gram news
Kitobxona channel avatar

Kitobxona

@kitobxonadan

Kitob ichidagi hayot... Mualliflik huquqi himoyalangan. Manbaa bilan olinsin ! Hamkor kanal : @kitobxonada Wishlist : @kitobxonawishlist Reklama : @kitobxonareklama 📍Murojaat uchun : @kitobxonadanbot

ProjectsUZBooks

5,640subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • Kitobxona

    14 Sept, 02:32edited

    #anglaganlarimdanErim har kuni ishga ketish oldidan:-Onasi, tipratikan uchadimi ?-deydi. Men esa: -Ha, dadasi, albatta uchadi, lekin sal pastroq uchadi,-deyman. -Sutchi, uning rangi oqmi, qorami? -Agar siz oq desangiz oq, qora desangiz qora deyman.Bu soʻzlar mening yaqin dugonamning iqrorlari. Avvallariga undan jahlim chiqardi: " Nima, oʻzingni mustaqil fikring yoʻqmi, eringga tipratikan ham uchadimi? Sutning rangi qora emas, oq deb ayta olmaysanmi?" - der edim. U esa: " Erim ham, men ham fitratan bilamiz: tipratikanning uchmasligini, sutning rangi oqligini, ammo bu mening itoatimning ramziy belgisi", - dedi u bir kuni.Ayolning Vatani uning eridir. Uning Vatani bormi, demak, masjidi ham bor. Oilasining eng toʻri uning masjididir. Masjidim va Vatanimdan ayrilmaslik uchun bemalol iqror boʻla olaman: tipratikan uchadi, sutning rangi esa qora...@kitobxonadan
    Image from a post by KitobxonaImage from a post by Kitobxona
  • Kitobxona

    8 Sept, 15:36

    "QASAMLAR VA NAZARLAR VA OV." HADIS VA HAYOT 14-15-JUZ. SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUF.Oʻzi xohlagan narsasi bilan qasam ichib, bandalariga Oʻzining nomi bilangina qasam ichishni joriy qilgan Haq taologa U zotning jaloliga hamd-u sanolar boʻlsin. Qur'oni Karimning qasam va nazr haqidagi oyatlarini bayon qilib, oʻz hadislari ila tushuntirib va oʻz amallari ila hayotga tatbiq qilib, koʻrsatib bergan sevikli Paygʻbarimizga samimiy salovat-u salomlarimiz va duolarimiz boʻlsin...Biz "qasam" deb tarjima qilgan ibora arab tilida "yamin" lafzi bilan kelgan. Umuman olganda, bizning tilimizdagi "qasam" va "ont" soʻzlari oʻrniga arab tilida "qasam", " xalif", "yamin" soʻzlari ishlatiladi. Yamin soʻzi "oʻng qoʻl", "oʻng tomon" degan ma'noni anglatadi. Arablarda yamin soʻzining ishlatilishining sababi shuki, ularning odatlari boʻyicha kishilar oʻzaro qasam ichganlarida bir-birlarining oʻng
    Image from a post by KitobxonaImage from a post by Kitobxona
  • Kitobxona

    6 Sept, 15:51

    Oddiylikka oshiq Kitobxon qizning sahifasi🎀 🔹Bu yerda faqat kitobdan gapiriladi 📚 🔹Kitobdan maslahatlar, taqrizlar, va iqtiboslar kerak bo’lsa qo’shilib oling...🌷 Har oy yangi chiqgan kitoblarni hech qanaqa shartsiz hadya qilanadu kanal obunachilarga 🌟
  • Kitobxona

    6 Sept, 15:05

    Oddiylikka oshiq Kitobxon qizning sahifasi🎀 🔹Bu yerda faqat kitobdan gapiriladi 📚 🔹Kitobdan maslahatlar, taqrizlar, va iqtiboslar kerak bo’lsa qo’shilib oling...🌷 Har oy yangi chiqgan kitoblarni hech qanaqa shartsiz hadya qilanadu kanal obunachilarga 🌟 🩷https://t.me/+bNdiTRCCv5EyYmQy
  • Kitobxona

    1 Sept, 15:52

    Uyda yotibmanu sezib turibman, Ko‘kda kelayotir, qushlar qaytishib. Xayrlar yog‘dirib, qanotlaridan, Xasta shoiriga, vido aytishib. Bor, mening uchun ham Ularga qo‘l qoq – Lola, lolajonim, Lolaqizg‘aldoq!Ularni men yana ko‘rarmanmi-a, Ayvondan odamdek, kuzatolmadim. KUZ, To‘ylar boshlandi.Yuragim pora, Bitta qizimni ham, Uzatolmadim… Demak, taqdir ekan, to‘y ko‘rmay o‘lmoq, Lola, lolajonim, Lolaqizg‘aldoq!KUZ, To‘ylar boshlandi, Yuragim pora...🍄@kitobxonadan
    Image from a post by KitobxonaImage from a post by KitobxonaImage from a post by Kitobxona
  • Kitobxona

    25 Aug, 19:04

    Ulgʻayish...Sarlavhani shunday deb nomlayqolaylik. Bir tush ediyu, uygʻondim, O‘zimni yana bolaligimda ko‘rgandek bo‘ldim: Oyimning "uydan uzoqqa borma" degan ovozini eshitmaslikka olib, do‘stlarim bilan ko‘cha changitib o‘ynashim. Ertalab maktabga shoshganim, daftarimni bag‘rimga bosib, maktab tomon yugurganim. O‘sha damlar, beg‘ubor, tashvishsiz yillar — endi faqat xotira. Qaytmaydigan, ammo unutib bo‘lmaydigan xotira.Ulgʻayish... U meni katta qildi, lekin evaziga juda ko‘p narsani tortib oldi. Onamning sochlariga oq tolalarni aralashtirdi, otamning qo‘llariga mehnatning izlarini chuqurroq yozdi. Buvimni hassaga suyantirdi, yaqinlarimning yuzlariga vaqt chiziqlarini solib qo‘ydi. Anglaganim shu boʻldi: vaqt hech narsani ayamadi, bizni ham, biz sevganlarni ham asta-sekin o‘zgartirdi...Ulgʻayish...Endi tug‘ilgan kunlar ham boshqacha. Ilgari shamlarni puflash, sovg‘alarni ochish,
    Image from a post by KitobxonaImage from a post by Kitobxona
  • Kitobxona

    20 Aug, 04:12

    "FAROIZ VA VASIYATLAR." HADIS VA HAYOT 12-JUZ. SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUF.Bandalariga merosni Oʻzi taqsim qilib, vasiyatlar ishini tartibga solgan va qul ozod qilishni ibodatga aylantirgan ulugʻ zot Alloh taologa hamd-u sanolar boʻlsin."Hadis va Hayot" kitobining ushbu 12-juzi zarur masalalarni oʻz ichiga olib, unda turli sabablarga koʻra bizda unitilib ketgan mavzular haqida soʻz boradi. Meros masalasi ana shu mavzudan biri boʻlib, u hatto koʻpgina ilm ahllariga ham begona boʻlib qolgan. Ba'zi bir dars olib yurganlar "yoʻqdan koʻra bor" qabilida biroz oʻrgangan boʻlishmasa, boshqa birovlarning ishi ham yoʻq. Alloh taoloning inoyati ila Shayx hazratlari bu haqda yetarlicha ma'lumot berganlar. Kitobning ikkinchi muhim mavzusi vasiyat masalasiga tegishlidir. Odamlarning koʻpchiligi vasiyatning ma'nosini bilishadi, ammo uning haqiqatini, sha'riy ta'rifini va unga qanday amal
    Image from a post by KitobxonaImage from a post by Kitobxona
  • Kitobxona

    17 Aug, 06:15

    Yoz ham oʼtdi... Yana uch-toʼrt kundan keyin, Kuz rangiga belanadi yorugʼ olam... Bir hol soʼrab qoʼyish shuncha qiyin, Soʼzing yoʼqmi menga aytar bironta ham?Xasratimdek toʼkiladi yaproqlarim, Yuragimdek tars yorilar bogʼda anor, Begonadek boʼlib qolgan qadrdonim, Yoʼqlasangchi insof qilib jilla bir bor.Qovoq uyib boraverar osmonlarim, Qaro bulut yovuz yovdek sipoh tortar. Kuzga oʼxshar mening dilgir armonlarim, Sen kelmagan kunlarimning soni ortar.Kuz xonimning gʼaribona kulbasidan, Esib turar yolgʼizlikdek sovuq epkin. Yomgʼirlari tinmas kunlar kelmasidan, Bir kungamas, bir soatga kelib ketgin...
    Image from a post by KitobxonaImage from a post by KitobxonaImage from a post by Kitobxona
  • Kitobxona

    13 Aug, 05:39

    "TIB VA DAM." HADIS VA HAYOT 18-JUZ. SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUF.Bemor boʻlgan bandalariga shifo beruvchi Alloh taologa bitmas-tuganmas hamd- sanolar boʻlsin! "Davolaninglar, Alloh qaysi bir dardni bergan boʻlsa, albatta, uning davosini ham bergandir", degan Paygʻambarimizga mukammal va batamom salovat-u salomlar boʻlsin!Islomda sihat-salomatlik, tani sogʻlik Alloh taolo bandalariga bergan eng ulkan ne'matlardan biri hisoblanadi. Paygʻambarimiz :"Ikki ne'mat borki, koʻp odamlar ularda aldanib qolurlar. Ular- sogʻlik va farogʻat" deganlar. "Hadis va Hayot" kitobining ushbu juzi muqaddima, toʻrt fasl va xotimadan iborat. Kitob haqida qisqacha olingan xulosalar bilan boʻlishaman⬇️"Tib" soʻzi isloh, tuzatish, odat, sehr, mohirlik, hoziqlik ma'nolarini anglatadi. "Tib qildi" degani esa "bemorni isloh qildi", "tuzatdi" deganidir. "Dam" esa
    Image from a post by KitobxonaImage from a post by Kitobxona
  • Kitobxona

    7 Aug, 15:59

    🟪🟪🟪🟪🟪🟪🟪🟪🟪🟪O‘sha gap: "Kitob o‘qimasa, she‘rlarni sevmasa, ayniqsa, choyni xushlamasa, joni sog‘ bo‘lsin-u, bizdan uzoq bo‘lsin.."🌟🍄@kitobxonadan
    Image from a post by KitobxonaImage from a post by KitobxonaImage from a post by Kitobxona
  • Kitobxona

    30 Jul, 04:32

    FARZANDLARIMIZ KITOB OʻQIYAPTIMI?Tushlik qilish uchun maktabimdan koʻchaga chiqsam, ne koʻz bilan qarayki, 70 yoshli dadam shunday sovuqda koʻchaning narigi tarafida ketyapti. Qadamimni tezlatib, yetib oldim dadamga. Nega shunday sovuqda tashqariga chiqqanligini soʻrasam, uyda oʻqish uchun kitoblari qolmaganligini, tuman markaziy kutubxonasiga kelganlari va u yerda dadam oʻqimagan kitob qolmaganligi uchun tumandagi chekka kutubxonaga yoʻl olganlarini aytdi.– Axir, jon dada, 15 kun avval uyingizga borganimda "10 ta kitob olib keldim", degan edingiz-ku, – desam: – Uch kun boʻldi oʻqib boʻlganimga, zerikib ketdim, – dedi. – Kitob topib oʻqimasam, kasal boʻlib qolaman, qizim, bilasan-ku, – dedi dadam.Oʻsha kuni kechqurun ayamga qoʻngʻiroq qilib, dadamning sogʻligini soʻrasam, dadam bir chekka kutubxonadan kitob olib kelganligini, yoʻlda biroz charchagani uchunmi, tobi qochib, harorati
    Image from a post by KitobxonaImage from a post by Kitobxona
  • Kitobxona

    26 Jul, 04:33

    "ADAB". HADIS VA HAYOT 37-JUZ. SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUF.Bizning tilimizda odob tarzda talaffuz qilishga odatlanib qolingan arabcha "adab" soʻzi aslida " Ma'daba" oʻzagidan olingan. Ma'daba esa odamlar da'vat qilingan ziyofatni anglatadi. Odob ham odamlar doimo da'vat qilinadigan ma'naviy "ma'daba", ya'ni ziyofat boʻlgani uchun shu nomni olgan. Abu Muhammad "Kitobul Vo'iy" nomli asarlarida: "Odob odamlarni maqtalgan narsalarga chaqirgani uchun odob deb nomlangan", deydilar. Odobning ta'riflarifa quydagiga oʻxshash gaplar ham kelgan: " Maqtovga sazovor soʻz va amalni iste'mol qilish odobdir." "Karamli axloqlarni ushlash odobdir." "Oʻzingdan kattani ulugʻlab, oʻzingdan kichikka mehr koʻrsatish odobdir." Abu Zayd rohmatullohi alayhi: " Odob fazilatlardan biriga eltuvchi yaxshi urinishga ishlatiladigan ism", deganlar. Bu va shunga oʻxshash ta'riflar toʻplanganda Islomda
    Image from a post by KitobxonaImage from a post by Kitobxona
  • Kitobxona

    20 Jul, 11:45

    Jirkanchlik - men haqimda tiling qurib qolguncha g’iybat qilib, go’shtimni yeb, oldimga kelganingda menga tabassum qilib turishingdir.Xorlash, mensimaslik esa shularning hammasini bilib tursam-da, senga tabassum qilishimdir.(c)Najib Mahfuz🍄@kitobxonadan
    Image from a post by KitobxonaImage from a post by KitobxonaImage from a post by Kitobxona
  • Kitobxona

    14 Jul, 08:07

    "DORUL ARQAM". MUHAMMAD AMIN YILDIRIMBa’zida kitoblar bor o‘qigach, ko‘nglingda jimjit bir uyg‘onish boshlanadi, ichingda qandaydir qadimiy nur uyg‘onadi. Bu nur, haqiqiy Haq nuri, da’vat nuri, sabr va iymon nuri bo‘ladi. Muhammad Amin Yildirimning “Dorul Arqam” kitobi aynan shunday asarlardan biri bo‘ldi men uchun.Dorul Arqam Makkada, bir uyning ichida boshlangan katta bir inqilobning markazi. Ammo aslida bu inqilob yuraklarda boshlangan edi. Dorul Arqam, Makkadagi Safo tepaligiga yaqin joyda, Arqam ibn Abul Arqamning uyida tashkil etilgan. Bu uy, musulmonlar uchun xavfsiz joy bo'lib, Quraysh mushriklaridan yashirinib, Islomni o'rganish va ibodat qilish imkonini bergan. Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bu yerda Qur’on oyatlarini o'rgatgan va yangi musulmonlarni tarbiyalagan. Bu joy, Islomning dastlabki maktabi sifatida ham tanilgan. Dorul Arqam, Islomning
    Image from a post by KitobxonaImage from a post by Kitobxona
  • Kitobxona

    9 Jul, 02:01

    Turmush – mukammal (ideal) insonni topish emas. Buning aslo imkoni ham yo‘q. Balki Alloh taolo siz uchun taqdir qilgan insonga yaxshi hamroh bo‘la olish demakdir.Yaxshi hamrohlik esa bir-biringizning xato-kamchiliklaringizni kechira bilishda, yaxshilik yo‘lida o‘zaro yordamchi bo‘lishda, mehr-muhabbat va rahm-shafqatni doimo asrab-avaylashda namoyon bo‘ladi.Happy one year🤩💕🍄@kitobxonadan
    Image from a post by KitobxonaImage from a post by KitobxonaImage from a post by KitobxonaImage from a post by Kitobxona
  • Kitobxona

    7 Jul, 05:42

    "FITNALAR VA QIYOMAT ALOMATLARI." HADIS VA HAYOT 32-JUZ. SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUF."Hadis va Hayot" kitobining ushbu juzi fitnalar va qiyomat alomatlari haqida. Kitob yetti bob va xotimadan iborat. Bu kitobda keladigan barcha masalalar aqoid ilmida "gʻaybiyot" deb nomlanadi. Gʻaybiyot deganda bizdan gʻoyibda boʻlgan, faqat ishonchli xabar bilangina ma'lum boʻladigan, shuning uchun qanday kelgan boʻlsa, shunday iymon keltiriladigan narsalar tushuniladi. Ular haqidagi ma'lumotlar bizga faqat Qur'oni karim va hadisi shariflar orqali kelgan boʻlib, ularga iymon keltirish har bir moʻmin-musulmon uchun zarurdir."Sizlardan zulm qilganlarning oʻzigagina yetmaydigan fitnadan saqlaninglar. Bilingki, Allohning iqobi shiddatlidir". (Anfol. 25-oyat.) Ushbu oyati karimada "fitna" soʻzi ham boshqa oyatlardagi kabi, sinov va balo ma'nolarini anglatadi. Qaysi bir jamoada zolimlar zulm
    Image from a post by KitobxonaImage from a post by Kitobxona
  • Kitobxona

    28 Jun, 08:12

    Gar yodinga tushsam, axtarib borsang, Xijron deb atalmish cho‘llardaman men. Sen meni qachondir qoldirib ketgan, O‘sha baxtiqaro yo‘llardaman men.Ko‘z yoshimdan yaralgan ummon, Ummonga ulangan ko‘llardaman men. Quyoshin yo‘qotgan bechora osmon, Dovullar, bo‘ronlar, do‘llardaman men.Hamon yoding bilan, ilinjing bilan, Yillardek sudralar kunlardaman men, Bolishlar tosh bo‘lib, to‘shaklar tikan, Jonimni timdalar tunlardaman men.Ishqiy yong‘inlarning so‘ngida qolgan, Ko‘klarga sovrilgan kullardaman men. Oshiqlar yurtining shoiri bo‘lgan, Mudom zoxirzabon tillardaman men.
    Image from a post by KitobxonaImage from a post by KitobxonaImage from a post by Kitobxona
  • Kitobxona

    25 Jun, 06:36

    "BINAFSHA SHU'LASI 2-QISM."Agar senga Muhabbatim so’z bo’lsaydi, Uni izhor qilgan bo’lardim. Agar muhabbat qurbonlik bo’lsa fido bo’lardim. Lekin muhabbat tushdir. Men uyg’onib ketib, yo’qotib qo’yishdan cho’chiydigan tush….Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar orasida trendga chiqayotgan “Binafsha shu’lasi” 2-qismini men ham o’qib chiqdim. Kitob sodda, kitobxonlarga tushunarli tilda yozilgan.Voqealar rivoji Roziy ismli qahramonning muzqaymoq yeyishi, Maryam ismli ayolning esa uni birinchi ko’rishdayoq yoqtirib qolishidan boshlanadi. Maryam juda boy, qo’l ostida xizmatkorlari, fabrikasi bor, shaharlik bir ayol edi. Lekin uzoq yillardan beri Rak kasalligi bilan kurashib kelardi. Shuning uchun qishloqqa samimiyat izlab, biroz chalg’ish uchun keladi va bozorda nogahon Roziy ismli yigitni uchratib yoqtirib qoladi.Roziy - oilada yagona farzand. Tengdoshlari xat-savod chiqarib,
    Image from a post by KitobxonaImage from a post by KitobxonaImage from a post by Kitobxona
  • Kitobxona

    23 Jun, 18:55edited

    ...🍄@kitobxonadan
  • Kitobxona

    21 Jun, 08:41edited

    "OYATLARDA MADH ETILGAN SAYYIDALAR".Ushbu kitobda zikr qilingan ayollarning ba'zilari paygʻambarlarning onasi, ba'zilari ayoli, ba'zilari qizi. Ba'zilari boshqa bir sabab bilan Olamlar Parvardigorining Qiyomatgacha tilovat qilinadigan Kitobi- Qur'oni karimda bizga oʻrnak va namuna sifatida hikoya qilingan. Quyida ularning ba'zilari haqida qisqacha ma'lumot berib oʻtaman⬇️Hazrati Havvo onamiz- insoniyatning birinchi ayoli va barcha insonlarning onasi hisoblanadi. U zot Alloh tomonidan Hazrati Odam alayhissalomga juft qilib yaratildi. Islom manbaalariga ko‘ra, Havvo onamiz jannatda yaratilgan va keyin Odam bilan yerga tushirilgan. Ularning birinchi farzandlari Qobil va Hobil bo‘lgan. Havvo onamiz sabrli, fidokor va onalik fazilatlarini o‘zida jamlagan ayol edi.U zotning hayoti ayollik, onalik va iymon timsoli sifatida musulmonlar uchun ibratdir.
    Image from a post by KitobxonaImage from a post by Kitobxona