Latest posts

Mehnat huquqi
25 Sept, 06:50
#savolimbor. Assalomu alaykum, Muhammadamin aka bugun ishga tiklashga sudga da’vo ariza kiritdim. Uzog’i qancha muddatda sud bo'ladi?https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:1️⃣ Fuqarolik protsessual kodeksining 192-moddasiga (Arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi masalani hal etish) ko’ra, sudya arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish haqidagi masalani ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran 1️⃣0️⃣ kundan kechiktirmay yakka tartibda hal etadi. Arizani ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud arizani sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki qaytarish, shuningdek arizani taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga arizachiga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.2️⃣ FPKning 202-moddasiga (Ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddatlari) ko’ra, fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash ariza qabul qilingan va fuqarolik ishi qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran 1️⃣0️⃣ kunlik muddatdan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak. Alohida hollarda, bu muddat o‘ta murakkab ishlar bo‘yicha sudyaning asoslantirilgan ajrimiga binoan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin, bundan aliment undirish haqidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash hamda mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar to‘g‘risidagi ishlar mustasno.3️⃣ FPKning 207-moddasiga (Fuqarolik ishlarini ko‘rish va hal qilish muddatlari) ko’ra, aliment undirish haqidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi ishlar hamda mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha ishlar sud muhokamasiga tayyorlab bo‘lingan kundan e’tiboran 2️⃣0️⃣ kundan kechiktirmay birinchi instansiya sudi tomonidan ko‘rilishi kerak.⚠️ Demak, yuqoridagi muddatlardan kelib chiqsak 10 kun (FPK 192-moddasi) + 10 kun (FPK 202-moddasi)+ 20 kun (FPK 207-moddasi) = 40 kun. Demak, uzog’i bilan maksimal 4️⃣0️⃣ kun ichida sud bo’ladi, balki undan ham oldin bo’lishi mumkin, masalan 30 kun ichida va hokazo. Aslida maksimal muddat 40 kundan oshib ketmasligi kerak. Lekin amaliyotda mehnat nizolari yuqorida ko'rsatilgan muddatlardan o'tib ham ketadi😊⚠️ Diqqat! Yuqoridagi tahlillarimiz mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha ishlar haqida! Boshqa ishlarda alohida istisnoli holatlar mavjud❗️Advokatga murojaat: @MuhammadaminKarimjonovElektron qo’llanmalar, buyruqlardan namunalar: https://t.me/mehnathuquqi/8470Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://t.me/mehnathuquqiTelegramMehnat huquqi🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda: ⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz; ✍️Savollarga javob olasiz; 🎓Ilmiy ishlarini kuzatasiz. 💻 Murojaat, reklama va advokat xizmati uchun: @MuhammadaminKarimjonov @miryoqubraximov @MehnathuquqimurojaatBot
Mehnat huquqi
25 Sept, 04:47
forwarded from @tsulofficial
🔹🔹🔹🔹🔹“SHUUR” — zamonaviy ta’lim uchun yangi raqamli yechim🔗 Batafsil...«SHUUR» — новое цифровое решение для современного образования🔗 Подробнее...🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube


Mehnat huquqi
25 Sept, 04:18
#xushxabar Kamida 1 ming nafar ishchisi bo‘lgan korxonalarda kamida 5️⃣ yil ishlagan xodimlarga farzandlarining kontrakt to‘lovi qoplab beriladi❗️Kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.Ko‘p ish o‘rni yaratayotgan sanoat korxonalari uchun yangi rag‘batlantirish choralari belgilandi.Kamida 1 ming nafar ishchisi bo‘lgan korxonalarning xodimlarni o‘qitish, malakasini oshirish hamda ish joyiga olib kelish va olib ketishdagi transport xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.✅ Kamida 1 ming nafar ishchisi bo‘lgan korxonalarda kamida besh yil ishlagan xodimlarga farzandlarining kontrakt to‘lovi qoplab beriladi.⚠️ DIQQAT! Mutasaddilarga 1️⃣ oyda ko‘p ish o‘rni yaratadigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.✅ Demak, qaror loyihasi chiqqach, yana batafsil ma’lumotlar beramiz. Bizni kuzatishda davom eting❗️P.S. Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 501-son qaroriga ilova “Pedagoglarning davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining toʻlov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi toʻgʻrisida” Nizom 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab davlat, shu jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoki tahsil olayotgan pedagoglar farzandlarining toʻlov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma berish hamda mazkur chegirilgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibini belgilaydi.Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qaroriga 2-ilova “Davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha yillik toʻlov-kontrakt summasining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida” Nizom davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha yillik toʻlov-kontrakt summasining 30 foizi miqdoridagi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi hisobidan qoplab berish tartibini belgilaydi.Advokatga murojaat: @MuhammadaminKarimjonovElektron qo’llanmalar, buyruqlardan namunalar: https://t.me/mehnathuquqi/8470Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqi
Mehnat huquqi
25 Sept, 03:38edited
#savolimbor Assalomu aleykum ustoz. Ish beruvchi xodimi ishdan boshagandan keyin unga agar xodim ish beruvchidan sorasa. Ish beruvchi xarakteristika berish majburiyati bormi. Kanaldan topolmadim.Asos: MK 117, 124, 171-moddalar.Advokatga murojaat: @MuhammadaminKarimjonovElektron qo’llanmalar, buyruqlardan namunalar: https://t.me/mehnathuquqi/8470https://t.me/mehnathuquqi audio javobi 📤:TelegramMehnat huquqi🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda: ⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz; ✍️Savollarga javob olasiz; 🎓Ilmiy ishlarini kuzatasiz. 💻 Murojaat, reklama va advokat xizmati uchun: @MuhammadaminKarimjonov @miryoqubraximov @MehnathuquqimurojaatBot
Mehnat huquqi
24 Sept, 12:36
#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammadamin Ustoz. 1 yillik harbiy xizmatga chaqirilgan xodim, xizmatni o’tab kelsa avvalgi lavozimini berishimiz shartmi❓✅ https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤:Xodimning harbiy xizmatga chaqirilganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi MK 168-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan bekor qilinadi va MK 173-moddasida belgilangan tartibga ko’ra xodimga ishdan bo’shatish nafaqasi to’lab beriladi.⚠️ Diqqat❗️ Agar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat davrida, sodda qilib aytganda, 1 oylik armiya davomida xodimning ish oʻrni (lavozimi) va o’rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi, mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi❗️MK 102-moddasi (Ish beruvchi alohida asoslar boʻyicha mehnat shartnomasini bekor qilgan xodimlarni qayta ishga qabul qilish tartibi) 3-qismiga ko’ra, harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan) xodim zaxiraga boʻshatilganidan yoki isteʼfoga chiqarilganidan keyin, agar u ishga joylashish masalasi boʻyicha ish beruvchiga Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoʻshinlaridan boʻshatilgan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay murojaat qilgan boʻlsa, avvalgi ish joyida ishga joylashishda ustuvor huquqqa ega boʻladi.“Ustuvor huquq” nimani anglatadi? Ish beruvchi bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lsa, boshqa nomzodlardan oldin shu xodimni ishga olishga majbur. Agar bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lmasa, ish beruvchi xodimni ish bilan ta’minlashga majbur emas!MK 102-moddasi 4-qismiga ko’ra, harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan), lekin keyinchalik zaxiraga boʻshatilgan yoki isteʼfoga chiqarilgan xodim, agar u harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan) kundan eʼtiboran koʻpi bilan uch oy oʻtgan boʻlsa, avvalgi ish joyiga (lavozimiga) qaytish huquqiga ega.Ya’ni harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan xodim zaxiraga boʻshatilgan yoki isteʼfoga chiqqanligi sababli, agar xizmatga chaqirilib, ishga qaytib kelishi kunigacha uch oy oʻtmagan boʻlsa avvalgi ishiga qaytib kelish huquqiga ega. Bu holatda ish beruvchi xodimni avvalgi ishiga qabul qilishga majbur! Uning o'rnidagi xodimga esa MK 144-moddasi tartibida isgh taklif qilinadi, agr bo'sh ish o'rni bo'lmasa yoki xodim taklif qilingan ishni rad qilsa mehnat shartnomasi MK 168.1.2 ya'ni shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning avvalgi ishga tiklanganligi munosabati bilan bekor qilinadi!Demak, 102-moddaning 3-4-qismlariga diqqat qilinglar❗️ 3-qismda faqat ustuvorlik bor (ya’ni bo‘sh o‘rin bo‘lsa), 4-qismda esa “ustuvor huquq” emas — to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaytish huquqi bor. Ya’ni ish beruvchida xodimni avvalgi ish joyiga qaytarish majburiyati mavjud!Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 20.11.2023 yildagi 26-son qarori 49-bandiga ko’ra, Sudlar mehnat shartnomasini ushbu asos bilan bekor qilinishi qonuniyligi masalasini muhokama qilishda “Umumharbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi qonun normalariga ham alohida eʼtibor qaratishlari lozim. MKning 102-moddasiga koʻra, harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan), lekin keyinchalik zaxiraga boʻshatilgan yoki isteʼfoga chiqarilgan xodim, agar u harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan) kundan eʼtiboran uch oy oʻtmagan boʻlsa, avvalgi ish joyiga (lavozimiga) qaytish huquqiga ega.Ushbu asos boʻyicha mehnat shartnomasini bekor qilinishi qonuniyligi masalasini muhokama qilishda, sudlar xodimni harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilganini tasdiqlovchi hujjat (chaqiruv komissiyasining maʼlumotnomasi va boshqa hujjatlar) taqdim qilinganligi va ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanganligini tekshirishlari lozim.Advokatga murojaat: @MuhammadaminKarimjonovTelegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇TelegramMehnat huquqi🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda: ⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz; ✍️Savollarga javob olasiz; 🎓Ilmiy ishlarini kuzatasiz. 💻 Murojaat, reklama va advokat xizmati uchun: @MuhammadaminKarimjonov @miryoqubraximov @MehnathuquqimurojaatBot
Mehnat huquqi
24 Sept, 09:46
forwarded from @tsulofficial
🔹🔹🔹🔹🔹TDYU tadqiqotchilari 10 ming dollarlik xalqaro ilmiy grantni qo‘lga kiritdi🔗 Batafsil...Исследователи ТГЮУ выиграли международный научный грант на 10 тысяч долларов🔗 Подробнее...🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube


Mehnat huquqi
24 Sept, 09:31
#savolimbor Ассалому алайкум устоз яхшимисиз? Ходим асосий жойида 0.75 ва ташқи ўриндошлик асосида 0.75 ставка ишласа бўладими?https://t.me/mehnathuquqi javobi 📤❌ Yo’q, mumkin emas❗️Ko’pchilikda shu o’rinda 1,5 stavkadan oshib ketmayaptiku, degan savol tug'ilishi mumkin.Asosiy ish joyingiz necha stavka, masalan, 0.25, 0.5, 0.75 bo’lishidan qat’i nazar, o’rindoshlik 0.5 stavkadan oshmasligi kerak, qonunchilikdagi hollar bundan mustasno.MK 432-moddasi 3-qismiga ko’ra, oʻrindoshning asosiy ish joyi, ushbu ish toʻliq yoki toʻliqsiz ish vaqti shartlari asosida bajarilishidan qatʼi nazar, xodimning mehnat daftarchasi yuritilayotgan ish beruvchidagi ishidir.MK 437-moddasiga ko’ra, oʻrindoshlik asosida ishlash chogʻida oʻrindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning mazkur toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq boʻlishi mumkin emas (bundan sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlarining shifokor xodimlari mustasno).Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qaroriga ilova “Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom 7-bandiga ko’ra oʻrindoshlik asosida ishlashda oʻrindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning ushbu toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq boʻlishi mumkin emas (sogʻliqni saqlash tizimi vrach xodimlari bundan mustasno). Xodim asosiy ish joyidagi mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod boʻlgan kunlarda u oʻrindoshlik asosida toʻliq ish kunida ishlashi mumkin.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.2022 yildagi PQ-112-son “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga ko’ra, musiqa sanʼati boʻyicha professional taʼlim hamda oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatga ega boʻlgan, kamida 3 ta milliy musiqa cholgʻularida mahorat bilan kuy ijro eta oladigan mutaxassislarni asosiy ish joyidan boʻsh vaqtida u yerdagi mehnatga haq toʻlash shartlarini saqlab qolgan holda oʻrindoshlik asosida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari musiqa fani oʻqituvchisi va musiqa yoʻnalishidagi toʻgarak rahbari lavozimiga toʻliq stavkada ishga qabul qilishga ruxsat beriladi.⚠️ Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, o’rindoshlik 0.5 stavkadan oshmasligi kerak, hattoki asosiy ish joyingiz 0.75 stavka bo’lsada.Sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlarining shifokor xodimlari va kamida 3 ta milliy musiqa cholgʻularida mahorat bilan kuy ijro eta oladigan mutaxassislarni asosiy ish joyidan boʻsh vaqtida o’rindoshlik asosida toʻliq stavkada ishlashi mumkin!Advokatga murojaat: @MuhammadaminKarimjonovElektron qo’llanmalar, buyruqlardan namunalar: https://t.me/mehnathuquqi/8470Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqiTelegramMehnat huquqi🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda: ⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz; ✍️Savollarga javob olasiz; 🎓Ilmiy ishlarini kuzatasiz. 💻 Murojaat, reklama va advokat xizmati uchun: @MuhammadaminKarimjonov @miryoqubraximov @MehnathuquqimurojaatBot
Mehnat huquqi
24 Sept, 07:01
⚖️ HUQUQ FANIDAN YANGI TA’LIM LOYIHASI!🎓 4 nafar mentor. 1 ta jamoa. Bitta maqsad — SIZNING NATIJANGIZ!🔥 Bir nechta 189 ball sohiblarini tayyorlagan, 7 yillik tajribaga ega ustoz bilan yuqori natija sari!Huquq fanini shunchaki yodlash emas — tushunish, tahlil qilish va testlar orqali o‘rganing!🎯 DARSLAR KIMLAR UCHUN?📌 Dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan Milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanayotganlar 📌 TDYUga topshirmoqchi bo‘lganlar 📌 HMQAga topshirmoqchi bo‘lganlar 📌 JIDUga topshirmoqchi bo‘lganlar 📌 Ichki ishlar akademiyasiga topshirmoqchi bo‘lganlar📚 Huquqiy mavzularni sodda va tushunarli o‘rganish ⚖️ Qonun hujjatlarini tahlil qilish 📝 Testlar va amaliy topshiriqlar 💡 Murakkab mavzularni oson usulda tushuntirish 🔥 Har kuni sifatli umumiy va mavzulashtirilgan testlar👨🏫 LOYIHA MENTORLARI:🔹 Shahzod Raimov — 7 yillik tajribaga ega ustoz va testolog 🔹 Asadbek Xurramov — HMQA 2-kurs talabasi 🔹 Samariddin Ungbayev — TDYU talabasi, grant sohibi, 189 ball 🔹 Suxrob Eshonqulov — TDYU talabasi, grant sohibi🏆 BIR NECHTA 189 BALL SOHIBLARINI TAYYORLAGAN USTOZ!📅 START: 1-OKTYABRDAN📩 Darsga yozilish uchun: @asadbek06_kh @ungbayevv📲 BIZNING KANAL: 👉 https://t.me/+ZJOUPDKGgd5hNjA6
Mehnat huquqi
22 Sept, 16:01
#savolimbor Assalomu alaykum, DFXga 161.2.4 yoki 161.2.5 ni qo'llay olmaymizmi? Chunki O'RQ 788 46-moddasida boshqa intizomiy jazo choralarida bular yo'qku? https://t.me/mehnathuquqi javobi Advokatga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov Elektron qo’llanmalar
Mehnat huquqi
22 Sept, 15:49
#savolimbor Assalomu alaykum, DFXga 161.2.4 yoki 161.2.5 ni qo'llay olmaymizmi? Chunki O'RQ 788 46-moddasida boshqa intizomiy jazo choralarida bular yo'qku?https://t.me/mehnathuquqi javobiAdvokatga murojaat: @MuhammadaminKarimjonovElektron qo’llanmalar, buyruqlardan namunalar: https://t.me/mehnathuquqi/8470Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqiTelegramMehnat huquqi🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda: ⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz; ✍️Savollarga javob olasiz; 🎓Ilmiy ishlarini kuzatasiz. 💻 Murojaat, reklama va advokat xizmati uchun: @MuhammadaminKarimjonov @miryoqubraximov @MehnathuquqimurojaatBot
Mehnat huquqi
22 Sept, 13:03
📃 HUQUQDAN A+ olmoqchimisiz? Lekin aniq rejangiz yo'q, qonunlarni o'qiysiz, ammo tushunmayabsizmi?Eng muhimi bularni barchasini BEPULga o'rganmoqchimisiz?Unda bu kurs aynan SIZ uchun.Sizga kim dars beradi?- 5 yillik ta'lim tajribasiga ega - USA certificate sohibi - IDROK respublika turniri g'olibi - Intellektual olimpiada sovrindori - Yoshlar turizmi II xalqaro qurultoyi sovrindori - Talaba-o'quvchilar ligasi g'olibi dars o'tadilar.QISQA VAQT ICHIDA DARSLIKLAR VA QONUNCHILIKNI SODDA TILDA O'RGANAMIZ!Darsga qo'shilish uchun bosing! Darsga qo'shilish uchun bosing!


Mehnat huquqi
22 Sept, 08:01
Intizomiy jazo ustidan qancha muddat ichida sudga shikoyat qilish mumkin❓#savolimbor Ассалому алейкум менда савол куйдагича менга иш жойимдан ноконуний равишда интизомий жоза қўлланилди бекор қилиш учун қайси судга бераман ва қанча муддаттаhttps://t.me/mehnathuquqi javobi👇✅ Bu holatda fuqarolik ishlari bo’yicha sudga murojaat qilasiz. Mehnat kodeksi 560-moddasiga ko’ra, yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilishning quyidagi muddatlari belgilanadi:👉 ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha — xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi ish beruvchi buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran 3️⃣ oy;👉xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha — ish beruvchi zarar yetkazilganligini aniqlagan kundan e’tiboran 1️⃣ yil;👉boshqa mehnatTelegramMehnat huquqi🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda: ⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz; ✍️Savollarga javob olasiz; 🎓Ilmiy ishlarini kuzatasiz. 💻 Murojaat, reklama va advokat xizmati uchun: @MuhammadaminKarimjonov @miryoqubraximov @MehnathuquqimurojaatBot
Mehnat huquqi
22 Sept, 06:20
TAYINLOVKambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, Ahmedov Olimxo‘ja Muxametxon o‘g‘li Namangan viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.Tayinlovga qadar O. Ahmedov Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasida davlat mehnat huquq inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.TelegramDavlat mehnat inspeksiyasiТАЙИНЛОВ 🇺🇿 Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирининг тегишли буйруғига асосан, Аҳмедов Олимхўжа Мухаметхон ўғли Наманган вилояти Камбағалликни қисқартириш ва бандлик бошқармаси Давлат меҳнат инспекцияси бошлиғи лавозимига тайинланди. Тайинловга қадар…
Mehnat huquqi
22 Sept, 05:21
#savolimbor Ассалому алейкум, кискаришга тушиб бушатилган ходимни аввалги ишига эмас, унга тенг бошка лавозимга ишга тикласак буладими, чунки аввалги иши йукку, кискариб кетган?https://t.me/mehnathuquqi javobi❗️MK 561-moddasi 1-qismiga ko’ra, mehnat shartnomasi qonuniy asossiz bekor qilingan, g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan, mehnat shartlari o‘zgartirilgan yoxud ishdan chetlashtirilgan hollarda yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiquvchi organ xodimni avvalgi ishiga tiklaydi, shuningdek avvalgi mehnat shartlarini tiklaydi.❗️O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 20.11.2023 yildagi 26-son qarorining 62-bandida ham mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilinganda xodim avvalgi ishiga tiklanishi shartligi belgilangan.⚠️ Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, xodim avvalgi ishiga tiklanishi shart ekan. Avvalgi ishi qisqarib ketgan bo’lsachi? UTelegramMehnat huquqi🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda: ⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz; ✍️Savollarga javob olasiz; 🎓Ilmiy ishlarini kuzatasiz. 💻 Murojaat, reklama va advokat xizmati uchun: @MuhammadaminKarimjonov @miryoqubraximov @MehnathuquqimurojaatBot
Mehnat huquqi
22 Sept, 03:29
forwarded from @mehnathuquqi
#Mehnatkodeksi Mehnat kodeksini mustaqil o'rganamiz!2-mavzu: Mehnat sohasida ijtimoiy sherikchilik. Ishga joylashtirishHavola orqali videolarni tomosha qiling. 2) Mehnat kodeksining 34-47-moddalari tahlili 3) Mehnat kodeksining 48-59-moddalari tahlili 4) Mehnat kodeksining 60-79-moddalari tahlili 5) Mehnat kodeksining 80-93-moddalari tahlili 6) Mehnat kodeksining 94-102-moddalari tahliliMavzuga doir 36-104-muammoli kazuslar ishlash orqali bilimingizni mustahkamlang.🛒 Hujjatlar, advokat xizmati, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://t.me/mehnathuquqiYouTubeMehnat kodeksining 34-47-moddalari tahliliMehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik tushunchasi va asosiy prinsiplari, mehnat jamoasi, xodimlarning birlashish huquqi, ijtimoiy sheriklik taraflari, mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish shakllari. Normativ-huquqiy hujjatlar ro'yxati: 1.…
Mehnat huquqi
22 Sept, 03:21
#savolimbor Assalomu alaykum, xodim ishdan bo'shashga ariza yozsa, 14 kun kutishimiz kerakmi? Mehnat inspeksiyasi 14 kutish shart edi deyapti? https://t.me/mehnathuquqi javobi Advokatga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov Elektron qo’llanmalar, buyruqlardan
Mehnat huquqi
22 Sept, 03:13
#savolimbor Assalomu alaykum, xodim ishdan bo'shashga ariza yozsa, 14 kun kutishimiz kerakmi? Mehnat inspeksiyasi 14 kutish shart edi deyapti?https://t.me/mehnathuquqi javobiAdvokatga murojaat: @MuhammadaminKarimjonovElektron qo’llanmalar, buyruqlardan namunalar: https://t.me/mehnathuquqi/8470Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://t.me/mehnathuquqiTelegramMehnat huquqi🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda: ⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz; ✍️Savollarga javob olasiz; 🎓Ilmiy ishlarini kuzatasiz. 💻 Murojaat, reklama va advokat xizmati uchun: @MuhammadaminKarimjonov @miryoqubraximov @MehnathuquqimurojaatBot
Mehnat huquqi
21 Sept, 08:08
O’rindoshlarga ham premiya beriladimi❓#savolimbor Assalomu alaykum. Menga o’rindoshlik asosida ishlaydigan joyimdan bayram uchun mukofot puli beriladimi? Buxgalterdan so’rasam bayram puli faqat asosiy shtatdagi xodimlar uchun berilar ekan. Shu to’g’rimi?https://t.me/mehnathuquqi javobi📤:MK 438-moddasi 6-qismiga hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qaroriga ilova “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 15-bandiga ko’ra, agar jamoa shartnomasida yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilingan o‘zga ichki hujjatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘rindoshlik asosida ishlovchilar mehnatiga haq to‘lash shakllari va tizimlari, mukofotlar, qo‘shimcha haq, ustamalar, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar to‘lash mazkur ish o‘zi uchun asosiy ish bo‘lganTelegramMehnat huquqi🌐Kanal orqali mehnat, pensiya va b. sohalarda: ⚖️Yangiliklaridan xabar topasiz; ✍️Savollarga javob olasiz; 🎓Ilmiy ishlarini kuzatasiz. 💻 Murojaat, reklama va advokat xizmati uchun: @MuhammadaminKarimjonov @miryoqubraximov @MehnathuquqimurojaatBot
Mehnat huquqi
21 Sept, 06:03
forwarded from @mehnathuquqi
Korxona Kadrlari Uchun Eng Zarur Buyruqlar To‘plami! Hujjatlarini rasmiylashtirish endi yanada oson va qulay! Biz sizga: ➖Yangi Mehnat kodeksi asosida ishlab chiqilgan ➖Rasmiy uslubda va tushunarli shaklda yozilgan ➖MKning har bir moddasi bo‘yicha YouTube video sharhlar mavjud ➖Oson tahrirlash uchun Word formatdagi buyruqlarni taqdim etamiz:T A K L I F N A M U N A L A R I 2) Xodimga boshqa ish taklif etish haqida (attestatsiyadan o‘tmaganda) taklifB U Y R U Q N A M U N A L A R I 42) Kamomad uchun xodimning ish haqidan ushlab qolish to‘g‘risida buyruq43) Xodimni dam olish kuni ishga jalb etish to‘g‘risida buyruq44) Xodimni ishlanmaydigan bayram kuni ishga jalb etish to‘g‘risida buyruq45) Ish haqi saqlanmaydigan ta’til berish to'g'risida buyruq46) Aliment uchun xodimning ish haqidan ushlab qolish to‘g‘risida buyruq
Mehnat huquqi
21 Sept, 06:03
forwarded from @mehnathuquqi
Korxona Kadrlari Uchun Eng Zarur Buyruqlar To‘plami! Hujjatlarini rasmiylashtirish yanada oson va qulay! ➖Yangi Mehnat kodeksi asosida ishlab chiqilgan ➖Rasmiy uslubda va tushunarli shaklda yozilgan ➖MKning har bir moddasi bo‘yicha YouTube video sharhlar mavjud ➖Oson tahrirlash uchun Word formatdagi buyruqlarni taqdim etamiz:B U Y R U Q N A M U N A L A R I 27) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (qonunchilikka muvofiq mehnatga oid munosabatlarni davom ettirishga monelik qiladigan holatlar yuzaga kelganligi) buyruq28) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (tashkilotni tugatish to‘g‘risidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi) buyruq29) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (xodimni ishga tiklash haqidagi sud qarori bekor qilinganligi) buyruq30) Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi (tashkilot o‘z muassislarining qarori bilan
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
