Latest posts

Anhor.uz | Live
21 Sept, 10:32
Tramp ma’muriyati Xalqaro jinoyat sudiga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqdaDonald Tramp ma’muriyati Xalqaro jinoyat sudigan qarshi keng qamrovli sanksiyalar joriy etishga tayyorlanmoqda.@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Anhor.uz | Live
21 Sept, 05:33
5 mlrd so‘mlik zarar yetkazishda gumon qilingan shaxs Turkiyada ushlandiXalqaro qidiruvda bo‘lgan S.A. Turkiya hududida aniqlanib, qo‘lga olindi va O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqida Istanbuldagi Bosh konsulxona axborot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, bu O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilgan.@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Anhor.uz | Live
21 Sept, 05:16
Tehron osmonidagi rangli chiroqlar aks etgan videolar tarqaldiEron poytaxti Tehron osmonida yorqin va turli rangdagi chiroqlar aks etgani aytilayotgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Telefon kameralarida olingan kadrlarda tungi osmonda bir nechta rangda yoritilgan noma’lum obyekt ko‘rinadi. Hozircha uning nima ekani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.Eron rasmiylari obyektni xavf yoki tahdid sifatida baholagan rasmiy bayonot ham e’lon qilmagan.@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Anhor.uz | Live
20 Sept, 07:36
Qoraqalpog‘istonlik pedagog va yana 207 nafar pedagoglar "Yil o‘qituvchisi" tanlovida 50 ming dollardan yoki 616 mln so'mdan mukofotni qo‘lga kiritdiBu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida ma’lum qilingan.@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Anhor.uz | Live
19 Sept, 17:00
Alisher Usmonov masalasi nega Parij, Boku va Bryusselni bir nuqtada tutashtirdi?Fransiya Usmonovni YeI sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni so‘ramoqda. Xalqaro manbalar bu pozitsiyani Ozarbayjonda ushlab turilgan fransuz fuqarolari masalasi bilan bog‘lamoqda.Nega aynan Usmonov? Va qanday qilib bitta ism 27 davlatning umumiy qaroriga ta’sir qiladigan masalaga aylandi?▶️ Batafsil — Anhor Live’ning yangi tahliliy videosida. https://youtu.be/jCBL7RyLYtg@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Anhor.uz | Live
19 Sept, 16:54
Yangi Toshkent aeroporti uchun 7 ta qabriston ko‘chiriladi. Ammo jarayon qanday amalga oshiriladi?Qaysi qabristonlar ko‘chiriladi, qayerga olib o‘tiladi va xalqaro tajribada bunday holatlar qanday tartibga solinadi?Anhor.uz tahliliy videosida — qaror, xalqaro standartlar va ochiq qolayotgan savollar haqida.Video: https://youtu.be/hJsdSyW7Z00@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Anhor.uz | Live
19 Sept, 07:48
Qoraqalpog‘istonda xususiy bog‘chalar uchun 7 foizli kredit beriladiQoraqalpog‘istonda maktabgacha ta’lim qamrovi 84 foizga yetgan. Shu bilan birga, Amudaryo, Bo‘zatov, Taxiatosh, To‘rtko‘l, Chimboy, Xo‘jayli va Ellikqal’ada bu ko‘rsatkich hali ham pastligi qayd etildi. Qoraqalpog‘istonda maktabgacha ta’lim qamrovi avval ham 84 foizga yetgani prezidentning rasmiy saytida qayd etilgan.Endilikda Qoraqalpog‘istonda xususiy bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga 15 yil muddatga, besh yillik imtiyozli davr bilan 7 foizli kredit ajratilishi belgilandi.@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Anhor.uz | Live
19 Sept, 07:29
Italiyada Apple xodimlari yangi iPhone savdosi boshlangan kuni ish tashladiItaliyadagi Apple do‘konlari xodimlari 18-sentabr kuni yangi iPhone savdosi boshlangan kunda umumxalq ish tashlashini e’lon qildi.Xodimlar yuqori ish yuklamasi va do‘konlarda xodimlar yetishmasligidan norozi.@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Anhor.uz | Live
19 Sept, 07:25
Nukus tumanida 10 ming gektarda qovun yetishtiriladiKelgusi bahordan Nukus tumanidagi 10 ming gektar maydonda qovun yetishtirish boshlanadi.Yil yakuniga qadar Ispaniya, AQSh, Niderlandiya va Xitoydan qovunning eng yaxshi navlari, shuningdek, urug‘chilik va agrotexnologiyalar bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilish topshirildi.Loyiha doirasida salohiyatli investorlarni jalb etib, qovunni qayta ishlash va eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi xolding tashkil etilishi rejalashtirilgan.@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Anhor.uz | Live
19 Sept, 07:19
Taxtako‘pirda 100 ming bosh qo‘y-echki boqish rejalashtirilmoqdaTaxtako‘pir tumanida Shinjon tajribasi asosida ozuqa yetishtirish yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.Loyiha doirasida Mo‘g‘uliston, Turkiya, Xitoy va Avstraliyadan 5 ming bosh qo‘y-echki olib kelinib, Qoraqalpog‘iston sharoitida ko‘paytiriladi. Buning uchun bir oy muddatda 1 ming gektar yer maydonini belgilab berish topshirildi.@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Anhor.uz | Live
19 Sept, 07:09
Sanjar Karimovning AQSH fuqarosi bo‘lgan onasi va opasi Komil Allamjonov hamda AQSH davlat idoralaridan yordam so‘radiUlar AQSH Davlat kotibi va Adliya departamentiga ham murojaat qilib, Karimovga chiqarilgan hukmni adolatsiz deb hisoblashlarini bildirgan.@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Anhor.uz | Live
19 Sept, 07:02
Qoraqalpog‘istonda sug‘orish suvining 38 foizi yo‘qotilmoqdaQoraqalpog‘istondagi 417 ming gektar ekin maydonini sug‘orish uchun yiliga 5 milliard 700 million kub metr suv sarflanmoqda. Shundan 38 foizi yoki 2 milliard 100 million kub metri yo‘qotilmoqda.@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Anhor.uz | Live
18 Sept, 19:29
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davomida Nukus shahridagi rekonstruksiya qilingan “Turon” stadioniga tashrif buyurdi@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Anhor.uz | Live
18 Sept, 15:07
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi doirasida yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Anhor.uz | Live
18 Sept, 14:58
Rossiya Yaponiyadan AQSh raketa tizimlarini olib chiqishni talab qildiRossiya Tashqi ishlar vazirligi Yaponiyaga AQShning "Typhon" o‘rta masofali raketa tizimlari joylashtirilgani sabab norozilik notasi yubordi va ushbu qurollarni mamlakat hududidan olib chiqishni talab qildi.@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Anhor.uz | Live
18 Sept, 14:02
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi faoliyati bilan tanishdi@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Anhor.uz | Live
18 Sept, 13:03
Pokistondagi masjid portlashida kamida 16 kishi halok bo‘ldiPokistonning shimoli-g‘arbidagi Kohat shahrida politsiya bosh qarorgohi hududidagi masjidga uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘lgan, 56 dan ortiq odam yaralangan.@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Anhor.uz | Live
18 Sept, 12:02
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus tumanidagi Diyqan arna mahallasida boʻlib, aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Anhor.uz | Live
18 Sept, 11:33
Prezident Shavkat Mirziyoyev Kegeyli tumanida tashkil etilgan issiqxona majmuasi bilan tanishdi@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Anhor.uz | Live
18 Sept, 10:58
forwarded from @anhor_uzb
Abay va Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasida katta tirbandlik yuzaga keldiAnhor.uz murojaatlar botiga Abay va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasidagi katta tirbandlik bo‘yicha murojaat kelib tushdi. Fuqarolar 40 daqiqadan beri deyarli harakatlana olmayotganini aytmoqda. Mas’ullardan vaziyat yuzasidan izoh kutamiz.Batafsil 👇 https://anhor.uz/uzl/news/abay-va-abdulla-qodiriy-kochalari-chorrahasida-katta-tirbandlik@anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
