Latest posts

Yamakasi
22 Sept, 12:09
forwarded from @palsapa
Янги. Узунрок лекин.https://telegra.ph/Toxtovsiz-yigi-09-22TelegraphTo'xtovsiz yig'iKeling, avval bitta tushunchaga aniqlik kiritib o’tamiz. Simvol tushunchasiga. Adabiyotda simvollar mavjud, yozuvchi ular orqali nimanidir ifodalashga harakat qiladi. Va psixologik simvollar bor, bular insonning ruhiy holatini ifodalovchi ramzlar. Tushimizdagi…
Yamakasi
19 Jul, 11:15
forwarded from @tarjimavatanqid
Yangi tarjima!“Yangi” imperializm: mulkdan mahrum etish orqali jamg‘arishUshbu maqola zamonaviy tanqidiy siyosiy iqtisodning eng nufuzli vakillaridan biri bo‘lgan Devid Harvining maqolasidir. Maqola Harvining "The New Imperialism" ("Yangi imperializm", 2003) nomli kitobi bilan deyarli bir vaqtda chop etilgan va uning markaziy tushunchasi — "mulkdan mahrum qilish orqali jamg‘arilish" (accumulation by dispossession) g'oyasining jamlangan bayonidir. Maqola XXI asr boshidagi global iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlarni tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa-da, unda ilgari surilgan ko‘plab g‘oyalar bugungi dunyoni anglash uchun ham dolzarbligini saqlab qolmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda kuchaygan geosiyosiy raqobat, iqtisodiy sanksiyalar, savdo urushlari, energiya resurslari uchun kurash va xalqaro moliyaviy tizim atrofidagi bahslar fonida ushbu maqola yangi mazmun kasb etadi.Harvi imperializ
Yamakasi
16 Jan, 15:38
forwarded from @akademnashr
Insonning yovuz tabiati“Pashshalar hukmdori”dagi qahramonlar hali bola bo‘lsalar-da, ularda yovuzlik qilishga moyillik bor. Asarda sodir bo‘ladigan har bir ko‘ngilsiz voqea kattalar dunyosidagi voqealar bilan parallel ravishda rivojlanadi. Orolda bolalar ikkiga bo‘linib bir-biri bilan urushishyapti. Vaholanki, oroldan tashqarida ham ikki katta guruh o‘rtasida yadroviy urush bo‘lyapti. Orolda begunoh bolalar bir kishining hukmronlikka bo‘lgan chanqog‘ini qondirish uchun o‘ldirilyapti, xuddi kattalar dunyosidagidek.Bolalarning ikkita alohida guruhida ikki xil hukumat amal qilyapti: biri tenglik, plyuralizm va erkinlikka asoslangan bo‘lsa, ikkinchisi totalitar, zo‘ravon va qo‘rquv ustiga qurilgan tizim. Kattalar dunyosida ham mana shunday turli xil xarakteristikalarga ega hukumatlar faoliyat yuritishadi. Demak, asar xulosasiga ko‘ra yovuzlik inson tabiatiga xos fenomen va undan bolalar
Yamakasi
9 Nov 2025, 18:52
forwarded from @tarjimavatanqid
Millatlar Imperiyasi: Etnografik bilim va Sovet ittifoqining tashkil etilishiQuyida sizga taqdim etilayotgan tarjima Francine Hirschning "Millatlar Imperiyasi" kitobidagi ‘’Chegaralarning belgilanishi va Sovet milliy o’zliklarning shakllanishi’’ bobi bo’lib, unda muallif e'tiborni bevosita Markaziy Osiyodagi 1924-yilgi milliy-hududiy chegaralanishga qaratadi va anʼanaviy adabiyotlarning bu jarayonni Moskva "boʻlib tashla va hukmronlik qil" tamoyili asosida mahalliy ishtiroksiz amalga oshirgan, degan qarashini rad etadi. Arxiv maʼlumotlari chegaralanish faqat markaziy buyruq bilan emas, balki Moskva, mahalliy kommunistik elita (ular millatni modernizatsiya vositasi deb bilgan) va etnografik mutaxassislar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik va muzokaralar mahsuli ekanligini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, Hirsch iqtisodchilar va etnograflar Markaziy Osiyoga nisbatan kompleks etnografiksyg.maMillatlar Imperiyasi: Etnografik bilim va Sovet ittifoqining tashkil etilishi«Boʻlib tashla va hukmronlik qil» tamoyili mahalliy ishtiroksiz amalga oshirilgan, degan qarash rad etiladi
Yamakasi
26 Oct 2025, 13:18
forwarded from @tarjimavatanqid
“Tasavvur qilingan” va “haqiqiy” millat qurilishi o‘rtasida: postsovet Markaziy Osiyoda o'zliklar va milliylikMarkaziy Osiyoda davlat qurilishi bo‘yicha mavjud adabiyotlarning aksariyatida siyosiy elitalar tasavvuridagi millat va davlat tushunchasiga urg‘u berilgan, ya’ni “yuqoridan quyiga” yondashuvini taklif etadi. Ushbu maxsus son muqaddimasida mualliflar Markaziy Osiyodagi davlat qurilishi jarayonlarini davlat–jamiyat munosabatlarining boshqa qatlamlariga e’tibor qaratgan holda tadqiq qilishga urinadilar.To‘plamdagi tadqiqotlar davlat tomonidan ishlab chiqilayotgan “tasavvur qilingan” va “haqiqiy” siyosatlar hamda diskurslar o‘rtasidagi “kulrang zona”ni va bu jarayonning hududiy, milliy va xalqaro darajadagi turli auditoriyalar tomonidan qanday qabul qilinishini tahlil qiladi.Mualliflar Markaziy Osiyo davlat qurilishining bahsli, ko‘p qatlamli xususiyatiga urg‘u beradilarsyg.ma“Tasavvur qilingan” va “haqiqiy” millat qurilishi o‘rtasida: postsovet Markaziy Osiyoda o'zliklar va milliylikMilliy davlatchilik qurilishining muqobil, ko‘zga ko‘rinmaydigan va e’tibordan chetda qoladigan o‘lchamlari haqida
Yamakasi
15 Oct 2025, 11:27
forwarded from @islab_uz
🖋 Onlayn so‘rov: O‘zbekistonda ijtimoiy xizmatlar👥 Biz ijtimoiy himoya tizimi faoliyati haqida aholining fikrini o‘rganmoqdamiz. Sizning fikringiz juda muhim. U ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga yordam beradi.🕒 So‘rov atigi bir necha daqiqa vaqt oladi.👮♂️ So‘rov anonim bo‘lib, shaxsingiz oshkor bo‘lmaydi. Javoblaringiz faqat tahlil uchun ishlatiladi.🔗 Quyidagi havola orqali so‘rovda ishtirok eting: https://ee.kobotoolbox.org/x/qiZjgpTv🎖 socialpolicylab.uz 📝 Telegram 😄 LinkedIn 💻 Instagram
Yamakasi
11 Oct 2025, 16:22
forwarded from @tarjimavatanqid
O‘zbekiston: Ixtiro qilingan millatda milliyatchilikning ixtiro qilinishiDekolonizatsiya haqida o‘qiganimizda, ko‘pincha xalqlarning imperiyalarga qarshi kurashini, ommaviy harakatlarni, ozodlik bayrog‘ini ko‘targan qahramonlarni ko‘z oldimizga keltiramiz. Ammo O‘zbekiston va boshqa postsovet respublikalarda tarix boshqacha kechdi. Bu yerda mustaqillik xalq tomonidan pastdan boshlab qo‘lga kiritilmadi — u yuqoridan e’lon qilindi. Davlat milliyatchilik natijasida tug‘ilmadi, aksincha — davlatning o‘zi milliyatchilikni yaratdi: tilni, ramzlarni, tarixiy xotirani shakllantirib, o‘z mavjudligini tushuntirishga harakat qildi.Hindiston, Indoneziya yoki Jazoirdan farqli o‘laroq, bu yerda milliy g‘oya mustaqillikdan oldin emas, keyin paydo bo‘ldi. O‘zbekistonda aksil-mustamlakachilik harakati yoki ozodlik kurashiga asoslangan mif mavjud emas edi. Shu sababli “millat” g‘oyasi kurash natijasisyg.maO‘zbekiston: Ixtiro qilingan millatda milliyatchilikning ixtiro qilinishiMilliyatchilik xalq harakati emas, balki davlat tomonidan yuqoridan yaratilgan sun’iy jarayon sifatida tahlil qilinadi
Yamakasi
31 Aug 2025, 13:42
forwarded from @tarjimavatanqid
O‘zbek o‘zligining arxeologiyasi2002-yilda Toshkentda chop etilgan “O‘zbekistonning etnik atlasi” oddiy ilmiy loyiha emas, balki mamlakatning o‘tmishi va buguniga oid qarashlarga jiddiy chaqiriq bo‘ldi. “Ochiq jamiyat” jamg‘armasi ko‘magida tayyorlangan va sotsiolog Alisher Ilhomov tahrir qilgan mazkur nashr o‘zbeklar kim va ularning o‘zligini shakllanishi qanday kechgan degan savolning naqadar bahsli, siyosiylashtirilgan va og‘riqli ekanini oshkor qildi.Atlas katta tanqidga uchradi. An’anaviy yondashuvdagi olimlar o‘zbek xalqining qadimiyligi va avtoxtonligini ta’kidlab, sovet davridan qolgan etnogenez nazariyalariga tayandilar, bu nazariyalarda millat “tabiiy” va “obyektiv” tarixiy jarayon mahsuli sifatida tasvirlanar edi. Ilhomov esa tamoman boshqa qarashni ilgari surdi: u milliy ong shakllanishida elitalar, institutlar va davlatning hal qiluvchi rolini ko‘rsatib, G‘arb olimlari,
Yamakasi
11 Aug 2025, 15:37
forwarded from @tarjimavatanqid
Okkupatsion iqtisodiyotdan – genotsid iqtisodiyotigacha2025 yil iyun oyida BMTning 1967 yildan buyon okkupatsiya qilingan Falastin hududlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Francesca Albanese «Okkupatsion iqtisodiyotidan — genotsid iqtisodiyotiga» nomli hisobotini taqdim etdi. Hujjatda qurol-aslaha, texnologiya, moliya, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, fan va turizmgacha bo‘lgan sohalardagi korporatib tuzilmalar falastin xalqini tizimli ravishda ezish, o’z hududlaridan siqib chiqarish va yo‘q qilish mexanizmlarida qanday faol ishtirok etayotgani batafsil ochib berilgan.Biz, ushbu matn tarjimonlari, bu hisobotni o‘zbekzabon o‘quvchilarga yetkazish muhim, deb hisobladik.Tarjimonlar: Manzura Xusnidinova, Nozima Olimova, Bobur Muratov, Javohir NematovManba: United Nations Human Rights Office of the High Commissioner. A/HRC/59/23 — From economy of occupation to economy of genocide.http
Yamakasi
19 Dec 2024, 17:46
Бир ғояни/фикрни анчадан бери қандай ёзишни билмай юрибман. Балки мени тушунмассизлар, балки мен фикрларимни сизларга тўғри етказа олмасман.Ғоя қуйидагича: биз жамият ўлароқ бир-биримизни яхши кўришни ўрганишимиз керак. Бизга ўзаро муҳаббат керак. Самимий ва асосларга эга муҳаббат.Бир-биримизни шунчаки мақташ ва бировга фанат ёки мурид бўлиш ҳақида эмас гап. Бу муҳаббат муайян инсонларга нисбатан ҳам эмас, балки бизнинг ижтимоий бирлигимизга нисбатан муҳаббат. Ижтимоий бирдамлик учун бизга шунчаки бировга (дейлик хокимиятга нисбатан) нафратни ўзи етмайди. Бизга қўшимча ижобий хис-туйғу керак. Ота-она, қариндош, ёр ва фарзандларга нисбатан эмас, балки айни шу хамжамият азоларига нисбатан муҳаббат.Сизларни билмайман-у, мен шуни ҳис қиламан. Балки сизлар ҳам ҳис қиларсизлар! Билмайман. Балки узоқда бўлганим учун ўз қабиламни узоқдан севиш онсонроқдир, аммо туғилиб ўсган жамиятимга
Yamakasi
17 Dec 2024, 12:15edited
Дўстлар, анчадан бери канал фаолияти тўхтаб қолган. Сабаби ишлар анча кўпайган. Бунинг учун сизлардан узр сўраймиз. Ҳозир Ижтимоий ҳимояни ривожлантириш институтида иш бошладим. Олимлар жамоаси билан ижтимоий-сиёсатга оид илмий тадқиқотлар қиляпмиз. Шеригим, дўстим ҳам касбий фаолияти ва оиласидан кўп ҳам орта олмаяпти.Канал фаолиятини тиклаш ҳаракатидамиз. Мавзулар ҳам йиғилиб қолган. Унгача зерикиб қолмаслик учун тадқиқот институтининг каналида бериб борилаётган ҳисоботларни кузатиб боришинглар мумкин.
Yamakasi
29 Aug 2023, 08:14
forwarded from @subnazar
Буюк Мушуклар Қирғини«Буюк мушуклар қирғини» дем ном олган ўта ғалати ҳодиса Парижда 1730йилларнинг бирида содир бўлган.Босмахоналарда ишлайдиган ёш шогирд ишчилар намоишкорона ва байрамона кайфият билан мушукларни ваҳшийлик билан қатл қила бошладилар. На шаҳарнинг ёввойи мушуклари, на адашиб кўчага чиқиб қолган мушуклар қатли оммдан саломат қолишди. Безорилар мушукларни қийноқларга солиб, чавоқлаб, ҳамма ёққа қонини оқизиб чиқишарди. Тузоққа туширилган мушукчалар устидан масхара суд жараёнларини ўтказишар ва албатта қатл ҳукмнини чиқариб ўта жирканчлик билан ижрони амалга оширишар эди. Жаллодлик босма ускуналари билан амалга оширилади. Ва мана шу ишлар карнавал хушчақчақлик билан давом этарди. Шаҳар соқчилари аралашиб бу аҳмоқгарчиликни бир амаллаб тугатишган кўринади.Бу воқеа ҳақида жуда оз маълумотлар қолган, фольклор хабарлардан Буюк Мушуклар Қирғини қандай бўлгани ва, энг
Yamakasi
8 Jul 2023, 13:08edited
(2 қисм)Каррнинг фикрига кўра, бирор бир факт тарихий факт мақомига эришиши учун бир қатор босқичларни босиб ўтиши лозим. Тушунарлироқ бўлиши учун, фактларни тарихий фактлар ва тарихдаги бошқа фактлар каби 2 категорияга бўлиб олишимиз лозим. Сезарнинг Рубикон дарёсини кечиб ўтиши ва хона ўртасида катта стол жойлашгани бирдек тарихдаги факт бўла олади, лекин қайсидир бир тарихчи томонидан сайқалланиб, бирор бир фактга тарихий талқин (interpretation) берилса ва у вақт ўтиши билан бошқа тарихчилар томонидан тан олинсагина (у ёки бу жойда нашр этилган ишларда ҳавола берилса, таъкидланса) уни тарихий факт деган сараланган фактлар қаторига қўшиш мумкин бўлади. Кўпчилик тарихчилар “фактлар ўзлари гапиради” (“facts speak for themselves”) деган нотўғри тушунчага эгалар. Бу хато. Фактлар қачонки тарихчи томонидан “гапиртирилсагина” тарихий аҳамият касб этади. Каррнинг тили билан айтганда:
Yamakasi
8 Jul 2023, 13:01edited
ТАРИХЧИ ВА УНИНГ ФАКТЛАРИ(1 қисм)Ўзи шундоқ ҳам умумий аҳволи жуда қоронғи, ўтмиши сўроқларга бой, келажаги эса номаълум қолаётган тарих фанимизнинг нечоғлик мўрт ва ишончсиз эканини биргина подкаст ва унда янграган 5 – 10 та мейнстрим қарашлардан фарқли фикрлар кўрсатиб берди. Бизнинг узоқ йиллар давомида қанчадан-қанча маблағ ва меҳнат эвазига шакллантирилган ва аслида эса жуда саёз бўлиб чиққан тарихий тушунчамиз таг-туги билан қўпориб ташлангандек бўлди гўё. Иддао қилинган фактлар, (ҳозирча уларни тарихий фактлар демай турамиз) фикрлар ва хулосаларни тўғри қабул қилиб, ўзимиз учун фильтрлаб кўриш ўрнига муаллифнинг кийимини чайнашдан узоқлаша олмаяпмиз. Олимимиз ҳам, одамимиз ҳам . . .Подкаст атрофидаги фикрларни кузатиб туриб, тарихнинг энг муҳим саволларидан бўлган, 2 – 3 асрдан бери Европа интеллектуалларининг “Тарих ўзи нима?” деган саволининг жавобига олиб борувчи 2 та
Yamakasi
2 Apr 2023, 15:15edited
Ажемўғлу назарда тутаётган ижтимоий фаровонлик 3.0 эса кучли ва яхши мувофиқлаштирилган ижтимоий ҳимоя тармоғи (social safety net), ҳозиргидан кўра самаралироқ ишлайдиган ҳукумат ва анча такомиллаштирилган оммавий соғлиқни сақлаш тизими кабиларни ўз ичига олади. Бу сценарийнинг "Хитойсимон" давлат сценарийсидан фарқи шундаки, бунда давлатнинг кучланиши демократик институтларнинг ҳамда давлат фаолиятини назорат қилиш ва ундан ҳисобдорликни талаб қилиш учун етарли сиёсий иштирок механизмларининг кучланиши билан параллел равишда рўй беради.Хулоса.Мамлакатимиз учун юқоридаги сценарийлардан бизда фақат биринчи ёки, энг оптимистик ҳолатда, тўртинчи сценарий юз бериши мумкинлигини айтган эдик.Kоронавирус пандемиясини бошдан ўтказиб олдик. Афсуски, охирги ойларда юз бераётган конституциявий ислоҳотларнинг траекториясига қарасак, бизда тўртинчи сценарий амалга ошмади. Аксинча, ҳокимиятда
Yamakasi
2 Apr 2023, 15:11edited
Уч йил аввал Дарон Ажемўғлунинг Project Syndicate сайтидаги COVID-19 пандемиясидан кейинги даврларда давлатнинг роли қандай бўлиши мумкинлиги лонгрид мақоласи ҳақида ёзган эдик.Мақолага кўра, коронавирус пандемиясидан кейин давлатлар 4 хил сценарийга кўра трансформацияга учраши эҳтимоллиги экстраполяция қилинган эди.1. "Фожеали эски ҳаммом, эски тос" (tragic business as usual) сценарийси.Бунда биз амалда расвоси чиққан сиёсий ва иқтисодий институтларимизни ислоҳ қилиш ёки эндемик (туп қўйиб, палак ёзган) иқтисодий ва ижтимоий тенгсизликлар муаммосини ҳал қилиш учун бирор жиддий ҳаракат қилмаймиз. Бу ҳолатда биз на турли қарорлар қабул қилишдаги махсус билим ва тажриба ҳамда илм-фаннинг ролини мустаҳкамлашнинг, на иқтисодий, сиёсий ва ижтимоий тизимларимизнинг мослашувчанлигини оширишнинг уддасидан чиқа оламиз. Агар лидерларимиз муаммонинг жиддийлигини тушуниб етишмаса ёки бизProject SyndicateThe Post-COVID StateDaron Acemoglu sees four possible trajectories for advanced economies confronting the coronavirus pandemic.
Yamakasi
2 Feb 2023, 16:13
Яхши ҳам давлатга ишониб қолмаган, ўз хавфсизлиги учун ўзи қайғурадиган одамлар бор — уларнинг камералари бўлмаса, ҳамма маҳаллаларни видеокузатув билан қамраб олиш учун миллиардлар сарфлаган давлат қандай қилиб «жиноятни содир этганликда гумонланувчи қўлга олинди» деб жар солган бўларди? Эҳтимол, гумонланувчини ҳали ҳам излаб юрган бўлардиДавлат, етар энди? Ўзингни ва бошқаларни-да алдашни тўхтатарсан, балки?
Yamakasi
2 Feb 2023, 16:13
Давлат, етар энди?Давлат фуқароларнинг бирламчи эҳтиёжларини лозим даражада қондира олмаяпти. Давлатнинг ҳаёт хавфсизлигини таъминлаш соҳасидаги фаолиятига ҳам саволлар бор. Ўзбекистон тинч, лекин хавотирларга тўла мамлакатга айланиб қолди. Муҳрим Аъзамхўжаев мақоласида шу ҳақда сўз юритди.Давлат энг зарур вақтда на электр, на газ билан таъминлай оляпти. Аксарият ўзбекистонликлар: «Европа қишда роса қийналадиган бўлди-да, Россияга қарши чиққани учун тавбасига таянади», деб хавотир олиб ўтирганида бир кеча ёққан қор аҳволимизни Европаникидан баттар қилиб қўйди — энергетика тизимимизга Россия ракеталари тегмаган бўлса-да, одамларимиз кварталлар ичида гулхан ёқиб исинишга мажбур бўлди, вазиятни ўнглаш учун охири, худди пандемия давридагидек, армия ёрдамга келди. Ачинарлиси, давлат танг аҳволни бартараф этиш учун бир чора кўрса, кетидан бошқа, янги муаммо келиб чиқяпти: одамларнинг уйи
Yamakasi
18 Jan 2023, 15:49
forwarded from @readnrollm
Узоқ кутилган кун келди. Бир неча йиллик мақсадим рўёга чиқди 🎉Мазахчини ўлдириш ҳар бир китобсеварга маънавий озуқа бера олади деган умиддаман. Китоб ҳақидаги фикрларингизни кутиб қоламан.Ҳурмат билан @readnroll
Yamakasi
10 Oct 2022, 09:02edited
Масъулиятдан ҳоли эркинликнинг, вақти келиб, одам учун оғир юкка айланиш эҳтимоли бор.@leyamakasi
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
