Latest posts

Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi
26 Sept, 09:46
⚡ Muhammedaliga Prezident sovg‘asi va minnatdorlik maktubi topshirildiPrezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida ijtimoiy tarmoqlarda Muhammedali ismli bolaning samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan videosi ko‘pchilikning e’tiborini tortgan edi.💬 Prezidentimiz bolaning murojaatini ko‘rib, uning samimiy tilaklaridan mamnun bo‘lganini bildirgan hamda Muhammedaliga minnatdorlik maktubini yo‘llagan.Bugun ushbu maktub hamda Prezident sovg‘alari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida tantanali ravishda topshirildi.Tadbirda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Amanbay O‘rinbayev Prezidentimizning samimiy maktubini o‘qib eshittirdi.🎗 Shuningdek, Muhammedaliga, uning ota-onasi va tarbiyalanayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga Prezident sovg‘alari topshirildi. Bolakayning tarbiyachisi Gulbahar Saparovaga esa Jo‘qorg‘i Kenges Prezidiumi qarori bilan «Vatan fidoyisi» ko‘krak nishoni berildi.📱 Instagram |📱 YouTube| 📱 Facebook | 🌐 Veb-sayt




Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi
26 Sept, 07:11
#Chusok_2026🔻 “Chusok-2026” bayrami keng nishonlanmoqdaAyni vaqtda koreys millatining an’anaviy bayramlaridan biri “Chusok-2026” bayrami bo'lib o'tmoqda.📱 Instagram |📱 YouTube| 📱 Facebook | 🌐 Veb-sayt




Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi
26 Sept, 07:09
#Chusok_2026🔻 “Chusok-2026” bayrami keng nishonlanmoqda.Ayni vaqtda koreys millatining an’anaviy bayramlaridan biri “Chusok-2026” bayrami nishonlanmoqda.📱 Instagram |📱 YouTube| 📱 Facebook | 🌐 Veb-sayt
Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi
26 Sept, 06:11
#Chusok_2026🔻 “Chusok-2026” bayrami keng nishonlanmoqda.Ayni vaqtda koreys millatining an’anaviy bayramlaridan biri “Chusok-2026” bayrami nishonlanmoqda.📱 Instagram |📱 YouTube| 📱 Facebook | 🌐 Veb-sayt
Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi
26 Sept, 05:24
#Chusok_2026🔻 “Chusok-2026” bayrami keng nishonlanmoqda.Sanoqli daqiqalardan so’ng koreys millatining an’anaviy bayramlaridan biri “Chusok-2026” bayrami start oladi. Tadbir doirasida tantanali ochilish marosimi, konsert dasturi, milliy taomlar sayli, ijodiy master-klasslar hamda turli ko‘rgazmalar tashrif buyuruvchilar e’tiboriga havola etiladi.📱 Instagram |📱 YouTube| 📱 Facebook | 🌐 Veb-sayt
Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi
25 Sept, 11:53
Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!Millatlararo munosabatlar qo'mitasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, unda ilgari surilgan g‘oyalar va ustuvor vazifalarni mazmunan tushuntirishga qaratilgan o‘quv-seminari o‘tkazildi.Tadbir davomida uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zolarining ma’ruzalari tinglandi.Ma’ruzalarda davlatimiz rahbari nutqida belgilangan ustuvor vazifalar, jamiyat hayotidagi tub o‘zgarishlar, yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni saqlash sohasi hamda ilm-fan va ma’rifatni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.📱 Instagram |📱 YouTube| 📱 Facebook | 🌐 Veb-sayt




Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi
25 Sept, 05:45
forwarded from @shmirziyoyev
Prezidentimizning Andijonga tashrifi: yuqori tashabbuskorlik, kuchli tadbirkorlik ruhi va sanoat maktabiga tayanib, o‘z texnologik bazasini yaratish, sanoat va investitsiya lokomotiviga aylanish, har bir oilaning farovonligini yuksaltirish sari. — Поездка Президента нашей страны в Андижан: опираясь на инициативность, предпринимательский дух и сильную промышленную школу – к созданию собственной технологической базы, превращению в локомотив промышленного и инвестиционного роста, повышению благосостояния каждой семьи.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi
25 Sept, 05:03
Riga Nordik universitetida Mustaqillik shukuhiO‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbir doirasida Birodar shaharlar alyansi raisi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Riga Nordik universitetida o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston–Latviya munosabatlari, yoshlar hamkorligi va milliy qadriyatlarni asrab-avaylash masalalari muhokama qilindi.Talabalarga Birodar shaharlar alyansining xalqaro aloqalarni rivojlantirish va yoshlar bilan hamkorlik borasidagi faoliyati haqida ma’lumot berildi. Tadbirda milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, rassomlik va hunarmandchilik namunalari namoyish qilindi hamda “101-reys” badiiy filmi ko‘rsatildi. Mazkur tadbir xorijda tahsil olayotgan yoshlarning Vatan bilan bog‘liqligini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni targ‘ib etish hamda O‘zbekiston–Latviya o‘rtasidagi yoshlar va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga xizmat qildi.📱 Instagram |📱 YouTube| 📱 Facebook | 🌐 Veb-sayt




Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi
22 Sept, 08:55
Samarqandda koreys millatining milliy bayramlaridan biri - “Chxusok” bayrami keng nishonlandi. Koreyslar “Chxusok”ni hosil bayrami bilan bog‘lab, an’anaviy taomlar tayyorlab, oilaviy hamjihatlikda nishonlashadi.Bayram tadbiri o‘zbek va koreys milliy kuy-qo‘shiqlari, raqslar, illyuzion chiqishlar hamda turli badiiy kompozitsiyalar jamlangan konsert dasturiga ulanib ketdi.📱 Instagram |📱 YouTube| 📱 Facebook | 🌐 Veb-sayt
Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi
22 Sept, 07:10
Annegret Kramp-Karrenbauer: Markaziy Osiyoning yanada rivojlanishi mintaqa davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga bevosita bog‘liqKonrad Adenauer jamg‘armasi raisi «Global o‘zgarishlar sharoitida Markaziy Osiyo: o‘z strategiyalari, mintaqaviy xavfsizlik va yangi hamkorlikni shakllantirish» mavzusidagi ekspertlar uchrashuvi ishtirokchilari bilan ko‘rishdiBatafsil Батафсил📱 Instagram |📱 YouTube| 📱 Facebook | 🌐 Veb-sayt


Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi
22 Sept, 06:49
O‘zbekiston shaharlari va Narva: birodarlik aloqalarini o‘rnatish yo‘lida muhim qadamBirodar shaharlar alyansi raisi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Estoniya Respublikasining Narva shahri meriyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.Samimiy va do‘stona ruhda kechgan muloqot davomida O‘zbekiston va Estoniya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash, hududlararo aloqalarni kengaytirish hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston shaharlari hamda Narva shahri o‘rtasida birodarlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, turizm va boshqa yo‘nalishlarda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi.Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro muloqotni izchil davom ettirish, yangi istiqbolli yo‘nalishlarni belgilash hamda amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga



Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi
22 Sept, 04:13
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni




Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi
22 Sept, 04:10
Xorijdagi vatandoshlar ishtirokida "Mustaqillik kubogi" turniri tafsilotlari📱 Instagram |📱 YouTube| 📱 Facebook | 🌐 Veb-sayt
Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi
21 Sept, 09:55
#Umumxalq_bayramlari #ViktorinaUmumxalq bayramlari — turli millatlarni birlashtiradigan, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazishga xizmat qiladigan muhim ma’naviy qadriyat hisoblanadi.📱 Instagram |📱 YouTube| 📱 Facebook | 🌐 Veb-sayt
Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi
21 Sept, 06:27
Узбекистан – Корея: новая веха особого стратегического партнёрства📱 Instagram |📱 YouTube| 📱 Facebook | 🌐 Veb-sayt
Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi
21 Sept, 05:25
Milliy madaniy markazlar pavilyonida tatar millatining “Sumbula” hosil bayrami nishonlandiMilliy madaniy markazlar pavilyonida tatar millatining qadimiy milliy an’analarini o‘zida mujassam etgan “Sumbula” hosil bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlandi.⏺“Sumbula” — tatar millatining mehnat, mo‘l-ko‘lchilik va hosildorlik bilan bog‘liq qadimiy bayramlaridan biri bo‘lib, unda ona zaminga hurmat, dehqon mehnatini qadrlash, tabiat ne’matlariga shukronalik bildirish kabi ezgu qadriyatlar o‘z ifodasini topadi. Bayram tadbiri davomida tatar millatining boy milliy madaniyati, urf-odat va an’analari keng namoyish etildi. Milliy kuy-qo‘shiqlar, raqslar va badiiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.🔅Tadbir turli millat vakillarini bir davrada jamlab, ular o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hurmat rishtalarini yanada




Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi
21 Sept, 04:35
O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining haftalik DAYJESTI🟢 Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universitetida uchrashuv bo'lib o'tdi🟢 Xitoy Xalqaro yoshlar almashinuvi markazi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi🟢 Milliy madaniy markazlar pavilyonida “Tasanno” — xalqaro milliy taomlar va madaniyatlar festivali tadbirlari o'tkazildi🟢 Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi🟢 "Tasanno" taomlar va madaniyatlar festivali "Uz Report" telekanalining informatsion dasturi nigohida🟢 Janubiy Koreyaning yetakchi OAVda O‘zbekiston bilan hamkorlik yangi bosqichga chiqqani qayd etilmoqda


Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi
21 Sept, 03:58
Shvetsiyada “Vatandoshlar kubogi” o‘tkazildiShvetsiyada tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan futbol bo‘yicha “Vatandoshlar kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.Sport tadbiri vatandoshlarimizni birlashtirish, o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi.📱 Instagram |📱 YouTube| 📱 Facebook | 🌐 Veb-sayt




Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi
20 Sept, 10:54
forwarded from @shmirziyoyev
Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi: bir el, yagona xalq bo‘lib, Qoraqalpog‘istonning ulkan imkoniyatlari va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarib, hudud taraqqiyoti va odamlarning farovon hayoti yo‘lida yanada yuksak marralarga erishamiz. — Поездка Президента в Каракалпакстан: сплоченной страной, единым народом, в полной мере реализуя огромные возможности и потенциал Каракалпакстана, мы достигнем новых высот в развитии региона и повышении благосостояния людей.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi
19 Sept, 06:09
forwarded from @press_secretary_uz
So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘istonda 860 megavattli yangi energetika quvvatlari ishga tushirildi. Beruniy va Qorao‘zakda shamol stansiyalarining qurilishi hisobiga “yashil” energiya ulushi 23 foizga yetdi. Elektr ishlab chiqarish 4 karra oshib, 5 milliard 330 million kilovatt-soatni tashkil etdi. Bu aholi va korxonalarning yillik talabidan qariyb 3 barobar ko‘p.Kecha 7 milliard dollarlik 47 ta yangi loyiha qurilishiga start berildi. Jumladan, Qo‘ng‘irotda 2 milliard 600 million dollarlik, quvvati 1,5 ming megavattli shamol stansiyasini qurish boshlandi. Loyiha doirasida 1,5 ming kilometr yuqori kuchlanishli tarmoq va 500 kilovoltli 3 ta podstansiya barpo etiladi.2030-yilgacha jami quvvati 3 ming 300 megavattli shamol stansiyalari ishga tushirilib, “yashil” energiya ulushi 76 foizga yetkaziladi, 400 megavattli energiya saqlash quvvati yaratiladi.Qoraqalpog‘iston “yashil” energiya

Related Channels
Other channels in the same section of the catalogue.
