Latest posts

20 yoshimda tushunganimda edi
18 Sept, 12:44
Kelajagimizni o’g’irlaydiO’zini ishidan tashqari taksi qilar edi.Jami $1,000 daromadi bor edi.Yaxshiroq ish so’rab bordi bir joyga.Boshlanishiga $500’lik taklif berishdi.Bosib ishlasa 2 yilda $3,000 ga chiqishi mumkinligini ham aytishdi.Kreditlarim bor, uzr, men $1,000 dan kam topishim mumkin emas dedi va avvalgi ishida qoldi.Kredit va qarzlar faqat halovatimizni va uyqumizni emas,U kelajagimizni ham o’g’irlaydi.Zo’r imkoniyatlarga YO’Q deyishga majbur qiladi.1,940Open in Telegram
20 yoshimda tushunganimda edi
14 Sept, 13:28
Hayot chiziqli ishlamaydiChumoli o'zini vaznidan 50 barobar og'ir narsani ko'tara oladi.Chumolini odam hajmigacha kattalashtirsak u hatto o'z vaznini ko'tara olmay o'lib qoladi.—2x2 xona = 4 m2 4x4 xona = 16 m2Xonani hajmini 2 barobar kattalashtirdik, lekin xona kvadrati 2 barobar emas 4 barobar oshdi.—Ko'chada mashinalar soni 10% ko'paysa probkalar 10% emas, 50-100% ko'payishi mumkin.—2 barobar ko'p ishlasak, 2 barobar ko'p natija o'rniga umuman natija olmasligimiz ham mumkin. Masalan, ahmoq bilan 2 barobar ko'proq sporlashsak.3,240Open in Telegram
20 yoshimda tushunganimda edi
9 Sept, 11:36
Yangi boylar faqat o’ziga o’xshagan boylar bilan xushmuomala.Eski boylar esa hamma bilan xushmuomala.Ayniqsa ofitsiant, kuryer, farrosh, qorovul va taksistlar bilan.@mashrabov_aa / @street_mba3,850Open in Telegram
20 yoshimda tushunganimda edi
8 Sept, 15:29edited
Kichkina pulga yomon ishlaydigan xodim katta pulga ham yomon ishlaydi.Kichkina ishlarni yomon bajaradigan xodim katta ishlarni ham yomon bajaradi.Kichkina vaziyatlarda aldaydigan xodim katta vaziyatlarda ham aldaydi.@mashrabov_aa / @street_mba5,710Open in Telegram
20 yoshimda tushunganimda edi
5 Sept, 14:29
Merfi qonuniYaqinimiz bir mahsulot import qiladi.Mahsulotni bozorga tanitib olish uchun juda ko’p pul va mehnat sarfladi.Endi mevasini tatiyman deganda zavod boshqa importchi bilan ham ishlashni boshladi.«Ertaga importchilar soni birdan oshib ketishi mumkin, yoki zavodni o’zi bizga kirib kelishi mumkin, birovni mahsulotiga boringni berib yuborma» dedik.Eshitmadi.Reklamaga pul tikishni davom etdi.Va yana endi mevasini tatiyman deganda zavodni o’zi kirib keldi bizga.Narxlar ham tushib ketdi.Merfi qonunini esdan chiqarmaylik,5,170Open in Telegram
20 yoshimda tushunganimda edi
3 Sept, 18:44
Influencer'mizBir chet ellik fuqaroni uxlatib ketsak, uning nafrati faqat bizga emas, millatimizgacha yoyilishi mumkin.Boshqa din vakiliga nisbatan yomonlik qilsak, uning munosabati faqat bizga emas, butun Islomga nisbatan yomonlashishi mumkin.Yosh bolani aldasak, uning ishonchi faqat bizga emas, barcha kattalarga nisbatan yo'qolishi mumkin.Bir xodimga nisbatan adolatsizlik qilsak, u faqat bizdan emas, boshqa rahbarlardan ham sovub qolishi mumkin.Bir o'quvchiga befarqlik qilsak, uning muhabbati faqat bizga nisbatan emas, o'qishga nisbatan ham tag-tugi bilan yo'qolishi mumkin.Bir mijozimizga "ertaga tuzatib beraman" deb ishini cho'zib yursak, u faqat bizni emas, barcha ustalarni yomonlab yurishi mumkin.Xuddi shu narsa teskarisiga, ijobiy tomonga ham ishlaydi.Harakatlarimizni birgina odam ko'rib, u faqat bizga emas,Biz orqali ko'plab boshqa narsalarga ham baho beradi,4,320Open in Telegram
20 yoshimda tushunganimda edi
26 Aug, 15:31edited
Ertaga gaplashaylik.Ertaga ishlaylik.Ertaga qaror qabul qilaylik.Ertaga tanlaylik.Ertaga uchrashaylik.Bugun uyga borib o'zimizga dam beraylik, agar kayfiyatimiz yomon bo'lsa.Chunki,Yomon kayfiyatda aytilgan gaplardan, qilingan ishlardan, qarorlardan, tanlovlardan va o'tgan uchrashuvlardan afsuslanamiz baribir."Bugun qilsak bo'lmaydimi" deb so'rashadi hali.Shunda hech uyalmay, "bugun kayfiyatim juda yomon, to'g'ri yondasha olmasligimi mumkin" deyaveraylik.4,560Open in Telegram
20 yoshimda tushunganimda edi
24 Aug, 17:11
ShadowingEntoni Borden kollejda o'qib yurgan paytida idish yuvuvchi bo'lib bir restoranga ishga kiradi.Yon atrofidagi oshpazlarni ishini kuzatib oshpazlikka qiziqib qoladi.Xuddi ulardek taom pishirishni o'rganaman deb oshpazlik maktabida o'qib chiqadi.Va dunyoni eng mashhur shef oshpazlaridan biri bo'ladi. Instagramini o'zida 2,7+ million obunachi yig'iladi.Lekin,Uni bu sohaga kirib kelishi qasddan bo'lmagan.Oshpazlikka muhabbati shunchaki boshqa oshpazlarni kuzatish orqali uyg'ongan.Professional tilda buni "shadowing" deydi - ya’ni bir mutaxassisga “soya” bo‘lib, uning ishini ichidan kuzatish.3-4ta kasb ichidan bittasini tanlashda qiynalayotgan bo'lsak,5,400Open in Telegram
20 yoshimda tushunganimda edi
22 Aug, 16:54
Nafs vs. Ambitsiya vs. HimmatNafsimizga yo’liqsak:— Men boy bo‘lishim kerak, deymiz. (Jordan Belfort)Ambitsiyamizga yo’liqsak:— Men [X ishda] #1 bo’lmoqchiman, tarixda qolmoqchiman, deymiz. (Aleksandr Makedonskiy)Himmatimizga yo’liqsak:— Millionlab odamlarga foyda beradigan [X ishga] umr sarflamoqchiman, deymiz. (Imom Buxoriy)Himmati oliy insonlarni uchratsak,Ularni etagini mahkam ushlaylik, qo’yib yubormaylik.Ular bilan ishlaylik 1-2 yil bo’lsa ham.4,590Open in Telegram
20 yoshimda tushunganimda edi
20 Aug, 16:52
Sog'inib turaylikSafarga ko'p chiqib, ishidan bezillagan odamni ko'rmadim.Safarga ko'p chiqib, oilasidan bezillagan odamni ko'rmadim.Safarga ko'p chiqib, milliy taomlardan bezillagan odamni ko'rmadim.Safarga ko'p chiqib, do'stlaridan bezillagan odamni ko'rmadim.Safarga ko'p chiqib, yurtidan bezillagan odamni ko'rmadim.Safarga ko'p chiqib, ishxonasidan, hamkasblaridan, xodimlaridan yoki rahbaridan bezillagan odamni ko'rmadim.Chunki,Vaqtinchalik ayriliq deyarli hamma narsaga bo'lgan muhabbatimizni mustahkamroq qilar ekan.Shuning uchun,5,030Open in Telegram
20 yoshimda tushunganimda edi
13 Aug, 13:23
Shogird sindromiTajribali moliyachi qo'liga shogird oldi.3 yil ichida shogirdi bemalol 50-100 xodim ishlaydigan korxonalar moliyasini boshqara oladigan darajaga chiqdi.Bozorda bunday bollarni narxi kamida $2,000+ dan boshlanadi.Ustozi unga beradigan summa esa $500-600 edi.Bola uylanaman, ko'proq pul topishim kerak deb boshqa joyga ishga ketdi.Ustozi bemalol bozorona narx to'lay olar edi, lekin qo'yib yubordi.Ota-onamiz 30'ga kirsak ham yosh boladek ko'rishadi bizni. Gorshokda o'tirgan paytlarimiz xotiralariga tamg'alangan bo'ladida.Milliarder bo'lib ketsak ham maktabdagi sinfdoshlarimiz o'sha-o'sha burnimiz oqib yurgan paytimizni eslab muomala qiladi biz bilan.Ming afsus,5,780Open in Telegram
20 yoshimda tushunganimda edi
12 Aug, 16:01edited
Yaxshi g‘oya = Tinch qo’ymaydigan g’oyaIshda yaxshi g'oya kelib qoldi.1-2 kun g'oyani o'ylab uxlay olmadim.Izlanishga tushdim.O'xshash g'oyalarni qidirdim.Hisob-kitoblarni Excel'ga tashlab ko'rdim.ROI'ni hisoblab ko'rdim.SWOT analiz qilib ko'rdim.Boshqalar bilan muhokama qilib ko'rdim.Yana 1-2 hafta o'ylashga vaqt berdim o'zimga.4,530Open in Telegram
20 yoshimda tushunganimda edi
3 Aug, 07:57
Self-regulation outsourcingBaquvvat akamiz bor.Jismoniy holatiga havas qilsa arziydi. Sal kam Arnorld.Bir necha yildan beri sport bilan shug’ullanadi.- Nega haliyam murabbiy bilan shug’ullanasiz? Mashg’ulotlarni mustaqil bajara olasiz-ku, - deb so’radik.- Murabbiy bilan kamida 2-3 soat shug’ullanamiz. O’zim shug’ullanishni boshlagan edim, har xil bahonalar bilan 30-40 daqiqada mashg’ulotni to’xtatar edim. Ba’zida esa zalni ostonasidan qaytib ketar edim, - dedi.Murabbiy va ustozlar har doim ham bilim va tajriba ulashish uchun emas,BalkiBoshlagan narsamizni tashlab qo’ymaslik uchun ham kerakligini unutmaylik.@mashrabov_aa / @street_mba5,660Open in Telegram
20 yoshimda tushunganimda edi
31 Jul, 18:16
Ko'p pul ≠ MahoratMahoratni aniq tekshirish oson bo'lgan sohalarda katta pul topish uchun qisqa yo'llar yo'q.Tibbiyot, muhandislik, fizika, kimyo, moliya, dasturchilik va shu kabi sohalarda katta pulga chiqish uchun "sochimiz oqarishi" shart.Mahoratni aniq tekshirish qiyin bo'lgan sohalarda esa katta pul topishga qisqa yo'llar (shortcut) ko'p.Marketing, biznes konsalting, HR, psixologiya va shu kabi sohalarda o'zini sotishdan boshqa hech narsani bilmaydigan va ko'p pul topayotgan "mutaxassislar" serob.Shunday ekan,Ko'p pul topadigan inson har doim ham mahoratli inson degani emas.Ular shunchaki gapga usta va "shortcutlari" ko'p soha egalari bo'lishlari mumkin.@mashrabov_aa / @street_mba5,970Open in Telegram
20 yoshimda tushunganimda edi
26 Jul, 10:26
Qarama-qarshi jins bilan do’stlik haqidaErkak va ayol o’rtasida hamkasblik munosabati bo’lishi mumkin,Rahbar va xodim munosabati bo’lishi mumkin,Tanish bilishchilik munosabati bo’lishi mumkin (eski sinfdoshlar masalan),Ustoz va shogird munosabati bo’lishi mumkin,Er va xotir munosabati bo’lishi mumkin,Lekin,Yaqin do’st munosabati bo’lishi deyarli mumkin emas.“Do’stlik” qurmoqchi bo’lgan shaxslarni eslaylik,99,9% holatda ularning munosabatlari “do’stlikdan” chetga chiqib ketadi.6,810Open in Telegram
20 yoshimda tushunganimda edi
21 Jul, 17:35
Oshkor qilmaylikHalol yo’lga kirishimdan oldin odamlarni aldab pul topar edim, dedi.Namozni ushlashimdan oldin ko’p zino qilar edim, dedi.Zalga chiqishimdan oldin do’stlarim bilan bitta o’tirishda bir yashik aroqni ichib qo’yar edik, dedi.To’g’ri yo’lga kirib o’tmishdagi gunohlarimiz haqida so’zlashimiz xato ekan.Chunki,Birinchidan. Alloh berkitgan gunohlarimizni nima qilamiz ochib?Ikkinchidan. Avval qilgan gunohlarimizni gapirish kibrimizni oshishiga olib keladi. “Men ko’pni ko’rib qo’yganman” degan tuyg’u uyg’onadi ichimizda.Uchinchidan. O’zimiz bilmagan holda gunoh qilishni propaganda qilib qo’yishimiz mumkin. Suhbatimizni eshitgan kishida “keyinroq to’g’ri yo’lga kirsa ham bo’lar ekan” degan fikr uyg’otamiz.Shunday ekan,6,980Open in Telegram
20 yoshimda tushunganimda edi
20 Jul, 14:08
Notanish vazifalarRahbar bo'la turib xodimlarimizni potensialini aniqlamoqchi va o'stirmoqchi bo'lsak,U hali qilib ko'rmagan vazifalar berib ko'raylik.Xodim sifatida o'z potensialimizni aniqlamoqchi va o'smoqchi bo'lsak,Hali qilib ko'rmagan vazifalar olib ko'raylik.Zo'r xodimlarni yaxshi xodimlardan farqi ham shunda,Zo'rlar noaniq vazifalarni ham bajarishadi.Jaa zo'r bo'lmasa ham, savollar berib bo'lsa ham, xato qilib bo'lsa ham, zato bajarishadi. Qo’rqishmaydi.@mashrabov_aa / @street_mba5,590Open in Telegram
20 yoshimda tushunganimda edi
19 Jul, 19:01edited
Kasb ≠ SanoatMaslahat olishga bir ukamiz keldi.4 yildan beri bir bozorchini qo'lida buxgalter bo'lib ishlaydi Toshkentda.Oyliklar paytida yaxshi edi, hozir bozorlardan odam qochyapti, shunga oylik oshmayapti dedi.Boshqa joylarga ham ishga topshirgan ekan buxgalterlikka.Import-eksport bilan shug'ullanadigan korxona sen valyutalar bilan ishlamagan ekansan deb ishga olishmapti.Ishlab chiqarish bilan shug'ullanadigan korxona sen tan-narx chiqarishda tajribang yo'q ekan deb ishga olishmapti.Distributsiya bilan shug'ullanadigan korxona esa palonchi provodkani bilmaysan ekan deb qaytaripti.Xullas bola sarson.Uni aybi o'zini faqat "bozor buxgalteriyasi" bilan cheklab qo'ygani.5,740Open in Telegram
20 yoshimda tushunganimda edi
13 Jul, 18:32edited
Afsuslar haqidaErta oila qurib ham afsuslanamiz, kech oila qursak ham afsuslanamiz.Erta mehnatga kirishib ham afsuslanamiz, o’qib olib keyin mehnatga kirishsak ham afsuslanamiz.“A” sohani tanlab ham afsuslanamiz, “B” sohani tanlasak ham afsuslanamiz.Chet davlatga ko’chib ketib ham afsuslanamiz, o’zimizda qolsak ham afsuslanamiz.Farqi yo’q,Deyarli barcha qarorlarimizdan afsuslanamiz vaqt o’tib.Chunki,Yeb ko’rmagan olma doim shirinroq ko’rinaveradi ko’zimizga (Salih Guney). Fitratimizdan chiqarib yubora olmaymiz buni.Afsuslanmay iloji yo’q.6,560Open in Telegram
20 yoshimda tushunganimda edi
10 Jul, 15:28
Asosiy dushmanimizRejalarimizni hammaga oshkora qilamiz. Maslahatlar ko'payib ketganidan qaror qabul qilishda qiynalamiz.Tilimiz - dushmanimiz bizni.Sirlarimizni hammaga oshkora qilamiz. Oramizda nizo chiqsa eng nozik joylarimizga zarbalar kela boshlaydi.Tilimiz - dushmanimiz bizni.Ko'proq eshitishni o'rniga ko'proq gapiramiz. Na ilmimiz oshadi, na bizni eshitgan odamga bu yoqadi.Tilimiz - dushmanimiz bizni.Birodarlarimizni sirini ochib qo'yamiz. Munosabatlarga sovuqlik tushiramiz.Tilimiz - dushmanimiz bizni.G'iybatga aralashamiz. Dushmanlarimizni ko'paytiramiz.7,240Open in Telegram
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
