Latest posts

Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI
22 Sept, 15:24
Marhamat tuman prokurori U.Azimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ–2-sonli qarorlari ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.Yig‘ilishda shtab hamda ishchi guruh a'zolari ishtirok etishdi.Xususan, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasini kuchaytirish, manzilli ishlash tizimini samarali joriy etishga doir amaliy chora-tadbirlar tahlil qilindi.Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar tanqidiy muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati
Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI
22 Sept, 14:42edited
Please share the video from today's ICT Week opening ceremony to invite more of your partners to explore opportunities in Uzbekistan - the Land of Startups!More about startups: startupbase.uz More about ICT Week: www.ictweek.uz#Uzbekistan #Land_of_Startups
Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI
22 Sept, 09:33
JAHOLATGA QARSHI MA’RIFATMarhamat tumanidagi Oila va xotin-qizlar maskanida viloyat targ‘ibot guruhi a’zolari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i — tuman targ‘ibot guruhi rahbari H.Mamarizayeva, viloyat IIB xodimasi D.Qodirova, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyat mutaxassisi F. Mamatova, amaliyotchi G.Matolipovalar ishtirok etdilar.Uchrashuv davomida jamiyatda ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida turli yot g‘oyalarning oldini olish, diniy-ma’rifiy bilimlarni oshirish hamda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, ishtirokchilarga oilaviy qadriyatlarni asrash, farzand tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondashish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish borasida tushunchalar berildi.Tadbir
Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI
22 Sept, 07:40edited
ANDIJON AXBOROTI | BOLAJONLAR DAVRASIDA. 21.09.2026. MARHAMAT TUMANI 14-DMTTTelegram | Youtube | Instagram | Facebook
Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI
22 Sept, 05:48edited
#Yer_va_mol_mulk_soligiSIZ VA BIZ TO'LAYOTGAN SOLIQLAR YURTIMIZNI YANADA FAROVON BO'LISHI UCHUN XIZMAT QILADI🗓15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i to‘lashning oxirgi kuni❗️📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2025-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni tez va oson amalga oshirishingiz mumkin.👉Yer va mol-mulk soliqlarini Soliq mobil ilovasi orqali to‘lashTelegram|Facebook|Instagram|YouTube|X|
Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI
22 Sept, 05:15edited
MUXLISLAR DIQQATIGA!24 sentyabr kuni kechki soat 19:00 da Farg‘onadagi muhtasham "Istiqlol" stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Shu kuni "Istiqlol" stadioni sariq-qora emas, oq-ko‘k rangga burkanadi. Chiptalarni esa stadion kassalarida xarid qilishingiz mumkin bo‘ladi. Milliy terma jamoamizni "Istiqlol" stadionida qo‘llab-quvvatlang.Olg‘a O‘zbekiston, olg‘a oq bo‘rilar!Telegram | Instagram | farfa.uz | YouTube | Facebook
Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI
22 Sept, 02:30
✅BOLAJONLAR TA’LIMI VA TARBIYASI — DOIMIY E’TIBORDAMarhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov tumandagi nodavlat hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.Muloqot davomida nodavlat va oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud imkoniyatlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda sohada uchrayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi.Ta’kidlanganidek, bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida turgan eng muhim vazifalardan biri — bolalarning maktab ta’limiga puxta tayyorgarligini ta’minlash, ularning intellektual salohiyati, dunyoqarashi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, shu bilan birga, odob-axloq va milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashdan iborat.Nodavlat va oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari ham davlat maktabgacha
Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI
21 Sept, 12:51
📢Пенсия тизимидаги ислоҳотлар — келажак учун муҳим қадам!✔️Пенсия тизимини янада такомиллаштириш, фуқароларнинг муносиб пенсия таъминотини кафолатлаш ва тизимнинг узоқ муддатли барқарорлигини таъминлашга қаратилган муҳим таклифлар.📌 Ислоҳотларнинг асосий йўналишлари билан инфографикаларда танишинг.Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati
Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI
21 Sept, 12:07edited
❗️“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi. 208 nafar o’qituvchiga jami 128 mlrd so’m beriladiJoriy yilda ilk bor o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovida respublika bo‘yicha 46 ming nafardan ortiq pedagog ishtirok etdi. Yakunda 208 nafar o‘qituvchi tuman va shaharlar kesimida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.Tanlovda tuman (shahar) bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan g‘oliblarning har biri 616 million so‘m (BHMning 1 400 baravari) pul mukofoti bilan taqdirlanadi.Quvonarlisi, Marhamat tuman ixtisoslashtirilgan maktabning ona tili fani oʻqituvchisi Gulgʻuncha Mirzayeva ham ushbu tanlovda qatnashib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Ushbu yutuq ustozning tinimsiz mehnati, ta'lim tizimiga yangicha qarash bilan yondoshishi natijasidir. Ustozimizga kelgusi ishlarida zafarlar hamda mustahkam sogʻlik tilaymiz.Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati
Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI
21 Sept, 10:36edited
Marhamat tuman hokimi va o‘rinbosarlari tomonidan 2026 yil 14-20 sentyabr kunlari reja-jadval asosida 7 ta shaxsiy qabullar o‘tkazildi. Qabullarda jami 65 nafar fuqarolar ishtirok etdi. Fuqarolardan 30 ta masalalarda murojaatlar tushdi. Murojaatlarning 12 tasi ijobiy xal qilingan, 6 tasi huquqiy ma’lumot berish orqali hal qilingan va 12 tasi jarayonda qolgan. Shaxsiy qabullarda quyidagi masalalarda murojaatlar kelib tushdi:1.Ijtimoiy himoya tizimi hamda uy-joy ta’minotiga oid masalalarda-12 ta2.Yo‘l, kadastr, qurilish, transport, tadbirkorlik va iqtisodiyot tarmoqlariga oid boshqa masalalarda-4 ta3.Ish bilan ta’minlash masalalarida-64.Mehnatga haq to‘lash, bandlik, mehnat nizolari, hokim yordamchilari faoliyati va migratsiya masalalarida-2ta5.Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash va aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligiga oid masalalar- 3 ta6. Gaz ballonni to‘ldirishdagi
Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI
21 Sept, 07:44
📢 FUQAROLAR DIQQATIGA!2026-yil 25-sentyabr juma kuni soat 16:00 da Marhamat tumani hokimi Ilyosbek Umrzaqov tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkaziladi.Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari, shuningdek, ularni qiynab kelayotgan muammo va masalalar tinglanib, qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilanadi.📅 Sana: 25-sentyabr, juma ⏰ Vaqti: soat 16:00 📍 Manzil: Marhamat tumani hokimligi binosiHurmatli fuqarolar!Sizni qiziqtirayotgan masalalar, muammo va takliflaringiz yuzasidan tuman hokimining shaxsiy qabulida ishtirok etishingiz mumkin.Murojaatingiz e’tiborda — yechimi nazoratda!Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati
Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI
21 Sept, 07:40
📌 Maktabgacha ta’lim sifati — deputat e’tiborida.👤 Xalq deputatlari Marhamat tumani Kengashi deputati T.Mamajonov tomonidan 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyati o‘rganildi.🔹 O‘rganish jarayonida muassasada bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni va ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan bir qatorda, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ham ko‘zdan kechirildi.🔹 Jumladan, muassasaning isitish tizimi, xonalarning mavsumga tayyorligi hamda bolalar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.🤝 Shuningdek, muassasa mas’ullari bilan suhbatlashilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati
Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI
21 Sept, 07:37
📚 JAHOLATGA QARSHI MA’RIFATMarhamat tumanidagi Oila va xotin-qizlar maskanida viloyat targ‘ibot guruhi a’zolari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i — tuman targ‘ibot guruhi rahbari H. Mamarizayeva, viloyat bosh otinoyisi Sh.Qosimova, viloyat IIB xodimasi D. Qodirova, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyat mutaxassisi F.Mamatova, amaliyotchi G.Matolipova hamda faol xotin-qizlar ishtirok etdi.Suhbat davomida jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlash, xotin-qizlar va yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, jaholat va befarqlikning salbiy oqibatlari, diniy-ma’rifiy bilimlarni oshirish, farzandlar tarbiyasida ota-ona va jamoatchilik
Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI
21 Sept, 07:35
Marhamat tuman hokimi va hokim o’rinbosarlari tomonidan o’tkazilayotgan jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlarini qabul qilish jadvaliMarhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati
Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI
20 Sept, 13:29edited
BOLALIKDAN KATTA ORZULAR SARIMarhamat tumanidagi 21-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning qiziqish va iste’dodlarini erta aniqlash, ularni kelajakdagi kasblar olami bilan tanishtirishga qaratilgan turli mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.Mashg‘ulotlar davomida kichkintoylar turli kasblar haqida tasavvurga ega bo‘lib, amaliy topshiriqlar, ijodiy mashqlar va qiziqarli jarayonlar orqali o‘z qobiliyatlarini sinab ko‘rmoqdalar. Har bir mashg‘ulot bolajonlarning yangilikka intilishi, mustaqil fikrlashi va ijodiy yondashuvini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.Bu jarayonda eng muhimi — bolalarga kasb tanlashni majburlash emas, balki ularning qiziqishini uyg‘otish, orzu qilishga undash va o‘z imkoniyatlarini kashf etishiga sharoit yaratishdir. Bugun kichik guruhlarda paydo bo‘layotgan qiziqishlar ertaga katta maqsadlarga aylanishi mumkin. Shu bois 21-DMTTda har bir
Marhamat tumani hokimligi MATBUOT XIZMATI
19 Sept, 17:01
📌 "Uzumzor" mahallasidagi 16-DMTT faoliyati o‘rganildi.🏛 Xalq deputatlari Marhamat tumani Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan "Uzumzor" mahallasi hududida joylashgan 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.🔎 O‘rganish jarayonida muassasaning kundalik faoliyati, ta’lim-tarbiya jarayoni, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud muammolar ko‘rib chiqildi.🍂❄️ Shuningdek, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, xususan, isitish tizimi, xonalarning mavsumga tayyorligi va zarur sharoitlar yaratilganligi o‘rganildi.🤝 Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, muassasada tarbiyalanuvchilar uchun qulay hamda xavfsiz sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.📋 Bunday o‘rganishlar ta’lim-tarbiya muassasalarida mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlashga xizmat qiladi.
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
