Latest posts

Birga kitob o‘qiymiz
23 Sept, 13:15
🟩🟩🟩🟢🟢🟢🟢📚 “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2026-yilgi 3-mavsumi g‘oliblari bilan tanishing: 🟣1) Sarvinoz Umarova – TAQU talabasi; 🟢2) Ibodat Sobirova – NamDPI talabasi; 🟢2) Baxtiniso Salimova – QarDU magistranti; 🔵3) Jennet Sultanmuratova – UrDPI talabasi; 🔵3) Jaloliddin Sayfiddinov – TATU talabasi; 🔵3) Nodirbek Abduqahhorov – NamDU magistranti;🟠4) Dilrabo Abduraxmonova – TerDU talabasi; 🟠4) Marjona Rajabboyeva – TDYU talabasi; 🟠4) Shodiya Hamidboyeva – NamDU talabasi; 🟠4) Sabina Ismoilova – UrDU talabasi; 🔴5) Orzigul Rustamova – UrDPI talabasi; 🔴5) Sevinch Urolova – QDU talabasi; 🔴5) Dilbar Allambergenova – O‘zMU talabasi; 🔴5) Ozodbek O‘ktamov – NDKTU talabasi; 🔴5) Muxlisa Samiyeva – “Ipak yo‘li” TMMXU talabasi.✅ Tanlovning “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari: ↪️1) Zebuniso Inoyatova – NavDU magistranti; ↪️2) Baxtiyor Imomqulov – TISU talabasi; ↪️3) Shohista Akramova – O‘zDJTU talabasi; ↪️4) Mira’zam To‘xtasinov – NamDU magistranti; ↪️5) Umidjon No‘monov – ADXI talabasi; ↪️6) Diana Xudayberganova – UrDPI talabasi.↪️ Tanlov g‘oliblari diplom, sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi: 🔹Test bo‘yicha 1-o‘rin – noutbuk (core i5); 🔹Test bo‘yicha 2-o‘rinlar – smart televizor 43"; 🔹Testda 3-o‘rinlar va referalda 1-o‘rin – planshet (6/128); 🔹Testda 4-o‘rinlar va referalda 2-o‘rinlar – planshet (4/64); 🔹Testda 5-o‘rinlar va referalda 3-o‘rinlar – Smart televizor 32".🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling




Birga kitob o‘qiymiz
23 Sept, 13:14
#kitobxon_yoshlar_ligasi📚“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2026-yilgi 3-mavsumi final bosqichi o‘tkazildi!🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tashabbusi bilan e’lon qilingan “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovining yakuniy final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda respublikaning barcha hududlaridan saralangan ishtirokchilar qatnashdi. Final sinovlarini shaffof va xolis tashkil etish maqsadida har bir hudud uchun bitta oliy ta’lim muassasasi mas’ul etib belgilandi va finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan talabalar aynan shu oliygohlarda kuzatuvchilar nazorati ostida test sinovlarini topshirdi. Markazlashgan tartibda tashkil etilgan yakuniy bosqichda saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan 132 nafar talaba-yosh o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi.☑️Final bosqichini Markaz direktori Abdumalik Akramov ochib berib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat va omad tiladi. Yakuniy sinov davomida ishtirokchilarga Den Braunning “Da vinchi siri”, Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” hamda Shukrulloning “Kafansiz ko’milganlar” asarlari yuzasidan jami 10 ta savol va 50 ta test berildi. Har bir savol uchun 1 daqiqa, test uchun esa 40 soniyadan vaqt ajratildi.➡️Natijalarga ko‘ra, testlardan eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar tanlov g‘oliblari deb topildi. Ballar teng kelgan holatlarda esa g‘olibni aniqlash qo‘shimcha savollar berish orqali aniqlandi.🏆 G‘oliblar joriy yilning oktyabr oyida tashkil etiladigan tantanali taqdirlash marosimida noutbuk, planshet va Smart televizor kabi qimmatbaho sovg‘alar hamda I, II, III darajali diplomlar bilan taqdirlanadi.🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling




Birga kitob o‘qiymiz
23 Sept, 09:49
Final bosqichi boshlandi...


Birga kitob o‘qiymiz
23 Sept, 06:15edited
📚Kitobxonlikka endi qadam qo‘ymoqchi bo‘lgan insonlarda ʼʼKitob o‘qishning nima foydasi bor o‘zi?ʼʼ degan savol bo‘lishi tabiiy. Bugun siz bilan yetarlicha va arzirli sabablarni ko‘rib chiqamiz.↪️1. Keng dunyoqarash – turli mavzularda, janrlarda kitob o‘qiydigan insonlarning dunyoqarashi ancha keng bo‘ladi.↪️2. Chuqur fikrlash – fikrlashlari bilan o‘qimaydiganlardan ajralib turadi. Biror savolga turli jihatdan yondashib, tushunarli javob berishadi↪️3. So‘z boyligi – kitobxonlarning nutqi ravon bo‘ladi, ular gapirayotgan vaqtda sizni o‘ziga jalb qila oladi↪️4. Sabrlilik (Diqqat) – bugungi kunda insonlar uchun eng kerakli hamda kundan kunga kamayib borayotgan diqqatni uzoq vaqt jamlab turish va bir ishni oxiriga yetkazish ko‘nikmalari shakllanadi↪️5. Empatiya – boshqalarning his-tuyg‘ularini tushunishni o‘rganishadi. Bir nechta hayotlarda yashab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishadi↪️6. Ijodiylik va yangicha qarash – hayotga noodatiy yondashishni o‘rganishadi↪️7. O‘z-o‘zini rivojlantirish – O‘zini sohasida kitob o‘qish ularni eng yaxshi kadr bo‘lib yetishishiga yordam beradi.📖 Endi sizda kitobxon bo‘lish uchun yetarlicha sabab bor. Kitob o‘qishning yana qaysi foydalari qolib ketdi, kommentda davom ettiring?🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling


Birga kitob o‘qiymiz
23 Sept, 02:36
#kitobxonlik 📖 Kitob o‘qish vaqtni yo‘qotish emas!📚Har bir kitob – bu bir insonning butun hayotiy tajribasi. Demak, siz kitob o‘qib, bir yil ichida 15 ta hayotning ichida yashaysiz.‼️Telefonni qo‘lga olganingizda 20 daqiqa qanday o‘tib ketishini bilmay qolasiz. Kitob bilan esa, 20 daqiqada miyangiz yangi g‘oya, yangi dunyo, yangi ruhiyatni o‘zlashtiradi.Kuniga 20 daqiqani kitobga ajratsangiz: 🔹1 oyda – 600 daqiqa (10 soat) 🔹1 yilda – 7300 daqiqa (120 soatdan ko‘proq) ✔️Bu esa o‘rtacha 15–20 ta kitobni mutolaa qilish demakdir.O‘ylab ko‘ring, 1 yil ichida bilimlaringiz, dunyoqarashingiz va tafakkuringiz qanchalik kengayadi? Siz bir kunda kitob o'qish uchun qancha vaqtingizni sarflaysiz?🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling


Birga kitob o‘qiymiz
22 Sept, 18:15
#kechki_mutolaa #hikoyacha🗣Dada, zo‘r ish qildik aaa!.. (Hayotiy voqea)♦️Bir kuni mashinamda 6 yoshli o‘g‘lim bilan ketayotib, yo‘lda ko‘p qavatli uy ostidagi paynetga pul to‘lash uchun tushdim. Qaytib kelsam, o‘g‘lim yig‘lab o‘tiribdi. Nima gap desam, “Dada anavini qarang!” dedi. Qarasam, yo‘l chetida kiyimlari eski bir kampir taxta ustiga narsa qo‘yib sotib o‘tiribdi. “Narsalarning sonini qarang, 2-3 ta nos paketi, 2 pachka donali sigaret. Boshqa hech narsa yo‘q”.🤔 “Xo‘sh nima qilibdi?” desam, 6 yashar o‘g‘lim: “O‘g‘li yo‘qmi uning? Nega bu ahvolda, qorni ochdir, dada, iltimos, mana shu pullarni hammasini shu xotinga beraylik”, – deb mashinam baridagi bir siqim pulimni ko‘rsatdi.Nihoyatda ta’sirlanib, bolamning aytganini qilib, pullarning hammasini o‘sha ayolga olib borib


Birga kitob o‘qiymiz
22 Sept, 11:54
✨Dunyodagi eng go‘zal kitob do‘konlaridan biri – Livraria Lello♦️1906-yilda aka-ukalar Xose va Antoniu Lello tomonidan ochilgan Livraria Lello nafaqat qadimiy kitob do‘koni, balki haqiqiy me’moriy durdona sifatida tanilgan. Neogotik uslubda barpo etilgan bu maskan ko‘plab kitobxonlar uchun ilhom manbayi bo‘lib kelmoqda.Bu yerga dunyoning turli burchaklaridan sayyohlar oqimi kelishi hech qachon to‘xtamaydi. Hatto, J.K.Rouling “Garri Potter”ning ilk sahifalarini aynan shu yerda yozgan degan faktlar bor. “Garri Potter”dagi ko‘plab tasvirlar bu kitob do‘koni bilan o‘xshash.🪄🇵🇹Agar Portugaliyaga yo‘lingiz tushsa bu sehrli maskanga, albatta, boring!🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling




Birga kitob o‘qiymiz
22 Sept, 06:10
🗣Har bir yozuvchining o‘z yo‘li bor. Kimdir sheʼriyat yo‘lidan ketsa, yana kimdir badiiy adabiyotni tanlaydi. Bugun men sizga kitob janrlari haqida qisqacha maʼlumot bermoqchiman.1️⃣ Badiiy adabiyot – bu kabi kitoblarda voqealar qahramonlar orqali ochib beriladi. Bunday asarlar inson tasavvurini oshirishga yordam beradi2️⃣ Ilmiy-ommabop kitoblar – murakkab fanlarni oddiy tilda tushuntiradi, sizga sizdan oldinroq sinab ko‘rilgan va sinovdan o‘tgan usullarni taqdim etadi.3️⃣ Biografiyalar – bir insonning hayot yo‘li yoritib beriladi. Qilgan xatolari, qilgan ishlari ko‘rsatilinadi. Bu kabi kitoblar bizga sinovdan o‘tgan tajribalar haqida hikoya qiladi.4️⃣ Psixologiya va shaxsiy rivojlanish – Bunday kitoblardan asrlar


Birga kitob o‘qiymiz
22 Sept, 06:09

Birga kitob o‘qiymiz
22 Sept, 03:31
🗣Men hech narsani bilmasligimni bilaman (Suqrot)☑️Inson qancha narsani o‘rgangani, ilmni ichiga kirgani sari, qanchalar bilimsiz ekanligini anglab yetadi. Istalgan bir fanni oling: siz umringizning oxirigacha ham o‘sha fanni butun siru asrorlarini anglab yetolmaysiz. 🔹Olimlar aniqlagan ma’lumotlarga ko‘ra, inson umrining oxirigacha faqat bitta sohaga e’tibor berib o‘rgangan taqdirda ham, uning atigi 5 foizini o‘zlashtira olar ekan.☝️Hattoki barchaga ma’lum bo‘lgan Albert Eynshteyn ham fizika ilmlarining faqat bir necha foizinigina egallagan, xolos. Lekin aynan shu kichik foizlar fizika fanida yangi davr yaralishiga katta hissa qo‘shdi.Shunday ekan, siz ham bilim olishdan, yangi narsalarni o‘rganishdan hech qachon to‘xtamang.


Birga kitob o‘qiymiz
22 Sept, 02:20

Birga kitob o‘qiymiz
21 Sept, 06:59
Aqlli insonlar boy bo‘ladi, boy insonlar esa pulni qanday ishlatishni biladi. Unday odamlar bilan munosabatlar, kelishuv suhbatlarining o‘zi ham katta dars. Fikrimga qo‘shilasizmi?🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling
Birga kitob o‘qiymiz
21 Sept, 06:46

Birga kitob o‘qiymiz
21 Sept, 04:27
📌Odamzodning hayotida “mukkasidan ketish” degan narsa bor. Kimdir futbolga, kimdir shaxmatga, yana kimdir shunchaki telefonga mukkasidan ketadi. Biroq eng go‘zal “mukkasidan ketish” bu – kitobga oshno bo‘lish.Kitob o‘qishga mukkasidan ketgan inson vaqtni unutadi, tashvishlarni yengillashtiradi, hayotini mazmunli qiladi. Eng muhimi, kitobga mukkasidan ketish – seni ich-ichidan o‘zgartiradi, tafakkuringni kengaytiradi, nutqingni boyitadi va yangi olamlarni kashf ettiradi.Shunday ekan, siz nimaga mukkasidan ketishni tanlaysiz? Agar tanlov kitob bo‘lsa, siz bilan bir yo‘ldasiz.🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling
Birga kitob o‘qiymiz
21 Sept, 02:47

Birga kitob o‘qiymiz
20 Sept, 03:00
🌟 Bugunning qadri‼️Yoshlar koʻpincha kelajak haqida koʻp oʻylaydi: «Bir kun katta odam boʻlaman», «Bir kun orzularimga yetaman», «Bir kun hammasi yaxshi boʻladi»...Lekin hayotning eng katta siri shundaki, “bir kun” degani hech qachon kelmaydi. Orzular kelajakda quriladi, ammo poydevor faqat bugun qoʻyiladi.↪️Agar bugun qadam tashlamasak, ertaga yugura olmaymiz. ↪️Agar bugun vaqtni qadrlamasak, ertaga vaqt bizni qadrlamaydi. ↪️Agar bugun oʻzimizni o‘zgartirmasak, ertaga hech narsa oʻzgarmaydi.Shuning uchun vaqtni kutish emas, undan foydalanish kerak. Bugun – eng qimmat boyligimiz.🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling


Birga kitob o‘qiymiz
19 Sept, 13:05
❓ Kitobxon o‘zi kim, bilasizmi?📚Kitobxon — boshqalarning hayotini mutolaa orqali boshdan kechirib, o‘zining hayotini kutubxona navbatida o‘tkazadigan inson.📚Kitobxon — to‘rtinchi marta boshlagan kitobini nihoyat tugatish niyatida uchinchi bobgacha yana qayta o‘qiyotgan fidoyi o‘quvchi.📚Kitobxon — boshqalarning e’tirofiga: “Bu kitobni sen ham o‘qishing kerak”, deb bosim o‘tkazuvchi, o‘zi esa hozirda uch kitobni bir paytning o‘zida o‘qiyotgan inson.📚Kitobxon — boshqalarning serial ko‘rgan vaqtidan o‘g‘irlik qilib, harflar bilan do‘stlashgan ijtimoiy yolg‘iz.📚Kitobxon — boshqalarning e’tiborida “zerikarli”, ammo o‘zining nigohida “ruhiy boylik egasi” bo‘lgan fidoyi sabotli
Birga kitob o‘qiymiz
19 Sept, 06:59edited
📝Iqtibos↪️O‘zligini bilgan odamning tarixi bo‘ladi, kimligini biladi. Bilmasa hayvon bo‘ladi, qo‘y bo‘ladi, hayvoniy tarix bo‘ladi. ...ammo qo‘ylar tarixgamas, ko‘proq yemishga, birovning chiroyli ko‘karib turgan bedazoriga qiziqadi. Qo‘ylarga o‘t bo‘lsa bo‘ldi, ketaveradi... Ularga tarix qiziq emas!....📚“Qo‘rqma” asari, Javlon JovliyevDarhaqiqat, inson esa hayvon emas. Inson – ongli mavjudot. ☝️Kim o‘zligini anglay olsa, u kelajagini ham yaratadi. ☝️Kim o‘z ildizini tanisa, uni hech qanday shamol sindira olmaydi. 🌟Tarixni bilmagan odam – shamolsiz sahroda adashgan chang zarrasi. 🌳Tarixini bilgan odam esa – ildizi chuqur, mevasini beruvchi daraxtdir.☑️O‘zligingni angla, tarixingni


Birga kitob o‘qiymiz
19 Sept, 04:07
📚Yaponiyada kitob o‘qish madaniyati🇯🇵Sushi mamlakati bo‘lgan Yaponiya faqat san’atda emas, kutubxonalar va kitob o‘qiladigan joylarni tashkil etishda ham yetakchi!♦️Kitobsevarlar uchun Yaponiyada juda ko‘p o‘zgacha adabiy maskanlar bor. Sidr yog‘ochi bilan bezatilgan kutubxonalardan tortib, kitob javonlari orasida dam olish va o‘qish mumkin bo‘lgan joylarni topishingiz mumkin.📖Yaponiyaning eng qiziqarli adabiy maskanlari, kutubxonalari haqida bilganlaringizni kommentda yozib qoldiring.🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling



Birga kitob o‘qiymiz
18 Sept, 05:35
🤝 Teamwork (Jamoaviy ish)☑️Birlikda ishlash – bu kuchni birlashtirish, g‘oyalarni bo‘lishish va bir-birini qo‘llab-quvvatlashdir. Yakka holda tez yurish mumkin, ammo jamoa bo‘lib uzoqqa yetib borish mumkin.Sizningcha, yaxshi jamoani kuchli qiladigan eng muhim fazilat nima?✈️Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
