Latest posts

MA'MUN YOSHLARI|RASMIY
22 Sept, 07:58
forwarded from @yoshlareduuz
😚😋😛😝🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish – har birimizning burchimizdir” shiori asosida oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari hamda ularning ota-onalari o‘rtasida anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.✅ Barchangizdan befarq bo‘lmagan holda, ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.➡️ So‘rovnomada ishtirok etish⬅️
MA'MUN YOSHLARI|RASMIY
22 Sept, 07:06
Assalomu alaykum, hurmatli Ma’mun Universiteti rahbariyati va talabalari!Sizlarni 25-sentabr kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Zamonaviy San’ati muzeyida Ursula Endlicherning “Trees, Activated” ko‘rgazmasining ochilish marosimiga lutfan taklif qilamiz. Ochilish marosimida ishtirok etish bepul.Manzil: Urganch shahri, O‘zbekiston ko‘chasi, 21-uy. Telefon: +998 93 319-02-88, +998 55 604-46-90.Sizni ko‘rgazmaning ochilish marosimida kutib qolamiz!
MA'MUN YOSHLARI|RASMIY
22 Sept, 04:21
forwarded from @mamununiversitetrasmiy

MA'MUN YOSHLARI|RASMIY
21 Sept, 17:03edited
#Mamun_Universiteti #Yoshlar_Ittifoqi #Volontyorlar_faoliyati #YoungVolunteers #Khorezm2026 #NationalAIHackathon #YoungVolunteers #AI #Volunteers🤖 National AI Hackathon — Khorezm 202617–20-sentabr kunlari Ma’mun universitetida sun’iy intellekt va innovatsiyalarga bag‘ishlangan National AI Hackathon Khorezm 2026 bo‘lib o‘tdi. 🚀Tadbirda Ma’mun universitetining “Young Volunteers” ko‘ngillilari ham faol ishtirok etib, hackathonning tashkiliy jarayonlariga o‘z hissasini qo‘shdi. 💚Yoshlar, texnologiyalar va yangi g‘oyalar bir maydonda! 🌱🤖#mamun_yoshlar_ittifoqi
MA'MUN YOSHLARI|RASMIY
21 Sept, 12:27
1-OKTABR — O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNIGA BAG‘ISHLANGAN “USTOZLAR — SPORT BILAN BIRGA!” SPORT MUSOBAQASINI E'LON QILAMIZUniversitet professor-o‘qituvchilar va ishchi-xizmatchilar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlab professor-o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Ustozlar — sport bilan birga!” sport musobaqalari bo'lib o'tadi.‼️Musobaqada ayollar va erkaklar alohida yosh guruhlarida qatnashadi:Musobaqa turlari 1. Arg‘amchida sakrash (1 daqiqa) 2. Qo‘llarni bukib-yozish 3. Darts o‘yini Har bir yosh-jins toifasida I, II va III o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.Murojaat uchun +998915712777Telegegram @mamunactivesportInstagram https://www.instagram.com/mamun_active_sport
MA'MUN YOSHLARI|RASMIY
21 Sept, 10:22
forwarded from @sportlashamiz
2️⃣🅾️2️⃣6️⃣-yilgi mavsumiga start berilmoqda.Oliy ta'lim muassasalari talaba-yoshlari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida bo'lib o'tadigan sport musobaqalarida ishtirok etish uchun 5tashabbus.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tishga, bugundan 21-sentabr kunidan start berildi.Barcha talaba-yoshlarimizni ushbu sport musobaqlarida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.Barcha eng so'ngi ma'lumotlarni bizning @sportlashamiz kanalida kuzatib boring.🇺🇿 Sportlashamiz - “Tezroq, balandroq-birgalikda”
MA'MUN YOSHLARI|RASMIY
20 Sept, 02:28
#Mamun_Universiteti #Yoshlar_Ittifoqi #MamunVolunteers #WorldCleanupDay2026🌍 Jahon tozalash kuni #2026 — tabiat uchun birgalikda! 🌿Jahon tozalash kuni #2026 doirasida Ma'mun universiteti volonterlari ham ushbu ezgu tashabbusda faol ishtirok etib, atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. 💚Tadbir davomida ishtirokchilar bilan birgalikda plogging — yugurish va atrof-muhitni chiqindilardan tozalashni birlashtirgan ekologik faoliyat tashkil etildi. Shuningdek, yoshlarning qiziqishi va jamoaviy ruhini oshirish maqsadida turli musobaqalar va qiziqarli tanlovlar o‘tkazildi. 🏃♀️🌱Bunday tadbirlar nafaqat hududimizning tozaligi va obodonligiga xizmat qiladi, balki yoshlar orasida tabiatga mas’uliyatli munosabat, ekologik ong va barqaror turmush tarzini shakllantirish uchun ham muhim ahamiyatga ega.Biz ishonamiz: toza va yashil
MA'MUN YOSHLARI|RASMIY
19 Sept, 15:47
#MamunUniversiteti #Mamun_Yoshlar_Ittifoqi #koordinatorlar_faoliyati #YangiOquvBinosi #Tibbiyot🏥 TIBBIYOT TA’LIMINING YANGI MASKANI➡️ Bugun Ma’mun universitetida Tibbiyot fakulteti talabalari uchun bunyod etilgan yangi 6-binoning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.➡️ Zamonaviy o‘quv binosi talabalar uchun qulay ta’lim muhiti, yangi auditoriyalar va tibbiyot yo‘nalishida bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlari bilan alohida ahamiyat kasb etadi.➡️ Tadbir davomida talabalar yangi bino bilan yaqindan tanishib, undagi o‘quv xonalari va yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar. Ushbu maskan yoshlarning sifatli ta’lim olishi va kelajakdagi kasbiy faoliyatiga puxta tayyorgarlik ko‘rishiga xizmat qiladi.➡️ Tantanali ochilish jarayonida yangragan jonli musiqa esa tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishlab, ishtirokchilarning kayfiyatini yanada
MA'MUN YOSHLARI|RASMIY
18 Sept, 08:10edited
🌿 Milliy libos — xalqimizning tarixi 📜, qadriyati 💎 va nafisligini 🌸 o‘zida mujassam etgan bebaho merosdir.👩🏻🎓✨ Bugun universitetimiz Iqtisodiyot fakultetining go‘zal va faol qizlari milliy liboslarimizni zamonaviy nigoh bilan namoyon etib 🇺🇿, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatini ifoda etdilar. ❤️🌺 Zero, milliy libos kiyish — shunchaki chiroyli ko‘rinish emas. Bu — o‘zligimizni anglash 🫶, qadriyatlarimizni asrash 🤍 va ularni kelajak avlodga yetkazishning go‘zal bir ko‘rinishidir. 🌱✨ Go‘zallik — libosda, 🌸 tarovat — odobda, 🇺🇿 faxr esa — milliyligimizda!💫 Milliylik — bizning faxrimiz! ❤️🔥 Iqtisodiyot fakulteti — milliy qadriyatlar bilan yanada go‘zal!
MA'MUN YOSHLARI|RASMIY
18 Sept, 07:57
Milliy liboslar — milliy qadriyatlar Milliy liboslarning har bir naqshida xalqimizning didi, tarixi va qalb go‘zalligi mujassam. Avlodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan urf-odatlarimiz, milliy taomlarimiz esa bu boy merosning ajralmas qismidir. Ma’mun universiteti talabalari “Milliy liboslar — milliy qadriyatlar” mavzusidagi tashrif doirasida “Guliston” dizayn studiyasida bo‘ldilar. Tashrif davomida ular milliy liboslarimizning o‘ziga xos jihatlari, milliy taomlar va urf-odatlarimiz haqida tushuncha oldilar. Ushbu uchrashuv yoshlar uchun milliy merosimizga yanada yaqinlashish, uning nafisligi va mazmunini chuqurroq his etish imkonini berdi. Zero, qadriyatlar ularni bilgan, qadrlagan va davom ettirgan avlod bilan yashaydi. #MamunUniversiteti #MilliyLiboslar #MilliyQadriyatlar #GulistonDizaynStudiyasi@mamun_yoshlar_ittifoqi
MA'MUN YOSHLARI|RASMIY
18 Sept, 06:28edited
Ma’mun universitetida “Tanlov fani” dasturi doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Bugungi uchrashuv Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek va sharq tillari kafedrasi tomonidan tashkil etilib, talabalarning kasbiy va intellektual salohiyatini oshirish, ularni soha mutaxassislarining boy tajribasi bilan yaqindan tanishtirildi. Tadbirni fakultet dekani S.R.Davletov ochib berdi.📚 Uchrashuv davomida talabalar o‘zbek tili va adabiyoti, filologiya hamda ta’lim sohasi bilan bog‘liq muhim masalalar yuzasidan fikr almashdilar. O’zbek va sharq tillari kafedrasi professori M.Jumaniyozova, kafedra dotsenti Z.Saidjonova, kafedra katta o’qituvchilari E.Yuldashev, O’.Begimov tomonidan kasbiy faoliyat, ilmiy izlanish, pedagogik mahorat, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, shuningdek, kelajakdagi kasbiy faoliyatni to‘g‘ri rejalashtirish borasida qimmatli fikr va tavsiyalar
MA'MUN YOSHLARI|RASMIY
17 Sept, 10:25
“Kasblar shaharchasiga tashrif”👩🏫Joriy yilning 17- sentabr kuni Iqtisodiyot fakulteti 1- kurs talabalari bilan birgalikda “Kasblar shaharchasi”ga tashrif tashkil etildi. Tashrif davomida o‘quvchilar turli kasblar, ularning o‘ziga xos jihatlari hamda kasb egalarining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 👩💻Mutaxassislar o‘z kasblari haqida qiziqarli ma’lumotlar berib, o‘quvchilarning savollariga javob berdilar. Tashrif o‘quvchilarda kasb tanlashga qiziqish uyg‘otish, ularning kelajakdagi maqsadlarini belgilash va turli kasblar haqida amaliy tasavvur hosil qilishiga xizmat qildi.
MA'MUN YOSHLARI|RASMIY
17 Sept, 06:34
"Inson uchun" — mehr va e'tibor ko'rgazmasi!Ijtimoiy himoya milliy agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan imkoniyati cheklangan bolajonlarning qo'l mehnati asosida yasalgan ijodiy buyumlari ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. 🎨 "Inson uchun" deb nomlangan ushbu ezgu tashabbusda Ma'mun universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) yo'nalishi talabalari ham faol qatnashib, o'zlarining mehr va qo'llab-quvvatlashlarini namoyish etdilar. Har bir bolaning qalbidagi ezgulik va iste'dod ko'rgazmadagi takrorlanmas buyumlarda o'z aksini topdi. Bunday tadbirlar yoshlarda mehr-oqibat, shafqat va ijtimoiy mas'uliyat tuyg'ularini yanada kuchaytiradi. 📸 Talabalarimizning ushbu xayrli tadbirdagi faolligi barchaga o'rnak bo'lishga arziydi!
MA'MUN YOSHLARI|RASMIY
17 Sept, 06:10
#Yoshlar_kuni"Rektor va yoshlar" muloqoti: Tarix yo‘nalishi talabalari uchun kasbiy imkoniyatlar atroflicha muhokama qilindi🏫Ma’mun universiteti rektori v. b, professor Sardorbek Sharifzoda O‘razboy tabib o‘g‘li Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti “Tarix” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan uchrashuvda 1-kurs talabalari bilan yuzma-yuz muloqot qildi.➡️Tadbirda Ma’mun universiteti rektori v. b, S. Sharifzoda “Tarix — o‘tmish tajribasi, bugungi kun haqiqati va kelajak poydevorini bir-biriga bog‘lovchi ko‘prik” mavzusida ma’ruza qilib, Tarix yo‘nalishi bitiruvchilari uchun mavjud bo‘lgan kasbiy imkoniyatlar haqida ma’lumot berdilar.➡️Ushbu ochiq muloqotda rektor yoshlarga yo‘nalishning mazmun-mohiyati va kasbiy istiqbollari haqida so‘zlab berdi. Yakunda talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
