Latest posts

Maryam Javlan.
20 Sept, 08:25
Maqsadingizni unuttiruvchi “maxluqlar” qanday koʻrinishga ega? Gomer bizga shoh asari bilan nimani yetqazmoqchi boʻlgan? Odissey juda koʻp maxluqlar bilan yuzlashadi: - seni yamlamay yutishi mumkin boʻlgan siklop - seni bir mushtdayoq yoʻq qilishi mumkin2,820Open in Telegram
Maryam Javlan.
20 Sept, 08:05edited
Maqsadingizni unuttiruvchi “maxluqlar” qanday koʻrinishga ega?Gomer bizga shoh asari bilan nimani yetqazmoqchi boʻlgan?Odissey juda koʻp maxluqlar bilan yuzlashadi: - seni yamlamay yutishi mumkin boʻlgan siklop - seni bir mushtdayoq yoʻq qilishi mumkin boʻlgan gigantlar - seni bir umr hayvonga aylantirishi mumkin boʻlgan jodugar - seni musiqasi bilan domiga tortuvchi sirenalar - seni yakson etuvchi oqimi baland okeanLekin hech biri Odisseydan Kalipso kabi koʻp narsani oʻgʻirlay olmaydi… Kalipso biror marta Odisseyga hujum qilmadi, ortidan quvmadi, tahdid qilmadi.U aksincha Odisseyga barchasini berdi. - qulaylik - xavfsizlik - sevgi - zavq va Odissey 7 yil u bilan qoldi.
3,110Open in Telegram
Maryam Javlan.
15 Sept, 06:37
“Nima uchun” deb savol berayotgan shaxs juda xavflidir.Qancha shtat bor? Oʻtgan yili qancha bugʻdoy yigʻib olindi?Odamlarni miyalarini raqamlar, keraksiz faktlar bilan toʻldirib tashlang. Bir joyda turishsada, oʻzlarini rivojlanayotgandek his qilishsin. Chunki ularga tiqishtirilgan faktlar oʻzgarmay turaveradi va oʻzlarini baxtli his qilishadi. Lekin ularning falsafa va sotsiologiya kabi fanlar bilan shugʻullanishlariga yoʻl qoʻymang. Ular savol berishni boshlashadi.
5,320Open in Telegram
Maryam Javlan.
12 Sept, 19:41
“Meni oʻldirmagan narsa meni yanada kuchli qiladi”Nitsshe
5,840Open in Telegram
Maryam Javlan.
8 Sept, 20:07
Sevgi bu…Platon: Bu ruhni eslashdir.Freyd: Bu niqoblangan xohishdir.Budda: Bu voqelikni shunchaki qoʻyib yuborishdir.Nitsshe: Bu xavfli ojizlikdir.Aristotel: Bu ikki tanadagi bir ruhdir.Kafka: Bu bitmaydigan jarohatdir.Darvin: Bu tabiatning eng qadimiy hiylasidir.Dostoyevskiy: Bu oʻz xohishi bilan tanlangan azob-uqubatdir.Eynshteyn: Bu yurakning tortishish kuchidir (gravitatsiyasidir).8,940Open in Telegram
Maryam Javlan.
6 Sept, 14:22
Mos kelmaslik hissiQanchalik komfort boʻlmasin, yashayotgan reality’imiz maqsadimiz va ichki ehtiyojlarimizga toʻgʻri kelmasa, bizda “yetarlilik” hissi paydo boʻlmaydi.Ikkinchi marta “Odisseya”ga tushdim, nima uchun? Atigi bir sahna uchun. Odissey juda pragmatik strateg, urushdan soʻng maqsadi: uyga ayoli va oʻgʻli yoniga qaytish edi. Nimfa Kalipso unga abadiy yoshlik va oʻlmaslikni taklif qiladi, doimiy xotirasini oʻchirib turadi. Lekin Odisseyning xotirasi fizik oʻchsa ham, bir jihati hech qachon oʻchmasdi.Inson voqea va faktlarni (ism-shariflar, aniq uylar, sanalar) unutsa ham, u bilan bog'liq hissiyot va emotsional bog'liqlikni unutmaydi. Odissey nimfaning yonida barcha qulaylik va komfortda bo'lsa-da, ich-ichidan qandaydir uzviylik yetishmayotganini, qayergadir intilishi kerakligini his qiladi. Bu — miyaning bodomsimon tanasi Amigdala saqlab qolgan hissiy xotira signalidir.7,050Open in Telegram
Maryam Javlan.
5 Sept, 18:30
Kun iqtibosi:Oʻzingga shunday bir choʻqqi (oliy himmat) tanlaginki, bu seni oxiri oʻldirishiga ham qoʻyib ber.6,240Open in Telegram
Maryam Javlan.
1 Sept, 14:25
Vertikal tizim “Z” avlodga nisbatan ishlamaydi.Nepal, Hindiston va Madagaskarda “Z” avlod isyon qilishdi. Eng siyosiylashmagan, hamma yuzaki va sayoz deb qabul qilayotgan avlod hozirda tadqiqot ustida. Hammani hayron qoldirmoqda.“Z” avlod rahbarlarning faqat "unvoni" yoki "yoshi" uchun emas, balki bilimi va muomalasi uchun hurmat qiladi. Vertikal (tepadan pastga) buyruqlardan ko‘ra, gorizontal dialogga intilishadi. Ularning endi yangi prinsiplari va prioritetlari bor. Suhbatda “Z” avlod va yangi avlodlarning qayerga ketayotgani, avtoritetlari kim, qadriyatlari, umumiy dunyoqarashlari keltirilgan.Ajoyib suhbat qiziqsangiz koʻring.
8,550Open in Telegram
Maryam Javlan.
1 Sept, 14:15
Bizning koʻr nuqtamiz Hech e’tibor berganmisiz, biz illatlar xususida iqtibos yoki mavzu koʻtarilsa, bu illatni atrofimizdan qidiramiz. Masalan, deylik xasad haqida post oʻqidingiz. Miya tezda: “menga kim xasad qiladi? Yoki … shaxs menga rossa xasad qiladida”7,920Open in Telegram
Maryam Javlan.
26 Aug, 13:29
Bizning koʻr nuqtamizHech e’tibor berganmisiz, biz illatlar xususida iqtibos yoki mavzu koʻtarilsa, bu illatni atrofimizdan qidiramiz. Masalan, deylik xasad haqida post oʻqidingiz. Miya tezda: “menga kim xasad qiladi? Yoki … shaxs menga rossa xasad qiladida” deydi. Nosogʻlom munosabat haqida ma’ruza eshitdingiz, birdaniga miya kim sizga chegaralaringizni aslida kim buzishi haqida oʻyga botadi.Tangani ikkinchi tarafi esa biror ijobiy tarad, fazilat haqida eshitsak, bu qolipga oʻzimizni moslashtirib koʻramiz. Odam tabiatidagi bu dualizm — ya’ni yomonlikni boshqalarga, yaxshilikni esa oʻziga nisbatan tezroq qabul qilishi bor narsa. Inson miyasi oʻz ruhiyatini va "men"ini doimiy stress hamda aybdorlik hissidan himoya qilishga dasturlangan. Agar kishi oʻzida ogʻir bir illatni tan olsa, bu uning oʻz-oʻziga boʻlgan bahosini tushirib yuboradi. Insonlar oʻzlarining fikrlash va9,050Open in Telegram
Maryam Javlan.
23 Aug, 12:56
Suhbat haqida juda zoʻr taassurotlarim bor, keling birma-bir aytib beray:• baxtli odamlarda umri boʻyi koʻp suhbatlar boʻlmasligi mumkin. Lekin ularda aniq chuqur suhbatlar boʻladi. Sababi chuqur suhbatlar bilan ular tekin terapiya, emotsional yaqinlik, tushunilish hissini olib ruhiyatlarini oziqlantirishadi.• Yuzaki suhbatlar miyani bogʻlanish sistemasiga ta’sir oʻtqaza olmaydi. Siz kayfiyati yoʻq odamga yuzaki taskin berishingiz yoki yuzaki xol-ahvol soʻrashingiz 0% yordam beradi. U bir dunyo odamlar ichida ham yolgʻiz his qiladi oʻzini.• tushunilish hissi ikki tarafga ishlaydi. Bilasizmi, ikki kishi chuqur suhbat qursa va ikkinchisi oʻz hislarini gapirib, tushunilish hissini olsa parallelno eshitayotgan odam ham tushunilish hissini oladi. Hech nima gapirmasa ham. Bu shuni isbotlaydiki, biz kimnidir toʻgʻri eshitsak ham huddi oʻzimiz eshitilgandek hisni olaveramiz.• bitta dona
9,150Open in Telegram
Maryam Javlan.
23 Aug, 12:56edited
Eng kam baholanadigan, lekin eng kuchli instrumentBiz bu mavzudan ancha chiqib ketyapmiz, lekin ruhiyatga ancha ozuqa beradigan, tekinga tinchlatib qoʻyib, hatto travmalarni ham yupatadigan instrument. Suhbat!Suhbatlar ikki turga boʻlinadi: yuzaki va chuqur. Yuzaki suhbat, kunlik suhbatlarimiz hisoblanadi. Salomlashish, xol-ahvol soʻrash, kundalik hodisalar. Chuqur suhbat esa tuygʻular, tajribalar, orzular haqida boʻladi. Men aynan chuqur suhbat ta’siri haqida gapirib bermoqchiman.Yuzaki suhbatda biz “nima ish qilyapsan?” deb savol beramiz, chuqur suhbatda esa “qilayotgan ishing senga ma’naviy qanoat beradimi yoki majburiyatmi?” deb gap boshlash. U esa tuygʻularini toʻkadi, tinglangani sari tushunilish hissini olishni boshlaydi. Ha, chuqur suhbatlar doim ham boʻlavermaydi, sababi odam topilmaydi deymiz. Ajoyib tadqiqotlar bor, baxtli odamlar kunini 46% suhbatlarida chuqur7,050Open in Telegram
Maryam Javlan.
18 Aug, 12:11
Ruhiy muammoga tushganingizda siz nima qilasiz? Sizga oyna olib keldim. Tugatgan kitobim bilan shaxs psixotipini ochamiz: Ilyos eng koʻp uchraydigan tiplardan — emotsional beqaror, egosentrik, impulsivligi kuchli. Emotsional beqaror odamlar qanday boʻladi?8,370Open in Telegram
Maryam Javlan.
18 Aug, 12:05
Ruhiy muammoga tushganingizda siz nima qilasiz? Sizga oyna olib keldim.Tugatgan kitobim bilan shaxs psixotipini ochamiz:Ilyos eng koʻp uchraydigan tiplardan — emotsional beqaror, egosentrik, impulsivligi kuchli.Emotsional beqaror odamlar qanday boʻladi? Tuygʻularini boshqara olmaydigan, muammo paydo boʻlganda vaziyatni boshqara olmaydigan, buni orqasidan impulsiv (tez va oʻylab oʻtirmay) qaror qabul qiladigan odam. Muammoga esa egosentrik fikrlashi sabab boʻladi. Ya’ni, “meniki toʻgʻri, men haqman, men hammasini bilaman, qila olaman” pozitsiyasi. Bu pozitsiya odamga tanqidiy qarashga, mantiqiy fikrlashga qarshilik koʻrsatadi. Buni ortidan pushaymonlik keladi. Pushaymonlikdan soʻng, qoʻshimchasiga emotsional beqaror odam boʻlsangiz tuygʻularingizni boshqara olmaysiz. Ular nima qilishadi? Masalan, janjal paytida baqiradi, alamini oladi. Masalan, Ilyos ichkilikdan alamini oladi.Odam
9,210Open in Telegram
Maryam Javlan.
16 Aug, 08:37
#holatlarBir narsa muhim juda: emotional availability.Bilasizmi, Oʻzbekistonda koʻp oilalar sovuqqonlik ustiga oʻstirilgani sababli emotsiya bildira olmaydi. Bu uyat yoki berkitilishi kerak deyiladi.Lekin eng aziyat chekadigan tarafi ham shu. Ular hech qachon oʻziga, partnyoriga, farzandlariga nisbatan emotional availability koʻrsatmaydi.Narigi taraf esa hissiyotlari uchun oʻzini aybdor deb his qilishni, unga qanday munosabat koʻrsatish kerakligini tushuntirish (buni ortidan bosim his qilish), toʻgʻri his qilinish uchun e’tibor/munosabat soʻrash yoki oʻrgatish — bular yoqimsiz holat. Odam oʻzini shunchaki kimgadir tushuntirishi va hissiyotlarini qabul qilinishiga urinishi va yomon his qilmasligi uchun himoyalanishi aslida eng noqulay his. Sen hatto oʻzingdan shubhalanib ham qolasan, hislaringdan, holatingdan. Vaqt oʻtib esa umuman tushuntirish xato deb hisoblab, oʻzingni oʻsha8,080Open in Telegram
Maryam Javlan.
11 Aug, 14:32edited
Bolalar bizdan koʻra aqilliroq, sababi ular sof fitratda va eng choʻqqi nuqtada tizimlanib tugʻiladi.Shu mavzudan keyin menga bir doʻstim savol berdilar: “Maryam, nega unda bolalar oʻziga ishonch juda baland boʻladi? Axir ularda yetarli darajada tajriba, bilim, koʻnikma boʻlmaydiku” dedilar.Bolalarda 2-7 yoshgacha kognitiv fikrlash rivojlanmagan, lekin egosentrizm juda yuqori boʻladi. Ularda “kelajakdagi men”, “praym versiyam”, “potensial davrim” degan tushunchalar boʻlmaydi. Ular uchun qahramonlik ham hozirgi menlik ham bitta boʻladi va toʻliq ishoniladi. Shunga bolalar katta ishonch bilan gapirishadi: men oyga uchaman, milliarder boʻlaman. Vaqt oʻtib, tarbiya modeli, ijtimoiy adaptatsiya sabab bu ishonch sekin-sekin yoʻqoladi. Agarda bolalarda yoshlikda egosentrik fikrlash boʻlmaganda, ular atrofni oʻrganishga, tushunishga boʻlgan qiziqishlari 0 boʻlardi. Buni hatto psixologlar12,900Open in Telegram
Maryam Javlan.
5 Aug, 20:17
“Samootsenkasi” yuqori deb hisoblaganlar yoki past deb biladiganlar — sizlar ADASHASIZ!Chunki, haqiqat boshqa.
Maryam Javlan.
5 Aug, 20:17
Eng koʻp stereotiplarga ega, jamiyat tomonidan tor qaraladigan mavzu: O’ziga nisbatan baho (самооценка) haqida gapirdim.Ovozli xabarimni eshitsangiz siz:• insonni oʻziga nisbatan bahosi nisbiy ekanligini; • oʻziga nisbatan baho qanday ishlashi va uni yuqorilash; • sogʻlom bahoni shakllantirish haqida bilib olasiz.ps: ovozli xabarni kirish qismi uzilib qolibdi, salom bergandim. 1,5x da eshiting.
Maryam Javlan.
30 Jul, 18:26
Hozirgi standartlaringizga koʻra “Ideal” erkaklar aslida — narsisst yoki sotsiopat boʻlishi mumkinligini hech oʻylab koʻrganmisiz?Ya’ni, sizga tanishgan kuningizdan boshlab obsessed boʻlib, kuchli e’tibor va shirin hayotni quradiganlar…1,5x eshiting, shamollaganman muhokama qilmang🙂
Maryam Javlan.
21 Jul, 20:15
Hissiyotlar haqida mif, evolutsion vazifasi va ular bilan qanday murosa qilish mumkin (nazorat qilish mumkin)?
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
