Latest posts

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal
22 Sept, 11:25
“Ma’rifat” gazetasining 2026-yil 23-sentabr kungi Ona tiliga bag‘ishlangan sonida:👉 Xalqimizga mukammal alifbo kerak! 👉 [V] mi, [W]? Alifbodagi bir fonetik chalkashlik haqida 👉 "Sifatlarning ma'no turlari"ni qanday o‘rganamiz? 👉 Sadag‘angiz ketay, ustozlar! 👉 Sun'iy intellekt va o‘zbek tili: raqamli makonda milliy tafakkurni qanday saqlab qolamiz? 👉 Filolog shoirmi, shoirtabiat? 👉 Majburiy mehnatga yo‘l yo‘q! 👉 Uchib ketuvchi o‘yinGazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook ✅ Mobil ilova
“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal
19 Sept, 15:48
#Yil_oʻqituvchisi #Gʻoliblar_aniqlandi📣 DIQQAT!!!Pedagoglar oʻrtasida yilning eng katta bellashuvi — Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari aniqlandi!💰Tanlovda 208 ta tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan mukofotlanadi.✅ Joriy yilda ilk bor oʻtkazilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi sohada olib borilayotgan islohotlarning yuksak eʼtirofi, pedagoglarga koʻrsatilgan munosib ragʻbatdir.➖ Tanlov nafaqat oʻqituvchilarni moddiy ragʻbatlantiradi, balki ularning kasbiy mahoratini oshirish barobarida taʼlim sifatini yuksaltirishga ham katta xizmat qiladi.📊 Ma'lumot oʻrnida: joriy yilgi tanlovda Respublika bo‘ylab 46 ming nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etishdi. Ulardan 208 nafar pedagog g’oliblikni qo‘lga kiritishdi.📍Gʻoliblar
“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal
19 Sept, 08:23
FVV Akademiyasida Mustaqillikning 35 yilligiFavqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi.Batafsil: https://marifat.uz/show-post/fvv-akademiyasida-mustaqillikning-35-yilligiga-bagishlangan-manaviy-marifiy-tadbir-otkazildi-1509✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook ✅ Mobil ilova
“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal
18 Sept, 13:39edited
#Hikoya... – Oyi… men tayyor emas ekanman… Zumrad opa indamay qoldi. Ich-ichidan o‘zini aybdor his qildi. Chunki qizining orzularini yulib, uning murg‘ak qalbini katta hayot izmiga tashlab, erta turmush qurishga majburlagan o‘zi edi...👉Batafsil: https://marifat.uz/show-post/bahor-gunchalari-gul-bolsin-1508✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook ✅ Mobil ilova
“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal
16 Sept, 14:54edited
SO‘ZGA SIG‘GAN OLAME’tibor berganmisiz, ba’zan birgina so‘z bizni uzoq yillarga − ortga qaytara oladi, osmonga bo‘ylashtiradi yoki bir nuqtadan ko‘z uzmay o‘ylar girdobiga g‘arq bo‘lishimizga sabab bo‘ladi.“Onam” deysiz: rang-barang tasmalar xayolingizdan yashin tezligida o‘tib ulguradi: tandirdan endigina uzilgan issiq non, hovlining salqin supasi, u ekkan o‘sma, rayhonmi-yey?! Har safar ish, o‘qishga kuzatayotganda ko‘rinmay ketgunimizcha izimizdan termilgan ko‘zlar… “Vatan” deysiz: bolaligingiz izi qolgan ko‘chalar, maktab, mahalla, ota-ona, ilk qo‘l siqishgan do‘stlaringiz yodingizga tushib, beixtiyor labingizga nimtabassum yugurganday bo‘ladi. Zum o‘tmay, tomog‘ingizga tiqilgan sog‘inchdan yutinib, ko‘zoynagingizni olib ko‘zyoshingizni artgan bo‘lasiz. Qiziq, birgina so‘zga shuncha xotira, shuncha his qanday sig‘arkan?..👉Batafsil: https://marifat.uz/show-post/sozga-sigg-an-ola
“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal
16 Sept, 05:08edited
Akmal ALLAKULIYEV: Yangi O‘zbekiston universitetlarining taraqqiyot yo‘liBugungi kunda oliy ta’lim muassasasi faoliyati samaradorligini baholashdagi muhim mezonlardan biri bitiruvchilarning mehnat bozoridagi muvaffaqiyati hisoblanadi.Batafsil: https://marifat.uz/show-post/yangi-ozbekiston-universitetlarining-taraqqiyot-yoli-1501✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook ✅ Mobil ilova
“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal
15 Sept, 10:47
“Ma’rifat” gazetasining 2026-yil 16-sentabr kungi sonida:👉 Davlat maktablaridagi pullik sinflar: qo‘shimcha imkoniyatmi yoki ta'limdagi tabaqalanish? 👉 Dars taqsimoti mashmashasi: qonuniy yechimi bor! 👉 Erta tashxis – baxtli kelajak garovi 👉 Matematika darslarida EGMA baholash dasturi 👉 O‘zbekistonda til siyosati: bugungi lisoniy vaziyat qanday? 👉 Rektorlarim – yo‘lchi yulduzlarim 👉 Yangi O‘zbekiston universitetlarining taraqqiyot yo‘li 👉 Badaxshonda shodiyona 👉 So‘zga sig‘gan olamGazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook ✅ Mobil ilova
“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal
11 Sept, 04:51
Ayni paytda Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tizimida bolalarning psixologik farovonligi va ruhiy salomatligini taʼminlashda innovatsion xalqaro tajriba va barqaror rivojlanish strategiyalari mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.Konferensiyaning asosiy maqsadi maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tizimida bolalarning psixologik farovonligi va ruhiy salomatligini taʼminlashga qaratilgan ilmiy asoslangan, profilaktik va tizimli yondashuvlarni rivojlantirish, xalqaro tajribani oʻrganish va milliy amaliyotga moslashtirish, shuningdek, taʼlim tashkilotlarida barqaror va xavfsiz psixologik muhitni shakllantirish boʻyicha ustuvor strategiyalarni belgilashdan iborat.✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook ✅ Mobil ilova
“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal
10 Sept, 06:46
Kun.uz xabar berishicha senat alifboda to‘rtta harfni o‘zgartirishni ma’qullagan.Senat “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonunni ma’qulladi. Qonun quyidagi o‘zgarishlarni nazarda tutadi:O‘ o‘ → Ö ö G‘ g‘ → Ğ ğ Sh sh → Ş ş Ch ch → Ç çQonun kuchga kirguniga qadar amaldagi alifbo asosida rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar to‘siqsiz muomalada qoladi. Davlat organlari va tashkilotlarining ramziy belgilari, peshlavha va ko‘rsatkichlardan esa ular yaroqsiz holatga kelguniga qadar yoki belgilangan muddatgacha foydalanishga ruxsat beriladi.Suratda – lotin yozuvidagi tahrirlangan o‘zbek alifbosining standart klaviaturadagi taxminiy ko‘rinishi aks etgan.✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook ✅ Mobil ilova
“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal
10 Sept, 06:32
Iliq fikrlar kelishda davom etmoqda.Barcha mualliflarni faollikka chorlaymiz!
“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal
10 Sept, 06:21

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal
8 Sept, 11:46
Ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi✍️ Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahoratmilliy institutida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) hamkorligida Taʼlim forumi bo‘lib o‘tdi.🤔 Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori Yuliya Risyukova, Maktabgacha vamaktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, xorijiy hamkortashkilot vakillari va mas’ullar ishtirok etishdi.Batafsil👉 https://marifat.uz/show-post/talim-forumi-bolib-otdi-1494✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook ✅ Mobil ilova
“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal
8 Sept, 09:38
“Ma’rifat” gazetasining 2026-yil 9-sentabr kungi Samarqand shahrida bo‘ladigan 46-Jahon shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan maxsus sonida:👉 Samarqand olimpiadasi: Yangi O‘zbekiston salohiyatining yana bir namoyishi 👉 Shaxmat olimpiadasi tarixidan 👉 O‘zbekiston erkaklar terma jamoalari tarkibi 👉 O‘zbekiston ayollar terma jamoalari tarkibi 👉 Shaxmat tarixiga tutilgan ko‘zgu 👉 O‘zbekiston grossmeysterlariGazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook ✅ Mobil ilova
“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal
8 Sept, 08:27edited
🔺 PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari e’lon qilindi — O‘zbekiston o‘quvchilari qanday natija qayd etdi?Ta’lim forumi doirasida OECD tomonidan PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari rasman e’lon qilindi.Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston PISA tadqiqotida ikkinchi marotaba qatnashdi. O‘zbekiston o‘quvchilari 402,4 ball qayd etib, 72-o‘rinni egalladi.Eslatib o‘tamiz, PISA 2025da asosiy yo‘nalish sifatida tabiiy fanlar savodxonligi belgilangan. Matematika va o‘qish savodxonligi bo‘yicha natijalar yuzasidan qo‘shimcha tahlillar olib borilmoqda.📊 Ma’lumot o‘rnida: PISA 2025 Xalqaro tadqiqotida 91 ta davlat va ta’lim tizimi ishtirok etdi.✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook ✅ Mobil ilova
“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal
8 Sept, 07:36edited
Kimyo, biologiya, informatika, fizika, matematika, geometriya, geografiya fan o'qituvchilari diqqatiga!🎯Aziz ustozlar! 👩🏫 Metodik maqola va dars ishlanmalaringizni “Ma‘rifat” gazetasida chop etamiz!👏Bu imkoniyat sizga o‘z kasbiy mahoratingizni yanada oshirish, tajribangizni boshqa ustozlar bilan bo‘lishish va uni butun respublika bo‘ylab tarqatish imkonini beradi.👍Ishlaringiz esa minglab ustozlar uchun foydali bilim manbayiga aylanadi.“Ma'rifat” tajriba almashish maydonidir!⚡️Maqolalaringizni @marifat_gazetasiga_yozish telegram manziliga yuboring!✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook ✅ Mobil ilova
“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal
7 Sept, 09:08
Shayxontohur tumanidagi 92-maktabning barcha sinflarida "Mustaqillik yillari yutuqlari" mavzusida "Kelajak soati" tashkil etildi.🧠 Dars davomida oilaning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida suhbat olib borildi. O‘quvchilar oila – mehr-oqibat, hurmat, ishonch va birdamlik maskani ekanini ta’kidladilar. Ota-onaga hurmat ko‘rsatish, kichiklarga g‘amxo‘rlik qilish, oila a’zolariga yordam berish kabi fazilatlar haqida fikr almashildi.🐦 Shuningdek, mustahkam va baxtli oila qurishda har bir insonning mas’uliyati, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash va milliy an’analarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish muhimligi tushuntirildi.✍️ Dars so‘ngida o‘quvchilar o‘z oilalari, oiladagi burch va mas’uliyatlari haqida fikrlarini bildirdilar. Suhbat qiziqarli va mazmunli o‘tdi.✅ Telegram ✅
“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal
7 Sept, 08:30
♾️FASL TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI🎉🎉“Faslning eng yaxshi ijodkori” tanlovining (2026-yil, qish) nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar bilan tanishing.⏰ BATAFSIL@marifatziyo Fikrlaringizni yozib qoldiring👇✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook ✅ Mobil ilova
“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal
7 Sept, 07:14
Xudoyberdi KOMILOV: “Ma’rifat” nega bepul bo‘lolmaydi?Raqamli texnologiyalar rivojlangan bugungi davrda bosma nashrlarning elektron shaklda ommaga taqdim etilishi tabiiy ehtiyojga aylanmoqda. Shu bois “Maʼrifat” gazetasining Telegram guruhida ham gazetaning elektron nusxasi nega ochiq e’lon qilinmayotgani, nima uchun uni faqat obuna yoki maxsus platformalar orqali o‘qish mumkinligi yuzasidan e’tiroz bildirishmoqda.Batafsil: https://marifat.uz/show-post/marifat-nega-bepul-bololmaydi-1490Yangilik: ✅ Pdf yuklab olish Maqola yuborish uchun: 👇@marifat_gazetasiga_yozishga yuboring.✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook
“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal
4 Sept, 12:49
OLIY TA’LIMDA XALQARO HAMKORLIKMalayziyadagi “KOLEJ POLY-TECH MARA SDN. BHD” (“KPTMSB”) kompaniyasi hamda TAFU o‘rtasida Hamkorlik qilish to‘g‘risidagi majburiy kuchga ega bo‘lmagan memorandum imzolandi.Malayziyadagi bu kompaniya xususiy ta’lim muassasalarini boshqarish bilan shug‘ullanadi. Uning boshqaruvi tarkibida Malayziya politexnika universiteti va olti kollej mavjud.Bu hamkorlik hujjatiga asosan, tomonlar do‘stlik va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish; o‘zaro anglashuv, akademik hamkorlik, madaniy almashinuv va xodimlar almashinuvini rag‘batlantirish; yanada rasmiy, keng qamrovli va majburiy kuchga ega bitimlar tuzish yo‘lida ish olib borish kelishildi.Batafsil👉 https://marifat.uz/show-post/oliy-talimda-xalqaro-hamkorlik-1488✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook ✅ Mobil ilova
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
