Latest posts

Kontent markazi | Rasmiy
22 Sept, 12:38
🦋 Kontent markazi 1-oktabr — O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustoz bilan yuksalar avlod!” shiori ostida kreativ videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.✨ Ustoz — insonning o‘z yo‘lini topishiga yordam beradigan, bir so‘zi bilan kelajakka ta’sir qila oladigan inson. Ustoz va shogird o‘rtasidagi samimiy munosabat, unutilmas saboqlar yoki mehribon ustoz qiyofasini o‘ziga xos g‘oya va kreativ yondashuv orqali videorolikda aks ettiring.📲 Tayyor videorolikni Instagram sahifangizga #ustoz2026 xeshtegi bilan joylang. 🎁 Eng yaxshi videoroliklar mualliflari quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin — iPhone 17 🥈 2-o‘rin — DJI Osmo Pocket 3 🥉 3-o‘rin — DJI Mic Mini📌 Ishtirok etish shartlari: • Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin. • Qabul muddati: 1- oktabr, soat 23:59 gacha.📋 Talablar: • 🎨 Ijod
Kontent markazi | Rasmiy
15 Sept, 11:50edited
⚡️ Ilk marotaba Tashkent Content Market bo‘lib o‘tadi🗓 2027-yil 4–5-fevral kunlari Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”da Tashkent Content Market xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tadi.😀 5 500 kvadrat metr maydonda tashkil etiladigan tadbirda 50 dan ortiq davlatdan 3 000 nafardan ziyod kontent yaratuvchilar, prodyuserlar, xaridorlar, investorlar va media kompaniyalar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.🦋 Kontent markazi tomonidan tashkillashtirilayotgan Tashkent Content Market ko‘lami, xalqaro ishtirokchilar soni va boy dasturi bilan mintaqadagi eng yirik media tadbirga aylanishi kutilmoqda.😃 Tadbir ko‘rgazmalar, B2B uchrashuvlar, forumlar, skrininglar va mahorat darslarini yagona maydonda birlashtiradi.
Kontent markazi | Rasmiy
15 Sept, 06:11
🎬 “Dars” filmining taqdimoti o‘tkaziladi📅 Joriy yilning 24-sentabr kuni soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi.Film 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘qituvchilik kasbi nufuzini oshirish, 📚 kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ma’rifat g‘oyalarini keng targ‘ib etish maqsadida yaratilgan.“Dars” filmi Kontent markazi hamda “MA’NO CINEMA” hamkorligida suratga olingan.📖 Filmda yoshlar orasida kitobxonlik, ma’rifat va mutolaa madaniyatini targ‘ib etish g‘oyalari bosh qahramon — Oyqiz obrazi orqali yoritilgan. Shuningdek, ustozning inson kamolotidagi beqiyos o‘rni, ustoz-shogird an’analari, ta’lim-tarbiyaning ahamiyati hamda milliy qadriyatlar asosiy g‘oya sifatida ilgari surilgan.🤝 Filmda insoniylik, mehr-oqibat, milliy qadriyatlar va ustoz-shogird
Kontent markazi | Rasmiy
10 Sept, 09:13edited
🟦🟦🟦 Yangi alifbo uçun maxsus sayt va bot işga tuşdi!🇺🇿 Senat yangi özbek alifbosi töğrisidagi qonunni ma’qulladi. Demak, yangi alifbo joriy etilişiga oz qoldi. Siz bunga tayyormisiz? Undov.uz bilan bu muammo emas!⚠️ Undov.uz sayti va @undovbot orqali amaldagi lotin, kirill hamda yangi alifbodagi matnlarni bir-biriga tez va oson ögirişingiz mumkin. Onlayn xizmat matnlar bilan birga hujjat fayllarini ham transliteratsiya qiladi.🔥 Eng muhimi — xizmat mutlaqo bepul!⚠️ Sayt va bot serverlarida foydalanuvçilarning matn hamda fayllari saqlab qolinmaydi. Şu sababli saytdagi transliteratsiya xizmati oflayn rejimda ham tez işlaydi.
Kontent markazi | Rasmiy
9 Sept, 18:37
forwarded from @jurnalistlari_uz
«Sharafli yo‘l» — iste’dodlar e’tirofi🇺🇿 Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan «Sharafli yo‘l» videoroliklar ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.📌 Tanlov «Eng yaxshi videorolik», «Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan eng yaxshi videorolik» va «Mobilografiya asosida yaratilgan eng yaxshi videorolik» yo‘nalishlarida o‘tkazildi.🎉 Bugun Oʻzbekiston milliy kino san’at saroyida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida g‘oliblarga esdalik sovgʻalari va pul mukofotlari topshirildi.🥳 Shuningdek, bir guruh jurnalistlarga Uyushmaga a’zolik guvohnomalari taqdim qilindi.🎬 Tadbir yakunida «Jurnalist» badiiy filmi namoyish etildi.Bizni kuzatib
Kontent markazi | Rasmiy
9 Sept, 12:40
🇺🇿 O‘zbekistonning barcha hududlaridan sifatli foto va videolar endi bir platformada🎥 4K gacha sifat ☀️ Kun va tun kadrlari 🍂 4 faslga mos kontent ✨ Logotip va subtitrlarsiz toza materiallar🤩 Kerakli kadrni izlab vaqt yo‘qotmang. O‘zbekistonni AURA orqali kashf eting. 😀 https://aura.uz/🦋 @kontentmarkazi
Kontent markazi | Rasmiy
4 Sept, 14:03
forwarded from @shmirziyoyev
Prezidentimiz Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi bilan tanishdi. — Президент нашей страны ознакомился с Центром современного искусства в Ташкенте.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Kontent markazi | Rasmiy
1 Sept, 06:25edited
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman.Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!Yashasin O‘zbekiston xalqi!Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti🦋 @kontentmarkazi
Kontent markazi | Rasmiy
31 Aug, 06:15
Esingizdami?⚡️ 10 yil avvalgi hayotimiz bilan bugungi kunni solishtirsak, ko‘plab ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin. Shaharlarimiz, infratuzilma, xizmatlar va imkoniyatlar — barchasi yangi bosqichga chiqdi.O‘zgarishlarni birgalikda eslaymiz.🦋 @kontentmarkazi
Kontent markazi | Rasmiy
31 Aug, 05:11

Kontent markazi | Rasmiy
31 Aug, 05:11edited
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!
Kontent markazi | Rasmiy
28 Aug, 08:41
🇺🇿 “Mustaqillikning 35 yilligi” esdalik nishoni topshirildiO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.Marosimda Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti rahbari — Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan bir guruh OAV vakillari, kontent yaratuvchilar, blogerlar va Markaz xodimlariga “Mustaqillikning 35 yilligi” esdalik nishoni topshirildi.Barcha taqdirlanganlarni ushbu e’tirof bilan samimiy tabriklaymiz!🦋 @kontentmarkazi
Kontent markazi | Rasmiy
27 Aug, 10:24

Kontent markazi | Rasmiy
24 Aug, 10:26
⛰ O‘zbekistonning anklav hududi — So‘xda “Yosh mobilograflar maktabi” darslari boshlandi! 🚀🇺🇿 Bugun respublikamizning barcha hududlarida 1 000 nafar yoshni bir maqsad — zamonaviy kasb va milliy kontent yaratish g‘oyasi birlashtirmoqda. Ular mobilografiya yo‘nalishida mutlaqo bepul ta’lim olmoqda. 📱Endi bu katta safga so‘xlik yoshlar ham qo‘shildi. Ular kreativ tasvirga olish, ssenariy yaratish, montaj qilish va zamonaviy kontent tayyorlash sirlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rganmoqda.📍 Chekka hudud — imkoniyatlardan chetda degani emas. Maqsadimiz — yoshlarning qayerda yashashidan qat’i nazar, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish va sifatli milliy kontent yaratishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash. 🎬
Kontent markazi | Rasmiy
18 Aug, 16:06
🇺🇿🇦🇿 Press-turning ikkinchi kuniOzarbayjon ommaviy axborot vositalari vakillari press-turning ikkinchi kunida Kontent markazi hamda Bolalar milliy tibbiyot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.Tashrif davomida mehmonlarga markazlarda amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan sharoitlar va faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.#Uzbekistan #Azerbaijan #PressTur #Media 🦋 Batafsil ma'lumot: @kontentmarkazi
Kontent markazi | Rasmiy
18 Aug, 16:06
🇺🇿🇦🇿 Press-turning ikkinchi kuniOzarbayjon ommaviy axborot vositalari vakillari press-turning ikkinchi kunida Kontent markazi hamda Bolalar milliy tibbiyot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.Press-tur davomida mehmonlarga markazlarda amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan sharoitlar va faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.#Uzbekistan #Azerbaijan #PressTur #Media 🦋 Batafsil ma'lumot: @kontentmarkazi
Kontent markazi | Rasmiy
18 Aug, 16:06
🇺🇿🇦🇿 Ozarbayjon OAV vakillari O‘zbekistonda17-avgust kuni 20 nafar jurnalistdan iborat delegatsiya Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.17–22-avgust kunlari davom etadigan press-tur doirasida Ozarbayjon OAV vakillari mamlakatimizdagi qator manzillarda bo‘lib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlar bilan yaqindan tanishadi. Mazkur tashrif O‘zbekiston va Ozarbayjon media vakillari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.#Uzbekistan #Azerbaijan #PressTur #Media 🦋 Batafsil ma'lumot: @kontentmarkazi
Kontent markazi | Rasmiy
18 Aug, 16:06
🇺🇿🇦🇿 Ozarbayjon OAV vakillari O‘zbekistonda17-avgust kuni 20 nafar jurnalistdan iborat delegatsiya Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.17–22-avgust kunlari davom etadigan press-tur doirasida Ozarbayjon OAV vakillari mamlakatimizdagi qator manzillarda bo‘lib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlar bilan yaqindan tanishadi. Mazkur tashrif O‘zbekiston va Ozarbayjon media vakillari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.#Uzbekistan #Azerbaijan #PressTur #Media 🦋 Batafsil ma'lumot: @kontentmarkazi
Kontent markazi | Rasmiy
14 Aug, 12:31edited
🇺🇿🇦🇿 “Toshkentga sayohat” filmining Ozarbayjon Respublikasida bo‘lib o‘tgan tasvirga olish jarayonlaridan video rolik.🦋 Batafsil ma'lumot: @kontentmarkazi
Kontent markazi | Rasmiy
14 Aug, 05:44edited
🇺🇿🇰🇿“Toshkentga sayohat” filmining Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan tasvirga olish jarayonlaridan video rolik.🦋 Batafsil ma'lumot: @kontentmarkazi
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
