Latest posts

MARKAZ XABARLARI
22 Sept, 10:24
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
MARKAZ XABARLARI
22 Sept, 08:37
#yangi_son“RAQAMLI DUNYONING RAQAMLI BOLALARI” ...Bolalar raqamli makonni tabiiy hayotning bir qismi deb o‘ylaydi. Oqibatda zararli kontent, anonim muloqot, firibgarlik, yo‘ldan ozdiruvchi axborot girdobiga tushib qoladi.«Ma’naviy hayot» jurnalining 2026 yildagi 3-sonida shu kabi mulohazalar va qiziqrli voqeliklarga boy maqolalarni o'qishingiz mumkin.Rasmiy sahifalarimiz👇 Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram
MARKAZ XABARLARI
22 Sept, 06:31
“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati faoliyati — endi raqamli platformadaMa’rifatparvarlar faoliyatini yagona raqamli tizimga birlashtirishga qaratilgan yangi axborot tizimi joriy etiladi. Yangi tizim orqali:➡️ ma’rifatparvarlarning yagona respublika reyestri shakllantiriladi; ➡️ ularning faoliyati, yutuqlari, loyihalari va vazifalari raqamli tarzda tizimlashtiriladi; ➡️ o‘tkazilayotgan ma’rifiy tadbirlarning samaradorligi baholanadi; ➡️ aholining bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasi monitoring qilinadi; ➡️ ma’rifiy faoliyat natijalari tahlil qilinib, uni yanada samarali tashkil etish uchun raqamli ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.Bu — ma’rifatparvarlar faoliyatini zamonaviy raqamli muhitga olib kirish, ular
MARKAZ XABARLARI
22 Sept, 06:11
🇺🇿 DAVLAT MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINARKadastr agentligi tizimida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan g‘oya va vazifalarning mazmun-mohiyatini yetkazishga qaratilgan seminar tashkil etildi.Ma’ruzalar davomida: 🔹 Mustaqillikning tarixiy ahamiyati; 🔹 inson qadrini ulug‘lash va huquq hamda manfaatlarini ta’minlash; 🔹 xalq farovonligini oshirish; 🔹 jamiyat va davlat taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish; 🔹 ma’naviy-ma’rifiy sohani rivojlantirish kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi.Rasmiy sahifalarimiz👇 Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram
MARKAZ XABARLARI
22 Sept, 05:04
🇺🇿 “O‘ZBEKISTON — 2030”: DAVLAT DASTURI IJROSI — RAQAMLAR VA NATIJALARDA“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi davom etmoqda.📊 2026-yil 1-iyul holatiga “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish” yo‘nalishida ijro muddati asosida bajarilgan bandlar infografikalarda jamlandi. Ularda maktabgacha va inklyuziv ta’lim, pedagog va psixologlar malakasini oshirish, ilmiy resurslardan ochiq foydalanish, sog‘liqni saqlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat va boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlarning aniq natija va ko‘rsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.Rasmiy sahifalarimiz👇 Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram
MARKAZ XABARLARI
22 Sept, 04:17
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni
MARKAZ XABARLARI
21 Sept, 14:47
♟G‘ALABAAAAAAAAAAA!!!!🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi 🇮🇳Hindiston ustidan g‘alaba qozondi va Shaxmat olimpiadasida yakkapeshqadam bo‘lib oldi!Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov hamda Shamsiddin Vohidov durang o‘z partiyalarida o‘ynadi.Barchasi Nodirbek Yakubbayev hamda Nihol Sarin o‘rtasidagi jangda hal bo‘ldi. Qiyin vaziyatda qolgan Nodirbek raqibiga tuzoq qo‘ydi va g‘alabani ilib ketdi! Nodirbek — qahramon!!!
MARKAZ XABARLARI
21 Sept, 13:53
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasini yangi bosqichga olib chiqish, mahallalarda aholi uchun qulay ekologik muhit yaratish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
MARKAZ XABARLARI
21 Sept, 12:08
Prezident Shavkat Mirziyoyev transport-logistika sohasidagi yirik loyihalarning borishi yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
MARKAZ XABARLARI
21 Sept, 11:01
#yangi_son“BIR HOVUCH TUPROQ ARMONI” ... Orzumand olim bir kuni kunchiqar mamlakatga amerikalik yirik mutaxassis sifatida ilmiy anjumanga keladi. Tabiiyki, o‘z tarixini yurtdoshlariga aytib beradi. Yaponlar bu millatdoshini juda yaxshi kutib olib, mehmonnavozlik ko‘rsatadi. O‘sha olim AQShga qaytish paytida bir hovuch tuproqni yelim xaltaga joylab oladi.«Ma’naviy hayot» jurnalining 2026 yildagi 3-sonida shu kabi mulohazalar va qiziqrli voqeliklarga boy maqolalarni o'qishingiz mumkin.Rasmiy sahifalarimiz👇 Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram
MARKAZ XABARLARI
21 Sept, 10:24
🇺🇿🇹🇷BIR ILDIZ, BIR MA’RIFAT: O‘ZBEKISTON — TURKIYA DO‘STLIK KO‘PRIGIJoriy yilning 4–10 oktabr kunlari Turkiyaning Xatay, Anqara va Istanbul shaharlarida O‘zbekiston va Turkiya olimlari hamda ziyolilari forumi bo‘lib o‘tadi. Forum Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati hamda Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamkorligida tashkil etilmoqda. Forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ikki qardosh xalqni mushtarak tarix, til, madaniyat va ma’naviy qadriyatlar asosida yanada yaqinlashtirish, ilmiy-ma’rifiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirish, olimlar va ziyolilar o‘rtasida tajriba almashinuvini kengaytirishdan iborat.Loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini Turkiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan birgalikda keng nishonlashga
MARKAZ XABARLARI
21 Sept, 08:31
O‘zbekiston ko'plab millat va elat vakillari bir oiladek ahil, tinch-totuv umrguzaronlik qilayotgan bag‘rikeng diyor.Bu samimiy do‘stlik va hamjihatlik muhitini ushbu fikrlar asosida bolalarga saboq berayotgan fidoyi o‘qituvchi siymosida yaqqol ko‘rish mumkin.Almagul Bayriyeva - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joqargʻi Kengesi deputati, siyosiy fanlar doktori, professor, "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosiRasmiy sahifalarimiz👇 Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram
MARKAZ XABARLARI
21 Sept, 07:21
#yangilik📚“Biz jadidchilik harakati, ma’rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o‘rganishimiz kerak. Bu ma’naviy xazinani qancha ko‘p o‘rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga to‘g‘ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ‘ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi” — Shavkat Mirziyoyev.Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i, tarixchi olim, «Do‘stlik» ordeni sohibi Bo‘ri Qodirov tomonidan jadidchilik harakatining 8 nafar taniqli namoyandasi hayoti, faoliyati va ma’rifat yo‘lidagi xizmatlariga bag‘ishlangan risolalar turkumi tayyorlandi.Mazkur risolalar «Ma’naviyat» nashriyotida chop etilib, jadidlar merosini o‘rganish, ularning millat va ma’rifat taraqqiyoti yo‘lidagi sa’y-harakatlarini keng targ‘ib etishga
MARKAZ XABARLARI
21 Sept, 06:11
Haftaning eng muhim voqealari sharhi:Prezident Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi sermahsul muzokaralar va muhim kelishuvlarga boy bo‘ldi. “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida davlatimiz rahbari muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida hududni rivojlantirish, investitsiyalarni ko‘paytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha yangi imkoniyatlar belgilandi.Rasmiy sahifalarimiz👇 Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram
MARKAZ XABARLARI
21 Sept, 05:18
Mustaqilligimizning 35 yillik to'yi kunchiqar mamlakatda nishonlandiYaponiyaRasmiy sahifalarimiz👇 Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram
MARKAZ XABARLARI
21 Sept, 04:39
#TahlilnomaSamarqandda tarix yozayotgan o‘zbek shaxmatining oltin avlodiRasmiy sahifalarimiz👇 Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram
MARKAZ XABARLARI
20 Sept, 08:15
Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi: bir el, yagona xalq bo‘lib, Qoraqalpog‘istonning ulkan imkoniyatlari va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarib, hudud taraqqiyoti va odamlarning farovon hayoti yo‘lida yanada yuksak marralarga erishamiz.
MARKAZ XABARLARI
19 Sept, 11:37
#Matbuotda_biz"Yangi O'zbekiston" gazetasining navbatdagi sonida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati raisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Baxtiyor Husanovning "Ma'rifat karvoni– vatanparvarlik tafakkurimizda yuksaladi" nomli maqolasi chop etildi.Rasmiy sahifalarimiz👇 Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram
MARKAZ XABARLARI
19 Sept, 06:05
Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.Davlatimiz rahbari mustaqilligimizning 35 yillik bayrami shukuhi davom etayotgan kunlarda Qoraqalpog‘iston ahli bilan yuzma-yuz ko‘rishib turganidan mamnunligini bildirdi.So‘nggi yillarda hudud uchun katta mablag‘, imtiyoz va sharoitlar yaratildi. Foyda, yer va mol-mulk soliqlari 2 karra, sanoat uchun elektr tarifi 15 foizga pasaytirildi, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi.O‘tgan yili Qoraqalpog‘istonga 1 milliard 700 million dollar investitsiya kiritildi. Bu 2021-yildagidan 22 karra ko‘p.Bu yil Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan hududlardan biriga aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyot 10,2 foiz o‘sib, hudud Toshkent shahridan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.
MARKAZ XABARLARI
19 Sept, 05:01
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
