gram news
madnifique channel avatar

madnifique

@madnifique

Аудиокитоблар, шахсий фикрлар. 📺 https://www.youtube.com/c/Madnifique 🦅 https://twitter.com/bookclubuz ⚠️ Аудиокитобларни бўлишишда Мадина Мусаева суҳандонлиги ва @madnifique канали айтиб ўтилсин, монетизация тақиқланади. 🌃 Торонто

ProjectsUZBooks

2,620subscribers

Open the Channel

Latest posts

  • madnifique

    1 Feb, 14:15

    forwarded from @jalilovqaydlar

    Kecha X tarmogʻidagi BookClub sahifasida Farengeyt Press nashriyoti chop qilgan "Behalovat avlod" kitobi muhokamasi boʻlib oʻtdi. Muhokama nashriyot vakillari nega nashr uchun bu kitob tanlangani va kitobdan olgan taassurotlari haqida , gapirib berishdi, shuningdek, kitobda koʻtarilgan masalalar va ularning Oʻzbekiston uchun yechimlari boʻyicha fikr almashdik. Muhokamada qatnasha olmaganlar muhokama audiosini BookClub sahifasida tinglashlari mumkin. Va "Behalovat avlod" kitobini hali oʻqimagan boʻlsangiz, albatta oʻqing - har bir ota-ona oʻqishi mumkin boʻlgan kitob. Kitobni "Qamar" doʻkonidan va boshqa kitob doʻkonlaridan topish mumkin.BookClub'ning anʼanaviy kitob muhokamalari esa davom etadi. Fevral oyi uchun tanlangan kitob jahon adabiyotining muhim asarlaridan, Nobel mukofoti sovrindori Goldingning "Pashshalar hukmdori" asari. Kitobni yaqinda "Akademnashr" oʻzbek tilida chop
    Image from a post by madnifiqueImage from a post by madnifiqueImage from a post by madnifique
    2,9101971Open in Telegram
  • madnifique

    29 Jan, 13:23

    forwarded from @farengeyt_press

    Barchangizni “Behalovat avlod” kitobi yuzasidan bo‘lib o‘tadigan audiochatga taklif qilamiz.🎙 Suhbat ishtirokchilari:— Madina Musayeva (moderator) — Mahin’s World — Farengeyt Press nashriyoti bosh muharriri Xurshid Yo‘ldoshev — Nashriyot jamoasi — @bookclubuz a’zolari va boshqa kitobxonlarKitobni o'qigan, mavzu yuzasidan o'z fikr-mulohazalaringiz bo'lsa, albatta ishtirok eting, xursand bo'lamiz.👉 https://x.com/bookclubuz/status/2016544231771218366?s=20🗓 31-yanvar, shanba ⏰ 21:00
    2,690866Open in Telegram
  • madnifique

    26 Oct 2025, 11:29

    forwarded from @sigma_podcast

    Jamiyatni oʻzgartiradigan kitoblar | Sigma PodkastNavbatdagi podkastimizning qahramonlari bu — @farengeyt_press nashriyoti. Ushbu nashriyot ijtimoiy tadbirkorlik loyihasi bo'lib, daromad qilishni o'zining asosiy maqsadi sifatida belgilamagan. Nashriyot qisqa muddatda bolalar va o'smirlar uchun "Boshlang'ich saboqlar" turkumi ostida 3 ta kitob nashr qilishga ulgurdi. Shuningdek, hozirda so'nggi yillarning mashhur kitoblaridan biri "The Anxious Generation" tarjimasi ustida ishlamoqda.Tomosha qiling:https://youtu.be/1ilODVvh8c0
    4,340video1682Open in Telegram
  • madnifique

    11 Oct 2025, 08:36

    forwarded from @farengeyt_press

    📚 Sotuv boshlandi!Farengeyt Press’dan katta yangilik! Endi siz Buyuk Britaniyaning mashhur Usborne nashriyoti chop etgan “Boshlang‘ich saboqlar” (For Beginners) turkumidagi uchta kitobni o‘zbek tilida birinchilardan qo‘lga kiritishingiz mumkin:💵 Pul – Boshlang‘ich saboqlar Pul nima? U qayerdan keladi va qanday ishlaydi? Bu kitob o‘smirlar uchun moliyaviy dunyoni sodda, qiziqarli va hayotiy misollar bilan tushuntiradi.⚡️ Fizika – Boshlang‘ich saboqlar Nega osmon moviy? Nega kema cho‘kmaydi? Yer nega aylanishdan to‘xtamaydi? Harakat, energiya va koinot sirlarini oson tilda tushuntiruvchi qo‘llanma.🌱 Biologiya – Boshlang‘ich saboqlar Hayot qanday ishlaydi? Inson tanasi, o‘simliklar va hayvonlar olami qanday uyg‘unlikda yashaydi? Javoblar — shu kitobda.👉 Buyurtma berish uchun:Biologiya: boshlang’ich saboqlar Fizika: boshlang’ich saboqlar Pul: boshlang’ich saboqlar
    Image from a post by madnifiqueImage from a post by madnifique
    3,8701394Open in Telegram
  • madnifique

    23 Sept 2025, 12:29

    forwarded from @farengeyt_press

    Usborne "Boshlang'ich saboqlar" turkumidan kitoblarimizning ilk uchtasi Istanbuldagi "Megabasim" matbaasida bosilmoqda. Bularning ilk nishona nusxalari ham qo'limizga yetib keldi. Qattiq muqovada, yuqori sifatda chop etilmoqda.Bolalar yanada yaxshirog'iga loyiq, biz shunga harakat qilamiz!#FarengeytPress #boshlangich_saboqlar #Usborne_Kimyo #Usborne_Fizika #Usborne_Biologiya #IlmSoddaTildaFacebook | Instagram | X
    3,440video1744Open in Telegram
  • madnifique

    10 Aug 2025, 15:56

    forwarded from @farengeyt_press

    📚 @mahinsworld nashriyotimiz o‘zbek tiliga o‘girayotgan “Behalovat avlod” kitobi haqida ajoyib video-taqriz tayyorladi. Atigi 10 daqiqada ushbu xalqaro bestseller mazmuni va eng muhim g‘oyalaridan xabardor bo‘lishingiz mumkin.Psixolog olim Jonatan Haidt yoshlar orasida tobora kuchayib borayotgan depressiya, xavotir va yolg‘izlik holatlarini chuqur tahlil qilgan.Uning tadqiqotlariga ko‘ra, bu inqirozning asosiy sabablari: 📌 Ijtimoiy tarmoqlar 📌 Smartfonlar 📌 Bolalarning real hayotdan uzilib qolishi❓ Nega farzandingiz endi ko‘chada o‘ynamaydi? ❓ Nega maktab yoshidagi qizlar o‘z joniga qasd qilish haqida o‘ylay boshladi? ❓ Nima uchun butun boshli avlod o‘zini yolg‘iz his qilmoqda?📖 Tarjima ishlari yakunlanmoqda — hozir tahrir bosqichidamiz. Kitob sentabr oxirida sotuvda bo‘ladi!🔗 Video-taqriz#jonatan_haidt #behalovat_avlod #tarjima #farengeyt_press #anxious_generation⬇️
    3,780113Open in Telegram
  • madnifique

    9 Aug 2025, 14:15

    forwarded from @mahinsworld

    Yangi video men sevim o’qigan ilmiy-ommabop kitoblarimdan biri haqida. Z avlodga gadjetlar hamda ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri tahlili aynan shu kitobdahttps://youtu.be/2bXMvzT9P6Y?si=WSJz5MFyOlz8ZUF9
  • madnifique

    20 Jul 2025, 06:39

    Александр Дюманинг “Граф Монте-Кристо” романини ўқишга қизиқиш билдирган ўқувчиларимга ташаккур! Барчангизни дўстим ва маслакдошим, олима ва ажойиб букблогер @mahinsworld билан биргаликда дунёда энг кўп тилларга таржима қилинган романлардан бири бўлмиш “Граф Монте-Кристо”ни ўқиб, сентябр ойи охирида аудиочатда муҳокама этишга таклиф этамиз!Романни бир вақтда китоб клуби сифатида ўқиш инсонга мотивация беради, муҳокама этиш эса шунчаки воқеалар кетма-кетлигини айтиб бериш эмас, асарни турли мавзулар ва жиҳатлари, масалан, адабий, тарихий ва ижтимоий нуқтаи назардан таҳлил этиш имконини ҳам беради. Асар икки томдан иборат ва агарда ҳар куни атиги 20-25 бетдан ўқилса, уни 2 ойда бемалол тугатиш мумкин.Романнинг ҳажми катталиги сабабли уни бутунлай аудио шаклида ўқиб бериш иложим йўқ, лекин у профессионал суҳандонлар томонидан аллақачоноқ аудиокитоб шаклига айлантирилган (аудиокитобга
    Image from a post by madnifiqueImage from a post by madnifique
    10,2002398Open in Telegram
  • madnifique

    17 Jul 2025, 05:40

    Граф Монте-Кристони ўқиб, чатда муҳокама қиламизми? Баҳонада ўзим ҳам қайта ўқирдим, бунинг устига @asaxiybooks нашр этган янги версияси асл ҳолида, қайта таҳрирда тўлиқ ва цензурасиз чиққан, уни мен ҳам ўқимаганман. Кимга қизиқ, нечта одам йиғиламиз, комментларга ёзингларчи ☺️👉@madnifique👈
    3,480video44553Open in Telegram
  • madnifique

    17 Jul 2025, 05:05

    forwarded from @madnifique

    👉@madnifique👈 каналидаги аудиокитоблар рўйхати
    2,880754Open in Telegram
  • madnifique

    9 Jul 2025, 06:21

    Цензура, цензуражон, цензурақизғалдоқ. Айниқса “эстетик талаблар” деган қисми ўта саволли. Эстетика — субъектив, шахсий фикр ва дидга боғлиқ нарса, унинг мезонлари ноаниқ. Дейлик, машҳур “Шайтанат” асари шахсан мен учун ноэстетик ва дидсиз, лекин бу уни тақиқлаш керак дегани эмас-ку.Беҳзод Ҳошимов “Учинчи Ренессанс” деган иддаоли даврдан аввал “Why Nations Fail” (“Мамлакатлар таназзули сабаблари”) китобини олиб келишда Ўзбекистон ҳақидаги саҳифаларни йиртиб ташлашга мажбур бўлганини айтиб берарди.Журналист Питер Померанцевнинг “This is Not Propaganda: Adventures in the War Against Reality” китобида Совет давридаги аёвсиз китоб цензураси тасвирланади. “Самиздат” нашр этган китобларни одамлар пойабзал қутисига яшириб ўқишган. Померанцевнинг онаси шундай китобни уйга олиб келганида, бувиси йиғлайди: “Сени қамашади, эмизикли боланг қолиб кетади”…Дежавю. Бир қадам олдинга, ўн қадам
    TelegramJalilov. QaydlarDeputatlar kitoblarga senzura joriy qilmoqchimi? Oliy Majlis Qonunchilik palatasi telegram kanalining yozishicha, parlamentda "Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida" qonunga oʻzgartirish kiritish harakati boshlangan. "Qonun loyihasi ... nashr etilayotgan kitoblarning…
    5,85025841Open in Telegram
  • madnifique

    7 Jul 2025, 08:08

    forwarded from @farengeyt_press

    Do‘stlar, Usborne “Boshlang‘ch saboqlar” turkumidan oltita kitobni o‘zbek tilida nashrga tayyorlash ishlari boshlangani haqida avval xabar bergan edik. Shulardan uchta kitob (kimyo, biologiya, fizika) chop etishga tayyor holga keldi. Qolgan uchtasi jarayonda. Sentabr oyidan birin-ketin barcha kitoblar bozorga chiqadi.Avvaldan buyurtmalar ham qabul qilinadi, bu haqda keyinroq xabar beramiz.Bu kitoblar asosan o‘smirlar uchun deb aytilsa-da, aslida barcha qiziquvchilar uchundir. Ayniqsa, qiziquvchan farzandining savollariga javob berishda qiynaladigan ota-onalar uchun ayni muddao. Ilmiy-ommabop kitoblar o‘qishga chog‘langan kitobxonlar uchun ham yaxshi boshlang‘ich bilim beradi degan umiddamiz. Quyida fizika, kimyo va biologiya kitobidan olingan parchalar.#FarengeytPress #boshlangich_saboqlar #Usborne_Kimyo #Usborne_Fizika #Usborne_Biologiya #IlmSoddaTildaFacebook | Instagram | X
    Image from a post by madnifiqueImage from a post by madnifiqueImage from a post by madnifiqueImage from a post by madnifique
    2,5702463Open in Telegram
  • madnifique

    20 Jun 2025, 09:05

    forwarded from @farengeyt_press

    Farengeyt Press nashriyoti o’smirlarning moliyaviy savodxonligini oshirish yo‘lida Anorbank bilan hamkorlik kelishuvini imzoladi.Hamkorlik doirasida “Usborne” nashriyotining mashhur “For Beginners” turkumidan “Pul: boshlang‘ich saboqlar” kitobi o‘zbek tilida nashr etiladi. Ushbu kitob bolalar va o‘smirlarga pulning mohiyatini, iqtisodiyotda qanday rol o‘ynashini, tarixini, valyutalar, ularning banklar va boshqa moliyaviy tizimlardagi o‘rnini sodda va qiziqarli tushuntirib beradi.Bolalar va o’smirlarda moliyaviy savodxonlikni erta yoshdan shakllantirish muvaffaqiyatli moliyaviy kelajak sari pillapoyadir.📘 Kitob sentabr oyida sotuvga chiqadi. Yoshlar uchun — bilimga moliyaviy eshik ochildi!#FarengeytPress #Anorbank #BoshlangichSaboqlar #MoliyaviySavodxonlik
    Image from a post by madnifiqueImage from a post by madnifique
    2,8401465Open in Telegram
  • madnifique

    12 Jun 2025, 03:01

    🎧 Стив Жобс. Стэнфорд университетидаги нутқ.Бундан роппа-роса 20 йил аввал айнан 12-июн куни афсонавий Стив Жобс Стэнфорд университети битирувчилари қаршисида турган ҳолда юз минглаб қалблардан жой олган машҳур нутқини сўзлайди. Унда Apple компанияси асосчиси ва кашфиётлари билан дунёни ўзгартира олган Стив Жобс 3 та оддий ҳикоялар билан бўлишади. Мазкур самимий, ўта таъсирчан ҳикоялар нуқталарни боғлаш, муҳаббат ва йўқотиш, ҳамда ўлим ҳақида эди. Стив ўзининг болалиги, туғилиши билан онаси бошқа оилага бериб юборгани, қийинчиликда ўтган ёшлиги, оч қолган кунлари, муваффақиятсизликлари, саратон касали билан юзлашган пайтлари ва энг муҳими — севган ишини ҳеч қачон ташлаб қўймагани ҳақида сўзлаб беради.Орадан бор-йўғи 6 йил ўтиб, 2011 йилда ўлим Стив Жобсни орамиздан олиб кетди. Аммо унинг сўзлари ҳалигача қалбларда жаранглаб турибди:“Сизнинг вақтингиз чегараланган. Шунинг учун уни
    YouTubeAudiokitob | Stiv Jobs | Stenford nutqiMadina Musayeva o'qiydi | 👉Telegram: @madnifique | Hasan Karvonli tarjimasi
    6,7302072Open in Telegram
  • madnifique

    1 Jun 2025, 17:50edited

    🌱 1-июн – Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни.Мендaн кўп сўрашади: “Шунча йиллар аввал кўчиб кетгансан, нега Ўзбекистон учун қайғуришда давом этяпсан?” Бу саволга жавобларим кўп, аммо энг асосийси шундаки, ўзбекистонлик болалар мен учун бегона эмас.Миллатнинг бегона боласи бўлмайди. Биз, қаерда яшашимиздан қатъий назар, миллатмиз. Ҳар биримизнинг нечта фарзандимиз борлиги муҳим эмас – миллатимиз келажаги бўлган болалар барчамизнинг фарзандларимиз. Уларда бизнинг ДНК, уларда бизнинг келажагимиз яшайди. Шунинг учун болалар менга мақсад, маъно ва куч бағишлайди.Болаларимиз энг қулай мактабларда ўқиши, замонавий китобларга тўла шинам кутубхоналарга бориши, тоза ҳаволи, осойишта парк ва ўйингоҳларда болаликни ҳис қилиб ўсиши биз, катталарнинг масъулиятидир. Бунга ҳар биримиз қўлдан келганча ҳисса қўшишимиз керак.Биламан, балки бу сўзлар ҳаддан ташқари содда, ҳатто баландпарвоз
    3,0903514Open in Telegram
  • madnifique

    19 May 2025, 02:38

    forwarded from @farengeyt_press

    “Farzandim telefonidan bosh ko'tarmaydi, haqiqiy hayotdan uzilib, qandaydir begona hayotda yashayotgandek. Doim behalovat, besabr, jizzaki, sababini bilolmay boshimiz qotgan."Shu holat sizga ham tanishmi? Biz bilgan, ko'chalarni changitib, o'rtoqlaring bilan o'ynab ulg‘ayish, baxtiyor bolalik endi sarobmi? Nega o‘smirlar beqanoat, nimadandir mudom norozi?Farengeyt Press nashriyoti taniqli psixolog Jonatan Haidtning “Behalovat avlod” bestsellerini o‘zbek tiliga o‘girish uchun tarjima huquqini olish jarayonida. Qator mashhur insonlar tavsiya etayotgan mazkur kitob smartfonlar, ijtimoiy tarmoqlar va yoshlardagi ruhiy salomatlik inqirozi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish bo‘yicha ancha batafsil tadqiqotdir. “Behalovat avlod” o‘zbekzabon ota-onalar, pedagoglar va, ayniqsa, o‘smirlar ta’limi va salomatligiga mas’ul davlat va nodavlat tashkilotlarning mavzuga e‘tibori va jiddiy
    Image from a post by madnifiqueImage from a post by madnifique
    2,900278Open in Telegram
  • madnifique

    5 May 2025, 04:06

    forwarded from @farengeyt_press

    “Farengeyt Press” nashriyoti “Usborne” (Britaniya) nashriyotining o‘smirlar uchun 16 kitobdan iborat “Boshlang‘ich saboqlar” (For Beginners) turkumini o‘zbek tilida chop etish bo‘yicha ilk qadamni qo‘ydi. Dastlabki bosqich o‘laroq turkumdagi 6 ta kitob – “Pul”, “Iqtisodiyot”, “Kimyo”, “Fizika”, “Matematika” va “Biologiya”ni o‘zbekchaga o‘girish uchun tarjima huquqi olindi. Keyingi bosqichda mazkur turkumdagi siyosat, huquq, ekologiya, falsafa va sun’iy intellektga daxldor kitoblarni ham o‘zbekzabon bolalar uchun nashrga tayyorlash rejalashtirilmoqda.Kitoblar 10+ yoshdagi oʻsmirlar uchun moʻljallangan boʻlsa-da, mavzuga qiziqadigan katta yoshdagi auditoriya uchun ham manfaatli boʻlishi mumkin.#usborne #boshlangich_saboqlar #for_beginners #tarjima_huquqiTelegram | Facebook | Instagram | X
    Image from a post by madnifiqueImage from a post by madnifiqueImage from a post by madnifiqueImage from a post by madnifique
    3,2103912Open in Telegram
  • madnifique

    2 May 2025, 03:10

    forwarded from @farengeyt_press

    📚 Kitobning ohanrabosi shundaki, u insonni nafaqat yetuklikka yetaklaydi, balki yagona g‘oya sari intiluvchi maslakdoshlarni birlashtira oladi. Shu kunlarda qator ijtimoiy tarmoqlarda FP tarzidagi logotipni bir qator foydalanuvchilar ulashdi; uning nimaligi haqidagi taxminlarning ayrimlari mazkur logotip yangi nashriyotga tegishliligi, uning nomi qandayligi haqida bo‘ldi.@Farengeyt_Press – chindan yangi nashriyot va unga turli sohalarda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan, ayni chog‘da, kitob va kitobxonlikka befarq bo‘lmagan faollar va mutaxassislar asos soldi. Biz – jurnalist va tarjimon Sardor Salim, muharrir va faylasuf Xurshid Yo‘ldoshev, iqtisodchi olim Behzod Alimov, pedagog mutaxassis va tadqiqotchi Komil Jalilov hamda audiokitoblar suxandoni va kitobxonlik targ‘ibotchisi Madina Musayevalar – mushtarak g‘oyamiz va maqsadimiz ifodasi o‘laroq
    2,830video2910Open in Telegram
  • madnifique

    29 Apr 2025, 12:52

    forwarded from @allaevuzb

    Bir qator ijtimoiy tarmoq faol foydalanuvchilari ushbu logotipni post qilishdi.Bu yangi nashriyot logotipi degan tahmin bildirilmoqda.Tez kunlarda bilib olamiz. Yangi loyiha jamoasiga omad.#yangilik @allaevuzb
    Image from a post by madnifiqueImage from a post by madnifique
    2,340235Open in Telegram
  • madnifique

    27 Feb 2025, 10:00

    4,290file209Open in Telegram