!» deb ketaveradigan bo‘lsa, u odam faqat Allohdan uzoqlashadi. Nabiy alayhissalom: «Kim ilm olsa-yu amal
Kitob nuri
16 Sept, 05:39
YECHIMUylansangiz bir sandiqcha yasating. Xotiningiz har gal ranjitganida sandiqchaga biroz mablag‘ tashlab qo‘yavering. Sandiqcha to‘lganida u pulga yana uylaning.Hazil.... biroz dam olaylik dedim!©️Abdulqodir Polvonov📚 @kitob_nuri
Kitob nuri
15 Sept, 17:53
#suhbat📢 Oila nima uchun buziladi, inson tafakkuri va baxt haqida!Ajrashishlar, alohida yashash va zamonaviy propaganda🎤Spikerlar: Hasanxon Yahyo Abdulmajid, Shavkat Hasan, Temurbek Adhamov🕐 Suhbatni quyidagi mavzularda tinglang: 00:00:00 — Kirish 00:01:05 — Turkiston maktabi (Reklama) 00:03:32 — Mehr va itoat masalasi 00:07:08 — Oila va ish samaradorligi 00:10:34 — G'arb individualizmi zarari 00:16:13 — Ajrimlar va statistika 00:20:00 — Baxtning tabiiy qonuniyatlari 00:26:43 — Keksalikdagi yolg'izlik 00:31:53 — Ijtimoiy tarmoq va oila 00:35:07 — Haqiqiy madaniyat nima? 00:43:57 — Bolalar va ajrim oqibati
Kitob nuri
15 Sept, 06:59
#mutolaaAbdulqays qabilasi musulmon bo‘lish uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi. Qabilaning har bir a’zosi u zotning huzurlariga kirishga oshiqdi. Ammo ularning boshlig‘i Ashaj shoshilmadi. Yuklarning oldida qoldi. Tuyalarni bog‘ladi. Eng chiroyili kiyimlarini kiydi. Ozgina xushbo‘ylik oldi. So‘ngra Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam uni o‘zlariga yaqin olib yonlariga o‘tirishini aytdilar. So‘ngra unga: – Senda Alloh yaxshi ko‘radigan ikki xislat bor. Halimlik va bosiqlik! – dedilar. Ashaj so‘radi: – Alloh ularni menga qo‘shib yaratganmi yoki men ular bilan xulqlanganmanmi? Payg‘ambarimiz aytdilar: – Senda ular qo‘shib yaratilgan! Yuqoridagi hadis insonlarning turli xil tabiat ila dunyoga kelishlariga dalil bo‘ladi. Bu tabiatni Alloh taolo ular onalari qornidaligida qo‘shib yaratgan. Ushbu
Kitob nuri
15 Sept, 04:59
#mutolaaHech qachon tugamaydigan qishni ko‘rganmisiz? Har bir qishdan keyin, albatta, yoz keladi. Tugamaydigan, bitmaydigan muammoning o‘zi yo‘q. Musibat keladi, ketadi, uning o‘rnini ko‘plab xayrli ishlar egallaydi va farahli kunlarga yetilajak. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Baloni ne’mat, mo‘llikni, tinchlikni musibat deb bilmaydigan kishi imoni yetuk mo‘min bo‘lmaydi», dedilar. Shunda ul zotga dedilar: «Qanday qilib, ey Allohning Rasuli?» Ul zot dedilar: «Zero musibatdan keyin to‘qlik keladi, to‘qlikdan keyin esa musibat va baxtsizlik kelgusidir» (Ramz ul-Hadis). Sinovingiz qanchalar qiyin bo‘lsa, keyinroq shunchalar go‘zal va yaxshi kunlar keladi. Xuddi qahraton qishdan keyin bahor kelgani kabi...📖 "Baxt - Allohga ishonmoqdir" kitobidan📚 @kitob_nuri
Kitob nuri
14 Sept, 16:59
#mutolaaShaxsiy kuzatuvlarimdan va tadqiqotlarimdan shuni xulosa qildimki, qizlarning ikki tomonlama satr qilish vazifasi bor. Biri tanani, ikkinchisi ko‘ngilni satr qilish. Tanani satr qilib, ammo ko‘ngilni satr qilmasa, tanadagi satr bo‘la turib ham fosiq yigitlarga og‘ib yoki aldanib qolish xavfi bor. Avval qalb satr qilinsa, tana ham o‘z-o‘zidan satr bo‘ladi. Tana satri atrofdagilarning nazaridan himoya qilsa, ko‘ngil satri yigitlarning xushomadi, shirin va yoqimli so‘zlaridan himoya qiladi. Ko‘ngil satr qilinmas ekan, siz-u bizga tashqaridan sipo ko‘rinayotgan qiz ham botinida qaysidir fojir yigitning o‘pichlariga mahliyo bo‘layotgan bo‘lishi mumkin. Qalbi satrda bo‘lgan qiz to jufti haloliga erishmaguncha o‘zining qiymatini tushirmaydi, doim Alloh satrining himoyasida bo‘ladi. Ko‘nglida satr bo‘lmagan qizlarni esa aldash oson, yo‘ldan urish qulay. Bunday qizlarning ko‘pincha
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
