Latest posts

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
21 Sept, 05:07edited
"Buxoro smart qalqon" dasturi — raqamli xavfsizlik kafolati Ilovaning asosiy qulayliklari:Zararli fayllardan himoya: Telegram va boshqa manbalardan yuklanuvchi xavfli ".apk" fayllarni bloklaydi.Taqiqlangan saytlarga cheklov: Ekstremistik, pornografik va qimor saytlariga kirishni (hatto VPN orqali bo'lsa ham) qat'iy cheklaydi.Ota-ona nazorati: Farzandlaringizni xavfli axborotdan asraydi va ular shunday saytlarga kirmokchi bo'lsa, sizga darhol xabar yuboradi.Xabardorlik va hisobot: Muhim profilaktik bildirishnomalarni yetkazadi hamda zararsizlantirilgan xavflar bo'yicha aniq hisobot yuritadi.Muhim ogohlantirish! Dasturni faqat rasmiy Google Play Market orqali yuklab oling! Telegramda aynan shu nom bilan tarqalayotgan soxta fayllarni (APK) aslo o'rnatmang. Shaxsiy ma'lumotlaringizni firibgarlardan asrang!👉Hoziroq ilovani o'rnatib oling: BUXORO SMART QALQONhttps://t.me/manaviy
MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
18 Sept, 08:41edited
37/2026 – mavzuOILA MUSTAHKAMLIGI – JAMIYAT TARAQQIYOTI GAROVIBugun Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan tub islohotlarning mohiyati inson qadrini yuksaltiriş, xalq farovonligi uçun munosib şaroit yaratişdan iborat. Bu ezgu yölda aholi bandligini ta’minlaş, kambağallikni qisqartiriş, yoş oilalarni qöllab-quvvatlaş, yangi uy-joylar barpo etiş, mahallalar infratuzilmasini yaxşilaş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. E’tiborga molik jihati, har qanday islohotning maqsadi, avvalo, oilani mustahkamlaş bilan boğliq.Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek: «Oila – jamiyatning tayançi, millat ma’naviyati va qadriyatlarining mustahkam qörğoni». Bu fikr zamirida çuqur ma’no mujassam. Zotan davlat qonun bilan boşqariladi, ammo jamiyatni insoniylik, mehr-oqibat va oilaviy tarbiya saqlab turadi.Oila asosini mustahkam qurmasdan, yoş avlodni töğri tarbiya lamasdan jamiyatni isloh
MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
17 Sept, 11:24edited
ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИДА БОШҚАРУВНИНГ 6 ТА СТАРТ-ФИНИШ УСУЛЛАРИБарча усуллар🔽 устига босинг
MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
11 Sept, 09:21
Damasdagi 5 nafar o'lik | BIR JINOYAT OMILI VA UNING BARTARAF ETILISHI


MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
11 Sept, 08:49edited
36/2026 – mavzuTINÇLIK – BEBAHO NE’MATAtrofga boqing. Tong otyapti, quyoş bor, odamlar öz işlari bilan andarmon – köçalarda hayot daryosi toşadi, boğça, maktab, iş, dökon va hokazo... sari boşlangan tiriklikning osuda onlari. Borliq osoyişta, oyoğimiz ostidagi yer omonatmas, boşimiz tik, zamin portlamaydi, kök titramaydi...Quşlar sayrayapti, gullar oçilgan. Şundan özga saodat bormikan? Odam bolasi uçun tinçlik va xotirjamlikdan boşqa uluğ ne’mat yöq. Bir burda non, bir qultum suv ham tinçlik tufayli tatiydi. Işoning, boşingizda öq uçib, atrof-javonib zirillab tursa, tomoğingizdan yemak ötmaydi, karaxtlik va qörquv vujudingizni muzlatib, içingizda tuşunuksiz bir iztirob örlab, a’zoyi tanangizni lohas etadi.Ba’zida jang oldidan xuddi şunday tuşunuksiz holga tuşardim, botinimni allaqanday dahşat timdalay boşlardi. Yöq, bu qörquv emas, uruş içidagi tirik Insonning öz biologik
MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
11 Sept, 07:23
forwarded from @ichkiishlarvaziri
Turkiy davlatlar ichki ishlar vazirlari: xavfsizlik borasida mushtarak yondashuv ——— Туркий давлатлар ички ишлар вазирлари: хавфсизлик борасида муштарак ёндашув ——— Министры внутренних дел тюркских государств: единый подход к безопасности ——— Ministers of Internal Affairs of Turkic countries: a shared security approachWebsite | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
10 Sept, 10:37
forwarded from @inspector_uz
❗️Такомиллаштирилган ўзбек алифбоси учун махсус бепул сервис ишга тушдиСенат лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбосини такомиллаштиришга қаратилган қонунни маъқуллади. Кутилаётган ўзгаришларга мослашишни осонлаштириш учун Undov.uz сервиси ишга туширилди.Ушбу сервис орқали матнларни кирилл, амалдаги лотин ва такомиллаштирилган лотин ёзуви ўртасида тез ва осон ўгириш мумкин. Шунингдек, ҳужжат файлларини ҳам транслитерация қилиш имконияти мавжуд.Контент маркази томонидан тақдим этилган Undov.uz сайти дан фойдаланиш мутлақо бепул. Фойдаланувчиларнинг матн ва файллари серверларда сақланмайди.✅@INSPECTOR_UZ 👈 🏪QONUN HUJJATLARI
MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
10 Sept, 08:52
forwarded from @inspector_uz
“APK Qo‘riqchi” mobil ilovasini Play Marketdan o‘rnating va bank plastik kartangizdan pul o'g'irlanishidan ogoh bo‘ling!✅@INSPECTOR_UZ 👈 🏪QONUN HUJJATLARI
MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
9 Sept, 04:00edited
Ўзбекистон Республикаси Криминология тадқиқот институти тақдим этадиСамарқандда “Дамас” машинасидан бир оиланинг 5 кишилик жасади топилди! | Bir jinoyat izidan


MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
8 Sept, 13:30edited
Ички ишлар органлари учун кадрлар тайёрлашнинг яхлит ва узлуксиз тизими яратилади❗️“Ички ишлар органлари учун профессионал кадрларни тайёрлаш тизимини трансформация қилиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–303-сон, 26.08.2026 й.) қабул қилинди.🔰 Қарорга кўра, Ички ишлар вазирлигининг Фарғона, Жиззах, Тошкент ва Сурхондарё минтақавий ўқув марказлари юридик шахс мақомини сақлаб қолган ҳолда Ички ишлар вазирлиги Малака ошириш институти (Институт)нинг Фарғона, Жиззах, Тошкент ва Сурхондарё филиали (филиаллар) сифатида қайта ташкил этилади. Бунда:🤑 2027 йил 1 январдан ташкил этилаётган филиаллар бошлиқлари, ходимлари ва ўқитувчилари учун тегишлича Институт бошлиғи ўринбосари, ходимлари ва ўқитувчилари лавозимларига белгиланган пул таъминоти тартиби ва миқдорлари қўлланади;💚 Институтнинг Нукус филиали касбий тайёргарлик факультети Малака ошириш институти Нукус филиалининг Сержантлар тайёрлаш маркази сифатида қайта ташкил этилади;💚 вазирлик ва идораларнинг ҳарбийлаштирилган ва қоровуллик қўриқлаш бўлинмалари мутахассисларини Институт ва унинг филиалларида ўқитиш тўлов-контракт асосида (1 нафар тингловчи учун 1 академик соатга БҲМнинг 12 фоизи миқдорида) амалга оширилади.🏛 2026/2027 ўқув йилидан бошлаб Ички ишлар вазирлиги академияси (Академия) таълим жараёни босқичма-босқич дунёнинг топ–1000 талик рейтингга кирган университетлари ҳамда “Янги Ўзбекистон” университети тажрибаси асосида қуйидаги тартибда тубдан такомиллаштирилади:🔸 Академияда “таълим – тадқиқот – амалиёт” интеграциясини таъминлаш ҳамда кадрлар тайёрлаш тизимини илғор халқаро академик моделлар асосида ташкил этиш мақсадида мактаблар (school) тизими жорий этилaди;🔸 Академия факультетлари ва кафедралари мақбуллаштирилиб, улар негизида мактаблар ва шўъбалар ташкил этилади. 👇👇👇


MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
1 Sept, 21:18
35/2026 – mavzu«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!»Har bir xalq va millat hayotida unutilmas, alohida o‘rin tutadigan ulug‘ sanalar mavjud. Xalqimiz uchun ana shunday eng ulug‘, eng aziz ayyom – Mustaqillik bayramidir. Bu kun yurtimiz tarixiga eng buyuk va qadrli voqea sifatida kirdi. Chunki aynan Istiqlol xalqimizga o‘z Vatanida erkin yashash, milliy qadriyatlarimizni tiklash hamda mustaqil davlatchiligimizni barpo etish imkonini berdi.Mustaqillik – bugun yashayotgan hayotimiz, ertaga quradigan kelajagimiz va eng katta qadriyatimizdir. Istiqlolni orzu qilib, qanchadan-qancha ajdodlarimiz, millatimiz iftixorlari va vatanparvar insonlar armonda o‘tdilar. Ozodlik uchun kurashgan ota-bobolarimiz, millatning ong va tafakkurini uyg‘otish yo‘lida jon fido qilgan jadid ma’rifatparvarlari, sho‘ro istibdodiga qarshi mardonavor turgan zahmatkash xalqimiz bu
MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
31 Aug, 04:00
Oʻziga xos tashqi imijga ega “DAN” xodimi “Sodiq moʻylov” — Sodiq Qosimov haqida film


MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
28 Aug, 15:16
forwarded from @inspector_uz
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasidagi nutqi


MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
26 Aug, 05:21

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
21 Aug, 13:48edited
34/2026 – mavzuHALOL MEHNAT – BARAKALI HAYOT ASOSIInson hayotining ma’nosi, uning jamiyatdagi obro‘-e’tibori va xonadonidagi qut-baraka, eng avvalo, halol mehnat darajasi bilan o‘lchanadi. Halollik shaxsning e’tiqodi, dunyoqarashi va ma’naviy kamolotini belgilab beruvchi eng oliy mezon sanaladi. Asrlar davomida «Halol mehnat – mangu rohat», «Haloldan kelgan baraka – elga to‘y, haromdan kelgan kulfat – boshga g‘ov» kabi naqllar bejiz aytilmagan. Ushbu purhikmat so‘zlar ortida insoniyatning ko‘p asrlik hayotiy tajribasi, ma’naviy-axloqiy saboqlari va yuksak e’tiqodi mujassam. Halol yo‘l bilan topilgan rizq va mehnat mahsuli nafaqat xonadonga moddiy baraka olib kiradi, balki inson qalbiga ajralmas xotirjamlik hamda ichki halovat baxsh etadi.Ma’rifatparvar bobolarimiz ta’kidlaganidek, mehnatning halolligi insonning irodasini toblaydi va uning yuzini yorug‘ qiladi. Mehnati halol
MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
21 Aug, 13:42
"БИЗГА ДОИМО КЕРАКСИЗ" МИНИ ФИЛМИНИ ТОМОША ҚИЛДИНГИЗМИ?


MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
20 Aug, 12:22
forwarded from @manaviyat_va_marifat_darsi
#Биласизми?⭐️Ички ишлар ходими қандай ҳолларда электрошок қурилмаларини қўллаш ҳуқуқига эга?☑️ “Ички ишлар тўғрисида”ги Қонуннинг 23-моддасига мувофиқ, ички ишлар органи ходими қуйидаги ҳолларда электрошок қурилмаларини қўллаш ҳуқуқига эга:👉 фуқарога ёки ички ишлар органи ходимига қилинган ҳужумни қайтариш учун; 👉 жиноятга ёки маъмурий ҳуқуқбузарликка чек қўйишда; 👉 ички ишлар органи ходимига қаршилик кўрсатилишига чек қўйишда; 👉 жиноятни содир этиш чоғида ёки уни содир этганидан кейин дарҳол кўриб қолинган, яширинишга уринаётган шахсни ушлашда; 👉 ушлаб турилган шахсларни ва қамоққа олинган, маъмурий қамоққа олинган шахсларни олиб бориш, қўриқлаб бориш ва қўриқлашда, шунингдек қочишга уринишини, атрофдагиларга ёки ўзига зарар етказишини бартараф этиш мақсадида; 👉 фуқароларнинг ҳаёти ва соғлиғига, жамоат хавфсизлигига таҳдид солувчи оммавий


MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
14 Aug, 17:24edited
Maktab va oliy ta’lim muassasalarida tanqidiy fikrlash, raqamli etika, faktcheking va axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini o‘rgatish muhim. O‘qituvchilarning o‘zi ham zamonaviy axborot muhitini tushunishi va o‘quvchilarga amaliy misollar asosida bilim berishi lozim.Kutubxonalar ham mediasavodxonlik markazlariga aylanishi mumkin. Zamonaviy kutubxonachi faqat kitob topib beruvchi mutaxassis emas, balki ishonchli axborot manbalarini tavsiya etuvchi va foydalanuvchiga axborotni baholashda yordam beruvchi maslahatchi bo‘lishi kerak.Mahalla, nodavlat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari va faol blogerlar ham aholi o‘rtasida mediasavodxonlik madaniyatini shakllantirishga hissa qo‘shishi mumkin. Ayniqsa, sodda tilda tayyorlangan qo‘llanmalar, qisqa videolar va hayotiy misollarga asoslangan tushuntirish materiallari samarali hisoblanadi.Axborot xavfsizligi zamonaviy jamiyatning barqaror
MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
14 Aug, 17:24
33/2026 – mavzuAXBOROT XAVFSIZLIGI VA MEDIASAVODXONLIKBugungi kunda axborot jamiyat hayotining barcha sohalariga chuqur kirib bordi. Inson ertalab uyg‘onishi bilan telefonidagi xabarlarni ko‘radi, ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklar bilan tanishadi, kun davomida turli elektron platformalardan foydalanadi, ish va ta’lim jarayonida raqamli ma’lumotlar bilan ishlaydi. Shu tariqa axborot insonning kundalik hayoti, mehnat faoliyati, dunyoqarashi va qarorlariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omilga aylandi.Bir qarashda axborot imkoniyatlar eshigini ochadigan kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq axborotning hajmi ortib borgani sari uning tarkibidagi ishonchsiz, soxta, manipulyativ va zararli ma’lumotlar ham ko‘paymoqda. Shu sababli zamonaviy jamiyat oldida ikki muhim vazifa turadi. Birinchisi – axborot va raqamli tizimlarni tashqi hamda ichki tahdidlardan himoya qilish. Ikkinchisi esa
MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
14 Aug, 17:00
forwarded from @inspector_uz
Агарда телеграмингизни ўғирлашган бўлса уни 30 сония ичида қайтаришни ўрганиб олингЯқинларингизга ҳам юбориб қўйинг.✅@INSPECTOR_UZ 👈 🏪QONUN HUJJATLARI
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
