Latest posts

Olloyorov Mansurbek Polvonzoda
17 Sept, 16:07
forwarded from @ijtimoiyhimoya_agentligi
Namanganda ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar va yangi xizmatlar o‘rganildiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya bo‘yicha maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov xizmat safari bilan Namangan viloyatida bo‘lib, hududda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy obyektlar faoliyati hamda aholi uchun yo‘lga qo‘yilayotgan yangi xizmatlar bilan tanishdi.Xizmat safari doirasida ijtimoiy xizmatlar markazlari, maxsus ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun muassasalar, “G‘amxo‘rlik” markazi, mehnat terapiyasi va bandlikka yo‘naltirilgan loyihalar faoliyati o‘rganildi. Shuningdek, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.🌐 Batafsil📝 telegram1,880Open in Telegram
Olloyorov Mansurbek Polvonzoda
16 Sept, 14:04
Har bir inson uchun zarur sharoit va qo‘llab-quvvatlashNamangan viloyatiga xizmat safari doirasida “LSL SCHOOL” xususiy maktabi hamda “Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazi” tashkil etilayotgan obyekt faoliyati bilan tanishdik.“LSL SCHOOL”da alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni ta’limga jalb qilish bo‘yicha yangi xizmat, shuningdek, kichik hajmli ijtimoiy ko‘mak (krizis) markaziga joylashtirilgan bolalarga ko‘rsatilayotgan psixosotsial reabilitatsiya xizmatlari bilan tanishdik.Bunday xizmatlar bolalarning ta’lim olishi, tengdoshlari bilan muloqot qilishi, ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishi va o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishiga yordam beradi.Shuningdek, “Katta Toshbuloq” mahallasida tashkil etiladigan Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazi faoliyati bilan tanishdik.Markaz og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga vaqtincha
Olloyorov Mansurbek Polvonzoda
16 Sept, 12:39
Namanganda ochilgan hududiy ijtimoiy xizmatlar markazi ehtiyojmand fuqarolarga zarur ijtimoiy xizmatlarni bir joyda olish, reabilitatsiya va ijtimoiy hamrohlik xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.Bugungi kunda bunday xizmatlardan Andijon, Jizzax, Nurafshon, Shayxontohur va Yunusobod hududlaridagi ehtiyojmand fuqarolar ham foydalanishlari mumkin.Markazga tashrif davomida xizmat olayotgan fuqarolar, jumladan, nogironligi bo‘lgan bolalarning ota-onalari bilan suhbatlashdik. Ularning fikrlarini tinglab, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning hayotidagi amaliy natijalari bilan tanishdik.Biz uchun har bir markazning ochilishi — xizmatni shunchaki hududga olib kelish emas, balki inson uchun kerakli yordamni uning yoniga yaqinlashtirishdir.Telegram | Facebook | Instagram
Olloyorov Mansurbek Polvonzoda
15 Sept, 10:25
Namanganda hududiy ijtimoiy xizmatlar markazi ish boshladiBugun Namangan viloyatiga xizmat safari doirasida yangi hududiy ijtimoiy xizmatlar markazining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdik.Bu respublikada ish boshlagan oltinchi shunday markaz. Endi Davlatobod va To‘raqo‘rg‘on tumanlari, Namangan shahri hamda Yangi Namangan tumani aholisi uchun ijtimoiy xizmatlar yanada yaqin va qulay bo‘ladi.Markaz yiliga 1 500 nafargacha fuqaroga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Bu yerda bolalar va kattalar uchun kompleks reabilitatsiya, kunduzgi qarab turish, 0–3 yoshli bolalar uchun erta aralashuv hamda psixosotsial reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatiladi.Barcha xizmatlar davlat tomonidan moliyalashtiriladi va fuqarolarga vaucher asosida taqdim etiladi.Marosim davomida ijtimoiy himoya sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi va tashabbuslari uchun Namangan viloyati hokimi13,600Open in Telegram
Olloyorov Mansurbek Polvonzoda
11 Sept, 05:07
Xorazmda 156 ta ehtiyojmand oila munosib uy-joy bilan ta’minlanadiUy-joy sharoitining og’irligi oilaning ijtimoiy holatiga bevosita ta’sir qilishi mumkin. Munosib va xavfsiz yashash sharoitining yo‘qligi oilaning barqaror hayot kechirishi va mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanishiga qo‘shimcha to‘siqlar yaratadi.Oilani qo‘llab-quvvatlashda esa uning ehtiyojlarini har tomonlama hisobga olgan holda zarur sharoitlarni yaratish muhim. Barqaror hayot uchun moddiy ko‘mak, bandlik, ijtimoiy xizmatlar, ta’lim va tibbiy yordam bilan bir qatorda, munosib va xavfsiz uy-joy ham ana shunday muhim omillardan biridir.Shu maqsadda Ijtimoiy himoya milliy agentligi, “InFinBank” AJ va Xorazm viloyati hokimligi o‘rtasida ehtiyojmand oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.Kelishuv doirasida 156 ta ehtiyojmand oilaning ijtimoiy holati va uy-joyga5,120Open in Telegram
Olloyorov Mansurbek Polvonzoda
9 Sept, 15:11
#Xizmat_safari #NavoiyNavoiy viloyatiga xizmat safari davomida hududlarning rivojlanish salohiyati, yangi loyihalar va aholi farovonligini oshirish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdik.Konimex tumanida «Kengsoy» kanali qurilishi hamda «Konimex–Chordara» chorvachilik majmuasidagi ishlarni ko‘rdik. Bu loyihalar suv ta’minotini yaxshilash, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, bandlik va aholi daromadlarini oshirish uchun muhim imkoniyatlar yaratadi.Xatirchida «Chinobod» mahallasidagi xonadonda oilaning sharoiti va mavjud muammolarini o‘rgandik. Aniqlangan masalalar bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilandi. «Yoshlik» futbol o‘yingohi faoliyati bilan ham tanishdik.Karmana tumanida «Sardoba» va «Malik» mahallalaridagi yangi loyihalar, jumladan, chorvachilik yo‘nalishidagi tashabbuslarni ko‘rdik.Safar davomida yana bir bor amin bo‘ldikki, hududning rivoji — bu, avvalo, odamlar
Olloyorov Mansurbek Polvonzoda
5 Sept, 06:05
forwarded from @ijtimoiyhimoya_agentligi
Ijtimoiy ish sohasida yangi malaka va professional rivojlanish tizimi joriy etiladiO‘zbekistonda ijtimoiy himoya sohasida yuqori malakali mutaxassislar korpusini shakllantirish orqali aholining ehtiyojmand qatlamlari bilan ixtisoslashgan va samarali ishlashni taʼminlovchi shaffof tizimni joriy etishga qaratilgan muhim qaror imzolandi.Yangi tartibga ko‘ra, ijtimoiy xodimlar uchun toifalash va malaka sertifikatsiyasi tizimi joriy etiladi. Ijtimoiy xodimlar toifasiz, III, II va I toifalarga ajratiladi.✅ Malaka sertifikati nazorat sinovi natijalaridan kelib chiqib quyidagi tartibda beriladi:✅ bir yillik maxsus ish stajiga ega talabgorga — III toifa;✅ ikki yillik maxsus ish stajiga ega talabgorga — II toifa;✅ uch yillik maxsus ish stajiga ega4,290Open in Telegram
Olloyorov Mansurbek Polvonzoda
2 Sept, 03:59
forwarded from @ijtimoiyhimoya_agentligi
🇺🇿 Mustaqillik bayramiga munosib musiqiy tuhfa!1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan ijtimoiy himoya tizimi xodimlariga bag‘ishlangan yangi qo‘shiq va videoklipni taqdim etamiz.Ushbu musiqiy tuhfa inson qadri va manfaatini o‘z faoliyatining bosh mezoni deb bilgan, odamlar tashvishi bilan yashab, ularga mehr, e’tibor va ko‘mak ulashib kelayotgan barcha ijtimoiy himoya xodimlariga bag‘ishlanadi.🎬 Videoklipni to‘liq tomosha qilish uchun havola orqali o‘ting.🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin!📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 i
Olloyorov Mansurbek Polvonzoda
1 Sept, 17:00
Bugun Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligini katta g‘urur va shukronalik bilan nishonlamoqdamiz.Mustaqillik — bu, avvalo, xalqimizning erkin va farovon hayot sari dadil qadam tashlashi, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashi va kelajakka ishonch bilan qarashi uchun yaratilgan buyuk imkoniyatdir.O‘tgan 35 yil davomida yurtimizda inson qadri, uning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.Bugun ijtimoiy himoya tizimida ham inson manfaatlari markazga qo‘yilib, hayotiy qiyinchilikka duch kelgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish va munosib hayot sharoitlarini yaratish bo‘yicha muhim ishlar olib borilmoqda.Bu ezgu yo‘ldagi eng katta maqsadimiz — har bir inson o‘zini jamiyatning e’tiborida va himoyasida his qilishi.Fursatdan foydalanib, barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining8,330Open in Telegram
Olloyorov Mansurbek Polvonzoda
29 Aug, 03:55
Fidokorona mehnatga — munosib e’tirofAgentligimiz tizimida samarali va fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh xodimlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan taqdirladik.Xodimlarimizga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni hamda “Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishoni topshirildi.Bu mukofotlar, avvalo, inson qadrini ulug‘lash, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash va har bir oilaga munosib ko‘mak ko‘rsatish yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan jamoamiz vakillarining xizmatlariga berilgan e’tirofdir.Taqdirlangan barcha hamkasblarimizni samimiy muborakbod etaman. Sizlarning mehnatingiz, mas’uliyatingiz va fidoyiligingiz tizimimiz rivoji uchun katta ahamiyatga ega.Barchangizga mustahkam sog‘lik, yangi marralar va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman.Telegra
Olloyorov Mansurbek Polvonzoda
26 Aug, 15:40
forwarded from @shmirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. — С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония награждения группы соотечественников, удостоенных высоких государственных наград в связи с 35-летием независимости нашей страны.#Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #taqdirlashPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X6,680Open in Telegram
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
