Latest posts

MehrNoz
21 Sept, 13:29
#nozlikIchingdagi jazbani sezdirmaslik uchun jilmayasan-ku, shunga nom topdim – Yusuftabassum…✍🏻Noz@mehrinoz_abbos
MehrNoz
21 Sept, 10:29
#nozlikYurak yonib ketganda, ko’zdan olov o’rniga suv chiqishi baribir ajoyib…✍🏻Noz@mehrinoz_abbos
MehrNoz
20 Sept, 18:00edited
Qiziq emas kimlar mag’lub, kimlar g’olib, O’ynamayman “hayot-hayot”, “o’lim-o’lim”. Kattalarning o’yiniga tushib qolib, Qocholmagan go’dak kabi yig’lar ko’nglim…Tumtayaman – tushunmaslar arazimni, Jilmayaman – “jinni” deya tushar tamg’a. Dalli qushlar tark etmasmi derazamni Sog’inch to’la she’rlarimni qilsam sovg’a?!Ohularning tushlarida kezgandayman, “Oh” sizadir – kesilganday giribonim. Xudojonim, odamlardan bezgandayman, Qushlarimga tanitib qo’y, Xudojonim…✍🏻MehrNoz@mehrinoz_abbos
MehrNoz
19 Sept, 10:23
#nozlikShoirlikni tan olish – unga istalgan odam yomonlik qilishiga va bu yomonlikka javob qaytarmaslikka rasman ruxsat berish degani….✍🏻Noz@mehrinoz_abbos
MehrNoz
16 Sept, 13:51
#nozlikHaqiqiy hayotni sevganlarimiz bilan xayrlashuv lahzasidagina yashaymiz…✍🏻Noz@mehrinoz_abbos
MehrNoz
14 Sept, 10:05edited
#nozlikSevgi – go’zal jang…Unda yutgan ham yutqazgan ham yo’q. Sevgan ham sevilgan ham bosh qahramon bo’lib qolaveradi…✍🏻Noz@mehrinoz_abbos
MehrNoz
14 Sept, 10:00
#nozlikSevgi har doim o’yin bilan boshlanib, o’y bilan tugaydi…✍🏻Noz@mehrinoz_abbos
MehrNoz
12 Sept, 03:52
Dunyo yangilanar milyon qatimda, Intiho ko’rinmas, bitmas jarayon. Kuz kabi taslimlik yo’q fitratimda, Bahorman, bilasiz, bahor bu – isyon…Noma’lum yo’llarga tushganman asir, Yangi manzillarga ko’zim nigoron. Bir sirli daricha kerak baribir, Chiqish eshigi yo’q jannat ham zindon…✍🏻MehrNoz@mehrinoz_abbos
MehrNoz
10 Sept, 07:31edited
#nozlikBilmaysizlar-da, aslida dunyo ayolning izniga qarab qolgan…✍🏻Noz@mehrinoz_abbos
MehrNoz
10 Sept, 06:44
forwarded from @usmonosphere
#sanʼatElnur Egamov asarlari koʻrgazmasi@usmonosphere
MehrNoz
10 Sept, 06:44
forwarded from @usmonosphere
#sanʼatIsomiddon Eshonqulov asarlari koʻrgazmasi (bizning ishxonada)@usmonosphere
MehrNoz
9 Sept, 17:32
#tarjimaKelmasimni sen anglat, ketolmasimni men anglataman. Ko’zim emas, ko’nglim qoldi Kutmoq emas, sog’inch xoritdi… “Qani, qani?” derlar yana, Ishq – arosat yo’l-ku, Ketgan ketdi, qaytgan yo’qdur. yo’l so’ngiga yozmishlar xat: Har kimga salom bo’lsin, lek sanga hasrat…✍🏻Nozim Hikmat@mehrinoz_abbos
MehrNoz
8 Sept, 15:49
#nozlikInsonning ruhan va fikran o’sishi uchun bir vaqtning o’zida ham xalaqit ham yordam beradigan yagona qudratli kuch bu – sevgi…✍🏻Noz@mehrinoz_abbos
MehrNoz
8 Sept, 15:19
#yozuv_chizuvEng dohiyona tashbeh topilsayam mantiqning hurmati joyiga qo’yilishi kerak.@mehrinoz_abbos
MehrNoz
8 Sept, 08:22
#nozlikShoirlar hayotning yangi qonunlarini yozib berishadi. Uni tushunadiganlar esa 1000 yildan keyin tug’iladi…✍🏻Noz@mehrinoz_abbos
MehrNoz
7 Sept, 18:19
#tarjimaUyqumning ichida ro’yo, ro’yomning ichida sen. kechada men… Bir yerlarga ketmoqdaman dallilarcha, aqlimda Sen..✍🏻O’zdemir Asaf@mehrinoz_abbos
MehrNoz
6 Sept, 18:44
#nozlikO’ziga to’g’ri odamdan qo’rqib, to’g’ri qilishadi)✍🏻Noz@mehrinoz_abbos
MehrNoz
6 Sept, 05:32edited
#nozlikOdamlardan yomonlik ko’rayotgan bo’lsangiz, omonlikdasiz.Sizning bor-yo’q aybingiz – nimalar bo’layotganini idrok qilar darajada tiriksiz.Yashasin, hayot!✍🏻Noz@mehrinoz_abbos
MehrNoz
5 Sept, 18:18
Sentyabrning sirli oqshomlarida Sen bilan kezaman xayol so’qmog’in. Haqli savol kelar kuzning qa’ridan: Ichimda yong’inmi, tashimda yong’in?!Ko’zimdan qaraysan: har zarra go’zal, Ruhingdan ruhimga yuqadi viqor. Havoda muallaq qoladi bo’sa, Xazonrez oralab jilmayar bahor.Ayt, kimga berilgan mavhum savolman? Yuragim mangulik sog’inchga mahkum. Saning eng donishmand faslingda borman, Maning o’t yoshimda mavjudsan – baxt-ku…✍🏻MehrNoz@mehrinoz_abbos
MehrNoz
5 Sept, 08:26
#nozlik Erkinlik – ko’nglingga kelganini qilish emas, ko’ngilga toza istaklar keladigan darajaga yetish degani… ✍🏻Noz @mehrinoz_abbos
Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
